111
Nima uchun turoperator sotish bo‗yicha o‗z ishini bir qismini vositachilarga
berishga tayyor?
Bu shuni anglatadiki, u qandaydir darajada tovar qanday sotilishi
ustidan nazoratni yo‗qotadi. Yuqorida qayd qilingan turistik xizmatlarni o‗ziga xosligi
(sezilmaslik, ishlab chiqarish va iste‘mol jararyonlarni mos kelishi va h.k.) juda muhim
hisoblanadi. Shunga qaramasdan ko‗pgina turoperatorlar
vositachilardan foydalanish
ularga ma‘lum foyda keltiradi deb hisoblaydilar.
Ko‗pgina turoperatorlarga bevosita marketingni amalga oshirish uchun moliyaviy
resurslar yetishmaydi. Misol uchun Ispaniyani ―Soltour Este‖ turoperatori o‗z turlarini
bir necha yuz moskva va mintaqaviy turagentliklar yordamida sotadi. Hatto shunday
yirik turfirmaga ham hech bo‗lmaganda bu agentliklarni bir qismini sotib olish uchun
mablag‗ topish juda qiyindir.
To‗g‗ri marketing yordamida ommaviy taqsimot tizimini
iqtisodiyligiga erishish
uchun ko‗pgina turxizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga boshqa firmalar xizmatini
sotishda vositachi bo‗lishi zarur. Masalan, shaxsiy marshrutlari soni 1-2 ta dan
oshmaydigan ko‗pgina turoperator firmalar ―Narus Viaggi‖ (Italiya), ―Pactour‖,
―Frektravel‖ (Turkiya), Italiya va Turkiyaga turlarni sotish bo‗yicha barcha davlat o‗z
vakilligini ochish tajribasizligi sabablidir. Ularni boshqa turoperatorlarni turxizmatlari
bilan birga sotishga to‗g‗ri kelardi, oxir oqibatda turagentliklar tarmog‗ini
egasiga
aylanib qolishi mumkin. Ularga distribyuterlarni keng tarmog‗i orqali ishlash yanada
osonroqdir.
Lekin hatto turoperator taqsimotni shaxsiy kanallarini tashkil etish imkoniyatiga
ega bo‗lgan taqdirda ham, ko‗pgna hollarda agar o‗zining
asosiy biznesiga kapital
qo‗yilmalarni oshirsa u ko‗proq foyda olib ishlaydi.
Vositachilardan foydalanish asosan turxizmatlarni keng ochiq yo‗lini ta‘minlashda
va ularni maqsadli bozorgacha yetkazishdek kattagina samaradorligi bilan izohlanadi.
Turagentliklarda turoperatorlarga nisbatan ko‗proq tajribga, aloqaga, faoliyat
imkoniyatlarga egadir.
Ammo, turfirma sotishni qanday tizimidan foydalanishdan qat‘iy nazar u taqsimotga
sarflanadigan harajatlarni pasaytirishga intiladi. Yangi texnologiya va yangi quvvatli
kompyuterlar yordamida ba‘zi turfirmalar taqsimot
tizimiga sarf-harajatlarni
optimallashtirishga erishdilar
Kompyuterlardan tashqari, taqsimot ayrim hollarda samarali tartibga solishga,
ishlab chiqarish yoki marketingga tortiladi. Taqsimotni samaradorlik darajasini nazorat
qilish va o‗lchash juda mushkul. ayniqsa bunga ba‘zi marketing qarorlari ta‘sir
ko‗rsatadi: mijozlarga xizmat ko‗rsatish siyosatida ba‘zi uncha katta bo‗lmagan
o‗zgarishlar taqsimotdagi sarf-harajatlarni
anchagina oshiradi; ularni rag‗batlantirish
natijasi hisoblangan sotishni maksimallashtirish taqsimot sohasidagi xizmatchilarni
qo‗shimcha shtatiga sarflanadigan moddiy harajatlarga olib kelishi mumkin; sotish pul
aylanmasini oshirish qarori yana taqsimotdagi harajatlarni oshiruvchi xizmat ko‗rsatish
bo‗yicha harajatlar va aylanma fondlar darajasini iqtisodiy jihatdan foyda olmaslikka
olib kelishi mumkin.
Bunday xolatda shunday savol tug‗iladi: taqsimot ustidan
va unga sarflanadigan
harajatlarni kamaytirish ustidan samarali nazoartni amalga oshirish uchun turfirmalarni
a‘lo darajadagi boshqaruv apparatorlari nima qilmoqdalar?
Do'stlaringiz bilan baham: