O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


-chizma.Turistik xizmatlar oldi-sotdi jarayonida turistik firma o„rni



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

5-chizma.Turistik xizmatlar oldi-sotdi jarayonida turistik firma o„rni 
Mamlakat katta qismida turistik biznes ko‗psonli tadbirkorlik strukturalariga 
berilgan. Ular milliy qonunchilikka muvofiq tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular o‗rnatilgan 
standartlar, talablar, shartlariga qat‘iy amal qilishga majburdirlar. Masalan, Rossiya 
Federatsiyasida XXI asr boshlarida 10 turistik almashinuvda faol ishtirok etuvchi xorijiy 
mamlakat katta qismidagi turistik biznes ham xuddi shu raqamlarga yaqinroq baholanadi. 
Ta‘kidlash kerakki, turistik firmalar faoliyatida operatsiyalar hajmi va harakteri, 
bozordagi o‗rni, faoliyat ixtisoslashuvi va turistik bozorning boshqa shartlari bilan 
bog‗liq sezilarli farqlar ko‗zga tashlanadi. Eng avvalo, turistik firmalar turoperatorlar 
(turtashkilotchilar) va turagentlik (turagentlar)ga bo‗linadi. 
Turoperatorlar.
Ular turistik mahsulotlarni ulgurji sotuvchilar hisoblanishadi. 
Turoperatorlar turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ularni chakana sotuvchilar 


80 
o‗rtasida bog‗lovchi o‗rinni egallaydi. Ommaviy turistik mahsulotlar (inklyuziv safarlar) 
yaratish uchun ular mehmonxona, restoranlar, transport korxonalari katta hajmdagi 
xizmatlarini sotib oladilar, ulardan belgilangan yo‗nalishda guruh va individual 
sayohatlar uchun safar paketlarini shakllantiradilar. 
Turoperatorlar uyushtirilgan turizmning bosh generatorlari hisoblanadi. Ularning 
asosiy vazifasi bozor talablarini o‗rganish va qondirishdan iborat. Ulgurji turfirmalarga 
o‗z biznesini rivojlantirish uchun sezilarli moliyaviy vositalarni investitsiya qilishga 
to‗g‗ri keladi. Bu o‗z savdo markazi va mahsulotning harakati, samarali sotish tarmog‗i 
yaratish va boshqalar uchun zarurdir. 
Turistik bozorning katta bo‗lakligi va segmentatsiyasi va talab tuoperatorlarning 
faoliyatini o‗z mahsulotini aniq ixtisoslangan yo‗nalishga qaratishiga zarurat tug‗diradi. 
Tuoperatorlik faoliyatini asosiy ixtisoslashga yo‗nalishlar hisoblanadi: 
1. Xorijiy sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‗rsatishga ixtisoslashish. Bu 
faoliyat bilan shug‗ullanuvchi turfirmalar qabul qilish bo‗yicha turoperatorlar deyiladi. 
O‗zlarining asosiy vazifalarini bajarish uchun ular: 

mamlakatda mavjud turistik resurslarni va ulardan foydalanish, egallash, o‗z 
mamlakati bo‗ylab turistik sayyohatlar xususiyatlari haqida axborotlarni yaxshi 
bilishi; 

o‗z mamlakatida turizmning moddiy-texnik bazasi haqida axborotga ega 
bo‗lish, turistik xizmat ko‗rsatuvchi korxonalar bilan ishchan aloqada bo‗lish 
va xorijiy turistlarga xizmat ko‗rsatish uchun ulardan foydalanish 
imkoniyatlari; 

xorijiy turistlarni vizali qo‗llab-quvvatlash, turfirma taklif etadigan 
mamlakatga safarlarni sotib olish huquqi (referens)ga ega bo‗lish; 

xorijiy turistik bozorda o‗z mahsulotini sotish va harakatlanish kanallariga ega 
bo‗lish. 
2. O‗z mamlakati fuqarolarini xorijga turistik safarga borishini tashkil qilishga 
ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug‗ullanuvchi turfirmalar yo‗nalish bo‗yicha 
turoperatorlar deyiladi. O‗zlarinining asosiy funksiyalarini bajarish uchun ular: 

o‗z mamlakatida chiqish turizmi bozorida yaxshi o‗ringa ega bo‗lishi, o‗z 
yurtdoshlariga xorijga turistik sayohatlarni taklif etish va sotish imkoniga ega 
bo‗lishi; 

o‗z turistlarini xalqaro uchastkalarga borishini ta‘minlash uchun xalqaro 
tashrifchilar (avia va avtotransport, temiryo‗l va suv transporti) bilan 
mustahkam ishchanlik aloqasida bo‗lish;

qabul qilinadigan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‗rsatish va vizaviy qo‗llab 
– quvvatlashni ta‘minlash uchun qabul qilish bo‗yicha chet el turoperatorlari 
bilan mustahkam sherikchilik munosabatlariga ega bo‗lish; 

turli mamlakatlarga turistik sayohatlar shartlari bo‗yicha zarur axborotga ega 
bo‗lish. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish