O‘qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir:
-Muloqotda zaruriyatning mavjudligi;
-kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
-muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat
Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI
O‘zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi?
Yolg‘iz o‘zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo‘lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg‘iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi?
Ko‘chada tanishingizni ko‘rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi?
Tanish do‘stlaringiz ko‘pmi?
Nima deb o‘ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi?
Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi?
Telefonda uzoq gaplashasizmi (do‘stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)?
Sizda ba’zan shunday holat bo‘ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg‘iz o‘zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o‘tmasdan, siz yana kishilar va do‘stlaringiz bilan muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi?
Ba’zan tanishlaringiz haqida o‘ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi 20 paydo bo‘ladimi va suhbatning lozim bo‘lgan mavzusi ham topiladimi?
II 1. O‘quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his qilasizmi?
2. Ishdan bo‘sh vaqtlaringizda bolalar va o‘quvchilaringiz haqida o‘ylaysizmi?
3. Sizda shunday holat bo‘ladimi: masalan, o‘qigan kitobingiz haqida yoki ijtimoiy hayotda ro‘y bergan biror taassurotli hodisa haqida o‘quvchilaringizga aytib berish, o‘z mulohazalaringizni bildirish istagi paydo bo‘ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering. 4. Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o‘ylaganingizda sizda birdaniga o‘qitish, tarbiyalash istagi paydo bo‘ladimi?
5. O‘quvchilarga ta’til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi sizda paydo bo‘ladimi?
6. Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqot jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o‘ylashingiz ta’sir etadimi, nima deb o‘ylaysiz?
7. O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar oldidan maktabga kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling.
8. Ma’lumki, tanaffus payti – ta’lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu vaqtda sizni qanday his hayajon qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o‘quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbeh berish istagi, bu ko‘rinishdan qoniqish hissi?
9. Dars oldidan o‘qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqot haqida o‘ylaysizmi, bu o‘y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga qanday ta’sir etadi?
10. Sinfga kirib kelishingiz, o‘quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta’sir etadi (tez harakat qilishga da’vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg‘otadi, tetiklantiradi, ko‘ngillarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, umuman ta’sir qilmaydi va hokazo. )?
Do'stlaringiz bilan baham: |