YOn tomonga o‘mbaloq oshish
Bajarish texnikasi. Bu element tizzada tayanish yoki tayanib o‘tirish holatidan
bajariladi. O‘mbaloq oshishning birinchi qismi tizzada tayanib turib tomonga
dumalash kabi bajariladi, ammo tana aylanishini bir yo‘nalishda davom ettirib bel
orqali aylanib yana tizzada tayanib turish yoki tayanib o‘tirishga kelish.
O‘rgatish ketma-ketligi.
1. CHalqancha yotish holatidan, g‘ujanak holati.
2. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga dumalash.
3. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga o‘mbaloq oshish.
4. Tayanib o‘tirishdan yon tomonga o‘mbaloq oshib tayanib o‘tirish.
Xatolar.
1. O‘mbaloq oshishni boshlanishida qo‘llar tirsaklarga qo‘yilmaydi.
2. Zich bo‘lmagan g‘ujanak holati.
Ehtiyotlash va yordam. Orqa tomonda turib, tos-son bo‘g‘imi atrofidan ushlab
aylanishga yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |