Uzunlikka sakrash texnikasini o‘rgatish. Uzunlikka sakrash texnikasini
o‘rgatishda tezkorlik tayyorgarligini ko‘rib, shug‘ullanuvchilarni bir tekis yugurishi
va tezlikni oshirib borishni bilib olganlaridan so‘ng o‘rgatgan ma’qul. Mashg‘ulotlar
zichligini oshirish uchun barcha sakrashlarni yo‘lkada bajarish shart emas. Maxsus
sakrash mashqlarini va alohida sakrashlarni o‘tloq erda va qum ustida bajarish
maqsadga muvofiqdir.
1-vazifa. SHug‘ullanuvchilarda uzunlikka sakrash texnikasi va usullari
to‘g‘risida tushuncha hosil qilish.
Vositalari: 1. Sakrash usullari texnikasini to‘liq yoki o‘rtacha tezlanishda
ko‘rsatish. 2. Sakrash usullari texnikasi bo‘yicha kinogramma va ko‘rgazmali
qurollarni tahlil qilish. 3. Uzunlikka sakrashni, musobaqa qoidasini tushuntirish. 4.
SHug‘ullanuvchilarnirazryadnormativlaribilantanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |