Turkiy tillarda fe’l zamonlari tizimi
Turkiy tillarda hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonga taalluqli harakatni ifodalashga xoslangan fe’l zamonlarini hosil qiluvchi turli modellar miqdori ancha ko‘pligi ma’lum. Ammo ushbu modellarning taxminan to‘qson foizini kelib chiqishi bo‘yicha bobotil davridagi xususiyatlarga ega, deb bo‘lmaydi. Ularning ko‘pchiligi turkiy tillarda barchasida ham bir xil ma’noda va hududiy tarqalishi ham bir xil darajada emas. Bular hammasi ularning ayrim tillarda paydo bo‘lganligi, hatto ayrim turkiy tillarda turkiy bobotil tarqashi natijasida yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, turkiy bobotilning dastlabki fe’l tizimi yadrosini qaysi fe’l zamoni tashkil qilgan, degan haqli savol tug‘iladi. Bunday zamonlar to‘rtta bo‘lgan:
1) -a//-ї ko‘rsatkichli bar-a-mьn (boraman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, unda ayni paytda, hozirgi va kelasi zamon ma’nolari ifodalangan;
2) -ar//-їr ko‘rsatkichli alїrmїn (men olarman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, xuddi avvalgidek, hozirgi va kelasi zamon ma’nolariga еga bo‘lgan;
3) -dї//-tї (-di//-ti) ko‘rsatkichli aldїm (oldim) tipidagi o‘tgan zamon;
4) alїrdїm (men olardim) tipidagi aniq imperfekt (tugallanmagan o‘tgan zamon).
Fe’l zamonlarining qolgan barcha modellari turkiy bobotil tarqalgandan keyin vujudga kelgan.
Turkiy bobotil davridagi fe’l zamonlari tizimini qayta tiklash ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf qilish bilan bog‘liqdir. Hozirgi turkiy tillarda fe’l zamoni doirasi turli tipdagi fe’l zamonla-rining juda ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Mana shunday murakkab, chalkash sharoitda fe’l zamonlarining turkiy tizimining dastlabki yadrosini topish mumkinmi, degan savol tug‘iladi. Bunga, hatto qadimgi turkiy yozma yodgorliklar ham ojizlik qiladi. Buning uchun hozirgi turkiy tillardagi fe’l zamonlarining bir necha yo‘sinda, ayni paytda, tadqiq qilishga yordam beradigan alohida metodni topish kerak bo‘ladi.
Buning uchun, avvalo, u yoki bu fe’l zamonining umumiy kategoriyaga mansubligi belgilanadi yoki uning qaysi grammatik zamonga taalluqliligi aniqlanadi. So‘ngra uni hosil qilishning umumiy tarkibiy modeli yoki tarkibiy tipi aniqlanadi. Struktura tipi bo‘yicha ayni zamonning qaysi zamon kategoriyasiga va uning zamonlar taraqqiyoti tizimida qaysi semantik yo‘nalishni ifodalashini aniqlash qiyin emas.
Mana shu ma’lumotlar olingandan keyin, turli turkiy tillardagi fe’l zamonlari distributsiyasi (tarqalishi) yoki ularning qaysi tillarda keng tarqalganligini aniqlash kerak bo‘ladi. Distributsiya fe’l zamonlarining davri, uning turkiy bobotil davrida hosil bo‘lganligi yoki keyingi davr hosilasi ekanligini aniqlashga juda tez yordam beradi. Bunda turkiy tillarda ancha kam uchraydigan zamonlarni aniqlash lozim. Fe’l zamonlarining o‘ziga xos ma’no xususiyatlari va ularning qo‘llanish darajasini aniqlash ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy tillarda fe’l zamonlarining vujudga kelishini aniqlashda bunday chalkashliklar bo‘lishiga qaramay, ular muayyan semantik qonuniyatlarga bo‘ysunadi: birinchidan, bu vaqtning qandaydir bo‘lagi (qismi) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan noaniq zamonni, ikkinchidan, xarakteriga ko‘ra, ularning o‘tish plani va ushbu ma’noni ifodalash uchun maxsus belgilangan muayyan moment bilan bog‘liq noaniq zamonlarni yaratishga o‘tish.
Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari va ularning ko‘rinishlari. Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari hozirgi noaniq zamon, hozirgi aralash zamon, hozirgi aniq zamon kabilarga ajratiladi. Hozirgi noaniq zamonning struktur tiplari nisbatan uncha ko‘p emas.
Hozirgi turkiy tillarda fe’l o‘zagi+a+birinchi kategoriya shaxs affikslari yordamida hosil qilingan hozirgi zamon tatar, boshqird, qumiq, qrim-tatar, shuningdek, Sibirdagi tatarlar dialektlarida ancha keng tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |