Mavzuning maqsadi: Turkiston hududi yashagan har bir xalqni o’rganish, etnogenizimizda qatnashgan xar bir qabilani o’ranish bizni o’zligimizni anglash bilan barobardir.
Zero O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning so’zlari bilan aytganda “Taixiy xotirasiz kelajak yo’q” ya’ni kelajakga qadam qo’yishimiz uchun ham o’z tariximizni, bobokalonlarimizni kimligini qanday ishlarni amalga oshirganligini bilishimiz darkor. Buning uchun ko’proq o’qishimiz, izlanishimiz ota-bobolarimiz qoldirgan merosni o’rganishimiz, ularga munosib avlod bo’lib ushbu merosni bizlardan keyingi avlodga qoldirish uchun asrab avaylashimiz kerak. Bu mavzuni o’rganishdan maqsad Qoraxitoylarning davlatimiz tarixida nechog’lik tutgan o’rni va bu yerda qilgan ishlarini o’rganishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |