5-jadval
Turistlar xavfsizligini ta‟minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional
normativ-huquqiy jihatlari
Turistlarga qanday
huquqlar berilishi lozim
Qanday chora-tadbirlar
ko„rilishi kerak
Davlat sektori hamda
xususiy sektor nima
qilishi kerak
Turistning shaxsiga yoki
mol-mulkiga jiddiy tajovuz
qilinishi munosabati bilan
eng tez aloqa vositalari
yordamida o‗z oilasiga
xabar berish
Turist kelgan mamlakatda
uning shaxsiga yoki mol-
mulkiga
jinoiy
tajovuz
qilinishi munosabati bilan
uning hayotini va mol-
mulkini
saqlab
qolish
maqsadida
uni
o‗z
mamlakatiga
tez
repatriatsiya qilish
Turistlarning xavfsizligini
ta‘minlash
va
ularni
himoya qilish masalalari
bo‗yicha
xabardorlik
darajasini oshirish uchun
turizm
xodimlari
va
jamoatchilik
orasida
axborot tarqatish
Milliy ijtimoiy sug‗urta
tizimi doirasida tez va
muvofiq tibbiy
yordam
olish
O‗g‗irlangan
va
keyinchalik topilgan mol-
mulkni
turist
kelgan
mamlakatga qaytarish
Turistlarning xavfsizligini
ta‘minlash
va
ularni
himoya
qilish
uchun
bevosita
yoki
bilvosita
javobgar bo‗lgan turli kasb
egalarini
tayyorlashni
barcha zarur vositalar bilan
rag‗batlantirish
Chet ellikdan garov puli
kiritishni talab qilmasdan,
turistga
tajovuz
qilgan
shaxslarga qarshi milliy
sudda
sud
ishi,
shu
jumladan
jinoyat
ishi
ochish
hamda
yuridik
yordam olish
Turistlarga yoki mahalliy
aholiga
qarshi
bunday
harakatlarga boshqa yo‗l
qo‗ymaslik uchun ishni
sudda ko‗rish
Turistlar hayoti va mol-
mulkini qo‗riqlash chora-
tadbirlari
va
mexanizmlarini
ishlab
chiqish, salbiy oqibatlarga
yo‗l qo‗ymaslik maqsadida
sayohat
paytida
sodir
bo‗luvchi
barcha
jarayonlarni tartibga solish
86
Bundan tashqari, turistik ahamiyatga molik infratuzilma ob‘ektlari mavsum paytida
o‗qtin-o‗qtin yuzaga keladigan turistlarning katta-katta oqimlarini atrof muhitga va
umumiy ovqatlanish sohasidagi sanitariya holatiga salbiy ta‘sirlarsiz qabul qilish
layoqatiga ega bo‗lishini ta‘minlashni qonun yo‗li bilan tartibga solish chora-tadbirlari
ham ko‗rilishi lozim. Sog‗liqni saqlash chora-tadbirlarini ko‗rish lozim deb topilgan
hollarda turistlarga ularning salbiy ta‘sirini mumkin qadar cheklash ham muhim
ahamiyatga ega.
Ba‘zan turistlar ekspluatatsiya, zo‗rlik ishlatish ob‘ektlariga aylanadilar. Bu
munosabat bilan mazkur jinoiy xatti-harakatlarning tashkilotchilariga nisbatan qattiq
choralar ko‗rish zarur, aks holda mamlakat turistik safarga chiqish tavsiya etilmaydigan
mamlakatlar ro‗yxatiga kiritilishi mumkin. Boshqa tomondan, shunday salbiy hodisalar
ham uchrab turadiki, ba‘zan turistik firmalar ma‘lum shaxslarni fohishaxonalarda ishlash,
norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish uchun chet elga turist sifatida maxsus
yuboradilar. Vaholanki, mazkur sohalar ko‗pincha uyushgan jinoyatchilik ta‘siri ostida
bo‗ladi.
Turistlar bilan jismoniy (yoki yuridik) shaxslar o‗rtasida yuzaga keluvchi bahslarni
suddan tashqarida tez hal qilish uchun JTT ekspertlari tegishli organ, masalan, umumiy
yoki maxsus vakolatlarga ega bo‗lgan Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish
jamiyati yoki shikoyatlar bo‗yicha vositachi organ tuzishni tavsiya etadilar. Turistlar
ularga murojaat etib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilishlari mumkin, chunki bu
ularning huquqiy manfaatlari, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi manfaatlari bilan
bog‗liq.
Turistlar xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi davlatlararo hamkorlik ham, ayniqsa,
tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, yirik avariyalar va epidemiyalar sodir bo‗lgan
hollarda, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Boz ustiga, turistlar hayoti yoki mol-
mulkiga jiddiy tajovuz qilingan, ayniqsa, ular terroristik aktlar natijasida jabr ko‗rgan
hollarda qabul qiluvchi mamlakat zudlik bilan turistlar kelgan mamlakatga (agar
imkoniyat bo‗lsa, diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari orqali) jabr ko‗rgan
shaxslarning sog‗lig‗i hamda yuqorida zikr etilgan hodisaning tafsilotlari to‗g‗risida
barcha zarur axborotni taqdim etishi shart.
Turizm bo‗yicha 1989 yil Gaaga Deklaratsiyasining 8-tamoyilida shunday deyiladi:
«Turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish, shuningdek ularning
qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zarur shartidir». Bu munosabat
bilan ekspertlar quyidagilarni taklif qiladilar:
turistik safarlar, sayohatlar va tashriflarni soddalashtirish chora-tadbirlarini
turistlarning hamda turistik ob‘ektlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni
himoya qilish chora-tadbirlari bilan birga amalga oshirish;
bu maqsadda turistlarning hamda turistik ob‘ektlarning xavfsizligini ta‘minlash
va ularni himoya qilishga yo‗naltirilgan samarali siyosatni ishlab chiqish;
turistlar foydalanganligi uchun alohida e‘tibor berishni taqozo etuvchi turistik
tovarlar, ob‘ektlar va asbob-uskunalarni aniq belgilash;
tegishli hujjatlar va axborotni tayyorlash hamda turistik ob‘ektlarga xavf-xatar
tahdid solgan hollarda mazkur hujjatlar va axborotdan foydalanilishini
ta‘minlash;
har bir mamlakatning qonunchilik tizimiga xos tartib-taomillarga muvofiq,
turistlarni himoya qilish sohasidagi yuridik qoidalarni bajarish;
87
turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish masalalarini
tartibga soluvchi chora-tadbirlar dasturlarini tuzishda davlatlar JTT doirasida
hamkorlik qilishlariga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |