Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi



Download 0,75 Mb.
bet47/47
Sana11.03.2022
Hajmi0,75 Mb.
#489229
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Мажмуа Диалект.я 3-курс sirtqi (1)

DIALEKTOLOGIYA FANIDAN
TEST SAVOLLARI

№1.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-34


#Nechanchi yildan boshlab Samarqand viloyati shevalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ketma- ket ekspiditsiyalar tashkil etilgan?
+A)1930
B)1967
C)1923
D)1935

№2.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet- 23


#O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarning qaysi guruhiga kiradi?
A)janubiy-sharqiy
+B) janubiy-g‘arbiy
C)shimoliy- g‘arbiy
D)shimoliy-sharqiy

№3. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


#Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari nechanchi asrda yaratilgan?
A)XIX asr
B)XIX asrning oxiri
+C)XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida
D) XX asrda

№4. Manba: V.V.Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


#Kim o‘zbek tili shevalari atlasini yaratish maqsadida “O‘zbek sheva-lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasini tuzgan?
A)V.V.Reshetov
B) Asqarov
C)S.Ibrohimov
+D) A.K.Borovkov

№5.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-14


#Lingvistik geografiya to‘g‘risida yetarli faktik materiallar qachon paydo bo‘ldi?
+A)XIX asrning o‘rtalarida
B) XX asrning boshlarida
C) XIX asrning boshida
D)XX asrning oxirida

№ 6. Manba : V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet -16


# O‘zbek shevalarini lingvo-geografik metod bilan o‘rganish ishi nechanchi yilda boshlangan edi?
A)1964-yil
+B)1940-yil
C) 1934-yil
D) 1923-yil
№7. Manba : V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet -29
# Qaysi shevashunos olim Toshkent va Farg‘ona shevalarini aniqlab bergan?
+A) V.V.Reshetov
B) Yudaxin
C) Borovkov
D) Polivonov

№8. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-169


# Ijtimoiy-siyosiy so‘z va terminga xos bo‘lgan qatorni toping ?
A)traktor
+B) kommunizm
C) konsert
D) asfalt

№9.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-173


# Umummilliy tilning qaysi birliklari ma’lum til sistemasiga ega bo‘lib, real til qurilishini aks ettiradi?
+A) sheva va dialektlar
B) lahjalar
C) lug‘atlar
D)so‘zlar

№10. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-6


# Biror tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega eng kichik qismi nima deb ataladi?
A)lahja
B)dialekt
+C)sheva
D) so‘z

№11.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-11


# G‘ozi Olim Yunusovning “O‘zbek lahjalarining tasnifidan bir tajriba “tadqiqotida o‘zbek urug‘- qabilalari va ularning tillari nechta ekanligi qayd qilingan?

  1. 96

  2. 98

C)99
+ D) 92

№12.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 12


# Yozuvlarning eng qadimiysi qaysi yozuv?
A) lotin
B) mixxat
+C)sog‘d

  1. arab

№13.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-30


# Sheva so‘zi qaysi tildan olingan?

  1. lotincha

+B)forscha
C)ruscha
D)o‘zbekcha

№14.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-5


# Obyektni o‘rganish jihatidan dialektologiya necha turli hisoblanadi?
+A) 2
B)3
C)5
D)4

№15.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# ( ) diakritik belgi sifatida nimani anglatadi?
A)o‘tish belgisi
B)belgilarni taqqoslashni anglatadi
+C) shart bo‘lmagan, tushib qoladigan elementni ko‘rsatadi

  1. o‘zgarish hodisasini anglatadi

№16.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-23


# Qaysi mualliflarning asarlarida keltirilgan urug‘larning nomlari hozirgi vaqtda ham ona zaminimizning ayrim joylarida uchrab turadi?
A)Y.X.Hojib
+B)Abulg‘ozi Baxodirxon, M.Koshg‘ariy va boshqalar
C)Reshetov
D)Yudaxin

№17.Manba: Nazar Rajabov “ O‘zbek shevashunosligi” bet-14


# M.Koshg‘ariy tillarning sofligi tushunchasi deganda, turkiy bo‘lmagan tillarning ta’sir darajasini tushunadi, shunga ko‘ra u turkiy tillarni nechta guruhga bo‘lib o‘rganadi?
A)4
B)3
C)3
+D)2

№18.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-14


# Birinchi turkolog, xususan, lug‘atshunos, etnograf, tarixchi va xalq og‘zaki ijodchisi, jug‘rofiya bilimdoni kim?
A)Yugnakiy
+B)M.Koshg‘ariy
C)Y.X.Hojib
D)Reshetov

№19.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-16


#Mahmud Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy tillar va lahjalar tasnifi uchun nechta fonetik va morfologik xususiyatni asos qilib olgan?
A)5 fonetik, 3 morfologik
B)6 fonetik, 5 mofologik
+C)6 fonetik, 4 morfologik
D)4 fonetik, 6 morfologik

№20.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-22


# Sevalar tarixiy jihatdan va hozirgi holatdagi nuqtai nazaridan o‘rganiladi, shunga ko‘ra shevashunoslik qanday turlarga bo‘linadi?
+A) tarixiy va tasviriy
B) tarixiy va qiyosiy
C) dialektlar va adabiy til
D) eskirgan va yangi

№21.Manba : Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-22


# M.Koshg‘ariy turkiy tillarning qancha til va lahjalardan iborat ekanligini yozadi?
A)88
B)67
C)24
+D)20

№22.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-14


# M.Koshg‘ariy o‘g‘uz qabilasining tarkibida nechta urug‘ borligini yozadi?
+A) 22ta
B)18ta
C)16ta
D)24ta

№23.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-23


# Qaysi shevashunos olim tadqiqotida o‘zbek urug‘larining 70ga yaqinini shaxsan o‘zi o‘rganib chiqadi?
A)Polivanov
B) Yudaxin
C) Reshetov
+D)G‘ozi Olim Yunusov

№24.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-258


# O‘zbek xalq shevalarida harakat nomining qancha ko‘rinishi mavjud?
+A) 15 dan ortiq
B) 12
C) 10
D) 8

№25.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-259


# Harakat nomining – moq qo‘shimchasi qaysi guruhga kiruvchi shevalarda keng qo‘llaniladi?
A)qarluq
B)qipchoq
+C)o‘g‘uz
D)chigil

№26.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-263


# Qaysi shevalarda –lы,–li,-raq,- siz,- be kabi qo‘shimchalar bilan sifat yasaladi?
+A) qipchoq
B)o‘g‘uz
C)qarluq
D)qipchoq-o‘g‘uz

№27.Manba: Ashirboyev·S.·O‘zbek·dialektologiyasi·bet-81


#Polivanov tasnifiga ko‘ra chig‘atoy lahjasi necha tipga ajratiladi.
A) 3
B) 5
+C) 6
D. 7

№28.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet – 269


# Faqat yuklamasi qaysi shevalarda quri, paqat kabi shakllarda qo‘llaniladi?
A)o‘g‘uz
B)qarluq
C)chigil
+D)qipchoq

№29.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet – 272


# O‘zbek shevalari leksikasi masalalarini o‘rganishga doir “ O‘zbek shevalari leksikasi” nomli ilmiy to‘plami qachon nashrdan chiqdi?
+A) 1966
B) 1968
C) 1971
D) 1970

№30. Manba:·Ashirboyev S.O‘zbek·dialektologiyasi·bet-81


# Shevalami leksik, morfologik va fonetik xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilish lozimligini uqtirgan holda shevalami 1) o‘zbek-qipchoq, 2) turk-barlos, 3) Xiva-Urganch lahjalariga ajratgan olim kim edi?
A)Zarubin
+B)G‘ozi Olim
C)Polivanov
D.Yudaxin

№31. Manba:Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi·bet-81


# A.K. Borovkov o‘zbek tili shevalarining tarixiy taraqqiyotini hisobga olib, uni nechta dialektga ajratadi?
A.3
+B) 4
C)2
D.5

№32.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 238


# Tilimizda -g‘on sifatdosh shakli qaysi alloma asarlarida faol qo‘llanilgan?
A) Al Beruniy
B) Ibn Sino
C) Z.M.Bobur
+D) A.Navoiy

№33.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 234


# Shevalardagi qaysi fe’l mayli so‘zlovchining ma’lum bir ish-harakat yoki holat haqidagi orzusi, istagini anglatadi?
+A)istak mayli
B) buyruq mayli
C)xabar mayli
D)shart mayli

№34.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-225


# Shevalardagi qaysi mayl shakli harakat yoki holatni haqiqiy hodisa sifatida ko‘rsatadi?
A)xabar mayli
B)buyruq mayli
C)istak mayli
+D)aniqlik mayli

№35.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-13


#1960-yilga kelib, M.Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari qaysi arab tili bilimdoni tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan?
+A) Solih Mutallibov
B) Hamid Nematov
C) G‘anijon Abdurahmonov
D) Ulug‘ Tursunov

№36.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-142


# Metateza hodisasini o‘zbek shevalari uchun xos ekanligini qaysi olimlar ko‘rsatib o‘tgan?
A) G‘ozi Olim Yunusov, Kononov
B) Polivanov, Yudaxin
C) Reshetov, G‘ozi Olim Yunusov
+D) Reshetov, Kononov

№37.Manba Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi·bet-86


#Reshetov tasnifiga asosan Iqon, Qorabuloq, Mankent, Qoramurt kabi hududlar qaysi guruhga mansub?
A. O‘sh -O‘zgan dialekti
B. Toshkent guruhi
C. Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti
+D.Shimoliy o‘zbek guruhi

№ 38.Manba: Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi·bet-87


# Bugunga kelib dialektologiya sohasida fan doktorlari, professorlar bilan birga qancha fan nomzodlari, dotsentlar yetishib chiqqan?
+A.50 ga yaqin
B.60
C.40
D.70

№39. Manba: Ashirboyev S.O‘zbek·dialektologiyasi·bet-86


# Reshetov tasnifiga asosan Shahrisabz. Kitob, Yakkabog‘ kabi hududlar qaysi guruhga mansub?
A) Shimoliy o‘zbek guruhi
B) Toshkent guruhi.
+C) Qarshi guruhi.
D.Farg‘ona guruhi

№40. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-64


#O‘zbek shevalarida qanday variantlar mavjud?
+A) fonematik, fonetik, morfologik
B) fonetik, morfologik
C) fonematik, fonologik
D) morfologik

№41. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-68


#“O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari” kitobining muallifi kim?
+A) Sh. Shoabdurahmonov
B) A.Hojiyev
C) X.Doniyorov
D) Sh.Nosirov

№42.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 188


# Qarluq, uyg‘ur, chigil lahjasidagi shevalarda ko‘rsatish olmoshlari qaysi so‘zlar bilab birikib kelib, egalik qo‘shimchalari bilan birikadi?
+A)yer, yoq
B) bog‘, tog‘
C)oy, nur
D) yer,boy

№43. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-70


#Nazariy jihatdan o‘zbek shevalari va adabiy tilning lug‘at tarkibidagi ayni bir tushuncha va
predmetni ifodalashda ishlatiladigan leksik farqlarni necha guruhga ajratish mumkin?
+A) 3
B) 4
C) 5
D) 6

№44.Manba: Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi bet-86


# Reshetov tasnifiga asosan Farg‘ona, Vodil, Qo‘qon va boshqa shu tipdagi shevalar qaysi guruhga kiradi?
A. O‘sh -O‘zgan dialekti
B. Toshkent guruhi
+C. Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti.
D.Shimoliy o‘zbek guruhi.

№45.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 229


# Qaysi lahjaning ayrim shevalarida buyruq-iltimos ma’nosini ifodalab keluvchi –g‘in,-gin qo‘shimchasi o‘rnida –g‘ay qo‘shimchasi va xuddi shu ma’noni ifodalovchi ravishdosh shaklidan keyin qo‘shiladigan –g‘ay qo‘shimchasi mavjud?
+A)qipchoq
B)o‘g‘uz
C)qarluq
D) chigil

№46. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-124


# Samarqand – Buxoro, Qashqadaryo shevalaridagi qaysi so‘z tojik tilidagi uvat, marza ma’nosiga ega?
+A) rosh
B) chegara
C) oraliq
D) jo‘yak

№47. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-125


#Xorazm, Qoraqalpog‘istondagi o‘g‘uz-qipchoq shevalarida jo‘yak, ariqcha ma’nosida qaysi so‘z ishlatiladi?
+A) qariq
B) pushta
C) marza
D) uvat

№48.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-31


#Qaysi atama ifoda, so‘z, sheva,ovoz kabi ma’nolarni anglatadi?
A)Sheva
B)Dialekt
C)Leksema
+D)Lahja

№49.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-34


#Qaysi tilshunos Samarqanddagi shevashunoslik ekspeditsiyasining ilk tashabbuskori va rahbari bo‘lgan?
A)G‘ozi Olim Yusunov
+B)Ulug‘ Tursunov
C)Hodi Zaripov
D) E.D. Polivonov

№50.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-48


#O‘zbek milliy tiliga qaysi lahja asos qilib olingan?
+A) Qarluq-chigil-uyg‘ur
B)O‘g‘uz
C)Qipchoq
D)To‘ri javob yo‘q

№51.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-86


#Janubiy Xorazm dialektida nechta unli tovush bor?
A)8
B)6
C)7
+D)9

№52.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-111


#O‘zbek tilining qaysi shevalarida epiteza hodisasi birmuncha chegaralangan?
+A)Mang‘it, Vodil
B)Urgut, Kattaqo‘rg‘on
C)Xatirchi, Vodil
D)Ustyurt, Mang‘it

№53. Manba: Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi bet-87


#O‘zbek tili va shevalari bo‘yicha 250dan ortiq nomda katta va kichik hajmda asarlar va ilmiy ishlarni yaratgan. Hozirgi kunda uning 150dan oshiq ishlari e’lon qilingan. Bu olim kim edi?
A)Zarubin
B)G‘ozi Olim
#C)Polivanov
D.Yudaxin

№53.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-143


#Bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini yo’qotib, sirg’luvchi tovushga o‘tishi nima deyiladi?
A)Metateza
B)Murakkab assimatsiya
C)Dissimilatsiya
+D)Spirantizatsiya

№54.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 273


#O‘zbek tilida bo‘lgani kabi uning lahja va shevalarida ham gaysi so‘zlar nihoyatda ko‘p ?
A)Shakldosh
+B)Ma’nodosh
C)Paronim
D)Uyadosh
№55.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-275
#Ma’nodosh so‘larning tuzilishiga ko‘ra sodda, juft, birikmali kabi turlarga bo‘linishi qaysi shevaga xos?
A)O‘g‘uz
B) Qarluq
+C) Qipchoq
D)Janubiy Xorazm

№56. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-126


# Jo‘xori so‘zi Xorazm o‘g‘uz shevalarida qanday shaklda uchraydi?
+A) juyƏn, juvƏn
B) jugari
C) qo‘qonjo‘xori
D) qoqjo‘xori

№57.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-14


#Lingvistik geografiya qachon paydo bo‘lgan?
A)XX asr boshida
B)XIX asr boshi
+C)XIX asr o‘rtalarida
D)XX asr o‘rtalarida

№58. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


#O‘zbek xalq shevalari atlasini yaratish uchun shevalarning fonetik va grammatik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan 65 so‘roqdan iborat “Ozbek sheva - lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi kim tomonidan tuzilgan?
+A)Borovkov
B)Reshetov
C)Polivonov
D)Tursunov

№59.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


#Metisatsiya nima?
A)turli sistemadagi tillarning chatishuvi
+B)qardosh tillarning chatishuvi
C)ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanishi
D)shakldosh so‘zlarning farqlanishi

№60.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-36


#Janubiy Xorazm dialektiga quyidagilardan qay biri kiradi?
A)Xonqa, Xazorasp, Shovot, Gurlan
+B)Xonqa, Yangiariq, G‘ozovot, Sho‘raxon
C) Xonqa, Xazorasp, Yangiariq, G‘ozovot
D) Xazorasp, Shovot, Bo‘zqal‘a, Xonqa

№61.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-72


#[o] unlisining labsizlanib qolishi va uning [a]unlisiga o‘tishi qaysi shevada uchraudi?
+A)O‘rta Xorazm
B) Toshkent
C) Samarqand
D) Namangan

№62. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-126


# Jo‘xori so‘zi Toshkent viloyati atrofidagi o‘zbek shevalarida qanday shaklda uchraydi?
A) juyan
B) jugari
+C) qo‘qonjo‘xori
D) qoqjo‘xori

№63. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-65


#Yopiq unli tovush bo‘lib, y lovchi shahar shevalari, shuningdek, o‘zbek adabiy tilida uchraydigan tovushni belgilang.
+A)e
B)i
C)u
D)o

№64.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-121


# Bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslashishi nima deyiladi?
A)og‘zaki nutq
B) assimilatsiya
+C) akkomadatsiya
D)dissimilatsiya

№65.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-122


# Singormanizm nima?
A)undoshlar gormoniyasi
B)unlilar farqlanishi
C)undoshlar farqlanishi
+D)unlilar uyg‘unlashishi

№66.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet- 156


# Shevalardagi qararman so‘zi ifodalangan fe’lning zamoni toping
+A) kelasi zamon gumon
B) kelasi zamon maqsad
C) hozirgi-kelasi zamon
D) o‘tgan zamon

№67.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-165


# Toshkent shevasidagi pƏshshƏ so‘zi Farg‘ona shevasida qanday ataladi?
A)hasharot
B)peshsha
+C)chivin
D)to‘g‘ri javob yo‘q

№68.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-169


# Bank so‘zi qaysi guruhga xos atama?
A)dehqonchilik
B)binokorlik
C) kandachilik
+D)savdo

№69.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet -167


# G‘alvir so‘zi qaysi guruhga xos”
A)binokorlik
B)chorvachilik
C)dehqonchilik
+D)uy-ro‘zg‘or buyumlari

№70.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-160


# “O‘zbek tilining qirq shevasi” (O‘zbek dialektologiyasidan materiallar, I, Toshkent, 1957) kitobi muallifini toping.
+A) Mirsoatov T.Z.
B) Kononov A.N.
C) V.V.Reshetov
D) Sh.Shoabdurahmonov

№71.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-227


# Shevadagi qabaq so‘zi qaysi tushunchani anglatadi?
A)qazg‘oq
B)ko‘z qorachig‘i
+C)qovoq
D)peshona

№72.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-228


# Shevadagi po‘to so‘zi qaysi so‘zni anglatadi?
+A)sharf
B)oy nomi
C)mushuk
D)etik

№73.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-230


# Shevadagi chopchƏk so‘zi ma’nosi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) yomg‘ir
B)chog‘ir
C)patir
+D)ertak

№74.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-17


# Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida Chin ya’niXitoy davlatini nechta qismdan iboratligini yozadi?
A)2
B)4
+C)3
D)6

№75.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-18


#Qarluq-chigil-uyg‘ur guruhiga kiruvchi tillarga doir misollar ijodida ko‘p uchraydigan muallifni toping.
A) Yugnakiy, Yusuf Hos Hojib
B)Yusuf Hos Hojib
C) Yugnakiy
+D)Navoiy

№76. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-20


#Turkiy tillarning yirik guruhlaridan hisoblangan o‘zbek tili necha qismga bo‘lib o‘rganiladi?
A)2
+B)3
C)4
D)5

№77.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-19


#“Devonu lug‘atit turk” asariga asosan, „O‘g‘uz“ guruhidagi urug‘-qabilalar va ularning tillarini qancha deb hisoblashga to‘g‘ri keladi?
+A) 24
B) 20
C) 22
D) 19

№78. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-126


# Jo‘xori so‘zi Farg‘ona shevalarida qanday shaklda uchraydi?
A) juyan
+B) oqjugari
C) qo‘qonjo‘xori
D) qoqjo‘xori

№79. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-23


#Qaysi olim qarluq qabilasining tilini og‘uzlarga, yag‘mo va chigillarga qo‘shish mumkinligini izohlagan?
A)M. Koshg‘ariy
B)A)Navoiy
C) G‘ozi Olim Yunusov
+D)Solih Mutallibov

№80. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-34


#O‘zbek shevalarini o‘rganishga qiziqish va uning tasnifi qachon kengayib bordi?
+A)XIX asrning oxiriga kelib
B)XIX asrning o‘rtalariga kelib
C)XIX asrning boshlariga kelib
D)XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib

№81.Manba: Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-126


# Jo‘xori so‘zi Forish shevalarida qanday shaklda uchraydi?
A) juyan
+B) jug‘ari
C) qo‘qonjo‘xori
D) qoqjo‘xori

№82.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-14


# Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asarida qaysi qabila turklarning bir qabilasi sifatida ta’kidlangan?
A)qipchoq
B)qarluq
+C)o’g’uz
D)qipchoq va qarluq

№83. Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-134


# Polizchilik sohasi bo‘yicha dastlabki tadqiqot ishi sifatida keltiriladigan 1971-yilda Farg‘ona guruhi shevalari materiallari asosida yozilgan “O‘zbek tilidagi polizchilik terminlari” nomli nomzodlik dissertatsiyasini kim yoqlagan?
+A) T.Nu’monov
B) Y.Eshonqulov
C) S.Anorboyev
D) B)Abdullayev

№84.Manba: Abdurahmonov D. va boshqalar O‘zbek shevalari leksikasi bet-135


#O‘zbek adabiy tilidagi qovun leksemasi o‘zbek tili shevalarida qaysi jihatiga ko‘ra farqlanadi?
+A) talaffuz
B) leksik
C) morfologik
D) farqi sezilmaydi

№85.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-16


# Qaysi tilshunos olimning ma’lumotiga ko‘ra, “ Sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar, g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xosdir” deb qaraladi?
+A)M.Koshg‘ariy
B) Nazar Rajabov
C) G‘ozi Olim Yunusov
D)Yusuf Xos Hojib

№86.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet -21


# Sheva so‘zining ma’nosi?
+A)forscha so‘zlashish, ovoz, odat, til
B)arabcha sozlashish
C) forscha bilish , o‘rganish
D) arabcha bilish, o‘rganish

№87.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-32


# Dialekt so‘zi qaysi tildan oldingan?
A)yunoncha
B) arabcha
+ C) lotincha
D)forscha

№88.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-34


# 1930- yildan boshlab qayerda shevalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ketma- ket ekspeditsiyalar tashkil etildi?
+A) Samarqand
B) Farg‘ona
C) Xorazm
D)Buxoro

№89.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 35


# Qaysi olimning nomzodlik dissertatsiyasi o‘zbek tilining Marg‘ilon shevasiga bag‘ishlanadi?
A)Radlov
+B)Reshetov
C)Baskakov
D)Polivanov

№90.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-35


#Reshetov doktorlik dissertatsiyasini qaysi shevalarga bag‘ishlaydi?
A)Marg‘ilon
B)Farg‘ona
C)Xorazm
+D)Toshkent viloyatining Qurama shevalari
№91. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-35
#O‘zbek shevalarini o‘rganish tarixi qaysi asar bilan chambarchas bog‘liq?
+A)Devonu lug‘otit turk
B)Qutadug‘u bilig
C)Avesto
D)O‘rxun-Enasoy

№92. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-38


#Oybek qaysi romanlarida Toshkent va ularga o‘xshash shevalarning xususiyatlaridan foydalanib ish ko‘rgan?
A)Bolalik
B)Qutlug‘qon
+C)Qutlug‘ qon, Oltin vodiydan shabadalar
D)Oltin vodiydan shabadalar, Navoiy

№93.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-47


#O‘zbek millati va milliy tilning tashkil topish jarayoni qachonga to‘g‘ri keladi?
+A)XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning boshlari
B)XX asrning ikkichi yarmi
C)XVIII asrning birinchi yarmi XIX asrning boshlari
D)XIX asrning oxiri XX asr boshlari

№94.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-290


#Evfemizmlar tuzilish jihatdan necha turga bo‘linadi?
A)3
+B)2
C)4
D)5

№95. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-289


#Evfemizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi?
+A)yaxshi gapiraman, xushmuomalalik bilan gapiraman
B)chiroyli chizaman
C)ajoyib talaffuz qilaman
D)chiroyli sahifalayman

№96.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-6


#Biror tilning fonetik, leksik va grammatik xususiyatiga ega bo‘lgan eng kichik qismi bu - ...?
A)lahja
B)dialekt
C)matn
+D)sheva

№ 97. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-8


# .... - biror yozuv haflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir.
A)transkripsiya
+B)transliteratsiya
C)fonetik transkripsiya
D)fonologik transkripsiya

№98. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# Rusiyada lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va rivoji kimning nomi bilan bog‘liq?
A)E.Polivonov
B)Baskakov
+C)I.I.Sreznevskiy
D)A.I.Sobolevskiy

№99. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# “Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi” qachon nashr etilgan?
A)1954-yil
+B)1957-yil
C)1955-yil
D)1956-yil

№100. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# Qachon SSSR Fanlar Akademiyasi “Rus tili atlasi”ni tuzishga kirishadi?
A)1931
B)1932
C)1934
+D)1935

№101. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov eronlashgan shevalarni necha tipga ajratadi?
A)3
B)5
+C)4
D)1

№102. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# G‘ozi Olim Yunusov ozbek shevalarini necha lahjaga ajratadi?
A)2
B)5
C)7
+D)3

№103. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# . (bir nuqta), : (ikki nuqta), :: (bir necha ikki nuqta) diakritik belgilari dialektologiyada nimani anglatadi?
A)o‘tish hodisasini
B)o‘zgarish hodisasini
+C)belgidan keyin qo’yilib, unlining uzunligini ifodalaydi
D) unlilarning yumshoq talaffuz qilinishini

№104. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# > diakritik belgisi dialektologiyada nimani anglatadi?
+A)o‘tish hodisasini
B)o‘zgarish hodisasini
C)almashish hodisasini
D) unlilarning yumshoq talaffuz qilinishini

№105. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# / va ̴ bu belgi nimani bildiradi?
+A)belgilarni taqqoslashni ko‘rsatadi
B)o‘zgarish hodisasini
C)almashish hodisasini
D) unlilarning yumshoq talaffuz qilinishini

№106. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# O‘zbekistonda nechanchi yildan boshlab lingvo-geografik metod bilan shevalarni o‘rganish boshlangan va bu sohada ish davom qilmoqda?
A)1944
+B)1940
C)1980
D)1945

№107. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# Qaysi olim o‘zbek shevalarining klassifikatsiyasining 2 variantini tavsiya qiladi?
A)Zarubin
B)Polivanov
C)Reshetov
+D)Yudaxin

№108. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-225


# Shevadagi ardja so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
A)qulf
+B)sandiq
C)mashina
D)ko‘ylak

№109. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-225


# Shevadagi inƏk so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
A)qo‘y
B)echki
+C)sigir
D)tovuq

№111.Manba: N.Rajabovning “O‘zbek shevashunosligi” bet-16


# “ Sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar, g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xosdir”.Ushbu ma’lumot muallifi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
+A)M.Koshg‘ariy
B)Navoiy
C)Rabg‘uziy
D)Rumiy

№112. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-167


# Uloq so‘zi qaysi guruhga kiradi?
A)binokorlik
+B)chorvachilik
C)kandachilik
D)dehqonchilik

№113. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-228


# Shevadagi manat so‘zi qaysi tushunchani anglatadi?
A)qaboq
B)manglay
C)qo‘l
+D)zirak

№114. Manba: V.V.Reshetov,Sh.Shoabdurahmanov “ O‘zbek dialektologiyasi” bet-228


# Shevadagi kesh so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
+A)kech
B)ko‘ylak
C)soch
Dbarmoq

№115. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-149


# J- lovchi shevalarda kishilik olmoshlarining I,II shaxs ko‘pligi qanday formada uchraydi?
+A)-ar, -Ər
B) –miz,siz
C) miz, ar
D) –miz,-är

№117. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Qaysi olim o‘z tasnifida metisatsiya va gibridizatsiya holatlarini keltirib o‘tgan?
A)Zarubin
B)Yudaxin
+C) Polivanov
D)Reshetov

№118. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-17


# Qaysi olim o‘zbek dialektlarini kartalashtirish ishini boshlab bergan?
A)Zarubin
B)Yudaxin
C) Polivanov
+D)Reshetov

№119. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# [ ] ( o‘rta qavs) diakritik belgisi qanday maqsadda ishlatiladi?
+A) umumiy tekstdan transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
B)taqqoslash uchun
c) ajratish uchun
D) belgilash uchun

№120. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


# Jileron va Edmonning “ Fransuz tili atlasi “ necha jild?
A)15
+B)12
C)4
D)22

№121. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


# Yaberg va Yudning “ Italyan-shvetsar atlasi “ nechanchi yilda yaratilgan?
A)1920-1980
B)1978-1979
C)1924-1987
+D)1928-1940

№122. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


# Yaberg va Yudning “ Italyan-shvetsar atlasi“ necha jild?
A)18
B)4
C)7
+D)8

№123.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16


# Voker va Vredelarning “ Nemis tili atlasi” nechanchi yilda yozilgan?
A)1876-1956
+B)1876-1926
C)1980-1987
D)1956-1987

№124.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-16-17


# Nechanchi yildan boshlab o‘zbek shevalari xususiyatlarini kartalashtirish ishi yana kun tartibiga qo‘yildi?
+A)1965
B)1964
C)1987
D)1956

№125.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-17


# Reshetov o‘zbek dialektologiyasida birinchi bo‘lib o‘zbek qurama shevalarining nechta kartasini tuzdi?
A)44
B)45
C)47
+D)49

№126. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# XX asrda Xorazm shevalari kartasini tuzish ishi bilan kim shug’ullana boshlagan?
+A)F.A.Abdullayev
B)Mirzayev
C)Shermatov
D)Aliyev

№128. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# XX asrda Buxoro guruppa shevalarini tuzish ishi bilan qaysi olim shug’ullangan?
A)F.A.Abdullayev
+B)Mirzayev
C)Shermatov
D)Aliyev

№129. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# XX asrda Namangan guruppa shevalarini tuzish ishi bilan qaysi olim shug’ullangan?
A)F.A.Abdullayev
B)Mirzayev
C)Shermatov
+D)Aliyev

№130. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# XX asrda Qashqadaryo guruppa shevalarini tuzish ishi bilan qaysi olim shug’ullangan?
A)F.A.Abdullayev
B)Mirzayev
+C)Shermatov
D)Aliyev

№131. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# XX asrda nechta kartadan iborat bo‘lgan “Toshkent oblasti shevalari atlasi” yakunlangan?
A)155
+B)150
C)154
D)157

№132. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-18


# 150 kartadan iborat bo‘lgan “ Toshkent oblasti shevalari atlasi” qachon yakunlangan?
+A)1980
B)1988
C)1978
D)1989

№133. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-21


# “Turkiy tillar atlasi”ni tuzish kimning tashabbusi bilan boshlangan?
A)Reshetov
B)Polivanov
C)Yudaxin
+D)Jirmunskiy

№134. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-21


# “Turkiy tillar atlasi”ning so’roqligi va programmasi bir necha bor muhokama qilinganidan keyin tasdiqlangan. Bu qaysi yillarga to’g’ri keladi?
A)1970-1978
+B)1960-1970
C)1956-1978
D)1970-1989

№135. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-23


# O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan t tovushi janubiy-sharqiy guruhga kiruvchi turkiy tillarda qaysi tovush bilan beriladi?
+A)d
B)s
C)p
D)b

№136. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# Polivanov tomonidan o‘zbek dialektlarini o‘rganish sohasida nechanchi yillarda juda ko‘plab ishlar qilingan?
A)1920-1934
B)1918-1967
C)1918-1923
+D)1920-1937

№137. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# Yudaxinning “ Qorabuloq shevasining ba’zi bir xususiyatlari” degan ishi qachon bosilib chiqdi?
+A)1925
B)1918-1967
C)1918-1923
D)1920-1937

№138. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# 1925-yilda qaysi olimning “ Qorabuloq shevasining ba’zi bir xususiyatlari” degan ishi bosilib chiqdi?
A)Reshetov
B)Polivanov
+C)Yudaxin
D)Jirmuniskiy

№ 139. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# Borovkovning” O‘zbek sheva- lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi nechta so‘roqdan tashkil topgan?
A)34
B)23
C)59
+D)65

№140. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# ” O‘zbek sheva lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi kimniki?
A)Reshetov
B)Polivanov
C)Yudaxin
+D)Borovkov

№141.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# Qaysi professor olim butun qurama shevalari bo‘yicha to‘plagan materiallari asosida quramaliklarning genezesini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi?
+A)Reshetov
B)Polivanov
C)Yudaxin
D)Borovkov

№142. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# Qaysi olim o‘zbek shevalarini 5 guruhga bo‘lgan: Toshkent, Farg‘ona, Qipchoq, Xiva va shimoliy o‘zbek.
A)Reshetov
B)Polivanov
+C)Yudaxin
D)Borovkov

№143.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov klassifikatsiyasiga ko‘ra ikkinchi dialekt qaysi lahja bo‘lib, o‘z ichiga ikki guruppa shevani oladi?
+A)o‘g‘uz
B)qarluq
C)qipchoq
D)qarluq-qipchoq

№144.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov klassifikatsiyasiga ko‘ra, uchinchi dialekt qaysi lahja bo‘lib, o‘z ichiga yetti guruppa shevani oladi?
A)o‘g‘uz
B)qarluq
+C)qipchoq
D)qarluq-qipchoq

№145. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov klassifikatsiyasiga ko‘ra, qipchoq dialekti o‘z ichiga nechta guruppa shevani oladi?
A)4
B)5
C)6
+D)7

№146. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov klassifikatsiyasiga ko‘ra ikkinchi dialekt o’g’uz lahjasi bo‘lib, u o‘z ichiga nechta guruppa shevani oladi?
A)4
+B)2
C)6
D)7

№147.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# Polivanovdan keyin o‘zbek shevalarini kim klassifikatsiya qildi?
A)Reshetov
B)Polivanov
+C)G‘ozi Olim Yunusov
D)Borovkov

№148. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# G‘ozi Olim Yunusov nechanchi yilda o‘zbek shevalarini klassifikatsiya qildi?
A)1925
B)1918
C)1916
+D)1936

№149.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-33


# Andijon shevasining o‘ziga xos xususiyati nimada?
+A)tushum kelishigi –n,-ni, bundan tashqari –t,–ti,-d,-di tarzda qo‘llanishida
B) shevasining boyligida
C)qaratqich kelishigining qo‘llanmasligida
D)bosh kelishikda so‘zlashmasligida

№150. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-33


# G‘ozi Olim Yunusov klassifikatsiyasiga asosan qaysi shevaning o‘ziga xos xususiyati alohida berilmagan?
A)o‘g‘uz
+B)qarluq
C)qipchoq
D)qarluq-qipchoq

№151.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-36


# Borovkov tasnifida Janubiy Xorazm dialektida unlilar soni qancha deb ko’rsatilgan?
A)4
+B)9
C)6
D)7

№153. Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-37


# Reshetov, asosan, turkiy tillar tasnifi uchun qaysi lahjalarni muhim qilib oladi?
A)o‘g‘uz
B)qarluq
C)qipchoq
+D)qipchoq, o‘g‘uz

№154.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-41


# O‘zbek tilining qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar kimlarning klassifikatsiyasida atroflicha berilgan?
A)Reshetov
B)Yudaxin
+C)G‘ozi Olim Yunusov, Polivanov
D)Borovkov

№155.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-45


#Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida miqdor jihatdan farqlanmaydigan nechta fonema mavjud?
A)5
B)6
+C)7
D)10

№156.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-47


# Iqon shevasining unlilar sostavida nechta fonema mavjud?
A)5
B)6
C)7
+D)18

№157.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-60


# J-lovchi va singarmanizmli y-lovchi shevalarda qaysi fonemalar so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi?
A)u,b
B)s,t
+C)u,v
D)m,n

№158.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-44


# Qarluq- chigil -uyg‘ur lahjasidagi shevalarda nechta unli fonema mavjud?
A)5
B)6
C)7
+D)9-10

№159.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-277


# Shakldosh so’zlar shevamizda katta ahamiyatga ega sanaladi,shu bilan birga adabiyotimizda qaysi janrni yuzaga keltiradi?
A)saj
B)tashbeh
+C)tuyuq
D)tajnis

№160.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-81


# Janubiy Xorazm shevasida qaysi fonemalar birmuncha o‘ziga xos ahamiyatga ega?
A)x
B)b
+C)k,g
D)y
№ 161.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-10
# Odatdagi oldingi qator, lablangan turkiy unli bo’lib, bu tovush singormanistik o’zbek shevalarida hamda qardosh qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy tillarda mustaqil fonema sifatida ishlatiladi. Bu unli tovushni ko’rsating.
A)o
B)a
C)o‘
+D)γ

№ 162.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-159


# Qaysi o‘zbek tiliga oidyozma yodgorliklarda chiqish kelishigini hosil qilish uchun –dan,-dƏn,-tan,-tƏn,-dыn,-din shakllari qo’llanilgan?
A)”Avesto”
B)”Devoni lug’atit turk”
C)”Qutadug’i bilig”
+D)”Devoni lug’atit turk”, O‘rxun-Enasoy

№163.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-13


# < diakritik belgisi qanday ma’noni bildiradi?
A) umumiy teksdan transkripsiya qilinganda so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
B)taqqoslash uchun
C) ajratish uchun
+ D) o‘zgarish hodisasini bildiradi

№164.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# Rus lingvistik geografiyasining keyingi (XIX asr oxiri-XX asrning boshi) taraqqiyoti kimlarning nomi bilan bog‘liq?
A)Yudaxin
B)Polivanov
+C)Sobolevskiy, A.A.Shaxmatov
D)Larin

№165.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# Qachon Avanesov va Larinning “ Rus dialektologik atlasini tuzish bo‘yicha materiallar to‘plash programmasi” boshlanadi?
A)1934
+B)1944
C)1967
D)1987

№166.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet-287


#Qaysi so‘zlarning kelib chiqishida u yoki bu xalqning iqtisodiy sharoiti, urf-odatlari, etiqodining ahamiyati katta bo‘lgan?
+A)tabu
B)efemizm
C)etnografiya
D)yakka efemizm

№167.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# 1944-yilda kimlarning “ Rus dialektologik atlasini tuzish bo‘yicha materiallar to‘plash programmasi” yaratildi?
A)Yudaxin
B)Polivanov
C)Sobolevskiy, A.A.Shaxmatov
+D)Larin,Avanesov

№168.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-15


# Nechanchi yilda “Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi” nashr etildi?
A)1934
+B)1957
C)1967
D)1987

№169.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# “ Laylak materiallaridan” asarining muallifi kim?
+A)Yudaxin
B)Polivanov
C)Sobolevskiy,A.A.Shaxmatov
D)Larin,Avanesov

№170.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-28


# “ Vodil qishlog‘ining lahjasi haqida bir necha so‘z” asarining muallifi kim?
+ A) Yudaxin
B)Polivanov
C)Sobolevskiy,A.A.Shaxmatov
D)Larin,Avanesov

№171.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# “ O‘zbek xalq shevalarining o‘rganilish masalasiga doir” asarining muallifi kim?
A) Yudaxin
+B) Reshetov
C)Sobolevskiy,A.A.Shaxmatov
D)Larin,Avanesov

№172.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# “ Transkripsiya haqida “ asarining muallifi kim?
A) Yudaxin
+B) Reshetov
C)Sobolevskiy, A.A.Shaxmatov
D)Larin, Avanesov

№173.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-29


# “ O‘zbek milliy tilining dialektal asosi” asarining muallifi kim?
A) Yudaxin
+B) Reshetov
C)Sobolevskiy,A.A.Shaxmatov
D)Larin,Avanesov

№174.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-30


# Polivanov klassifikatsiyasidagi shimoliy o‘zbek shahar shevalariga qaysi qishloq shevalari kiradi?
A)Shovot
+B)Turkiston, Chimkent
C)Gurlan
D)Yangibozor

№175.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# Polivanov klassifikatsiyasidagi shimoliy o‘zbek shahar shevalariga qaysi qishloq shevalari kiradi?
A)Shovot
B)Turkiston, Chimkent
+C) Turkistondagi Suzoq, Chalaqo‘rg‘on
D)Yangibozor

№176.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# Polivanov klassifikatsiyasidagi shimoliy o‘zbek shahar shevalariga qaysi qishloq shevalari kiradi?
+A)O‘rta o‘zbek qishloq shevalari
B)Turkiston,Chimkent
C) Turkistondagi Suzoq,Chalaqo‘rg‘on
D)Yangibozor

№177.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-31


# G‘ozi Olim Yunusov o‘zbek shevalarini, avvalo, nechta lahjaga ajratadi?
A)6
B)7
C)5
+D)3

№178.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-117


# Ba’zi j lovchi hamda y lovchi shevalarda unli va sonor tovushlar yoki sandxi holatidagi unli tovushlar o‘rtasida qaysi tovushlar bilan almashadi?
A) г tovushi k tovushi bilan
B) s tovushi sh tovushi bilan
C) tovushlar almashmaydi
+D) h tovushi y tovushi bilan

№179.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-44


# O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarda unli fonemalar soni nechtadan oshmaydi?
A)5-6
+B)6-7
C)4-5
D)2-3

№180.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-45


# Toshkent oblasti Ohangaron vodiysining qurama shevalari vokalizmida nechta fonema mavjud?
A)5-6
B)6-7
C)4-5
+D)9-10

№181.Manba: V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov “O‘zbek dialektologiyasi” bet-48


# Qaysi shevalar hamda turkiy tillarda mavjud bo‘lgan tipik cho‘ziq unlilar o‘zbek adabiy tilida mutlaqo qo‘llanmaydi?
A)Toshkent shevasi va turkman tili
B) Farg’ona shevasi va yoqut tili
+C) Janubiy Xorazm shevalari va turkman, yoqut tillari
D)to‘g‘ri javob yo‘q

№ 182. Manba: Ashirboyev·S.O‘zbek·dialektologiyasi·bet-81


# Polivanov tasnifiga ko‘ra kuchli eronlashgan shevalar qaysilar hisoblanadi?
+A.Samarqand – Buxoro
B)Farg‘ona –Namangan
C)Andijon – Qarshi
D)Janubiy Xorazm

№183. Manba:·Ashirboyev·S.·O‘zbek·dialektologiyasi·bet-82


#. Alohida guruh shevalariga…
A)Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Shimoliy Xorazm va Farg‘ona
+B) Qorabuloq, Iqon, Mankent;
C)Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovot, Sho’raxon
D)Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqalar

№184 . Manba:·Ashirboyev· S. O‘zbek·dialektologiyasi·bet-82


#O‘rta o‘zbek dialektiga qaysi hududlar mansub?
A)Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Shimoliy Xorazm va Farg‘ona
B) Qorabuloq, Iqon, Mankent;
C)Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovot, Sho’raxon
+E.Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqalar

№185 .Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 99


# Qipchoq shevasida nechta unli fonema bor?
A)9
B)6-7
C)9
+D)10

№186 .Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 80


# Turk-qarluq nomi qaysi lahjaga xos? (G‘.O.Yunusov tasnifi bo‘yicha)
+A)Xiva –Urganch lahjasi
B)Turk-Barlos lahjasi
C) O‘zbek-qipchoq lahjasi
D)Qarluq lahjasi

№187. Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 78


# Qirq shevasi qayerda tarqalgan?
A)Xiva –Urganch
B)Buxoro
+C) Jizzax va Samarqand o‘rtasida
D)Toshkent

№188.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 77


# Qaysi olim o‘z kitobida o‘zbek xalq shevalarini 3 ta katta guruhga bo‘lib tasniflaydi?
A) Yudaxin
B)Is’haqov
C)Sobolevskiy, A.A.Shaxmatov
+D)G‘ozi.Olim Yunusov

№189 .Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 59


# Shevadagi kasb-hunar leksikasiga oid Joyrez so‘zi qayerda ishlatiladi?
+A) Toshkent
B)Samarqand
C)Xorazm
D)Namangan

№190 .Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 56


# O‘zbek tilshunosligida kim birinchi bo‘lib hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari tarkibiga kirmaydigan so‘z va iboralarni o’z ilmiy ishida aniq ko‘rsatib bergan edi?
+A) Ulug‘ Tursunov
B)Is’haqov
C)Sobolevskiy,A.A.Shaxmatov
D)G‘ozi.Olim Yunusov

№191 .Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 56


# O‘zbek tilshunosligida Ulug‘ Tursunov birinchi bo‘lib hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari tarkibiga kirmaydigan so‘z va iboralarni o’z ilmiy ishida qaysi yili aniq ko‘rsatib bergan edi?
+A) 1966
B)1967
C) 1968
D)1960

№192.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 50


# Shevada chorvachilik, g’allachilik, paxtachilik va umuman qishloq xo’jaligiga oid atamalar asosan qaysi shevalardan olingan?
+A) qipchoq
B)o‘g‘uz
C)qarluq
D)qipchoq-o‘g‘uz

№193.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 57


# ... umumxalq tilining quyi bosqichini tashkil etadi. Ular ma’lum davrda milliy tilga asos bo’lishi va rivojlanib milliy til darajasiga ko’tarilishi mumkin. Gap qanday birlik haqida?
A) jargonlar
+B)mahalliy lahjalar
C)adabiy til
D)so’zlashuv tili

№194.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 65


# O’zbek xalq shevalarini o’rganishda qo’llanadigan usullarning eng muhimlari qaysilar ?
A)yakka holda o’rganish
B)tajriba o’tkazish usuli
+C)barchasi to’g’ri
D)savol-javob usuli

№195.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 7


# “ Turkiy tillarning etimologik lug‘ati “ asarining muallifi kim?
A) Ulug‘ Tursunov
+B)Sevortyan
C)V.V.Radlov
D)G‘ozi.Olim Yunusov

№196.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 7


# Sevortyanning “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati “ asari qachon yozilgan?
A)1934-1950
B)1867-1987
C)1928-1950
+D)1978-1989

№197. Manba:·Ashirboyev·S.·O‘zbek·dialektologiyasi·bet-82


#Janubiy Xorazm dialektiga qaysi qishloqlar kiradi?
A)Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Shimoliy Xorazm va Farg‘ona
B) Qorabuloq, Iqon, Mankent;
+C)Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovot, Sho’raxon
D) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqalar

№198.Manba: Nazar Rajabov “O‘zbek shevashunosligi” bet- 11


# “ Chig‘atoy tili darsligi” asarining muallifi kim?
A) Ulug‘ Tursunov
B)Sevortyan
C)V.V.Radlov
+D)X.Vamberi

№199.Manba: Ashirboyev·S.·O‘zbek·dialektologiyasi·bet-82


#Shayboniy o‘zbek yoki “j (dj)”lovchi dialektiga qaysi hududlar kiradi?
+A)Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Shimoliy Xorazm
va Farg‘ona
B) Qorabuloq, Iqon, Mankent;
C)Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovot, Sho’raxon
D)Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqalar

№ 200.Manba: Ashirboyev S. O‘zbek·dialektologiyasi·bet-86


#Iqon, Qorabuloq, Mankent, Qoramurt kabi hududlar qaysi guruhga mansub?
A)O‘sh -O‘zgan dialekti
B) Toshkent guruhi
C) Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti
+D) Shimoliy o‘zbek guruhi
Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish