Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yazmaktaydїm yazmaktaydїk
2-shaxs. yazmaktaydїn yazmaktaydїnїz
3-shaxs. yazmaktaydї yazmaktaydїlar
Ozarbayjon tilida
1-shaxs. yazmaxta idim yazmaxta idik
2-shaxs. yazmaxta idin yazmakta idiniz
3-shaxs. yazmaxta idi yazmaxta idilär
Uzoq o‘tgan zamonning -їr//-ir li sifatdosh va egalik affikslarini qo‘shish bilan hosil qilingan ko‘rinishi faqat yoqut tilida uchraydi: bararїm (men ketgan edim), barar-їn (sen ketgan eding), barara (u ketgan edi) kabi.
Bir qancha turkiy tillarda, asosan. no‘g‘oy guruhida -aturg‘an li hozirgi zamon sifatdoshlaridan hosil qilingan o‘tgan zamonning odatdagi o‘tgan zamon ko‘rinishiga duch kelinadi. Ushbu sifatdosh affiksi -atъrg‘an, -atag‘an, -atїg‘an, -atїn kabi shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bu yerdagi -a hozirgi zamon ko‘rsatkichi, turg‘an esa -g‘an sifatdoshi va tur (turmoq) fe’lidan tashkil topgan. Buni tatar tilidagi bar (bormoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. bara tъrg‘an idim bara tъrg‘an idik
2-shaxs. bara tъrg‘an idiñ bara tъrg‘an idig‘iz
3-shaxs. bara tъrg‘an idi ba ra tъrg‘an idilar
Xulosa va takliflar
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki har bir tilning o‘ziga yarasha tadqiq etish uchun dolzarb muammolari bordir. Shularni aytishimiz o‘rinliki bu mavzuni tadqiq etish davomida o`zim uchun juda kerakli ma’lumotlarni bilib oldim. Fe’l so‘z turkumi va undagi ayrim o‘ziga xosliklar ayniqsa formalari va funksional shakllari haqida atroflicha ma’lumotlarni imkon qadar tadqiq etdik. Ushbu mavzu qadimdan tilshunoslarni qiziqtirib kelgan va bu xususda o‘ziga yarasha amaliy ishlar qilinganligini guvohi bo`lamiz. Aslida o‘zbek tilshunosligi o‘zining uzoq tarixiga ega.Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan allomalarimiz o‘zlarigacha bo‘lgan jahon olimlarining ilmiy merosidan bahramand bo‘lishlari bilan birga, jahon tilshunosligining ravnaqi uchun ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Bizga ma’lumki fe’l so‘z turkumi bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilingan. Buni biz X-XI asrlarda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lo‘g‘atit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarida, XIV-XV asrlarda esa A.Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayin”, Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma” asarlarida ko‘rishimiz mumkin.Bundan tashqari XX asrda Abdurauf Fitratning fe’l so‘z turkumi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarini ko‘rishimiz mumkin.
Hozirgi turkiy tillarda mayl va zamon formalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ayrim maqolalardan tashqari monografiyalar yaratilganligiga qaramasdan, bu masala chalkash va munozaralidir. Mayl va zamon formalari turli mualliflar tomonidan turlicha klassifikasiya qilinib, har xil nomlar bilan ataladi. Turkologiyada mayl va zamon formalari tarixi yetarli darajada o‘rganilmagan. Qadimgi yodgorliklar tilida iste’molda bo‘lgan mayl va zamon formalarini o‘rganish sohasida D. M. Nasilovning qadimgi uyg‘ur tiliga oid matnlardagi indikativ formalari analiziga bag‘ishlangan nomzodlik dissertasiyasidan tashqari monografik ish yaratilmagan.V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, Q. Brokkelman, A. Fon Gaben, I. A. Batmanov, V. M. Nasilov, S. M. Mutallibov, A. M. Shcherbak, E. I. Fozilov va boshqa mualliflarning qadimgi yodgorliklar tilini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarida esa tekshirilayotgan manbalar tilida uchraydigan mayl va zamon formalari haqida boshqa grammatik hodisalardan tashqari umumiy ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, fe’l qismida ham ko‘makchi va to‘liqsiz fe’llarning vazifalari o‘zbek tilining boy materiallariga asoslanib chuqur tahlil etildi. Shu davrga qadar fe’lning grammatik kategoriyalari sirasida qaralib kelinayotgan bir qator kategoriyalar o‘zbek tiliga xos emasligi (masalan, “vid” kategoriyasi, “o‘timli-o‘timsizlik” kategoriyasi) bayon qilindi va ular o‘zbek tilining grammatik kategoriyalari sirasidan chiqarib tashlandi. So‘zning grammatik shakli va grammatik kategoriyalari haqidagi tadqiqotlar keyinchalik o‘zbek tilining materiallari asosida yana ham chuqurlashtirildi. So‘z o‘zgarishi va shakl yasalishi kabi so‘zning grammatik shakllarini ikki guruhga ajratishga hech qanday asos yo‘q ekanligini ta’kidlagan, hozirgi o‘zbek tilidagi grammatik shakl va grammatik kategoriyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus asarlarning maydonga kelishi o‘zbek ilmiy morfologiyasining yanada rivojlanishiga olib keldi.
Ravish turkumni boshqa mustaqil so‘z turkumlaridan qatiy farqlovchi aniq ma’noviy omil yo‘q. Aniqrog‘i, o‘rin-makon, payt-zamon, holat-tarz, miqdor kabi umumlashma ma’nolarni ifodalash nafaqat ravishdarga xos, balki boshqa so‘z turkumi ham bunday imkoniyatga ega. Ma’noviy (semantik) belgi ravishlarni ajratuvchi omil bo‘lolmaydi. Ravish turkumiga oid so‘zlar yordamchi so‘zlardan farqli o‘laroq har xil sintaktik modal munosabatlarni ifodalashga emas, balki so‘zlovchi va tinglovchi ongida mavjud bo‘lgan ayrim tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladigan gapda mustaqil o‘rin (tobe o‘rin) egallay oladigan so‘zlardir. Ko‘rinadiki, ravishlarning ma’no ifodasi ularning differenist (farqlovchi) belgisi emas, balki integral (birlashtiruvchi), ya’ni mazkur turkumni mustaqil so‘zlar guruhiga kirituvchi belgisidir.
G‘arbiy Yevropa tillari uchun xos bo‘lgan omil, ya’ni so‘zni ot yo‘ki fe’l bilan birikib kelish tamoyili asosida farqlash turkiy tillar uchun xos emas. Bu tamoyilni turkiy tillar (o‘zbek tili)ga nisbatan qo‘llash bir so‘zni ot, sifat va ravish kabi uch omoleksemaga ajratishga olib keladi. Ravish sintaktik imkoniyatiga ko‘ra (aniqlovchi, hol, kesim bo‘la olishi bilan) boshqa mustaqil so‘zlar bilan umumiylik kasb etadi, biroq ega va to‘ldiruvchi bo‘la olmasligi bilan ulardan farqlanadi.
O‘zbek tilshunosligida so‘zlarning morfologik o‘zgarishi (agllyutinativ mohiyatga ko‘ra) o‘ta keng. Shu bilan birga, morfologik jihatdan mutlaqo o‘zgarmas mustaqil ma’noli so‘zlar guruhi ham mavjud. Mana shu guruhnigina ravish sifatida belgilash ularning turkona tabiatini ochishga va tasniflashga asos bo‘ladi. Tabiiyki, bunday talqinda ravishning daraja, to‘liq va qiskargan shakllari ham bo‘lmaydi. Ravishni mustaqil so‘zlarning alohida bir guruhi sifatida ajratishda faqatgina ularning o‘zgarmasligi hamda yasalish tizimiga tayanishimiz mumkin. Ravishning umumiy lisoniy mohiyatini quyidagicha belgilar majmuasi sifatida berish mumkin:
- mustaqil so‘z turkumiga mansublik;
- shaklan o‘zgarmaslik;
-gapda hol, sifatlovchi aniqlovchi, kesim vazifasida kela olish.
O‘zgaruvchan so‘z ba’zan o‘zgarmas pozitsiya (o‘rin)da kela olsa-da, biroq o‘zgarmas so‘z (ravish) maxsus bir grammatik shakllarni talab qiluvchi pozitsiyani egallay olmasligi bilan xarakterlanadi. Ba’zan ravishda bog‘li qurshovdagina kuzatiladigan o‘zgarishlar til sathi uchun me’yoriy hol bo‘lmay, bu holat mazkur turkumning boshqa mustaqil ma’noli o‘zgaruvchi so‘zlar bilan uzviy aloqasi natijasi (analogiya ta’siri) sifatida qabul qilinishi lozim.
Til elementlari (qo‘shimchalar)ning o‘zak tarkibiga singib, ajralmas holga kelib qolishi (adverbializatsiya) ravish so‘zlar qatorida ko‘plab kuzatiladi. Aksariyat ravishlar so‘zshakl va birikmashakllarning tublashish (ixtisoslanish) natijasi o‘laroq vujudga kelgan. Ravishning tarkibiga ko‘ra turlari hamda bu turlarning voqealanishida xizmat qiluvchi til birliklarini aniqlash mazkur so‘z turkumining semantik-grzmmatik belgilarini ochib berishga xizmat qiladi.
Tabiiyki, bunda ravishning yasalish (derivatsiya)ga munosabati ham yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |