Selungur makoni. O’zbekiston hududida ashel` bosqichiga oid eng mashhur makon—Selungur g’ori hisoblanadi, chunki shu yerdan ilk ajdodlarimiz nishonasi—odam suyaklari qoldiqlari topildi. Selungur g’ori Farg’ona shahridan janubiy—g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan.
Selengur g’ori 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. U bu makonning qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida g’orning o’ng tomoninga tekshiruv shurfini solgan. Natijada dastlab u yerdan bir necha uchrindilar topib uni so’nggi paleolit davriga oid deb va uning sanasini 40—30 yilliklar bilan belgilagan. U yerda 1960 yillarda Ya.G’.G’ulomov boshchiligida Farg’ona paleolit otryadi Xaydarkon atrofida tadqiqot ishlari olib bordi. 1980 yilda arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirib, g’orning g’arbiy tomonida tekshiruv shurfini soldi. U yerda tadqiqot ishlari 1988 yillargacha davom etdi. Tadqiqotlar davomida o’rtacha qalinlikda 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Ular o’rta qalinlikdagi 60-70 sm dan iborat tabiiy qatlamdan bilan ajratilgan. Bu yerda ajdodlarimiz o’z makonlarini 5 marotaba uzoq vaqt mobaynida tark etib yashaganlar. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo’l cho’qmori, to’mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko’plab tishli qurollar, qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel` davriga mansub qo’l cho’qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir.
Makonning eng muxim topilmalari bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamdan topilgan. U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi, bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel` davrida yashagan arxantroplar deb topdilar.
O’rta paleolit davri yodgorligi O’zbekistonda dastlab 1938 yilda Teshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa O’rta Osiyo hududi bo’yicha ularning soni 300 dan ortgan. Ulardan 50 dan ortik makon keng o’rganilgan. Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni o’zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan hamon ajralib turadi.
O’zbekistonda keyingi davrlarda must`e davriga oid ko’plab makonlar topib tadqiq qilingan. Faqatgina Toshkent voxasining o’zidan 30dan ortiq yodgorlik topilgan. Zarafshon voxasi va Qizilqum xududlaridan xam ko’plab topib tadqiq qilingan. Boysun tog’i mintaqasidan Teshiktosh g’or–makoni, Amir Temur g’ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, Xo’jakent, Bo’zsuv, Ko’lbuloq g’or–makonlari, Farg’ona vodiysidan Jarqo’ton, Bo’ribuloq, Tomchisuv manzilgohlari, Zarafshon voxasidan Omonqo’ton, Go’rdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Takalisoy g’or makonlari, shuningdek Uchtut–Vaush–Ijond va Qopchig’oy ustaxonalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |