O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Sotish bo„yicha hamkorlarni tanlash



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

13.4.Sotish bo„yicha hamkorlarni tanlash. 
Yangi shakllanayotgan sotish tarmog‗i va yirik bo‗lmagan turistik firmalar uchun 
bozorda birinchi qadamlar chakana va mayda ulgurji firmalar bilan hamkorlikni 
o‗rnatishdan boshlanishi lozim. Bunda turoperator tomonidan taklif etiladigan 
turmahsulotga mos kelishi kerak bo‗lgan sotish tarmog‗ini ixtisoslashuvini hisobga olish 
zarur. 
Xorijiy bozorlarga chiqadigan firmalar marketing strategiyasida sotishlar bo‗yicha 
xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuvini albatta hisobga olish zarur, chunki bu sotish 
tarmog‗i samaradorligining ahamiyati davlat (mintaqa) hududida sotish tarmog‗ining 
keng tarqalishiga bog‗liqdir va bunda shahardagi punktlar soni qishloqdagi punktlar 
soniga nisbatan ancha yuqori bo‗lishi lozim. 
Hamkorlarni tanlashda uch omilni hisobga olish lozim: 
potensial hamkorlarning 
huquq qobiliyati, kredit qobiliyati va faoliyat qobiliyati.
 
Huquq qobiliyati
– firmada turistik xizmatlarni sotish bilan shug‗ullanish uchun 
huquqiy asoslarning mavjudligidir. Huquqiy status milliy qonunchilik bilan aniqlanadi va 
turli davlatlarda turli huquqiy shakllarda tasdiqlanadi (masalan, litsenziya, patent, 
registratsiya). Bunday statusga ega bo‗lmagan huquqiy shaxs turistik firma sifatida ko‗rib 
chiqilishi mumkin emas. Shu sababli ham bunday firmalar shartnoma majburiyatlarini 
buzgan hollarida sud organlari da‘vo arizasini ko‗rib chiqish uchun qabul qilmasliklari 
mumkin. 
Shuning uchun ham turistik firmaning huquqiy statusini aniqlash u bilan ish 
munosabatlarini yo‗lga qo‗yishning birinchi sharti bo‗lishi lozim. 
Firmaning huquqiy holati to‗g‗risida litsenziya yoki patent nusxasi, savdo 
riyestridan ko‗chirma, ma‘lumotnoma yoki rasmiy organlar guvohnomasi dalillik berishi 
mumkin. 
Firma huquq qobiliyati uning milliy yoki regional turistik uyushma yoki 
tashkilotlarga a‘zoligi ham bilvosita guvohlik berishi mumkin. Ma‘lumki, bunday 
tashkilotlar a‘zoligiga faqat turistik statusga ega firmalar kira oladilar. Bu milliy 
uyushmalar o‗z nizomlariga muvofiq ma‘lum moddiy va ma‘naviy javobgarlikka ega 
bo‗lganliklari bois ular o‗z a‘zolarining qonunlarga amal qilishlarini kuzatib boradilar. 
Turistik firmaning huquq qobiliyati masalasi ko‗rib chiqilar ekan, uning transport 
kompaniyalari bilan agentlik bitimi mavjudligini e‘tiborga olish kerak. Turistik firmaning 
transport (aviatsiya, temir yo‗l, suv va avtotransport) kompaniyasi agenti etib 
tayinlanishi, uning huquq qobiliyatining juda aniq kriteriyasi bo‗lib xizmat qilishi 
mumkin, chunki transport kompaniyasi mazkur turistik agentlikning o‗z blankalariga 
chipta yozib berishiga ishonadi. Chiptalar jiddiy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangani 
bois, turistik firmaga bunday ishonch turistik agent ish sifatlarining chuqur tekshiruviga 
asoslanadi. 
Kredit qobiliyati -
bu tushuncha orqali firmaning tuzilgan bitimlar bo‗yicha hisob-
kitoblarni o‗z vaqtida ta‘minlash uchun yetarli pul vositalariga egaligini bildiradi. 
Turistik firmaning yuridik statusi o‗z kuchini saqlab qoladigan davrda o‗zgarmaydigan 
huquq qobiliyatidan farqli ravishda kredit qobiliyati o‗z ahamiyatini doimo o‗zgartirishi 
mumkin. Bizning turistik firmalar amaliyotida shunday holatlar ham uchrab turadi: 
xorijiy turistik firmalaraing bankdagi hisob raqamida qaysidir kuni bir necha millionlab 
AQSH dollari bo‗lishi mumkin, 1 -2 kun o‗tgandan keyin esa bu hisob raqamlari bo‗shab 
qoladi. 
Ko‗pincha firmalar o‗z kredit qobiliyati dalili sifatida bank referansi deb 
ataladigan, ya‘ni firmaning mavjud hisob raqami, uning taxminiy hajmi va harakati 


117 
to‗g‗risidagi bankdan olinadigan ma‘lumotnomani taqdim qilishga moyildirlar. Biroq bu 
kabi ma‘lumotnomalar nafaqat kredit qobiliyatini aniqlash uchun asos bo‗la oladi, balki 
tuzilgan bitimlar bo‗yicha to‗liq va o‗z vaqtida hisob-kitoblar qila olishiga ham kafolat 
bo‗la olmaydi. 
Turistik firmaning kredit qobiliyatini bank kafolati tasdiqlashi mumkin. Biroq 
banklar mustaqil ravishda, firmaning bunga alohida roziligisiz bunday kafolatni berish 
huquqiga ega emas, chunki bunday hollarda bank firma faoliyatining barcha moddiy 
majburiyatlarini o‗z zimmasiga olgan bo‗ladi. Bank kafolat berishida firmaning joriy 
hisob raqamidan tegishli summani olib qoladi va kafolat depoziti sifatida ushlab turadi. 
Bu esa firma uchun ahamiyatli pul mablag‗larining muomaladan olib qo‗yilishini 
bildiradi va firma bu yo‗lni uncha ham xushlamay qabul qilishi mumkin. Shuning uchun 
firma tomonidan bank kafolatini taqdim qilish yuzasidan muzokaralarda bu shartni 
tegishli tarzda tushuntirish lozim. 
Firma bilan hisob-kitoblar bo‗yicha manfaatlarni ta‘minlashning nisbatan real 
yo‗li undan avans to‗lovlarini olish hisoblanadi. Erishilgan bitimga qarab avans to‗lovlari 
depozit yoki naq ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. 
Depozit umumiy bitim narxining kelishilgan qismi bo‗lib, sotishlar bo‗yicha 
hamkor shu qism pulni butunlay hisob-kitob qilish kafolati sifatida kelishilgan muddatga, 
mazkur bitim boshlangunga qadar turistik firma hisobiga o‗tkazib beradi. To‗liq hisob-
kitob qilib bo‗linganda depozit bitim narxining umumiy to‗lovi hisobiga kiritiladi. Bitim 
buzilgan hollarda depozit amaldagi me‘yorlar asosida qaytariladi. 
Xorijiy turistik firmalar bilan hamkorlik amaliyotida depozitning ikki xil shakli 
amal qiladi. Birinchisi - turistik xizmatlar to‗lovi hisobiga kiritiladigan, yil davomida 
turistlarga beriladigan depozitdir. Bunday depozit yil boshida kiritiladi. Uning hajmi 
shartnoma tuzadigan tomonlar kelishuviga qarab aniqlanadi. Yil oxirida u oxirgi 
operatsiyalar to‗lovi sifati hisoblanishi yoki keyingi yil uchun yangi depozit sifatida 
o‗tkazilishi mumkin. 
Ikkinchi depozit shakli har bir ma‘lum turistik xizmatlar sotuvi bo‗yicha hisob-
kitoblarda, ko‗pincha turistik guruhlarni qabul qilishda qo‗llaniladi; bu holda depozit har 
bir keladigan guruh uchun belgilangan muddatlarda va belgilangan hajmlarda kiritiladi. 
Hamkorlar bilan depozit shaklida hisob-kitob qilishda turoperator doimiy ravishda 
turagentning joriy qarzlari kiritilgan depozit summasidan oshib ketmasligini kuzatib 
borishi zarur. 
Faoliyat qobiliyati
. Bu tushuncha ostida turistik firmaning tuzilgan bitimdan kelib 
chiqadigan majburiyat va huquqlarini bajara olish qobiliyati tushuniladi. Turistik firma 
faoliyat qobiliyati qandaydir doimiy ko‗rsatkichlar bilan cheklanib qolmaydi. Firmaning 
ko‗p qirrali faoliyati, uning mulki, bozordagi holati, ish aloqalari orqali tasniflanadi. 
Firmaning bu sifatlarini baholashda bizning diqqat markazimizda yaxshi joyda 
joylashgan va jihozlangan savdo binolari mavjudligi, reklama hajmi va sifati, transport va 
mehmonxona kompaniyalari bilan aloqalari, milliy, regional turistik tashkilotlarga 
a‘zoligi, personal malakasi va soni, kontragent tarmog‗i va firmada kompyuter tizimlari 
mavjudligi bo‗lishi lozim. Bu hali firma faoliyat qobiliyatini bildiradigan ko‗rsatkichlar 
ro‗yxatining hammasi emas. Shuni qayd etish lozimki, bularning hammasi kompleks 
tarzda va tez sur‘atlarda ko‗rib chiqilishi lozim. Natijada esa o‗rganilayotgan firmaning 
ish sifatlari haqida obektiv tasavurga ega bo‗lishimiz mumkin. 
Turoperator turagentni diqqat bilan tanlashi kerak, uning ishonchliligiga ishonch 
hosil qilganidan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzish mumkin. Agentlarni 


118 
turmahsulot xususiyatlaridan va oldiga qo‗yilgan realizatsiya masalalaridan kelib chiqib 
tanlaydilar. 
Turagentlarni tanlashda e‘tiborga olinadigan omillar: 
- turlarning predmet yo‗nalishi; 
- huquq va majburiyatlar hajmi; 
- korxonalar guruhining ma‘lum hududi mavjudligi; 
- potensial turistlar guruhlarining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa kriteriylari; 
- sotish usullari va texnologiyasining turlichaligi; 
- o‗zaro hisob-kitoblar ko‗rinishi; 
- ish tajribasi va turizm sohasidagi mavqei (imidji); 
- mazkur faoliyat ko‗rinishi uchun litsenziyaning mavjudligi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish