O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 190,5 Kb.
bet2/8
Sana25.02.2022
Hajmi190,5 Kb.
#463649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunboyeva Sadoqat

Mavzuning o‘rganilishi. Fe’l so‘z turkumining leksik-semantik va grammatik tabiatini yoritish o‘zbek tilshunosligi sohasida 1940-yillarga qadar maktab darsliklari doirasida qisqa ma’lumotlar bilan chegaralanar edi. Bundan faqat prof.Ye.D.Polivanovning ishlarigina istisno edi. 40-yillardan boshlab maktab darsliklarida ham siljish ilmiylikka asoslanish, shu jumladan turkologiyaning yutuqlariga suyanish boshlandi.Oliy maktablar uchun darsliklar yaratilishi, ayniqsa o‘zbek tilining birinchi. Demak, fe’l kategoriyasining ishlanishiga Ye.D.Polivanov, A.N.Kononov, V.V.Reshetov kabi taniqli olimlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar. Fe’l kategoriyasi ustidagi ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishida tilshunoslardan A.M.Shcherbak, S.M.Ivanov, A.Koklyanova, o‘zbek tilshunoslaridan A.G‘ulomov, A.H.Sulaymonov, A.Hojiyev, J.Jo‘rayeva, Sh.Shukurov, G.Sh.Sharipov, S.A.Akbarov, E.Fozilov, R.Jumaniyozov, M.Shohnazarova va boshqa tilshunoslarning hissalari katta.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida ravish va u bilan bog‘liq ilmiy-nazariy masalalar, xususan, ravishlarning tuzilishi va tarkibi V.V.Radlov, N.A.Baskakov, G.I.Ramsted, N.K.Dmitriev, V.Kotvich kabi olimlarning ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlar natijasi E.V.Sevortyanning ikki jildli monografiyasida, A.N.Kononovning o‘zbek va turk tili bo‘yicha fundamental grammatikalarida, A.M.Shcherbak ishlarida umumlashtirilgan1.
O‘tgan asrning 50-yillarida o‘zbek tilshunosligida ravish bo‘yicha o‘z davri uchun mukammal tadqiqot ustoz tilshunos S.Fuzailov tomonidan amalga oshirildi. Keyingi davr o‘zbek tili grammatikasiga oid barcha asarlarda ravish mavzusini yoritishda S.Fuzailov tadqiqoti asos qilib olindi.

Tilshunoslikda ravishning ajratilishi va sharhlanish tamoyillari
Turkiy tillarda ravish so‘z turkumining tarixiylik xusususiyatlari
Turkiy tillar tarixida ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida eng yosh, kenjasi bo‘lib, qadimgi turkiy til davrida boshqa guruhdagi so‘zlar hisobiga alohida so‘z guruhi sifatida endigina shakllanayotgan edi. Ravish boshqa so‘zlar guruhidan morfologik va semantik qayta shakllanish tufayli ma’lum darajada kengaygan, kengayib borayotgan turkumdir. Ravish so‘z turkumi nafaqat turkiy tillarda, balki jahon tillari, xususan, Sharq tilshunosligida ham nisbatan kenja so‘z turkumidir. Ravishning (arab tilshunosligida “zarf”, Yevropa tilshunosligida “adverbial” - fe’l oldi so‘zlar) fanda hamisha muammo bo‘lib kelganligi tilshunoslar tomonidan qayta-qayta ta’kidlangan. Fanda ravishning ziddiyatli talqinga egaligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
- birinchidan, ravish boshqa so‘z turkumlari hisobidan boyigan so‘z turkumi, ya’ni ravish boshqa so‘z turkumlaridan morfologik va semantik qayta shakllanish tufayli paydo bo‘lgan guruhdir;
- ikkinchidan, ravish guruhining aksariyat qismi “soddalanish”, “tublanish”, “adverbializatsiyalashish” asosida tarkib topgan. Shu sabab bo‘lsa kerak, akademik V.V.Vinogradov ravishlarni so‘zlarni guruhlashdan ortib qolgan “chiqit”lar bilan qiyoslaydi2
- uchinchidan, ravishning turkiy tillar (o‘zbek tili)da muammoligi va ziddiyatli talqini ishimizning “Kirish” qismida aytib o‘tganimizdek, o‘zbek tili hodisalariga rus tili grammatikasi qolipi asosida yondashilganligi oqibatidir.
So‘z turkumlari muammosi har bir tilshunos oldida tadqiq manbai - so‘z tabiatini imkon boricha to‘liq va ziddiyatsiz talqin etish vazifasini qo‘yadi. Bu esa so‘zlarga xos bo‘lgan aynanlik, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, ularni tasnif etish hamda guruhlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Ravish deb baholanadigan so‘zlar ma’no tomoni bilan ot, sifat, son, olmoshlarga yaqinligi umumiy tilshunoslikda takror-takror qayd etilgan. Bu haqida prof. N.Mahmudov quyidagi fikr-mulohazalarni bildiradi: “O‘zbek tilshunosligida sifat va ravish turkumlari farqlanadi. Sifat predmet belgisini, ravish harakat belgisini bildiradi. Ko‘rinadiki, har ikkisi ham belgi bildiradigan so‘z, shunday ekan, ularni ikki turkumga ajratish shart emas, chunki ularning shaklida ham farq yo‘q3.
O‘z davri uchun so‘z turkumlari tasnifining mukammal nazariyasini yaratgan akad. V.V.Vinogradov tilshunoslikda ravish haqidagi qarashlarni ilmiytanqidiy tahlil qildi. Ravishga nisbatan yangicha yondashuv tizimini ishlab chiqdi.
Ravishlarni belgilashda har tomonlama - semantik-leksik, morfologik, sintaktik tomondan yondashish lozimligini ta’kidladi ...mustaqil so‘z turkumlarining hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘zlar ravish turkumiga yig‘ilgan bo‘lib, bu so‘zlar (ravish)ning o‘ziga xos gumoni - belgi ma’nosining predmet ma’nosidan ustunligida”, - deb yozgan edi. Uning e’tirof etishicha, mazkur turkum o‘zining morfologik belgisi, sintaktik vazifasi, turlicha ma’no ifodalashi bilan ajralib turadi. K.S.Baskakov ravishlarning alohida so‘z turkumi bo‘la olishini inkor etadi, ularni sintaktik hodisa sifatida baholaydi. U yozadi: “Alohida mustaqil so‘z turkumi bo‘lish uchun o‘zining grammatik kategoriya (morfologik belgi)lariga ega bo‘lishi kerak, ravish bo‘lsa bunday belgilarga ega emas. U faqat boshqa so‘z turkumlaridan o‘tgan so‘zlar guruhidan iborat. V.V.Vinogradov K.S.Baskakovning ravishlarga faqat grammatik jihatdan yondashib, so‘zning semantik jihatini e’tibordan chetda qoldirganligini bayon etadi. A.Potebnyaning ravish haqidagi fikrlari K.S.Baskakov qarashi bilan hamohangdir. A.A.Potebnyaning ravishga yondashuvida sintaktik tamoyil yetakchi o‘rin tutadi.
Tilshunos ravish haqida fikr bildirib, uni “...belgining belgisini ifodalovchi o‘zgarmas so‘zlar” deb ataydi”.
Tilshunosning bu g‘oyasi akademik A.A.Shaxmatov, prof. A.M.Peshkovskiy tomonidan rivojlantirildi. Akademik A.A.Shaxmatov so‘z turkumlari, jumladan, ravishni tekshirishda sinxron yondashuv va jonli nutqqa tayandi.
Ravishlarning asosiy sintaktik funksiyasi, semantik xususiyatni belgilashga intiladi. Ravish mustaqil so‘z turkumi ekanligini ta’kidlaydi. A.A.Shaxmatov ravishni o‘z turkumlari tizimida markaziy o‘rin egallashini e’tirof etadi. U mavhum belgi va munosabat ifodalovchi bu turkumning boshqa turkum so‘zlari bilan qorishiq holdagi aloqasi ravishlashgan so‘zlar doirasida yaqqol ko‘rinadi.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bo‘yicha E.R.Tenishev rahbarligida yaratilgan umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ham A.M.Shcherbak ishida ham ravishlar o‘zgarmas so‘z sifatida talqin etiladi, lekin har ikkala tadqiqotda asosiy diqqat boshqa so‘z turkumidan ajralib chiqqan o‘zgarmas so‘z sifatida tublashgan so‘zshakllar tarkibining qiyosiy-tarixiy tahliliga, ya’ni ravish va ravishlashgan so‘zlarning etimologiyasiga qaratilgan. O‘zbek tilining grammatik qurilishini Yevropa tilshunosligi ilmiy mezonlari asosida o‘rganish boshlanishi bilan (XIX asr oxiri XX asr boshlarida) o‘zbek tilida so‘z turkumlari, ularning tarkibi va sirasi haqida zamonaviy qarashlar shakllana boshladi. So‘z turkumlari A.Kononovning “Grammatika”larida ham ravishga boshqa so‘z turkumidan ko‘ra kam o‘rin ajratilib, ravishning ma’no turlari va tarkibi ruscha “narechiye” ning o‘zbek tilidagi muqobillarini berish bilan cheklanilgan.
Shuning uchun ruscha “здес”, “тепер”, “там”, “тут” kabi so‘zlarning o‘zbekcha muqobili (bu yerda, hozir, u yerda, shu yerda) ham ravish guruhiga kiritildi.
O‘tgan asrning 50-yillarida o‘zbek tilshunosligida ravish bo‘yicha o‘z davri uchun mukammal tadqiqot ustoz tilshunos olim S.Fuzailov tomonidan amalga oshirilgan edi.
T ilshunoslikda ravishga quyidagicha ta’rif beriladi: Mazmunan ot, sifat, son va qisman olmoshlarga yaqin bo‘lib, morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga ravish deyiladi. Mohiyatan shunga o‘xshash ta’rifni istagan darslik va qo‘llanmadan topish mumkin. Grammatikalarda ravishning talqini va uni ajratishning metodologik asosi mana shu ta’rif bilan qat’iy chegaralanganda, munozaraga hech ham o‘rin qolmas edi. Vaholanki, tadqiqotlarda holat bunday emas. Ravishning grammatik belgisi sifatida morfologik o‘zgarmaslik va belgining belgisini ifodalash mezoni ilgari surilgan bo‘lsa-da, ko‘plab ilmiy ishlarda shu me’yordan chetga chiqish hollarini kuzatish mumkin. O‘zbek tili Grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan o‘nlab darsliklarda ravishning o‘zgarmaslik omiliga izchillik bilan amal qilinmaydi.
Turkiy tillardagi ravish turkumidagi so‘zlar harakatning belgisi va belgining belgisini anaglatadigan so‘zlar bo‘lib, ular gapda, asosan, hol, ba’zi holatlarda aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. Ushbu turkumdagi so‘zlar, ko‘pincha, yangi birliklar bilan to‘ldirilib boriladi. Ravishlar, birinchidan, otning kelishik va fe’lning ravishdosh formalarining ajratilishi, ikkinchidan, unumli modellar bo‘yicha so‘z yasalishi, uchinchidan, kalkalash va so‘zlarni o‘zlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Ayni paytda, ravish turkumidagi so‘zlar ot, sifat hamda ko‘makchilar bilan doimo aloqada bo‘ladi. Ravishlarning bunday atributiv holatdagilari sifatga o‘tadi, bundan tashqari, otlashishi va ko‘makchilarga aylanishi mumkin.
Asl ravishlarning ko‘pchiligini, asosan, funksional ravishlar deb ataladigan asl otlar tashkil qiladi. Qadimgi yozma yodgorliklar materiallari shuni ko‘rsatadiki, sifatlik belgisiga ega bo‘lgan otlarning aksariyati, ularning genezisiga qaramasdan (ot o‘zakli, ravishdosh va h.k.), yarim funksional edilar.
Hozirgi turkiy tillardagi ravishlar, odatda, morfologik jihatdan bo‘linmaydigan dastlabki va yasalgan, ya’ni affiksal va qo‘shma (keyingisi asliy, juft, ba’zan, takrorni o‘z ichiga oladi).
Dastlabki ravishlarning tarkibi ko‘pchilik tillar bo‘yicha, quyidagi ayrim sabablarga ko‘ra, bir-biriga mos kelmaydi:
1) tilning mintaqaviy holati;
2) tilning areial aloqasi;
3) turli tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
Dastlabki ravishlarning umumturkiy fondi hanuz yetarlicha aniqlanmagan. Affiksal ravishlar genetik jihatdan “kelishik” formalariga borib taqaladigan va ravishdoshlarning so‘z yasaydigan modellaridan hosil bo‘ladi. -lay, -layin va -cha affikslari bilan yasalganlar umumturkiy ravishlar hisoblanadi.
Ravishlarning areal shakliga -jasïna (o‘g‘uz tillari), -lata (q.qalp., boshq., tat., no‘g‘.), -lap (qoz., turkm., olt., o‘zb., tat., no‘g‘.) va -day (no‘g‘., tat., qum., boshq., q.qalp., o‘zb.) affikslari bilan yasalgan ravishlarni kiritish mumkin. Keyingisi ko‘pchilik tillarda hozirgi kelishik paradigmasiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Barcha turkiy tillarda ravishlar makon kelishiklarining ajratilgan shakllari: jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari shakllari, -cha, -g‘aru va -ïn affiksli ravishlar mavjud. Shuningdek, genetik jihatdan turli tipdagi so‘z birikmalariga mos keladigan murakkab tarkibli modellarni ham umumturkiy deb hisoblash mumkin. Barcha turkiy tillarda ravishlarning quyidagi juft tiplari qayd etilgan: gag. gejä-gündüz, no‘g‘. bügün-erten, o‘zb. nari-beri, sal. anda-sïnda (unda-bunda) kabi.
Turkiyshunoslikda turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridanoq ravishlarning shakllanishi boshlanganligiga shubha yo‘q. Bu turkumdagi so‘zlarga sifat, holat, hollik formasidagi otlar, ravish formalari o‘tishi kuzatiladi. Bobotil va qadimgi turkiy til davri yozma yodgorliklarida qayd qilingan holat orasidagi katta farqni inobatga olgan holda, keyingisi materiallari asosida nisbatan oldingi ravish hosilalarining tiplarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1) -tï//-dï li kelishik formasi: endi-oq aydïm (endi men aytdim), bu sabïmïn ädgüti äshid (bu so‘zimni yaxshilab eshit), qatïg‘dï tïñlä (qattiq tingla);
2) -ch li kelishik formasi: kichü qaydï (u orqasiga qaradi);
3) -tïn//-tin li kelishik formasi: üstün täñri yeri, alïn tama yeri (yuqorida xudolar mamlakati, pastda jahannam mamlakati);
4) –ïn li kelishik formasi: yayïn sülädim (yozda qo‘shin tortdim); älig bir kün otrup özi yalg‘uzum (bir kun hukmdorning yakka o‘z o‘tirgan edi);
5) ayrim tadqiqotchilar tomonidan ravishdash sifatida talqin qilinadigan -layuli forma: ulsïp ärän börläyü (erlar bo‘riga o‘xshab uvilladilar), yämä udlayu sen (sigirga o‘xshab yema);
6) -a//-ä li ravishdosh: yana käldim (yana keldim), iki neñ keräglik söz kesä (ikki narsa kerak, bil, men kerakli so‘zni aytdim);
7) -ï//-i li ravishdosh: ariti yup (toza yuvib), sabïmïn tükäti äshidgil (so‘zimni oxirigacha eshitgin);
8) -u li ravishdosh: ol oñat yag‘ru yorïmas (u unga yaqin kelmaydi).
Bu davrda baya//baya-oq kältim, kechä turup (kecha turub) va bïldur (otgan yil), bir yïldïr tipidagi dastlabki ravishlar ishlatilgan.
Ayniqsa, olmosh-ravishlar, shuningdek, turli kelishik formalariga mos keladigan ot yoki sifatdan yasalgan ravishlar xarakterlidir: ancha, anday, anda, munda.
XI asrdagi tilda iste’molda bo‘lgan, hozirda ham saqlangan sifat va holat (asosan, sifat-holat) ma’nosidagi yarim funksional so‘zlar mavjud bo‘lgan:
1) ediz (balandlik, baland–ediz tag‘ (baland tog‘), ay bu ag‘sa ediz (agar bu oy balandga ko‘tarilsa), ag‘ïshqa enish ol, edizkü betïg‘ (balandlikdan keyin pastlik, yuqori joydan keyin pastlik);
2) yadag‘ (yayov, piyoda)–yadag‘ atï charuq, küchi azuq (piyodaga ot xizmatkor, kuchga esa ovqat), barma yadag‘ (piyoda, borma);
3) yag‘uq (yaqin)–yat yag‘uq tüz bolmaz (begona va yaqin–ikkalasi bir xil emas), yag‘uq yer–yaqin yer, ol otqa barma yag‘uq (bu olovga yaqinlashma);
4) köni (ishonchli, to‘g‘ri, aniq): köni yol (ishonchli yo‘l), köni er (ishonchli er), ammo köni barur men (borishim aniq);
5) achïq: tuñar meñzätü aytï alp er achïq (bahodir kishi (er) bunga o‘xshash aniq aytdi);
6) uzun: közägü uzun bolsa, älig köymäs (agar temir kosov uzun bo‘lsa, qo‘l kuymaydi), bu er oluzun yashag‘u (bu er uzoq yashashi kerak).
Ta’kidlash kerakki, sifatlat genetik jihatdan bir xil emas. Ular orasida adyekt-sifatdosh va adverbial so‘zlar sanalgan ravishdoshlarga yaqin bo‘lgan hosilalar ham bor. Masalan, köni, so‘zsiz, -ili ravishdosh kön (to‘g‘rilamoq) fe’lidan yuzaga kelgan, yaqshï esa, ehtimol, xuddi shu model bo‘yicha yaqïsh fe’lidan yasalgan. Shunday qilib, ushbu so‘zlarning atributiv funksiyasi tarixan ikkilamchi hisoblanadi. Uzun so‘zi esa ikki xil ma’noda tushuntiriladi: yoki uz, uzu fe’liga -nni qozshish orqali hosil qilingan ot, yoki vosita kelishigidagi uz otidan yuzaga kelgan. Agar keyingisi to‘g‘ri deb topilsa, unda vosita kelishigidagi ot holat funksiyasi bilan atributiv funksiyali hozirgi adyektivga nisbatan dastlabki hisoblanadi.
Sifat belgili bunday otlar, masalan, achïq, yag‘uq (yaqin) kabilar, shubhasiz, dastlabki atributiv funksiyali fe’ldan hosil qilingan sifatlar hisoblanadi. Holatni bildiradigan so‘zlar sifatida ular, ko‘pincha, funksional deb ataladigan ravishlar kichik guruhiga kira boshlaganlar.
Sifatlarning bunday sintaktik silijishi manzarasini ularning yarim funksionalligini hozirgi turkiy tillarda, hatto oltoy tillarida ham ko‘proq ko‘rish mumkin. Ularda, yuqorida aytilganidek, affiksatsiya yo‘li bilan sifat va ravishlarga ajralish tendensiyasi kuzatiladi: ozarb. yawash-yavashcha (sekin-sekinroq), achïq-achïgjasïna (ochiq-ochiqchsiga), xak. chag-chage (ho‘l-nam), tof. bay-baygä (boy-boyon), bu mo‘g‘ulcha ravish bo‘lib, vosita kelishigidagi sifatga mos keladi.
Hozirgi ravishlarning katta guruhi o‘rin (makon) va zamon (vaqt) ma’nosidagi otlarga to‘g‘ri keladi: kün, tün, er (erta), kech, ät (endi), baya (boya, hali), tañ, yoq (yuqori), il (qora uy eshigidagi joy), ich (ichkari), soñ (so‘ng), öñ (oldin), as (past), kid (keyin), tash (tashqi tomon), ör (yuqori), üs (yuqori), ar (ket, orqa) va hokazo. Ushbu ot-ravishlarning ko‘pchiligiga hozirgi “yordamchi otlar” va ko‘makchilar to‘g‘ri keladi.

Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish