O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 190,5 Kb.
bet6/8
Sana25.02.2022
Hajmi190,5 Kb.
#463649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunboyeva Sadoqat

Birlikda
1-shaxs. tat., boshq. alam (olaman), barab. tat. alam, qr.tat. alam.
2-shaxs. tat. alasьñ (olasan), boshq. alahьñ, barab. tat., qum. alasañ, qr.tat. alasїñ.
3-shaxs. tat., boshq. ala (oladi), barab. tat., qr.tat. ala.
Ko‘plikda
1-shaxs. tat. alabьz (olamiz), boshq. alabьz, barab. tat. alabїs, qum. alabїz, qr.tat. alamїz.
2-shaxs. tat. alasьz (olasiz), boshq. alahьg‘z, barab. tat., qr.tat., qum. alasїz.
3-shaxs. tat., boshq. aоlalar (oladilar), qr.tat., qum. alalar, barab, tat. ala.
Unli bilan tugaydigan hozirgi zamon fe’llarida diftong paydo bo‘ladi. Buni qumiq tilidagi asha (yemoq) so‘zi misolida ko‘rish mumkin:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. ashayman ashaybїz
2-shaxs. ashaysañ ashaysїz
3-shaxs. ashay ashaylar
Ushbu diftong fe’l o‘zagi va kelasi zamon ko‘rsatkichi sanalgan ikkita a unlisining qo‘shiluvi natijasida yuzaga kelgan tig‘izlikni bartaraf etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli shakli turkiy tillarda hozirgi zamonning eng qadimgi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning tarqalishi ancha keng. Uning izlari hozirgi zamonning boshqa tiplari: -a li hozirgi zamon shakli eski usmon tilida, uning ta’siri turk tilining ayrim dialektlarida o‘z aksini topgan o‘g‘uz tilida kuzatiladi: esk.usm. verävän (men beraman), alaysїn (olasan), umavuz (biz umidlandik). Bu yerdagi -a ko‘rsatkichi qadimgi so‘z yasovchi affiks bo‘lib, takroriy va doimiy harakatni anglatadi. Uning izlari hozir ham ayrim fe’llarda saqlangan: o‘zb. bur (burmoq)~bur-a (buramoq), o‘zb. urin (urin-moq)~urn-a.
Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli shakli turkiy bobotil davridayoq mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli va undan o‘sib chiqqan -t li turi chu-lim tatarlari tilida uchraydi: Buni ushbu tildagi al (olmoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aladїm aladїbїs
2-shaxs. aladїñ aladїñnar
3-shaxs. aladї aladї(lar)
Bunda hozirgi zamon fe’li o‘zagi sifatida ala+t qatnashadi.
Oltoy tilida ham shu holatni ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. baradїm bardїbїs
2-shaxs. baradїñ baradїñ
3-shaxs. barat barat(lar)
Hozirgi zamonning bu tipi Sibirdan uzoqdagi chuvash tilida sїr (yozmoq) fe’li misolida yaqqol ko‘rinadi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. s’їradъp s’їratpъr
2-shaxs. s’їraъn s’їradъr
3-shaxs. s’їrat s’їras’s’i
Ushbu holat ozarbayjon tilining kuba dialektida ham uchraydi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aladїm aladїg‘
2-shaxs. alasan alasїz
3-shaxs. aladї aladї
Turkiyshunoslikda -t ning paydo bo‘lishini tur (turmoq) fe’li bilan bog‘la-nishi haqidagi fikrlar bor. Bunday holat qumiq tilining kaytak dialektida uchraydi: ala turaman (men hozir olaman); eski usmon tilida kacha durur (u qochyapti); M. Koshg‘ariyda: aqa turur (oqayapti) uchraydi.
Hozirgi-kelasi zamon. Ko‘pchilik turkiy tillarda -a ko‘rsatkichli hozirgi zamon va hozirgi zamonning -t orttirilgan shakli bilan aralashuvidan vujudga kelgan aralash hozirgi zamon fe’liga ham duch kelinadi. Buni no‘g‘oy tilidagi al- (olmoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alaman alamьz
2-shaxs. alasan alasїz
3-shaxs. aladь aladlar
O‘zbek tilidagi yoz (yozmoq) fe’lining tuslanishida ham shu holat kuzatiladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yozaman yozamiz
2-shaxs. yozasan yozasiz
3-shaxs. yozadi yozadi(lar)
Xuddi shunday holat qozoq, qirg‘iz, qorachoy-balqar tillarida va sibirlik tatarlar tilida uchraydi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. jazam jazabїz
2-shaxs. jazasїñ jazasїz
3-shaxs. jazat jazїshat
Ko‘rinib turganidek, bu yerda -t ning orttirilishi faqat 3-shaxs birlik va ko‘plikda ko‘rinadi.
Turkiy bobotilda -ar//-är, -їr//-ir ko‘rsatkichli sifatdoshlar mavjud bo‘lib, uning izlari ayrim turkiy tillarda saqlangan: ozarb. yanar (yonadigan)<gech (yurmoq), olt. uchar qush (uchar qush)Ozarbayjonning janubiy va janubi-sharqiy dialektlarida -ay//-ey ko‘rsatkich-li hozirgi zamon formalari qayd qilingan: Balїg‘ ilana oxshey (Baliq ilonga o‘xshaydi); aliyäm (olaman), aleysän (olasan), baxay (qarayapti).
Mazkur ko‘rsatkichli hozirgi zamon fe’llari ozarbayjon tilining XV–XVI asrlardagi yozma yodgorliklarda ham uchraydi. Shunigdek, bunday fe’llarga turk tilining dialektlarida ham duch kelinadi: gidey (u ketyapti), yapay (qilyapti).
-їy//-iy ko‘rsatkichli hozirgi zamon fe’llari ham turkiy tillarda mavjud. Aslida, -їy ko‘rsatkichi -ay ko‘rsatkichining ablaut (morfonologik almashinuvli) variantidir. Ushbu ko‘rsatkichli hozirgi zamon Ozarbayjonning shimoliy va janubiy tumanlarida qayd etilgan: aliyäm (olaman). Ushbu tipdagi zamon turk tilining dialektlari va eski qumiq tilida, shuningdek, qoraqalpoq tilining janubiy dialektida ham uchraydi.
-ya, -yo//-yö, -yu//-yü ko‘rsatkichlari bilan hosil qilingan hozirgi zamon fe’li formalari ham turkiy tillarda, oz bo‘lsa-da, uchraydi. Armanistondagi ozarbayjon tili dialektlarida -ya//-yö ko‘rsatkichli hozirgi zamon shakli qayd etilgan: oxuyo (u o‘qiyapti), alїyom (olaman), alїyon, alїyo, alїyox, alїyonuz, al- yolar. Hozirgi zamonning -ya, -yo, -yu ko‘rsatkichlari bilan hozirgi zamonning hosil qilinishi Turkiyaning shimoli-sharqiy qismidagi turk tilining anatoliy va rumeli dialektlarida qayd qilingan.
Hozirgi zamonning -ya, -ye, -yo, -yu ko‘rsatkichi turkman tilining dialektlarida uchraydi: ers.turkm. edyar o‘rnida ediyo (qilyapti).
Ozarbayjon tilining qator shevalari va dialektlarida (Kuba, Darbent, Xachmaz, Gonekent, Xudat, Tabasaran tumanlarida) -a+var bilan hosil qilingan hozirgi zamon formasi mavjud: ala varam (olaman), ala varsan, ala var, ala varux, ala varsuz, ala var. Bu model kavkaz tillari ta’sirida vujudga kelgan bo‘lishi mumkin.
Turk tilida fe’l o‘zagi+-ї//-i+yor formanti+birinchi kategoriya shaxs affiksi tartibida hosil qilingan hozirgi zamon mavjud. Buni yaz (yozmoq) fe’li misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs.yazїyorum yazїyoruz
2-shaxs. yazїyorsun yazїyorsunuz
3-shaxs. yazїyor yazїyorlar
Gagauz tilida ham xuddi shu model bilan hozirgi zamon hosil qilinadi: alerim (olaman), alersїn (olasan). Bu yerdagi -er formanti -yor ning fonetik o‘zgarishi natijasidir. -yor formantini turkologlar -yatur (yotmoq) fe’li bilan bog‘laydilar: -yatur>yaur>ya:r>yo:r. Boshqacha qarashlar ham bor: -dur dagi d>y va yur>yor>yor.
Turkman tilida murakkab verbal fe’llar tarkibiga -їp//-ip li ravishdoshlar kiradi: Näme gözläp yö:rs’iñiz’? (Siz nimani izlab yuribsiz?) A. P. Potsulevskiyning fikriga ko‘ra, yazї-yor tipidagi turkiy formadagi -ї//-i, -їp//-ip ravishdoshining qisqargan shaklidir. Demak, yazїyor (u yozayapti) shaklidagi turkiy formao>o hodisasi ro‘y bergan.
Turkman tilida -or formantidagi lablangan tovush o‘rnini lablanmagan unli egallab, u -ar shaklini olgan.
Ushbu formantning kelib chiqishining boshqacha talqinlari ham bor. -yor, -yar elementlarini yür fe’li bilan bog‘lash shart emas. Ozarbayjonning shimoliy va janubiy tumanlarida -їy//-iy ko‘rsatkichli forma qayd etilgan: yazїyam (yozaman), galiyam (kelaman). Ozarbayjon va turk tillari dialektlarida -yo//-yo ko‘rsatkichli hozirgi zamon formalari mavjud: alїyom (olaman), alїyon (olasan), alїyo (oladi) kabi. Agar shunday bo‘lsa turk tilidagi yazїyor (yozadi) yazїyo (yozadi) va yazїr (yozadi) tipidagi ikki formaning chatishuvi (qo‘shilishi) natijasida ham bo‘lishi mumkin.
Aniq hozirgi zamon fe’li. Fe’lning ushbu zamonini hosil qilishda yordamchi fe’llar qo‘llaniladi. Sababi turkiy tillarda “bo‘lmoq” fe’l-bog‘lamaning hozirgi zamon formasi bo‘lmaganligidan boshqa fe’llardan foydalaniladi. Ancha ko‘p qo‘llaniladigan, yordamchi fe’llarga yat (yot), tur (turmoq), otur (o‘tir), yur kabilar kiradi. Ulardan keyingisi kamroq ishlatiladi.
Shunday qilib, aniq hozirgi zamon fe’l o‘zagiga -a ko‘rsatkichi, so‘ngra yat yordamchi fe’lining hozirgi zamon shaklini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Buni no‘g‘oy tilidagi bar (bor) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. Bara yatьrman bara yatьrmьz
2-shaxs. bara yatьrsьñ barayatьrsьz
3-shaxs. bara yatьr barayatьrlar
-їp//-ip ravishdoshiga yat yordamchi fe’lining hozirgi zamon formasini qo‘shish bilan ham aniq hozirgi zamon hosil qilinadi. Buni qirg‘iz tilidagi yaz (yoz) fe’lining tuslanishida ham yaqqol ko‘rsa bo‘ladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. jazїp jataman jazїp jatabїz
2-shaxs. jazїp jatasїñ jazїp jatasїñdar
3-shaxs. jazїp jatat jazїp jatїshat
Bunday hosila biroz fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda uyg‘ur tilida ham kuzatiladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. oquvatьmän oquvatьmьz
2-shaxs. oquvatьsäñ oquvatьsьz
3-shaxs. oquvatьdu oquvatьdu
Oltoy tilidagi al (ol) so‘zining tuslanishi quyidagicha:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alьpdadїm alїpdadїbїs
2-shaxs. alїpdadїñ alїpdadїg‘ar
3-shaxs. alїpdat alїpdat
Sibirdagi tuva, xakas va shor tillarida yat - yordamchi fe’li chat- (chїt-) shakliga: tuv. Qїrg‘an ashaq ulug‘ їyashtїn xölegezinde udup chїdїr (Qari katta daraxt soyasida uxlab yotibdi). Xakas tilida chat->cha- shakliga ega.
Turkiy tillarda aniq o‘tgan zamonning barcha modellari hududiy chegaralanishga ega. Ular O‘rta Osiyo va janubi-sharqiy Sibirda ko‘proq tarqalgan.
O‘tgan zamon fe’li. Turkiy tillarda o‘tgan zamon, asosan, -dї (-di) ele-menti orqali ifodalanadi. Uning turkiy bobotil davridagi paradigmasini quyidagicha qayta tiklash mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aldїm aldїq
2-shaxs. aldїñ aldїg‘їz
3-shaxs. aldї aldї
Uzoq o‘tgan zamon. Turkiy tillarning tadrijiy rivojida muayyan turkum ma’nosi, o‘tmishidagi uzoq davom etadigan, ba’zan o‘tmish planidagi qandaydir ma’lum paytga to‘g‘ri kelmaydigan uzoq o‘tgan zamon tiplarini vujudga keltirish tendensiyasi yuzaga keldi. Buning yorqin misoli sifatida hozirgi zamon fe’lining o‘zagi -ar//-їrga o‘tgan zamon yordamchi fe’li er (bo‘lmoq) ni qo‘shish bilan hosil qiliñan noaniq imperfekt (tugallanmagan)ni vujudga keltirishni ko‘rsatish mumkin:
o‘zb. yoz (yozmoq)
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yozar edim yozar edik
2-shaxs. yozar eding yozar edingiz
3-shaxs. yozar edi yozar edilar

q.qalp. al (olmoq)


1-shaxs. alar edim alar edik
2-shaxs. alar ediñ alar ediñiz
3-shaxs. alar edi alar edi

yoq. ah (ochmoq)


1-shaxs. ahar etim ahar etibit
2-shaxs. ahar etiñ ahar etigit
3-shaxs. ahar ete ahar etiler

Qadimda uyg‘ur tilida käl (kel) fe’lining tuslanishi quyidagicha:


1-shaxs. kälär ä(r)dim kälär ä(r)dük
2-shaxs. kälär a(r)diñ kälär ä(r)diñiz
3-shaxs. kälär ä(r)di kälär ä(r)dilär
Hozirgi uyg‘ur tilida yuqorida keltirilgan tuslanish juda ko‘p o‘zgarishga uchragan. Buni quyidagi alar yedim fe’li tuslanishi misolida yaqqol ko‘rish mumkin:
1-shaxs. alattьm alattuq
2-shaxs. alatьñ alattьñlar
3-shaxs. alatь alatь
O‘g‘uz guruhiga mansub bo‘lgan turk, ozarbayjon, gagauz va turkman tillarida yordamchi fe’l, odatda, qisqargan shaklda qo‘llaniladi:
1-shaxs. alardїm alardїk
2-shaxs. alardїñ alardїñ їz
3-shaxs. alardї alardїlar
Uzoq o‘tgan zamon fe’lining bunday tipi qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tilida ham uchraydi: o‘rx.en. Atїg‘ їqa bayu:r ärtimiz (Biz otlarni daraxtlarga bog‘ladik).
O‘tgan zamon fe’lining bu tipini kelib chiqishi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ushbu tip turkiy bobotil yoki uning tugashidan oldingi davrda shakllangan bo‘lishi mumkin. Buning isboti sifatida quyidagi dalillarni keltirsa bo‘ladi:
1) uzoq o‘tgan zamonning kelib chiqishi -ar//-їr li hozirgi kelasi zamon mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelishi mumkin, sababi uzoq o‘tgan zamon ushbu zamonniñ hozirgi zamon ma’nosi asosida paydo bo‘lgan, binobarin, u o‘g‘uz hamda qipchoq tillarining ajralishishidan ancha ilgari yuzaga kelgan;
2) ushbu zamonning yuzaga kelishi turkiy bobotilda ancha keng tarqalgan takroriy harakatni ifodalovchi affikslar qo‘llanishining keskin kamayishiga olib kelgan.
Turkiy tillarda o‘tgan zamon fe’lining ancha kam tarqalgan va kam uchraydigan shakllari ham mavjud. Bulardan biri maqta+o‘tgan zamon fe’li shakli bo‘lib, u turk, ozarbayjon, o‘zbek va bir qancha turkiy tillarda uchraydi. Buni turk va ozarbayjon tillaridagi yaz (yozmoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:

Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish