oldinga chiqarib, siltanadigan oyoq tizzasini ko‘tarish. 3. D.h. – siltanadigan oyoq
oldinda. YUqoridagini o‘zi, lekin ikki qadam yurish bilan. 4. D.h. – yuqoridagidek
depsinish, ikkinchi, to‘rtinchi qadamlarda bo‘lib, erga siltanadigan oyoqda tushib
yugurib ketish. 5. D.h – yuqoridagidek, 2-4 yugurish qadami bilan matlar to‘rlamiga
sakrash, siltanadigan oyoq bilan tushish. 6. D.h. – yuqoridagidek, 4-6 yugurish
qadami bilan gimnastik devorga sakrab siltanadigan oyoq bilan uni yog‘ochiga
tushish. 7. D.h. – yuqoridagidek. 4-6 yugurish qadamidan keyingi qadamda, to‘siqdan
uzunasiga sakrash. 8. D.h. – shuning o‘zi. 4-6 yugurish qadamidan (8-12 oddiy
qadam) keyingi qadamda uzunlikka sakrab yamaga shest bilan siltanish, oyog‘iga
tushib yugurib ketish.
4-vazifa. Umumiy tezlanish damda oxirgi depsinish oldidagi qadamlar ritmiga
o‘rgatish.
Vositalari: 1. Depsinish oldidagi qadamlarni xususiyatlari bilan tanishtirish. 2. 4-
6 tezlanish qadami bilan oyoqni faol qo‘yishga e’tibor bergan holda, depsinish
joyidagi harakatni eshkak eshgan singari qilib uzunlikka sakrash. 3. D.h. –
depsinadigan oyoq oldinda, siltanadigan orqada, 6-8 tezlanish qadamidan, oxirgi
qadamlarni belgi bo‘yicha yugurib kelib sakrash. 4. D.h. – oyoqlar bir chiziqda,
qo‘llar belda, 10-12 yugurish qadamiga tezlanish bilan oxirida depsinmaslik bilan
yugurish. 5. D.h. – yuqoridagidek, to‘liq yugurishni aniqlash. 6. D.h. – depsinadigan
oyoq oldinga, siltanuvchi orqada. 25-35 m tezlanish bilan oxirida depsinmasdan va
depsinish bilan yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Siltashni boldir bilan emas, balki sonda bajarilishiga
e’tibor berish.
5-vazifa. Erga tushish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar: 1. Turgan joydan uzunlikka sakrab, mumkin qadar oyoqlarni oldinga
―uloqtirib tashlash. 2. 3-5 qadamdan yugurib kelib uzunlikka -“qadamlab” sakrash.
Uchish o‘rtasida depsinuvchi oyoqni silkinch oyoqqa yaqinlashtirib, erga tushish
oldidan gavdaning rolatini to‘g‘rilash. Keyin erga tushib, oyoqlarni bukib, qo‘llarni
oldinga ko‘tarib, olg‘a chiqib ketish. 3. Qisqa yugurib kelib, erga tushadigan joydan
yarim metr berida 20-40 sm balandlikka o‘rnatilgan planka ustidan uzunlikka
sakrash. 4. Qisqa yugurib kelib, erga tushish mo‘ljallangan joyga to‘shalgan
qog‘ozlenta ustidan uzunlikka sakrash. 5. Bir oyoqda depsinib, ikkinchisini tos
balandligigacha ko‘tarib, yuqoriga qayta-qayta sakrash. Bunda gavda sal olg‘a
engashadi. 6. SHu mashqni sekin yugurib, har 4 qadamdan keyin 5-qadamda depsinib
bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrashning bu elementi texnikasi boshqa usullarga
o‘tganda deyarli o‘zgarmaydi. SHuning uchun erga to‘g‘ri tushishni o‘rgatgandan
keyin uni ko‘p marta takrorlab, malakaga aylantirib olishkerak.
Do'stlaringiz bilan baham: