112
3.
Taqsimot bo‗yicha personalni umumiy malakasi va jo‗shqin xulq atvori
shijoati.
Ko‗pgina turfirmalar rahbariyati taqsimotning a‘lo tizimi firmani muvafaqiyatli
raqobat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar.
1.
Taqsimot iqtisodiyoti.
Taqsimot iqtisodiyoti kattagina
darajada biznesni boshqa
soxalaridagi qarorlar siyosati ta‘siri ostida bo‗lganligi sababli boshqaruvda
ehtiyotkorlik taqsimot samaradorligi va uning bahosida hal qiluvchi rol o‗ynaydi.
Agentlikni tanlashda qo‗yidagi savollarni o‗rganish zarur: turoperator tomonidan
agentlikka taqdim etilgan xizmatlar xajmi; agentlik yordamida sotishni oshirish
imkoniyatlari; turagentlikni qo‗llab-quvatlash uchun zarur bo‗lgan harajatlar:
iste‘molchiga nisbatan agentning joylashgan joyi; agentlik amaliyotini turoperator
talablariga
moslik darajasi; agentlikni sotishni rag‗batlantirish bo‗yicha tadbirlarda
ishtiroki; agentlikni moliyaviy holati; agentlik firmasini boshqarish shakli; agentlikdan
foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan harajatlar miqdori; agentlik amalga oshirayotgan
reklama faoliyatning xajmi va
uni sharotlari; turagentlikni raqib faoliyatiga munosabati;
turagentlikni schetlarni to‗lash doimiyligi; turagentlikni bozor to‗g‗risidagi taqdim
etayotgan ma‘lumotlar xajmi; turagentlik ishiga so‗ngi iste‘molchilar tomonidan shikoyat
va e‘tirozlarni mavjudligi
2. Axborotlar oqimi ustidan nazorat
. Turxizmatlar sezilmasligi sababli ular
to‗g‗risida axborotlarni olish va uzatish operativligi hamda samaradorligi taqsimot
samaradorligida ahamiyatli rol o‗ynaydi.
Axborotlar yetarli darajadami? Boshqarishning bosh elementlariga tegishli bo‗lgan
asosiy narx ko‗rsatkichlari qanchalik to‗g‗ri va o‗z vaqtida olingan? Boshqaruv organlari
tadqiqot natijalari ustidan tazorat uchun xaqiqiy ma‘lumotlardan
foydalanadimi hamda
bu rejalashtirish ishlab chiqarish va taqsimot kabi soxalarda o‗z siyosatini yaxshilaydimi?
Bugungi kunda turistik firmalar ishida personal kompyuterlar foydasi to‗g‗risida
gapirishga xojat yo‗q. Ular buxgalteriya hisobini samarali yuritishga, turistik
po‗tyovkalar harakati, charter reyslarini to‗ldirilishi, mehmonxonalardagi mavjud o‗rinlar
to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar olishga, zaruriy blankalar bilan ta‘minlashga imkon yaratadi.
Turfirmalar tomonidan persanal kompyuter nafaqatgina o‗z ichki vazifalari uchun balki,
turli telekonferensiyalarga (e‘lonlarni elektron gazetasi) va bu tarmoqlarni ko‗p millionli
abonetlar armiyasiga global kompyuter tarmoqlari orqali axborotlarni uzatish uchun
ham foydalaniladi.
3. Persanal malakasi.
Sotishni muvafaqiyatli amalga oshirish uchun sotiladigan
xizmatni batafsil bilishi, xizmatchilar malakasi juda muhimdir. Bu mijozlarga xizmat
ko‗rsatishni yaxshilashga sotish xajmini oshirishga hamda
harajatlarni kamaytirishga
imkoniyat yaratadi. Ko‗p hollarda turfirmalarda shunday holat kuzatiladiki, ya‘ni sotish
bo‗yicha menejer taklif qilingan turistik yo‗nalish to‗g‗risida, xizmat ko‗rsatish dasturi
mehmonxona, transfert, mintaqadagi ob-havo sharoitlari to‗g‗risida mukammal
malumot berish holatida emas. Natijada hafsalasi pir bo‗lgan mijoz turni barcha
tavsilotlarni yaxshiroq tushuntira oladigan, barcha savollarga to‗liq javob beradigan
menedjer faoliyat ko‗rsatadigan boshqa firmaga o‗tib ketadi. Boshqa tomonidan yaxshi
menejment tamoyillaridan foydalanadigan persanalni ratsional boshqarish turistlarga
sifatli xizmat ko‗rstaishga erishish uchun tashkilotni
barcha xizmatlarini
muvofiqlashtirishni ta‘minlashga qodirdir. Bu – ishonch, qaniqarlilik, konstruktiv
yondashuv, menejmentni ratsional tarkibi, turfirma faoliyatining eng muhimlarini
aniqlash.
113
Mehnat motivatsiyasiga firma xizmatchilarini iyerarik ehtiyojini hisoblash
yordamida erishladi.
Rahbariyatning vazifasi ularni qoniqtiruvchi sharoitlarni yaratish,
shu bilan
xodimlarni intensiv va sifatli mehnatini motivlash. O‗z navbatida jo‗shqin va xushyor
persanal rahbariyatga taqsimotni optimallashtirishga va nazoratga yordam berishi va
hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib, qisqacha samarali taqsimotning to‘rtta tamoyilini qayd qilishimiz
mumkin:
1. O‗z sarf-harajatlarini bilish va nazorat qilish. Xatto kichik progress ham taqsimot
tizimini har bir segmenti bo‗yicha harajatlarni bilmasdan mumkin emas. Mazkur
ma‘lumotlarga ega bo‗lib, rahbariyat kelajak muammolarini oldindan ko‗rishi, to‗g‗ri
ustunliklarni belgilash, potensial jamg‗armalarni hisoblab chiqish,
ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish bo‗yicha mos ravishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
2. Taqsimotni muhimligini tushunish. Taqsimotning tushib ketishi ko‗pgina
kompaniyalarni notinchligiga olib keluvchi foyda olish imkoniyati kabi ko‗rib chiqiladi.
Ko‗p hollarda bu turistik biznesga jalb qilingan aniq harajatlar to‗g‗risida boshqaruvni
oddiygina ogohlantirlmasligi oqibatida kelib chiqadi. Taqsimotni foydaligini va muqobil
taqsimot shakllari hamda strategiyasini turli ta‘sirlarini nafaqatgina oliy rahbariyat balki
funksional bo‗linmalar rahbarlari ham sezishi zarur. Rahbariyat bitta sohadagi qarorlar
umumiy harajatlar va ishlab chiqarishga ta‘sir etishni tushunib yetmagunga qadar,
umumiy kam harajatli raqobatbardoshli tizimni olish uchun u bir harajatlarni boshqasiga
almashtira olmaydi.
3. Maxsus usullarni ishlab chiqish. Ko‗pgina turfirmalar kompyuter texnikasi
muammolaridan tushkunlikka tushmoqdalar, lekin ularga
taqsimot vazifasini aniq
tushunib yetishga to‗g‗ri kelmayapdi. Yangi texnologiyalarga tashabusni batafsil
bilimlari bilan birga qo‗shish g‗ayrati, shijoati, jonbozligi, tashabbuskorligi zarur.
Agar texnika turfirmani maxsus o‗ziga xos talablariga javob bersangina u foyda
keltirishi mumkin.
4. Taqsimotdagi ko‗nikmalar va imkoniyatlarni oshirish. Taqsimotni boshqarishda
zarur bo‗lgan bilim va qobiliyat tashkiliy va vazifaviy aloqalarni almashtirish yo‗li
bilan olishi mumkin emas. Ham oliy menejment doirasida ham firmani qolgan xodimlari
doirasida yuqori darajadagi malaka va tajriba talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: