O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti



Download 1,84 Mb.
bet7/10
Sana10.02.2022
Hajmi1,84 Mb.
#440945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qoraxitoylar kurs ishi

Kurs ishining hajmi:Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar,ilovalarni o’z ichiga olib,30 saxifadan iborat.


I.BOB.Qaxitoylarning kelib chiqish tarixi
I.1.Qoraxitoylar davlatining vujudga kelishi


“Xitoy davlati nomining ma’nosini bilib olmoq yuzaki qaraganda juda oddiy bir ishdek. Buning uchun xitoy so‘zlari lug‘atlarini ko‘rish bilan bemalol atamaning ma’nosini bilib olish mumkindek. Biroq, bunday lug‘atlarda xitoylarning tilida yurti biz o‘ylagan ko‘rinishda emas, balki Zhongguo (“Jo‘nggo”, “O‘rta saltanat”) shaklida keltirilarkan. Qolaversa, xitoyliklarning ko‘pchiligi o‘zlarini biz eshitishga, o‘qishga, yozishga o‘rganib qolganimizdek “Xitoy” deb emas, balki etnonim nomi Xan deb atashadi. Unda nega ularni xitoyliklar, davlatini esa Xitoy deb nomlashadi, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Qiziq tomoni, Moskvaning markazida ham “Kitay-gorod” degan rayon bor, biroq unda xitoylikning o‘zi yo‘q.Buning sababi shundaki, “xitoy” atamasining Xitoyda “Lyao” deb atalgan yirik davlat tuzib, 200 yildan ortiq hukmronlik qilgan kidan eli nomidan kelib chiqqanidadir. Koreys tarixiy seriallarida Xitoyning Tan imperiyasini yengayotgan va ayni paytda ko‘k turklar bilan ham kurashib-yarashayotgan kidanlar aynan shu el bo‘lib, o‘zbek xalqining 92 urug‘i tarkibidagi xitoy va naymanlarning qabila ajdodi bo‘ladi. “Kidan” o‘tmish turkiy va islomiy manbalarda qtoy, xitoy, qoraxitoy deb atalgan. Ruslarga “kitay” atamasi o‘zbeklarning ajdodlari orqali o‘zlashgan bo‘lsa, Yevropa tillari Marko Poloning Xitoyga qilgan sayohati tufayli “kara-kidan” nomi bilan boyigan.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida xitoy urug‘i haqida shunday deyiladi: “Xitoy, qtoy, kidan – turkiy urug‘lardan biri. Ularning ajdodlari qadimgi kidanlar bo‘lgan. XI asrga kelib ularning Shimoliy Xitoydagi davlati tugatilgach, bir qismi O‘rta Osiyoga ko‘chib o‘tgan. Manbalarda ularni qoraxitoy deb atashadi. XV asrda xitoylarning bir qismi Shayboniyxon qo‘shinlari tarkibiga kirgan”1. Xitoylar 3 katta urug‘ga
_______________________________
1.O’zbekiston milliy endsiklopediyasi.Toshkent,2005 y,
bo‘lingan: kanjig‘alixitoy, qo‘shtamg‘alixitoy va o‘tarchi. XIX asrning 70-yillari Samarqand viloyatida, ko‘proq Kattaqo‘rg‘on hududida yashovchi xitoylar 45 ming kishini tashkil qilgan.”Kidanlarning kelib chiqishiga oid turli fikrlar bor. Syue Szyuychjen tomonidan 974-yili yaratilgan “Besh sulolaning eski tarixi” kitobida kidanlar turkiylarning (syunnu) bir bo‘g‘ini deyilsa, Ouyan Syu tomonidan 1061-yili yozilgan “Tan sulolasining yangi tarixi” asarida kidanlar mo‘g‘ullar (dunxu) larga tegishli deyiladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida “Turklar asli yigirma qabiladir… so‘ng “xitoy” deb, xitoy urug‘ini turkiy el tarkibiga kiritadi.Kidanlar haqida ilk ma’lumotlar eramizning IV asrdagi Xitoy manbalarida keltiriladi.VI asrdagi tarixiy jarayonlar tufayli kidanlarning asosiy qismi ko‘chmanchi turkiylarning tarkibiga kirgan, boshqa bir bo‘lagi (10 ming oila) hozirgi Koreya (Koguryo, Ko‘kuryo) hududiga bosh olib ketgan. 644-yili kidanlar Xitoy lashkari bilan birgalikda Go‘guryoga qarshi kurashib, zafar quchishgan. Kidanlar xitoy madaniyati va san’atidan ko‘p narsalarni o‘zlashtirishgan, konfutsiy, dao ta’limotlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan, dastlab Osmon Tangrisiga sig‘inishgan.695-yilda Xitoyning shimolida yashagan kidan hoqoni bilan Xitoyni boshqarib turgan Tan sulolasi imperatori o‘rtasida nizo kelib chiqadi. Buning oqibatida kidanlar qo‘shini Xitoy imperiyasini boshqarib turgan malikaga qarshi yurish boshlaydi. Xuanchjangu vodiysida bo‘lib o‘tgan ayovsiz jangda ulkan imperiya armiyasi kidanlar tomonidan yakson etiladi va ko‘plab generallar qo‘lga olinadi. Xitoy malikasi zudlik bilan bosh qo‘mondonni o‘zgartirib, yangi qo‘shin to‘plash uchun jangchi qullar sotib olishga kirishib ketadi. 697-yili malika kidanlardan o‘ch olish maqsadida 170 minglik qo‘shin bilan shimoldagi qo‘shnilariga qarshi yurish boshlaydi.Bostirib kelayotgan Tan armiyasini kidanlar oldingi jang maydonida qarshi olishadi. Urush boshlangach esa qadimgi xunlar jang usullarini qo‘llab, chaqqon Farg‘ona otlarida aylana harakatlar bilan xitoyliklar og‘irkarvon qo‘shinining boshini gangitib qo‘yishadi, diqqatini yo‘qotib qo‘ygan imperiya armiyasi takroran yengiladi. Malikaning ishongan mashhur generali Van Syaoze jangda halok bo‘ladi.Tan imperiyasi halokat yoqasida qoladi. Shunda imperator ayol jangchi qavmlar – ko‘k turklar (uyg‘urlar) hoqoni Qopog‘on va ularning ittifoqchilarini o‘z tomoniga og‘dirib, kidanlarga qarshi navbatdagi yurishini boshlaydi. “Bu jangda kidanlar Tan imperiyasining turkiy qabilalar bilan birlashgan 200 minglik qo‘shiniga qarshi jangda yengilishadi. Biroq, biroz vaqtdan keyin kidanlar mashhur sarkarda Li Qayg‘u boshchiligida yana oyoqqa turib olishadi.Tan imperiyasi muntazam armiyasining mashhur sarkardasi, asli Buxoroning Boykent (Poykent)idan bo‘lgan, xitoy manbalarida An Lushan (“An” xitoycha “Buxoro”) nomi bilan yuritilgan sarkarda 745-751-yillar orasida bir necha marta kidanlarga qarshi yurish qiladi. Biroq voqealar rivoji o‘zgarib, u Tan imperatorining o‘ziga qarshi qo‘shin tortadi, podshoni taxtdan ag‘darib, poytaxtni tashlab qochishga majbur qiladi va hokimiyatini o‘z qo‘liga oladi. Qayta kuchaygan va qo‘shnilarini birin-ketin mag‘lub etgan kidanlar 916-yili Shimoliy Xitoyda “Kidan xonligi”, xitoy manbalarida “Lyao” (yoki “Buyuk Lyao” ma’nosi “Temir xonlik”) deb nomlangan kuchli davlatni (916-1124) tuzadilar”2. Boshqa ko‘chmanchi ellardan farqli ravishda kidanlar shahar qurilishiga katta e’tibor qaratishdi, hunarmandchilik va savdo rivojlandi, Farg‘ona vodiysi kentlari bilan asosan iqtisodiy, Toshkent, Samarqand, Buxoro hoqonlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatildi, Termizlik rohiblar buddaviy ta’limotni olib kirdilar. Ilk hoqon Eluy Abug‘a davlat va qonunchilik apparatini shakllantirishda ko‘proq Xitoy va Ko‘kuryo mutaxassislaridan foydalandi. X asrning 20-yillarida Abug‘aning topshirig‘iga ko‘ra, uning Dala ismli ukasi 20 kunda uyg‘ur tili va yozuvini o‘rganib, u asosida kidan xatini yaratdi, kitob bosish (ksilografiya) yo‘lga qo‘yildi. Xitoylik pedagoglar yordamida


_______________
2.www.wikipedia org

shaharlarda maktab va oliy maktablar paydo bo‘ldi.
Kidan xonligi. “916-926 yillar orasida g‘arbiy Manjuriya, Boxay podsholigi, uyg‘urlar yeri, Xitoyning shimoliy-sharqiy va shimoliy yerlari hisobiga hududini kengaytirdi. Shimoliy Xitoy sulolalari bevosita yoki bilvosita kidanlar ishtirokida hukumatga kelar edi. Janubiy Xitoy davlati Uyue (893-978), Janubiy Tan (937-975), Koreys xonligi Ko‘kuryo (918-1392), tangut davlati g‘arbiy Sya (982-1227), Tibet o‘zlarini Kidan xonligining vassali deb bilishar edi. Kidan xonligi Sharqiy Osiyoda eng qudratli davlatga aylandi.Xonlikdagi muhim qarorlar Katta sakkiz urug‘ oqsoqollari qurultoyida hal bo‘lar edi. Kidanlarning yuksalishi naymanlarning tarix sahnasiga chiqishi va Buyuk Tan imperiyasining yemirilishiga olib keldi.Xitoydagi Tan sulolasini mag‘lub etgan kidanlar, uning o‘rniga paydo bo‘lgan Yangi Sun imperiyasiga (960-1279) qarshi bir necha bor zafarli yurishlarni amalga oshirdilar. Yangi Sun imperiyasi paydo bo‘lganidan to tugaguniga qadar asosiy e’tiborni kidanlarga yengilmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rishga va ular bilan murosa qilib yashashga qaratdi. 979-yili Sun imperiyasining muntazam armiyasi kidanlarga qarshi yurish qiladi, biroq tarixdan yaxshi saboq chiqarmagan va qo‘shni ellar ko‘magisiz urushga kirgan xitoyliklar armiyasi kidanlar tomonidan yengiladi. Sun imperatori Tayszun Xitoy poytaxti Kayfinni kidanlarga tashlab, tor-mor bo‘lgan lashkari kabi qochqinlikda jon saqlaydi.Kidanlar yengilganlarni vahshiylarcha jazolashmagan, qatl ham ularga yot bo‘lgan. Boshqalarning ularga yengilishini kidanlar tabiiy hol deb bilishgan”3. Ular o’zlarining qo’shini qudratli va yengilmasligiga qattiq ishonganlar. Kidanlar qo’shinida mohir chavandoz _______________________________
3.O’zbekiston milliy endsiklopediyasi,Toshkent,2005 y,256-b
jangchilar ko’p bo’lan. Ularning jang olib borish taktikasi ham o’zgacha bo’lgan.Bu jang taktikasi quyidagicha bo’lgan: ular o’zlarining chopqir otlari bilan dushman qo’shini qanotlarini aylanib o’tib qo’shinni qurshab olib turib uning bosh qo’mondon joylashgan asosiy qismiga zarba bergan. Bu jang uslubi dushman askarlarining sarosimaga tushishi va ularning ruxi tushib ketishiga olib kelgan. Kidanlar ularni osongina yengib qo’ya qolgan. Yengilgan Xitoy imperiyasi Lyao davlatiga doimiy ravishda o‘lpon to‘lash majburiyatini oldi.


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish