O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 190,5 Kb.
bet3/8
Sana25.02.2022
Hajmi190,5 Kb.
#463649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunboyeva Sadoqat

Asl ravishlar
Asl (dastlabki) ravishlarning ko‘pchiligi fe’ldan hosil qilingan: qaya (orqaga), qodï (quyi), tägrä (tevarak-atrof), utru, qarshï (aksincha), üzä (yuqorida), ashnu (avval), basa (so‘ng) kabi. Ularning deyarlik barchasi keyinchalik ko‘makchi turkumiga o‘tib ketgan. Yuqorida ko‘rsatilganidek, asl ravishlar genetik jihatdan kelib chiqishi turli-cha bo‘lgan sifatlarga mos keladi. Ularning ko‘pchiligi umumturkiy bo‘lib, eng qadimgi yozma yodgorliklarda uchraydi. Ularning morfem tahlili umumturkiy etimologik lug‘tning vazifasiga kiradi, shakllanish tarixi esa turkiy tillarning tarixiy sintasisi predmeti hisoblanadi.
Asliy ravishlar guruhidan o‘lchov va daraja ma’nosidagi adverbial so‘zlarning ko‘pchiligi ajratilishi mumkin: bek (juda, ancha), ked (juda), az (oz), köp, chok (ko‘p), yana kabi.
Turkm. a:z (oz~tur., ozarb., qirg‘., no‘g‘., q.tur., az; olt., xak., tuv. as; boshq. äd; tat. az, bulg‘. ar>mar. ar//ur) ko‘pchilik tadqiqotchilar, chunonchi, G. I. Ramstedt, N. N. Poppe, M. Ryasyanenlar, mo‘g‘ul va tungus-manchjur parallelliklarini keltiradi: mo‘g‘. arai (zo‘rg‘a), aeai-evenk. araküran (sekin, biroz), arba (suvning past darajasi q.tur. az (oz), arba va aray kabilar bo‘yicha maqolalar e’lon qilganlar va ularni o‘zaro qiyoslaganlar.
Turm. köp (q.tur., qirg‘., qoz., no‘g‘., olt., xak. köp; tat., boshq., küp; tuv. köhp) ni, V. Bang köpni (shishgan), M. Ryasyanen qadimgi turkiy köp, A. Gaben ko-setzen o‘zakdan hosil qilingan -r li ravishdosh hisoblab, köpning kelib chi-qishi, ehtimol, tungus-manchjurcha deb hisoblaydi. A. K. Borovkov köpni so‘g‘dcha deb ko‘rsatadi.
Tur., gag. chok (~qar. chok; turkm. (dial.), esk.turkm., ozarb., chox; esk.o‘zb. choux, choq), köp janubi-g‘arbiy arealga taalluqli, ammo tatar tilining o‘rta dialektlarida chuq (ko‘p).
Tur. pek (juda, ancha, mustahkam, qattiq (~q.tur., qrim. (qaraim dialekti), bek (kuchli, juda, mustahkam), tat. bik (juda), qirg‘. bek (mustahkam, juda), odatda, mo‘g‘ulcha beki (kuchli, mustahkam) turkmancha gatï (mustahkam, qattiq, juda) bilan qiyoslanadi.
Turkm., tat., iñ, q.tat., qoz., no‘g‘., qirg‘.eñ (ancha, eng, juda) - bular kuchaytiruv yuklamalari. Shuningdek, turkm. yene; tur. yine, no‘g‘. yana, qirg‘. jana, tat., boshq. yänä, qum. gene (yana, qaytadan) dagi qatorda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan uchta asos keltirilgan: yana (yana, tag‘in) –yan (qaytmoq) fe’lidan -ali ravishdosh; 2) yeneVaqtni anglatadigan umumturkiy dastlabki ravishlar qatoriga bobotil davridagi at, ät (endi, hozir), er (erta), kech, baya (boya, hali)larni kiritish mumkin.
Am//äm: xak., tuv., q.tur. am, qirg‘., olt. em, o‘r. tur. it (endi, hozir)lar hozirgi turkiy tillarda indi//imdi//emdi hosila ravishi tarkibiga kiradi; e:r: turkm. i:r, chuv. ir, o‘zb.(dial.) e:r, tur. er (erta, ertalab) so‘zlarining etimologiyasi hanuz to‘liq aniqlanmagan; kech: turkm. gi:ch, ozarb. gej, qum. gech, qoz. kech, chuv. kaz (oqshom), q.tur. kech (uzoq), o‘r. q.tur. (kechikmoq, ushlanmoq)-bularning etimologiyasi ham aniq emas. Ke:ch, dastlab, kechikmoqni anglatgan bo‘lishi mumkin. V.Bang uni kech (kelmoq) bilan bog‘laydi; baya: q.tur., qirg‘., tat., boshq., uyg‘., olt. baya, xak. paya, yoq. ta (boya).
At, emdan tashqari, barcha ravishlar, yuqorida ko‘rsatilganidek, mohiyatiga ko‘ra, hozirgi va qadimgi hosila shakllarning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan vaqtinchalik ma’nodagi ot bilan bog‘liqdir:
erte er erteñ erkenkech→keche kechqurunbayaq baya bayaqï bayag‘anaq, baynaqVaqtni anglatadigan dastlabki ravishlar shunday ma’noni bildiradigan boshqa otlardan hosil qilinadi: kün, tün, yïl, ög (vaqt, zamon), tañ va hokazo. Bularning ko‘pchiligi umumturkiy bo‘lib, bobotilning parchalanib ketishidan avval bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan: bir küni, bul kün, kündä (har kun), künün (bir kun davomida), kündüz, bügün, kündän küngä (kundan kunga) kabi. Bulardan umumutrkiy bobotil elementlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kündüz~chuv. kändäz (kunduz), q.tur. kündüz//küntüz, kün+tüz (to‘g‘ri), o‘r. q.tur. kün ortu, tur.(dial.) künorta (tush payti, quyoshning o‘rtaga kelishi) kabi.
Dastlabki o‘rin ravishlari makon ma’nosidagi otning ajralgan formalaridir. Bunday otlarning ko‘pchiligi, ayni paytda, holat ravishi bo‘lib keladi.
Turkiy bobotil davrida fe’l ancha rivojlangan so‘z turkumi hisoblanadi. Hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonni ifodalaydigan fe’l zamonlari mavjud bo‘lgan. Bu davrda fe’l yasovchi affikslar, fe’l nisbatlari taraqqiy etgan. Ot so‘z turkumidan farqli o‘laroq, fe’l o‘zining inkor formalariga ega bo‘lgan. Ba’zi fe’l zamonlari formalari asosida fe’ldan yasalgan otlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘tgan zamonning -dї//-di ko‘rsatkichlari hali ta’kidlangan davrdayoq haqiqiy fe’l shaklida edi.
Bunday muayyan faktlarga qaramasdan, turkologiyada ot va fe’lni o‘zaro farqlamaslik gipotezasi mavjud edi.
Ana shu gipotezani tasdiqlash maqsadida ayrim turkologlar ot va fe’l o‘zaklaridagi tovushlar muvofiqligi hodisasidan foydalanadilar. Chunonchi, ozarb. aj (ochlikni sezish)~aj (och), don (sovqatish)~don (sovqatmoq), gag. kaz (qazmoq)~kaz (dastaki so‘qa, ketmonsimon asbob), qirg‘. sez (sezmoq)~sez (sez, his-tuyg‘u), toy (to‘ymoq)~toy (bazm, ziyofat) kabi.
Bunday misollarni yanada ko‘plab keltirish mumkin. Ammo bu gipotezaning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Sababi har til o‘zining yorqin ifodalangan maydon strukturasiga ega. Bu tilning har bir elementi o‘zining qat’iy tavsiflanadigan va muayyan harakat qilish sohasiga ega.

Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish