1.2. Ye-lu Dashi va undan keyingi hukmdorlar faoliyati.
Qoraxitoylar davlati- o’rta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan davlat (taxminan 1140-1213). Poytaxti- Chu daryosi bo’yida joylashgan Xusiorda (Bolosag’un) . Asoschisi-Yelyuy Dashi. Imperator Tianzuning ikki generali qo’llab-quvatlashi tufayli, 1124-yilda o'zini shoh (vang) gurxon deb e'lon qildi (Biran, 2005, s. 19-26). U 1124-yil Gurxon unvonini qabul qilgan. Ammo 1125-yildan boshlab kidanlarda omad yuz o’gira boshlaydi. Shu yili Chjurchjenglar Auda boshchiligida qo’zg’alon ko’tarishadi. Ayni paytda, 1125-yilda Liao sulolasi mag’lubiyatga uchradi va Jurchenlar so'nggi Liao imperatori Tianzuni qo'lga oldi. Shu bilan Lyao davlati inqirozga yuz tutdi. Xitoyda kidanlarning o‘rniga hokimiyatni egallagan Chjurchjenglar o‘zlarining yangi Chin xonligini tuzishdi.
1125-yilda kidanlar davlati Chjurchjenglar tomonidan tor-mor etilgach, Ye-lyuy Dashi bir guruh tarafdorlari bilan shimolga qochgan. Turli qabila jangchilari bilan o’z qo’shinini to’ldirib g’arbga yo’l olgan va ilgari bu o’lkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141).
Qoraxitoylar atamasi esa kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), O’rta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga ko’chib kelgan kidanlarga (16 ming oila) o’rta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom.
Xitoy manbalari Ye-lyuy Daishini davlatni botqoqlik iskanjasidan qutqarish qo'lidan keladigan iqtidorli davlat xodimi sifatida tasvirlaydi. U davlatini dushmandan qutqarish uchun o’zga yurtlarga ketib qo’shin to’plamoqchi edi. . 1129-yilda Yelu Daishi keng ko'lamli rejalar ishlab chiqadi va xalqi bilan boshqa joylarga ko’chishga qaror qildi.U sobiq Lyao imperiyasining shimoli-g'arbiy qismida istiqomat qiluvchi 7 ta provintsiya va o'n sakkizta qabila oqsoqollarini, jumladan, Onggirats, Merkits, Tanguts va boshqa xalqlarni to’plab, Liao shi ning ma’lumotlari (30-bob, 355-56, Bretschneider I, 213-14-sonli, Biran, 2005, 229-bet) ga ko'ra, Yelu Daishi ularga murojat qilib, ularga Kidanlar davlati uzoq vaqt hukmronlik qilgan, ammo "Jurchenlar" (Xitoy Jin-sulolasi asoschilari) mamlakat hududiga bostirib kelib kidanlarning oxirgi hukmdori Tianzuoni hokimyatdan mahrum qilganligi aytadi. U kidan davlatini dushmanlardan tozalash va o'ziningdushmanlariga qarshi yakdil harakat qilishga chaqiradi. Ammo Ye-lyuy Dashi bu yerlardan ketishdan boshqa chorasi qolmaganini tushinib yetadi va bu yerlardan yengilgan kidanlarning katta qismi gurxon boshchiligida shimolga qarab qochadi. Birinchi nabatda, Ye-lyuy Dashi janubiy Jungariya hududini egallab oldi, keyin u yerda o'z hukmronligini o’rnatdi. Keyinchalik, Ye-lyuy Dashi qo'shni hududlarni ham nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. 1129-yilda Kidan knyazi Ye-lu Dashi g'arbga burilib, o'sha paytda Qoraxoniylar hukmron bo'lgan hozirgi Semireçye hududiga kirdi. Kidanlar Gobi sahrosi orqali Mo’guliston hududiga o’tadilar. G'arbga ketgan Kidanlar Mavaraunahrga kirib kelishadi va Qorakidan (Qoraxitoy - "Qora Xitoy") degan nomni oldilar va ilgari bu yerga kelib joylashgan kidanlar yordami bilan butun Turkiston (Markaziy Osiyo) hududlarini bosib olishadi (1141-yil qatvan jangi). Qoraxitoylar bu yerga kelib joylashganlarida 40 mingta oila 200 ming kishi atrofida bo’lishgan. Ular Markaziy Osiyoga Xitoydagi xonligini qaytadan qaytarib olmoq uchun kuch va qo‘shin to‘plashga kirishadi, biroq Talas va Sirdaryo hududlarida yangi Qoraxitoylar xoqonligi – g‘arbiy Lyao (1125–1211) davlatini tuzib muqim o’rnashib qolishadi. Tarixchi Alouddin Juvayniyning ma’lumot berishicha: “Qoraxitoylar xoni kidanlar avlodi. Bu saltanat asoschisi o‘z millatining eng mashhur kishilaridan biri, vaziyat taqozosi bilan o‘z ota yurtini tashlab, o‘ziga xoqonlarning xoqoni ma’nosini anglatuvchi gurxon unvonini qabul qildi. Turkiy ellar kidan hukmdori bayrog‘i ostida birlasha boshlashdi.” Xitoydagi Lyao davlatining asoschisi Eluy Abug‘aning sakkizinchi avlodi 38 yoshli Elyuy Tosh (xitoy va rus manbalarida Ye-lyuy Dashi deb keltiriladi) 1125-yili kidanlar hukmdori etib taxtga ko‘tarildi. Shuningdek, u Kidan imperatori Dao-Tsungning nabirasi edi. Ye-lyuy bu yerda hukmron sulolaning familiyasi, Dashi esa shaxsiy nomidir. Shahzoda Ye-lyuy Dashi 1087-yilda tug’ilgan(1124-1143 yillar), hayoti keskin davrda o’tdi. O’z davrida Ye-lyuy Dashi Kidanlar va xitoyliklardan madaniy ta'lim olgan. Qoraxitoylar xoni birlashgan sakkiz qabila uyushmasiga bosh bo‘lgani uchun Gurxon deb ataldi. “Gur”, “qur” qurultoy, ya’ni majlisni anglatadi (qurultoy so‘zi kamida 1500 yillik tarixga ega bo‘lib, tilimizda arablarning “majlis” so‘zidan ancha oldin ishlatilgan) . Hokimlik unvoni bo’lgan gurxon "Xonlar xoni" degan ma'noni anglatadi. 1134-yilda Ye-lu Dashi Qoraxoniylarning dastlabki poytaxti bo'lgan Balasagun (bugungi Qirg’iziston hududi) shahrini egallab olgan va bu shaharni o’z davlatining poytaxiga aylantirgan. 1143-yilda Ye-lyuy Dashi vafot etadi. Uning vafot qilishi bilan Imperiyaning bosqinchilik siyosati to’xtab qoldi.Shu maqsadda imperator kuchlarini bir nechta izdoshlari bilan tark etdi va shu bilan yangi jangga kirishdi. U Qora Muren (Xuang) daryosidan o'tadi va yangi kelganlarni ot, tuya va qo'ylar bilan ta'minlagan Oq Tatarlarning (Bai Dada) hurmatiga sazovor bo’lishadi. Eskirgan ongut nomi bilan ham tanilgan Oq Tatarlar VII asrda Ordosga joylashtirilgan va Nestoriya xristianligini qabul etgan turkiy aholi edi. Qisqa vaqt o'tgach, Ye-lyuy Dashi g'arb tomon yo'l oldi va janubiy-g'arbiy Mo'g'ulistonga kelish uchun Gobi sahrosini kesib o'tdi. Bu yerda u mustaqillik ramzi sifatida Gurxon unvonini (Kur Khan) qabul qiladi. Ushbu atamaning birinchi so’zi ,ya’ni ,,gur’’ning ma’nosi turkcha va mo’g’ulcha (kuchli, qudratli, ulug'vor) degan ma’nolarni anglatadi. Gurxon so’zining yanam bir ma’nosi (turkcha va mo’g’ulcha ‘’qur-g’ur’-majlis, qabilalar birlashmasi) ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyodagi ba’zi ko’chmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari bo’lgani uchun Gurhon unvoniga ega bo’lgan. Xitoy manbalarida ham musulmon manbalarida ham bu Go’rxon so’zini "xonlar xoni" deb tarjima qilishgan (Doerfer, III, s. 633-37, 1672). Shu bilan Lyao davlati inqirozga yuz tutdi. Xitoyda kidanlarning o‘rniga hokimiyatni egallagan Chjurchjenglar o‘zlarining yangi Chin xonligini tuzishdi.Uning o’rniga taxtga katta o’g’li o’tirishi kerak edi. Ammo o’g’li Ye-lu Ili yosh bo’lgani sababli taxtni u balog’atga yetganiga qadar onasi Tabuyan regent sifatida boshqarib turdi. Uning davrida mamlakat qo’shni hududlarga bosqinchilik yurushlari olib bormaydi. Oradan sakkiz yil o’tganidan keyin Ye-lyuy Eli balog’atga yetadi va onasi unga 1151-yilda hokimyatni topshiradi. Ye-lu Eli otasi kabi bosqinchilik siyosati olib bormasdan , balki onasining yo’lini tutadi. Mamlakatda ma’muriy islohotlar o’tkazadi. Davlat hokimyatini mustahkamlash siyosatini amalga oshiradi. Qoraxitoylar xitoylar ma’muryati an’anasiga ko’ra, aholini ro’yhatdan o’tkazishni boshlaydi va mamlakatda 84 500 xonadon iste’qomat qilayotganini ko’rsatadi. Ye-lyuy Eli davrida Jurjanglar qoraxitoylarga elchilar yuboradi. Elchi Nanguay Gurxon huzuriga keladi. U Ye-lyuy Iliga Jurjanglarning Jin sulolasining tan olishni so’raydi. Ye-lu Eli bu taklifdan jahli chiqadi va elchilarni o’ldirib yuboradi. Elchilardan darak bo’lmagach jurjanglar qoraxitoylar bilan chegaraga 1156-yilda Balondun boshchiligida qo’shin yuborib istehkom qurdiradi. Jurjanglar bilan jang qilishdan qo’rqqan Ye-lyuy Eli tinchlik yo’lini qidira boshlaydi. Ammo muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning ustiga ustak Samarqand shahrida qarluq avlodidan bo’lgan shahar hokimi Tavg’achxon o’ldiriladi. Qoraxitoylarning shu tariqa Xorazmshohlarga bo’lgan tazyiqi yakun topadi.Ayrim manbalarga ko’ra Ye-lyuy Ili uning o’rniga yangi shahar hokimi-Djagrixan ismli kishini tayinlaydi. Qarluqlar isyonini bosim beriladi.. Shundan keyin qarluqlar xorazmshohlar davlatiga ketadi va ulardan yordam so’raydilar Akademik Ziyo Musa o’g’li Bunyatovning bergan ma’lumotlariga qaraganda Qoraxitoylar Xorazmshoxlarning ham ishlariga aralashganlar. Xorzmshox El-Arslon vafot etganidan so’ng uning o’gillari Allouddin Takash va Sultonshoh Mahmud o'rtasida taxt uchun og’ir va ayovsiz qirg’in urushlar boshlanadi.”El Arslon vafoti arafasida unning katta o’g’li Takish yoki Takash (hozirgi Xo’jand yaqinidagi )Jand viloyatida Xorzmshoh voliysi bo’lib turgan edi”7.”El-Arslon shu sababdan o’limi oldidan kenja o’gli Sultonshoxni valiahd qilib tayinladi.Ammo davlat va harbiy ishlarga uning
onasi Turkon xotun boshchilik qilgan”5.“Sultonshox xorazmshox taxtiga o’tirgach,Jand viloyatiga chopar yuborilib Takashni yangi xorazmshoxga sodiqlikka qasamyod qilishga chaqiradilar.Ammo Takash ukasiga bo’y sunishga rozi bo’lmaydi va chopar orqali”Sultonshoxni davlat rahbari deb tan __________________
5.Ziyo Bunyotov “Xorazmshoxlar Anushtegeniylar tarixi”Mahkam Mahmud tarjimasi,Toshkent,2012-y,241-242 b.
olmasligini”bildiradi.Shundan keyin Turkon Xotun Jandga qo’shin yuborib,Takshni zo’rlab olib kelishni buyuradi.Bundan xabar topgan Takash darxol Jandni tark etib,Qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon(1164-1177 yillar)ga murojaat qiladi”6.Malika Go’rxon Ilyos va Elyuy To’shiyning qizi edi.Takash o’gay ukase Sultonshoxga va uning onasiga qarshi kurashga malikai oliya yordam bers,u xar yili Qoraxitoylarga o’lpon to’lab turishga va’da beradi.Alouddin Takash va’dasini olgan xitoy malikasi eri Fuma qo’mondonligidagi qo’shinlarni Xorazmga jo’natadi. Takash va Fuma lashkarlari Gurganchga yaqinlashadilar.Sultonshox bilan jang qilishga yuraklari dov bermay Xorazmdan Xurosonga qochib borib,Nishopur hukmdori Muayyid Oy Abodan ximoya so’rashadi.1172-yilning 11-dekabrida Allauddin Takash Xorazm xalqi va qo’shinlari madadi bilan rasman Xorazm toju taxtiga o’tiradi.ammo toju taxt uchun ayovsiz kurashlar xali oldinda edi.Aka-uka o’rtasidagi bu kurash 20 yildan ortiq davom etgan.Sultonshoxning onasi Nishopyr hukmdori Oy Aboga qimmatli sovg’alar berib,agar bu kurashda qo’shinlari bilan o’liga yordam bersa ,Xorazmga tegishli yerlardan bir qismini hadya qilaman dab va’da beradi.Xorazm xalqi va qo’shinlari Sultonshox tarafida deb ishontiradi.
Oy Abo ad-davla aka-ukalarning bu janjalidan o’z manfaati yo’lida foydalanishga:(taqdir nasib etsa)Xorazmga to’belikdan qutulib ,o’z yelarini kengaytirib olishga umid qiladi.“U katta qo’shin to’plab, Sultonshox va onasi bilan birga Xorazmga yurish boshlaydi.Gurganchdan 20 farsax uzoqroqdagi Suvburni shaxarchasi oldida Oy Abo qo’shinlari Allouddin Takash qo’shinlari bilan jang kirdi.Xorzmshoxning vassal bo’lgan Mozandaron ispahbodi Ardasher avvalroq ikkala shaxzodaning kuchlarini taqqoslab ko’rib,Takashga Oy Abo qysi yo’llardan borayotganini xabar qilib turgan,shuning uchun Takash oldindan Suvburni yaqqinida qulay joyni egallab,tayyorlanib turgan.Takash jangchilari shiddat bilan hujum qilib,Oy Abo qo’shining ilg’orini parokanda qiladi,o’lgan o’lib qolgan __________________
6.Ziyo Bunyotov “Xorazmshoxlar Anushtegeniylar tarixi”Mahkam Mahmud tarjimasi,Toshkent,2012-y,241-242 b.
qoladi.Muayyid Oy Abo asir olinadi. Uni takash huzuriga keltirishadi.Xorazmshox uni shamshir bilan ikkiga bo’lib tashlasgni buyuradi.Oy Abo qo’shining mag’lubyatga 1174 yilnig 11 iyulida uchraydi.Turkon Xotun va Sultonshox Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Dexiston shaxriga qochadilar,ammo u yerga yetib brogan Takash shaxrni qamal qiladi va uni egallaydi. Sultonshox qochishga muaffaq bo’ladi.Ammo Turkon Xotun asir olinib qatl etiladi.“Muayyid Oy Abonig o’limidan so’ng Nishopurda unig o’gli Turg’onshox Abu Bakr otasi taxtiga otirgan edi.U 1174-1185-yillarda hukmronlik qilgan. Sultonshox shu yerdan panox topadi.Taksh bu voqealardan so’ng Gurganchga qaytgan”.Xuroson qo’shinlarinig bir qismi halokatga uchrab,bir qismi tarqab ketgani uchun To’g’onshox unga yordam barolmadi.Shundan so’ng Sultonshox G’ur sultonlari huzuriga Giyosiddin va Shahobiddin huzurigi boshpana so’rab boradi.Aka-ukalar uni izzat ikrom bilan kutib oldilar.Xurosonda oily hokimyat uchun kurashayotgan G’iyosiddin G’uriy xorazmshox Otsiznig o’gli Sultonshoxnig kelishidan foydalanib,Xorzm ishlariga aralashishi mumkin edi.Ammo u o’sha paytdagi siyosiy vaziyatni chamalab,Mavaraunahrdagi vaziyatning o’zgarishini kutib turishini afzal ko’rdi.Chunki bu payt Takash bilan Qoraxitoylar o’rtasida nizo janjallr boshlangan edi.”Alouddin Takashga Xorazm toju taxtini egallashiga yordam bergan Qoraxitoylar endilikda “Xorazm bizning itoatgoy viloyatimiz bo’ladi”deb Gurganchga,Istalgan paytda o’lpon to’plab kelishga turli mansabdorlarni yubora boshlaydi.Qoraxitoylarning bu vakillari Xorazmd xaddan tashqari kalondimoglik surbetlik bilan turli nomaqulchuklar qilar edi”7.Ular xatto xorazmshox Takashning hukdorligini xam tan olmay,o’zboshimcalik bilan xojayinlik qila boshladilar.Bundan g’azablangan Takashning sabr-toqati tugaydi.U huzuriga kelib “shu zahoti o’lpon to’lab berasan”deb turib olgan Qoraxitoy hukmdorlarining bir qarindoshini qo’polligi
_________________________
7.Ziyo Bunyotov “Xorazmshoxlar Anushtegeniylar tarixi”Mahkam Mahmud tarjimasi,Toshkent,2012-y,24
uchun qatl qildiradi.Xorazmshox boshqa barcha amaldorlariga ham Qoraxitoylarni surbetlik qilsa ayamanglar deb farmon beradi.Har biringiz bittadan Qorxitoy amaldorini o’ldiringlar deb buyuradi,Taabiyki bu axvolda Xorazm bilan Qoraxitoylar orasi buzildi.Shu vaziyatdan foydalangan Sultonshoxga Xuroson hukimdori barcha so’ragan yordamini berdi(otliq jangchilar,qurol-yarog’,oziq-ovqat va boshqalar)Sultonshox Qoraxitoylar poytaxt qilib olgan Bolasog’unga kelib,qoraxitoylarga ,“Xorazm xalqi va qo’shinlari mening tarafimda,ular menig borishimga tayyor turibdilar,faqat malika janobi oliylari madad bersalar bo’ldi deb murojaat qiladi.Qoraxitoylar Xorazmni qo’lga kiritish uchun yana o’sha lashkarboshi Fumani katta qo’shin bilan yuboradi,bu gal ular safida Sultonshoxga qarshi Takish emas,balki Takishga qarshi Sultonshox birga borayotgan edi.Bundan xabar topgan Xorazmshox Qoraxitoylarning hujumini qaytarish uchun yaxshi tayyorgarlik ko’rdi.U avvalo Amudaryoning to’g’on yo’llarini ochib,Urganchga kiradigan yo’llarni suvga botirdi.Bundan tashqari shaxar qal’asi ham ancha mustahkamlangan edi.Qoraxitoylar qomondoni Fuma Xorazmshoxga hujum qilsa o’z lashkarlari xalokatga uchrashini ,Xorazm xalqi va qo’shinlari Sultonshox tarafida emasligini,unig gapi yolg’on ekanligini tushundi.Shuning uchun u o’z qo’shinlariga Xorazmdan keishga buyruq berdi.Sultonshox Xorazm toju taxtini qo’lga kiritish hozir imkonsiz ekanligini tushunib,Xurosondan biror shaxar yoki mulklarni egallash uchun Fumadan qo’shinlarining bir qismini berishini iltimos qildi.Fuma bunga rozi bo’ldi.Undan bir qism Qoraxitoy lashkarlarini olib,Sultonshox janubga yurdi va O’g’uzlar qo’lidagi Sarxsga hujum boshlaydi.U Saraxsni 1180 yilda qo’lga kiritib,Marvga qarab yuradi.Marvni egallab uni o’ziga qarorgoh qiladi.Shundan so’ng Sultonshox Qoraxitoy lashkarlarini yurtiga qaytarib yuboradi.So’ng o’z qo’shini bilan Tus,Jom,Niso va Abivardni ishg’ol qiladi.
Boshqa ma’lumotlarga qaraganda malika Chen Tiyon nomi Ye-lu Pusuvan bo’lganligi aytiladdi.U regent sifatida mamlakatni boshqaradi. Uning qiziquvchanligi mamlakatni zaiflashtirdi. Ye-lu Pusuvan bosqinchilik urushlarini to’xtatadi. Endi armiyaning asososiy vazifasi qo’shni hududlarga hujum qilish emas, balki mamlakat tinchligini saqlash va chegaralarni mudofa qilishga qaratiladi. Ye-lu Pusuvanning eri Xiao Dolubu ,, sharqning tinchlikparvar shahzodasi’’ unvoniga sazovor bo’lgan edi. Ye-lu Pusuvan erini o’ldirishga buyruq beradi. Xiao Valil isimli shaxs davlat to’ntarishi qiladi. Ye-lu Pusuvan o’ldiriladi. Taxtga Ye-lu Elining ikkinchi o’g’li Ye-lu Julhu o’tiradi. Davlat to’ntarishi qoraxitoylarni zaiflashtiradi va 1178-1179-yillar Samarqand ulardan ajralib chiqadi. Ye-lu Julhudan keyin taxtga Ye-lu Jilig’u taxtga o’tiradi. Uning hukmronligining so’ngi yillarida qaram hududlarda isyonlar vao’zaro ichki nizolar kuchayadi. Uning hukrmronligi so’ngi davrida mamlakat zaiflashadi.
Kidanlar Xitoy taqvimidan foydalangan, Xitoy imperiyasi madaniy va ma'muriy unvonlarini o’zlarida saqlagan, imperatorlar hukmronlik qilgan, xitoy uslubidagi pullarni ishlatgan va vassallarga imperiya muhrlarini jo'natgan. Garchi ma'muriy nomlarning aksariyati Xitoydan kelib chiqqan bo'lsa-da, imperiya tayangyu (vizyoner) va vazirlik kabi yangi mahalliy ma'muriy unvonlarni qabul qilganlar. “Musulmon tarixchilar dastlab davlatga faqat Kitay yoki Xitay deb murojaat qilganlar. Musulmon olami Kidanlarni mo'g'ul bosqinchiligidan keyin Qora Xitay yoki Qora-Xitay deb ataganlar. Kidan hukmdorlari Liao sulolasidan ko'pchilik ma'muriy ramzlaridan, shu jumladan, Konfutsiy talimoti va imperatorlik ramzlaridan foydalanishgan. Kidanlar, hatto Markaziy Osiyoda ham qadimgi urf-odatlarini saqlab qolishdi. Ular ko'chmanchi bo'lib, an'anaviy kiyimlariga sodiq qolishganlar. Liao sulolasi kidanlari diniy amallariga sig’inishgan va bu diniy amallarni qo'llab-quvvatladilar. Qora Xitoyliklar buddizm va an'anaviy Kidan diniga birdek munosabatda bo’lgalar. Ular orasida olovga topinish va qabila urf-odatlari, shu jumladan, oq ot bilan kulrang yirtqichni qurbon qilish odati mavjud edi.
Qoraxitoyliklarga xos bo'lgan yangilikdan yana biri bu kidanlar askarlariga maosh to'lash bo’lgan ekanligi aytib o’tiladi. Bilamizki bu davrda ko’pchilik davlatlarda qo’shinga maosh to’lash tartibi bo’lmagan, aksincha ular jangda tushgan o’ljalardan ulish olishgan. Masalan, bu davrda Yevropada Sali yurishlari bo’lib turgan edi. Aynan salib yurishi ishtirokchilariga maosh to’lanmagan. Ularga beriladigan maosh bu jangda tushadigan o’ljalar bo’lgan. Bilamizki shu salib yurishlarida jangchi bosib olingan hududdagi uyga o’z qalqonini osib qo’ygan. Bu shu uyning barcha jihozlari bilan jangchining hizmat haqi evaziga olgan maoshi hisoblangan.
“Imperator undan quyi pog’anada turuvchi turli mansabdorlar ustidan hukmronlik qilgan. Naimanlarning ko’chishi tufayli aholi aksariyati boshqa joylarga ko’chishga majbur bo’lar edi. Ularning ko'pchiligi o'zlarini musulmon deb e'lon
__ qilishdi, ammo ularning ko’pchiligi Buddizm va Nestorianizmga e’tiqod qilar edilar. Xitoy va Kidan tillari ma'muriyatning asosiy tillarini tashkil qilgan bo'lsa-da, imperiyada fors va uyg'ur tillari ham keng qo'llanilgan”8
______________________
8.Istoriya.ru saytidan tarjima qilindi
Do'stlaringiz bilan baham: |