46
2000-2006-yillar – moliyaviy barqarorlik va iqtisodiyotning shiddat bilan
rivojlanish
davri.
2000-yildan
boshlab
jahon
moliyaviy
bozorlarining
barqarorlashuvi, jahon hom ashyo bozoridagi maqbul narx konyukturasi
Qozog`istondagi makroiqtisodiy holatiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Bu yetti yillik
muddatda mamlakatda moliya tizimi jadal ravishda rivojlandi, aholi muddatli
omonatlarini kafolatlash Fondi tashkil etildi. Katta miqdorda kapitalning kirib
kelishi, banklarda aholi omonatlarining oshishi va banklarning iqtisodiyotga
ajratgan kreditlari miqdori oshdi. Ushbu davrda inflyatsiya 6,4%dan 8,4%gacha
tebranib turgan bo`lsa, YaIM ning o`rtacha o`sishi 10,3%ni tashkil qildi (3-
diagramma).
Bu davrda Milliy bank tomonidan pul-kredit sohasida olib borilgan
islohotlar samarasi o`laroq Qozog`iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasi
1999-yil 10-noyabrda o`rnatilgan 18% ko`rsatkichdan 2006-yil 1-oktabrdagi 9%
gacha tushirildi. (4-diagramma)
2007-yildan boshlab moliyaviy beqarorlik davri. Joriy ming yillikning
boshlarida kuzatilgan iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga qaramasdan, 2006-yildan
0
3
6
9
12
15
18
21
24
27
30
33
36
39
42
45
48
51
54
57
60
47
mamlakatda katta miqdordagi xorij kapitalining kirib kelishi bilan asoslanuvchi
ichki moliya bozorida likvidlikning oshib ketishi, davlat byudjeti harajatlarining
o`sishi kuzatildi. 2006-yilda Qozog`istonda 2001-yildan boshlab birinchi marta
inflyatsiya darajasi 8%dan oshdi. 2007-yilgi Qozog`iston iqtisodiyotining
rivojlanishini ikki davrga bo`lish mumkin. Ushbu yilning birinchi yarmida oldingi
yillarda bo`lgani kabi ijobiy tendentsiya kuzatildi. Ushbu davrda iqtisodiyotga
ajratilgan kreditlar 47%ga oshdi, rezidentlarning banklardagi depozitlari 24% ga
oshdi. 2007-yilning avgustida 2007-yilning boshlarida boshlangan AQShning
ipoteka bozoridagi inqiroz hududiy miqyosdan global miqyosga ta’sir etishni
boshladi va jahon moliyaviy bozoridagi holatga sezilarli bosim o`tqazdi. Natijada
investorlar rivojlanayotgan mamlakatlardan investitsiyalarini olib chiqib keta
boshladilar va aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi iqtisodiy
aloqalarda qiyinchiliklar tug`ila boshladi. Qozog`iston banklari bir qancha
qiyinchiliklarga duchor bo`ldilar. Asosan, obligatsiyalarni chiqarishi, IPO
o`tkazish orqali amalga sohiriladigan investorlar bozoriga yo`l bekildi. Shu yili
mamlakat hududida hosildorlikning past bo`lishi, shuningdek, jahon bozorida
mamlakat
hududida
yetishtiriladigan
maxsulotlarning
alternative
turlari
yaratilganligi davlatda inflyatsion bosimning oshishiga olib keldi. Shu tariqa,
2007-yilda banklar likvidligi pasayib ketdi. Bu vaqtda Milliy bank oldida bank
tizimini qo`llab-quvvatlash va narhlarning barqarorligini saqlash vazifalari turar
edi. Bank tizimining barqarorligini ta’minlash uchun likvidlik darajasini oshirish,
inflyatsiyaviy bosimni kamaytirish uchun esa, uni singdirish lozim edi. Bu ikki
vazifa bir-biriga qarama-qarshi edi. Ayni shu vaqtda Milliy bank bank tizimini
qo`llab-quvvatlash vazifasini inflayatsiyaviy bosimni kamaytirish vazifasidan
ustun qo`ydi. Bu qarorni qabul qilinishida, bank tizimining nobarqarorligi bank
tizimida yuzaga keladigan sarosima bilangina emas, balki to`lov qobiliyatining
pasayishi, omonatchilar sonining pasayishi va shu bilan birga, moliya
segmentining boshqa sohalarga salbiy ta’sir etishi hisobga olindi.
Shu tariqa 2007-yilda yuzaga kelgan moliyaviy bozordagi o`zgarishlar
tufayli, mamlakat pul-kredit siyosatida o`zgarishlar yuzaga keldi. Masalan, mazkur
48
yilning birinchi 7 oyida ikkinchi darajali banklarning ortiqcha likvidligini
kamaytirishga qaratilgan siyosat olib borilgan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida esa,
qisqa muddatli notalarni chiqarish hajmi kamaytirildi hamda oldingi chiqarilgan
davlat qimmatli qog`ozlarining so`ndirilishi amalga oshirildi. 2007-yilning avgust
oyidan boshlab Milliy bank banklar likvidligini oshirish maqsadida ular bilan
REPO va valyuta SWOP operatsiyalarini amalga oshirdi. Bundan tashqari,
banklarning Milliy bankdagi vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag`larini garovga
olgan holda qayta moliyalash qarzlari taqdim etildi.
2008-2011-yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahon mamlakatlari
iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko`rsatganidek, Qozog`istonning iqtisodiy
o`sishiga ham salbiy ta’sir o`tkazmay qolmadi. Jahon bozoridagi hom ashyo
narhining tushushi mamlakatning jahonda tutgan eksport salohiyatiga ta’sir
o`tkazdi. Jumladan, 2008-yilda mamlakatda iqtisodiy o`sish 3,1%ni tashkil etgan
bo`lsa, 2009-2010-yillarda mos ravishda 6% va 7%ni tashkil etdi. 2011-yilning
yakunlariga ko`ra esa mamlakat iqtisodiy o`sishi 2010-yilga nisbatan 0,5% ga
oshgan holda 7,5%ni tashkil etgan bo`lsada, bu ko`rsatkich hali inqirozdan oldingi
darajaga hali xanuz yetib kelgani yo`q.(5-diagramma)
Bu davrda mamlakat hududidagi inflyatsiya darajasining kamayishini
kuzatishimiz mumkin. Agar 2008-yilda inflyatsiya ko`rsatkichi 9,5% ni tashkil
etgan bo`lsa, 2011-yilga kelib bu ko`rsatkich 7,40% gacha tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: