O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana21.07.2021
Hajmi0,93 Mb.
#125572
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Sharqshunoslik

 

 


39

 

 



II-BOB. MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA PUL-KREDIT 

SIYOSATINING O`ZIGA HOS XUSUSIYATLARI 

 

2.1.  Qozog`istonda pul-kredit siyosatining asosiy yo`nalishlari 

 

Qozog`iston  Respublikasining  1995-yil  30-martda  qabul  qilingan 



«Qozog`iston  Respublikasining  Milliy  banki  to`g`risida»gi  Qonuniga  muvofiq 

mamlakat  hududida  pul-kredit  siyosatini  Qozog`iston  Respublikasining  Milliy 

banki  olib  boradi.  Ushbu  qonunning  6-bobi  pul-kredit  siyosati  deb  ataladi.  Unga 

ko`ra  Qozog`iston  Milly  banki  Qozog`iston  Respublikasida  davlatning  pul-kredit 

siyosatini aniqlovchi va olib boruvchi yagona organ hisoblanadi.  

Pul-kredit siyosati quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 

-  qayta moliyalash stavkasini o`rnatish orqali; 

-  pul-kredit  siyosating  asosiy  operatsiyalarining  rag`bat  stavkalarini 

o`rnatish orqali; 

-   minimal zaxira talablarini o`rnatish orqali; 

Pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirish  maqsadida  Milliy  bank  quyidagi 

operatsiyalarni amalga oshiradi: 

1) 

qarz beradi; 



2) 

depozitlar qabul qiladi; 

3) 

valyuta interventsiyasi; 



4) 

Qozog`iston Milliy banking qisqa muddatli notlarini chiqaradi; 

5) 

davlat  va  boshqa  qimmatli  qog`ozlarni  sotish  va  sotib  olish, 



shuningdek, qayta solib olish sharti bilan. 

6) 


tijorat veksellarini qayta hisoblash; 

7) 


Qozog`iston  Milliy  banki  Boshqaruvining  qaroriga  asosan  boshqa 

operatsiyalar. 

Qozog`iston  Milliy  banki  pul  bozorining  umumiy  holati,  qarzlar  bo`yicha 

talab va taklif, inflyatsiya darajasi va inflyatsion kutilmalardan kelib chiqqan holda 

rasmiy  qayta  moliyalash  stavkasini  o`rnatadi.  Milliy  bank  qayta  moliyalash 



40

 

 



stavkasidan  kelib  chiqqan  holda  tijorat  veksellarini  qayta  hisobga  olishni  amalga 

oshiradi.  Operatsion  pul-kredit  operatsiyalari  qayta  moliyalash  stavkasidan  kelib 

chiqqan holda o`rnatiladi.  

Banklarning  depozitlari  va  kreditlaring  foiz  stavkalarini  nazorat  qilish 

maqsadida  Qozog`iston  Milliy  banki  majburiy  zahira  normativlarini  o`rnatadi. 

Majburiy  zaxira  normativlar  Milliy  bank  tomonidan  tijorat  banklaring 

majburiyatlari hajmidan foiz hisobida hisoblab olinadi. Majburiy zaxira talablarini 

bajarish  maqsadida  va  uni  hisoblash  uchun  olinadigan  banklar  majburiyatlarining 

tarkibi,  minimal  talablarni  bajarish  shartlari  hamda  ularni  rezervga  joylashtirish, 

shuningdek,  minimal  talablarning  normativlari  Qozog`iston  Milliy  banki 

tomonidan o`rnatiladi. Minimal zaxira talablari o`zgargan taqdirdi, o  `zgarishlar 

ular e’lon qilingandan so`ng 1 oydan kam bo`lmagan muddatda amalga kiritiladi. 

Minimal  zaxira  talablarini  buzganligi  uchun  banklar  Qozog’iston  Respublikasi 

qonunchiligiga  asosan  javobgardirlar.  Likvidatsion  komissiyaning  rahbari 

saylangandan boshlab 10 kun ichida Milliy bank likvidatsion komissiyaga rezervga 

jalb qilingan mablag`larni qaytarib beradi. 

Davlat  va  boshqa  qimmatli  qog`ozlarni  sotish  va  sotib  olish  Qozog`iston 

Milliy banki tomonidan umumiy pul-kredit siyosati doirasida amalga oshiriladi. 

Qozog`iston  Milliy  banki  umumiy  pul-kredit  siyosati  doirasida  moliya 

bozoridagi foiz  stavkalariga ta’sir  qilish maqsadida pul-kredit  siyosatining  asosiy 

operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalarini o`rnatadi. 

Milliy bank qabul qilingan pul-kredit siyosatining umumiy yo`nalishlaridan 

kelib  chiqqan  holda  banklarning  qarzlarini  nazorat  qiladi.  Banklarga  qarzlarni 

berish  tartibi,  shartlari,  so`ndirilishi,  muddati  va  chegarasi  Qozog`iston  Milliy 

banki tomonidan o`rnatiladi. Milliy bank yuqori likvidli va tavakkalchilik darajasi 

past  bo`lgan  qimmatli  qog`ozlarni,  boshqa  aktivlarni  garovga  olgan  holda 

banklarga  qarz  mablag`lari  taqdim  etadi.  Banklarga  Milliy  bank  tomonidan  qarz 

mablag`lari banklar tomonidan garov taqdim etilmagan holda bir yilgacha bo`lgan 

muddatgacha  taqdim  etilishi  mumkin.  Ushmu  muddati  Milliy  bank  Boshqaruvi 

tomonidan uzaytirilishi mumkin.  




41

 

 



 Qozog`iston  Milliy  banki  valyuta  interventsiyasi  mustaqil  ravishda 

Qozog`iston  tengesining  kursiga  ta’sir  qilish  maqsadida  xorijiy  valyutani  sotish 

yoki  sotib  olish  orqali,  shuningdek,  banklararo  yoki  birja  bozorlarida  boshqa 

valyuta operatsiyalarini bajarish orqali amalga oshiriladi. Qozog`iston Milliy banki 

valyuta interventsiyasi umumiy pul-kredit siyosati doirasida amalga oshiriladi. 

Depozitlarni jalb qilish, so`ndirish tartibi,  muddati va jalb qilish chegarasi 

Qozog`iston  Milliy  banki  tomonidan  aniqlanadi.  Qozog`iston  Milliy  banki  ham 

milliy valyutada, ham xorijiy valyutada depozitlar jalb qilish huquqiga ega. 

Qozog`iston Milliy banki qisqa muddatli notalari Qozog`iston Milliy banki 

tomonidan  chiqariladigan  davlat  qimmatli  qog`ozlaridir.  Qisqa  muddatli  notalar 

chiqarish  shartlari,  tartibi,  joylashtirilishi,  muomalada  bo`lishi  va  so`ndirilishi 

Qozog`iston Milliy banki tomonidan aniqlanadi. Qozog`iston Milliy banki umumiy 

pul-kredit  siyosati  doirasida  ham  milliy  valyutada,  ham  xorijiy  valyutada  qisqa 

muddatli notalar chiqarish huquqiga ega.  

Milliy  bankning  bevosita  miqdoriy  cheklashlari  sifatida  alohida  sohalarni 

rivojlantirish  yoki  to`xtatib  turish  maqsadida  alohida  operatsiyalar  bo`yicha 

maksimal  darajadagi  foiz  stavkalar,  kreditlash  bo`yicha  cheklovlar  o`rnatish,  foiz 

stavkalarini  muzlatib  qo`yish,  ayrim  turdagi  depozitlarni  to`g`ridan  to`g`ridan 

nazarot  qilish  kiradi.  Qozog`iston  Milliy  banki  inflyatsion  jarayonlarni  pul-kredit 

nazarotining  bilvosida  usullari  orqali  tog`ridan  to`g`ri  to`xtatish  imkoniyati 

bo`lmagan taqdirda bevosita miqdoriy cheklashlarni qo`llash huquqiga ega. 

Mustaqillik  yillarida  Qozog`istonda bozor  munosabatlarini rivojlantirishga 

qaratilgan  iqtisodiy  islohotlar  olib  borildi.  Bu  yillar  davomida  mamlakatda 

xususiylashtirish  amalga  oshirildi,  davlat  moliya  tizimini  isloh  qilindi,  pension 

islohotlar  amalga  oshirildi.  Bu  islohotlarning  natijasi  iqtisodiyotning  o`sish 

sur’atlaridan anglab olish mumkin. Agar 1197-yilda aholi jon boshiga YaIM 700 

AQSh  dollarini  tashkil  qilgan  bo`lsa,  2004-yilning  oxiriga  kelib  2700  AQSh 

dollarini  tashkil  etdi.  Jahon  Bankining  tabaqalashiga  ko`ra  2005-yildayoq 

Qozog`iston  Respublikasi  (aholi  jon  boshiga  3771  AQSh  dollari  bilan)  jahondagi 

o`rtamiqdordan yuqori daromad oluvchi mamlakatlar qatoriga kiritilgan.  




42

 

 



Qozog`istonning  pul-kredit  siyosati  rivojlanishida  2004-yilda  tashkil 

etilgan  Moliya  bozorlarini  va  moliya  tashkilotlarini  nazorat  qilish  va 

muvofiqlashtirish  agentligi  muhim  rol  o`ynadi.  Bu  bilan  Qozog`iston  Milliy 

bankining  ayrim  funktsiyalari  ushbu  agentlikka  berildi.  Bu  esa  2004-yilning  1-

yanvaridan  Qozog`iston  Milliy  bankining  asosiy  maqsadi  sifatida  narxlarning 

barqarorligini ta`minlash deb e’lon qilinishiga sharoit yaratdi.  

 Qozog`iston  Milliy  bankining  mustaqil  pul-kredit  siyosati  olib  boorish 

jarayonini 4 bosqichga bo`lish mumkin: 

1.  1993-yil noyabridan 1995-yil – giperinflyatsiyaning jilovlanish davri; 

2.  1996-1999-yillar – makroiqtisodiy barqarorlikka erishish davri; 

3.  2000-2006-yillar  –  moliyaviy  barqarorlik  va  iqtisodiyotning  shiddat 

bilan rivojlanish davri; 

4.  2007-yildan inflyatsiyaviy bosimning oshish davri. 

1993-yil  noyabridan  1995-yil  -  giperinflyatsiyaning  jilovlanish  davri. 

Qozog`istonnnig  milliy  valyutasi  –  tengening  muomalaga  kiritilishida  mamlakat 

iqtisodiyoti  juda  og`ir  ahvolda  edi.  1993-yilda  inflyatisya  2165%ni  tashkil  etgan 

edi. 1991-1995-yillar mobaynida esa ishlab chiqarish hajmi 50%ga pasaydi. Sobiq 

Ittifoqning  parchalanishi  va  iqtisodiy  subyektlar  o`rtasidagi  aloqalarning  uzilishi 

bilan yuzaga kelgan ishlab chiqarishning pasayishini to`xtatish uchun Qozog`iston 

Milliy  banki  tijorat  banki  vazifasini  o`tadi  –  xo`jalik  yuritish  subyektlarifa 

to`g`ridan  to`g`ri  kreditlar  ajratdi,  davlat  byudjet  defitsitini  moliyalashtirish  bilan 

shug`ullandi.  Bu  bosqichda  mamlakar  Hukumati  oldida  birinchi  vazifa  sifatida 

inflyatsiyani  kamaytirish  va  ishlab  chiqarishning  pasayishini  to`xtatish  turar  edi. 

Ushbu  muammalarning  yechimini  toppish  uchun  byudjet  difitstini  qisqartirish  va 

kredit ekspantsiyasini cheklashni ko`zda tutuvchi qattiq makroiqtisodiy siyosat olib 

borildi.  Natijada  1993-1995-yillarda  inflyatsiya  2960%  dan  60%  gacha 

qisqartirildi,  lekin  ishlab  chiqarishning  pasayishi  davom  etdi  va  ushbu  muddat 

davomida o`rtacha 10%ni tashkil etdi. 




43

 

 



 


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish