1. O’zbekiston hududida topilgan va o’rganilgan ibtidoiy ajdodlarimiz yashagan qanday manzilgohlarni bilasiz?
O’zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel` bosqichiga oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko’plab topildi va bu davrning ko’plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag’or, Ko’lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg’ona vodiysida Selungur, CHashma va So’x makonlar topib o’rganilgan. Farg’ona vodiysida topilgan CHashma va So’x makonlari O’rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng’ur g’orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |