O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Safar hujjatlarini rasmiylashtirish



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

Safar hujjatlarini rasmiylashtirish.
Bu shartlar turistning safar uchun zarur 
harajatlarni berishi va rasmiylashtirish tartibini belgilash lozim. Misol uchun, turoperator 
xalqaro safar biletlarini rasmiylashtirishga, chiqish vizasini rasmiylashtirish uchun xorijiy 
konsullikka so‗rov bilan chiqishga majbur. Turagent turist bilan vaucher, turputyovka, 
marshrut varaqasi va banklarga shartnoma rasmiylashtiradi. 
Safarni o„zgartirish va bekor qilish.
Agent bitimida e‘lon qilingan va sotilgan 
turlarni turoperator, shuningdek turagent (turist) tashabbusi bilan o‗zgartirish va bekor 
qilish imkoniyatlari ham ko‗zda tutilgan. Bu holat uchun choralarni javobgar tomon 
belgilaydi (bekor qilish muddati, bekor qilinganda jarima, harajat va qaytarilmaydigan 
summa hajmlari va boshqalar). 
Tomonlar javobgarligi.
Xizmat ko‗rsatishga rioya etilishi, turist shikoyatini 
ko‗rib chiqish va yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zarar uchun tovon to‗lash, ularni 
vujudga kelishi ehtimoli barcha holatlari va tuzatish uchun zarur choralarni qamrab oladi. 
10.2.Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari

Yuqorida aytib o‗tildi, chakana turagentlik huquqiy – tashkiliy shakllarga tobe 
bo‗lmagan holda turistik industriya korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan, 
turoperator tomonidan shakllanadigan alohida xizmatlarni ham, kompleks standart turlar 
(inklyuziv - turlar) ni sotish bilan shug‗ullanadi. 
Ko‗pchilik xorijiy mamlakatlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday 
turlarni sotish huquqi faqat chakana turagentliklarga berilgan. Shuning uchun mazkur 
biznes ular uchun asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Ammo turagentlar kompleks turlarni 
chakana sotish bilan bir qatorda katta miqdorda turli xil turistik xizmatlarni sotishda ham 
ishtirok etadi. Ularning ruyxatiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

muzeyga ekskursiya, kartinalar galeriyasi, arxitektura yodgorliklari shahar 
tashqarisiga sayr va boshq.; 

sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalari va ijtimoiy-maishiy, madaniy oqartuv 
muassasalariga ekskursiya; 

ichki va xalqaro transport biletlarini sotib olish; 

gid (ekskursovodlar) va gid-tarjimonlar xizmati; 

mehmonxona xizmatlari va qo‗shimcha joylashtirish vositalari xizmatlari; 

umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari; 

avtotransport prokati; 

xorijga chiqish vizalarini olishga so‗rovlarni rasmiylashtirish; 

sug‗urta polislarini sotish; 


78 

sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlari sotish; 

suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‗l ko‗rsatkichlar, markalar va boshq. sotish; 

valyuta almashtirish; 

turistik va sport anjomlarini ijaraga olish. 
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:

turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskurs byurolari, sayr-
tomosha korxonalari va boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan 
ular ishlab chiqadigan xizmatlarni chakana haridorlarga sotish huquqini olish 
maqsadida agentlik munosabatlarini o‗rnatish; 

o‗zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil qilish, shu 
maqsadda pochta reklamalari, telefon orqali murojaat, shaxsiy aloqa va 
boshqalardan foydalanish; 

potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish tartibidan xabardor 
qilish; 

haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu 
talabnomalarni turoperator yoki boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilarga ularni 
bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish; 

haridordan tur (xizmat) uchun to‗lov haq qabul qilingani tasdig‗i olingancha, 
zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‗z vaqtida turoperatorga yoki boshqa 
xizmat yetkazib beruvchiga tegishli summa o‗tkazishga taqdim etiladi, xorijga 
tur sotishda vizani rasmiylashtirish, turoperatorga berish uchun haridorning 
xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi; 

turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning 
o‗zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma‘lumot haridorga yetkaziladi; 

haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni yetkazib 
beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‗zgartirilishi yoki sotib olingan tur 
(xizmat) ni bekor qilinishi; 

turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi oldida barcha 
amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish; 

haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‗st bajarilishi bo‗yicha 
shikoyatlarni bartaraf etishda ko‗maklashadi; 

turagentlik bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va 
istaklar to‗g‗risida axborotlar yig‗adi va ularni turoperator va boshqa xizmat 
yetkazib beruvchilarga uzatadi. 
Yuqorida ko‗rsatilgan xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilishning ana‘anaviy 
tarkibi bilan bir qatorda (turoperatorlar va turagentliklar) bu sohaga boshqa soha 
tashkilotlari tobora ko‗proq kirib faol harakat qilishayapti. Bunda xalqaro 
aviakompaniyalar, mehmonxona zanjirlari, banklar, sug‗urta jamiyatlari, savdo uylari, 
o‗zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan shug‗ullanuvchi 
savdo tarmoqlari ko‗zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya avia bilet sotishda 
haridorga mehmonxona, transfer, beradigan manzilda ekskursiya bronlashtirishni taklif 
qiladi. Bunday tashkilotlar uchun umumiy bo‗lgan sabab shuki ushbu sohalarda ortiqcha 
kapital hosil bo‗lgan. Bu esa xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ko‗p yillar oldin 
istiqbollarini ishlab chiqishga qulay sharoit yaratadi. 
Turistik biznesga o‗z kapitallarini sarflar ekan, bu tashkilotlar avvalo boshdan 
turistik bozorda raqobat kurashida ustunlikka erishish imkoniga egadirlar. Negaki o‗z 
xususiy sotish tarmoqlari (chakana sotish punkti), masalan, bilet kassasi, bank bo‗lish, 
sug‗urta agenti, shuningdek yaxshi yo‗lga quyilgan avtomat bronlashtirish tizimi, 


79 
qaysikim turistik xizmatlarni sotish uchun qo‗llaniladigan keng imkoniyatlarga egadir. 
Bunday noan‘anaviy sayohat tashkilotchilari rolini global taraqqiyot jarayonida oshishi, 
turistik bozorda turoperatorlar va turagentlar uchun murakkab vaziyatning paydo 
bo‗lishiga olib keladi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish