4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari
faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham
bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga
sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini
shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit
siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi;
ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib
qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini
bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga
bеvosita ta'sir kursatadi.
Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi chora-
tadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi
keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi
raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan
korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha
bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari,
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3
foizga tushirildi
1
. Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik
maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit
siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini
yuzaga keltiradi.
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi PF-4051-sonli «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik
tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to`g’risida»gi Farmoni. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami. - Toshkent, 2008. - №46. -
B. 3-4.
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karomov inqirozga qarshi choralar
dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatining muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta`kidlab, eksportyor korxonalar va kichik biznes subyektlariga
imtiyozli kreditlar berishni rag`batlantirish, ichki talabni rag`batlantirish orqali
investitsion harajatlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligini e’tirof etdilar
2
.
Taxlillarimiz
ko`rsatishicha,
Markaziy
Osiyo
davlatlari
Markaziy
banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasida yechimini kutayotgan
ayrim muammolar mavjud. Ya’ni, pul-kredit siyosati instrumentlarining
moslashuvchanlik darajasi pastligicha qolayotganligini qayd etish mumkin.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
stavkasi 2006-yildan 15 foiz darajasidan o`zgarmasdan, 2011 yilning 1-yanvaridan
12 foizga tushirildi. Bundan tashqari, markazlashgan kreditlarning tijorat banklari
passivlari hajmida past darajada qolmoqda. 2011-yilning 1-yanvar holatiga,
respublikamizning yirik tijorat banklari passivlari hajmida markazlashgan
kreditlarning salmog`i atiga 1,4 foizni tashkil qildi
3
.
Shunungdek, mamlakatimizda monetizatsiya koeffitsienti past darajada
qolmoqda. Xususan, 2010 yilning yakunida monetizatsiya koeffitsienti 21,0 foizni
tashkil qildi. Xolbuki, ushbu koeffitsient XVF ekspertlari tavsiyasiga ko`ra,
kamida 30 foiz bo`lishi kerak.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklarining faol
pul-kredit siyosati shakllantirilishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu dissertatsiya mavzusining
dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: