78
sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlari sotish;
suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‗l ko‗rsatkichlar, markalar va boshq. sotish;
valyuta almashtirish;
turistik va sport anjomlarini ijaraga olish.
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:
turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskurs byurolari, sayr-
tomosha korxonalari va boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan
ular ishlab chiqadigan xizmatlarni chakana haridorlarga sotish huquqini olish
maqsadida agentlik munosabatlarini o‗rnatish;
o‗zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil qilish, shu
maqsadda pochta reklamalari,
telefon orqali murojaat, shaxsiy aloqa va
boshqalardan foydalanish;
potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish tartibidan xabardor
qilish;
haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu
talabnomalarni turoperator yoki boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilarga ularni
bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish;
haridordan tur (xizmat) uchun to‗lov haq qabul qilingani tasdig‗i olingancha,
zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‗z vaqtida turoperatorga yoki boshqa
xizmat yetkazib beruvchiga tegishli summa o‗tkazishga taqdim etiladi, xorijga
tur sotishda vizani rasmiylashtirish, turoperatorga
berish uchun haridorning
xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi;
turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning
o‗zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma‘lumot haridorga yetkaziladi;
haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni yetkazib
beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‗zgartirilishi yoki sotib olingan tur
(xizmat) ni bekor qilinishi;
turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi oldida barcha
amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish;
haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‗st bajarilishi bo‗yicha
shikoyatlarni bartaraf etishda ko‗maklashadi;
turagentlik
bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va
istaklar to‗g‗risida axborotlar yig‗adi va ularni turoperator va boshqa xizmat
yetkazib beruvchilarga uzatadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilishning ana‘anaviy
tarkibi bilan bir qatorda (turoperatorlar va turagentliklar) bu sohaga boshqa soha
tashkilotlari tobora ko‗proq kirib faol harakat qilishayapti. Bunda xalqaro
aviakompaniyalar, mehmonxona zanjirlari, banklar, sug‗urta jamiyatlari, savdo uylari,
o‗zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan shug‗ullanuvchi
savdo tarmoqlari ko‗zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya
avia bilet sotishda
haridorga mehmonxona, transfer, beradigan manzilda ekskursiya bronlashtirishni taklif
qiladi. Bunday tashkilotlar uchun umumiy bo‗lgan sabab shuki ushbu sohalarda ortiqcha
kapital hosil bo‗lgan. Bu esa xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ko‗p yillar oldin
istiqbollarini ishlab chiqishga qulay sharoit yaratadi.
Turistik biznesga o‗z kapitallarini sarflar ekan, bu tashkilotlar avvalo boshdan
turistik bozorda raqobat kurashida ustunlikka erishish imkoniga egadirlar. Negaki o‗z
xususiy sotish tarmoqlari (chakana sotish punkti), masalan, bilet kassasi, bank bo‗lish,
sug‗urta agenti, shuningdek yaxshi yo‗lga quyilgan
avtomat bronlashtirish tizimi,
79
qaysikim turistik xizmatlarni sotish uchun qo‗llaniladigan keng imkoniyatlarga egadir.
Bunday noan‘anaviy sayohat tashkilotchilari rolini global taraqqiyot jarayonida oshishi,
turistik bozorda turoperatorlar va turagentlar uchun murakkab vaziyatning paydo
bo‗lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: