O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti 182-guruh Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi talabasi Ibragimov Otabekning Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Y.G’.G’ulomovning ilmiy merosi
Topshirdi: Ibragimov Otabek
Ilmiy rahbar: Alisher Tojiyev
Baholandi_________________
Urganch – 2022
Mundarija:
I. Kirish.
II.Asosiy qism
I BOB. Y.G’.G’ulomovning hayoti va ilmiy faoliyati.
1.1. Y.G’.G’ulomovning hayoti.
1.2. Y.G’.G’ulomovning ilmiy faoliyati.
II BOB. Yahyo G’ulomovning qadimgi Xorazm va
Mohandaryodagi ekspeditsiyalari.
2.1. Yahyo G’ulomovning qadimgi Xorazmdagi ekspeditsiyasi.
2.2. Yahyo G’ulomovning Mohandaryodagi ekspeditsiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish
Mavzuning dolzarbliligi. Y.G’. Gʻulomov - tarixchi va arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiki (1966-yil), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958-yil), tarix fanlari doktori (1950-yil), professor (1955-yil). Toshkentdagi Oʻzbekiston yerlar bilim yurti (inpros)ni (1926-yil), Samarqanddagi Oʻzbekiston Pedagogikasi akademiyasini (1930-yil) tugatgan. Toshkent pedagogika texnikumida oʻqituvchi (1931-1932-yillar). Ilmiy faoliyati 1933-yildan boshlangan. Oʻzbekistonning qadimgi va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933-1940-yillar). SSSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940-1943-yillar). 1943-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qadimgi va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959-yillar). Shuningdek, u Toshkent pedagogika institutida "Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi"dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936-yildan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va boshqalar) ga rahbarlik qilgan. 1938-1950-yillarda Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.
G’ulomov Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos baynalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi.
Xorazm vohasida yashovchi xalqlar tarixi hamda tarixini bayon etish masalalari o’rganish birinchi navbatda, O’rta Osiyo ushbu mintaqa tarixining alohida madaniyatga egaligi bilan bog’liqdir. Aynan mana shu mintaqada O’rta osiyoning boshqa hududlariga nisbatan ko’plab asrlar avvalroq ilk madaniyat manzilgohlari vujudga kelgan hisoblanadi. Xorazm vohasi va unga yondosh hududlarda yashagan hamda yashayotgan xalqlarning tarixi, arxeologiyasini tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mazkur hudud tarixini ushbu hududda yashagan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yanada yorqinroq tasavvur etishda Xorazm tarixining o’tkir bilimdon akademik Yahyo G’ulomov tadqiqotlari muhim manba hisoblanadi.Aynan mazkur shaxsning ilmiy faoliyatini chuqur o’rganish orqali biz davlatchiligimiz asosi hisoblanmish Xorazm tarixini tadqiq eta olamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev tarixchi olimlar va ijodkor ziyolilar vakillari bilan o’tkazgan uchrashuvidan so’ng tarixga bo’lgan e’tibor, uni o’rganishga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj yangi bir bosqichga ko’tarildi. Ushbu uchrashuvda davlat rahbari haqqoniy tarixni tiklash borasidagi eng dolzarb masalalarni ko’rsatib berdi1. Hech qaysi bir xalq o’tmishini o’rganmay turib, o’zining zamon va makonidagi o’rnini aniq belgilab olmasdan, nasl - nasabini, kimligini bilmasdan turib, rivojlanishi mumkin emasligini aytib, “Tarixiy xotirasiz, kelajak yo’q “ deya ta’kidlagan edi. Xorazm qadimdan dehqonchiligi va shahar madaniyati rivojlangan, ayni vaqtda, ko’chmanchi chorvador qabilalar yashagan hududga chegaradosh bo’lgan tarixiy-madaniy viloyat sifatida nafaqat O’zbekiston, xususan Markaziy Osiyo mintaqasi tarixida muhim o’rin tutadi. Bu yerda maxsus o’rganish va umumlashtirishni taqozo etuvchi tarixiy-madaniy taraqqiyotning murakkab jarayonlari sodir bo’lganki, bu muammo O’zbekiston va butun Markaziy Osiyo tarixi uchun dolzarb ahamiyatga ega. Shu boisdan ushbu mintaqa tarixchilar, arxeologlar, etnograflar va shuningdek, boshqa soha vakillarining ham diqqat markazida ekanligi tasodifiy emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |