O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Turkiy tillarda ravish va fe’l so‘z turkumlari
Bajardi: 185-o‘zbek tili guruhi talabasi
Tursunboyeva Sadoqat
Qabul qildi: Xosiyat Boymurotova
Urganch -2022
Reja:
Kirish.
1. Tilshunoslikda ravishning ajratilishi va sharhlanish tamoyillari
1.1 Turkiy tillarda ravish so‘z turkumining tarixiylik xusususiyatlari.
1.2 Asl ravishlar
2. Turkiy tillarda fe’l so‘z turkumi taraqqiyoti
2.1 Turkiy tillarda fe’lning shaxs ko‘rsatkichlari
2.2 Turkiy tillarda fe’l zamonlari tizimi.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Mаvzuning dоlzаrbligi. Fe’l boshqa so‘z turkumlari ichida o`zining o‘rganish obyektining kengligi bilan ajralib turadi.Shuning uchun fe’l so‘z turkumini o`rganishda biroz qiyinchilik yuzaga keladi.Chunki fe’lga xos barcha grammatik kategoriyalar, shuningdek barcha funksional formalar o`rganuvchini biroz chalg`itishi mumkin.Fe’l so‘z turkumi ustida ishlayotgan har bir tilshunos bu borada qilingan ishlar bilan yaqindan tanishishi juda muhimdir.
XX asrning 80-yillaridan boshlab o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari tasnifiga dialektik mantiq nuqtai nazaridan qarash (hodisaga substansial yondashuv), uni xilma-xil sifat va belgi-xususiyatlar majmui sifatida belgilash va talqin etish ommalashib, so‘z serqirra hodisa sifatida qarala boshlandi. Bu esa so‘zlarni turkumga ajratishning mantiqiy lisoniy mezonlarini aniqlash, so‘z turkumlari munosabatidagi o‘ziga xosliklarni kuzatish imkonini berish bilan birga so‘zlarni muayyan belgilari asosida izchil tasniflash, istalgan so‘zni ma’lum turlarga ziddiyatsiz ajratishda qulaylik yaratdi.
O‘tgan asrning 90-yillari oxirlarigacha o‘zbek tilshunosligida tabiati o‘ta ziddiyatli talqin etilgan turkum ravish bo‘ldi, desak mubolaga bo‘lmaydi. Manbalarda ravish o‘zgarmas mustaqil ma’noli so‘z deb ko‘rsatilsa-da, ko‘plab o‘zgaruvchan so‘zlarning bu guruh tarkibida uchrashi mazkur turkum chegarasini kengaytirib yubordi. Ravishda o‘ziga xos murakkabligi uning morfem tarkibi, so‘z o‘zgarish, so‘z yasalish va semantik-funksional jabhalarida kuzatiladi. Leksik qatlamdagi har qanday holat-xususiyat, o‘rin-makon, payt, miqdor ma’noli so‘zlarga ravish deb qarash mazkur turkumni sun’iy ravishda murakkab grammatik kategoriya darajasiga chiqarib qo‘yishimizga sabab bo‘ldi.
Tilshunosligimizda mazkur turkumga aloqador o‘zgarmas so‘z va o‘zgarmas pozitsiya (mavqe), ravishga analogiya ta’siri, qo‘shimchalarning pleonastik, okkazional qo‘llanish, ravishning tuzilish turlari sodda (sodda tub, sodda tublashgan, soddalashgan, ixtisoslashgan), qo‘shma (leksemalashgan ravishlar), juft, takroriy ravishlar va so‘z (ravish)ning morfem tarkibida bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq tekshirilishi kerak bo‘lgan muammolar anchagina.
Ravishning semantik-funksional imkoniyatlari, boshqa turkum so‘zlari bilan munosabati natijasi o‘laroq bu guruhning kengayib turishi, xususan, ravishlarning boshqa turkum (ot, sifat)ga o‘tish hodisasi fanimizda hozirgacha tadqiq obyekti bo‘lgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |