O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI....................................81-85



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana21.07.2021
Hajmi0,93 Mb.
#125572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Sharqshunoslik

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI....................................81-85 

 

 

 

 


4

 

 



KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Hozir  davom  etayotgan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozi  dunyo  mamlakatlarining  moliya-bank  tizimiga,  real  sektor  korxonalari 

faoliyatiga  jiddiy  ta’sir  ko’rsatdi.  Ushbu  salbiy  ta'sirning  oqibatlariga  barham 

bеrish  byudjеt,  fiskal  va  monеtar  siyosatlarning  mazmuniga,  taktik  maqsadlariga 

sеzilarli  darajadagi  o`zgarishlar  kiritilishiga  sabab  bo`ldi.  Ushbu  jarayonda 

Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshiriladigan  faol  pul-krеdit  siyosatini 

shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit 

siyosati  makroiktisodiy  o`sish  barqarorligiga  bеvosita  ta’sir  ko`rsatadi; 

ikkinchidan,  pul-krеdit  siyosati  global  inqiroz  ta’sirida  likvidliligini  yo`qotib 

qo`ygan  banklarning  joriy  likvidliligi  va  to`lovga  qobilligini  tiklash  imkonini 

bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga 

bеvosita ta'sir kursatadi. 

Shu  sababli,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida  inqirozga  qarshi  chora-

tadbirlar  dasturini  amalga  oshirishda  pul-kredit  siyosatini  takomillashtirishga 

alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Xususan,  O`zbekistonda,  joriy  bozor  kon’yukturasi 

keskin  yomonlashib  borayotgan  sharoitda  korxonalarning  tashqi  bozordagi 

raqobatdardoshligini  ta`minlash  maqsadida,  maxsulotlarni  eksport  qilayotgan 

korxonalarga  aylanma  mablag`larine  to`ldirish  uchun  Markaziy  bank  qayta 

moliyalash  stavkasining  70  foizidan  ortiq  bo`lmagan  stavkalarda  12  oygacha 

bo`lgan  muddatli  imtiyozli  kreditlar  berish  joriy  qilindi.  Bundan  tashqari, 

tadbirkorlik  faoliyatini  boshqarish  uchun  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlariga  beriladigan  mikrokreditlar  yillik  foiz  stavkasi  amaldagi  5  foizdan  3 

foizga  tushirildi

1

.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  pul-kredit  siyosatining  taktik 



maqsadlaridan  ichki  talabni  rag`batlantirish  maqsadida  foydalanish,  pul-kredit 

siyosati  instrumentlarining  moslashuvchanlik  darajasini  oshirish  zaruriyatini 

yuzaga keltiradi.

  

                                                           



1

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi PF-4051-sonli «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik 

tijorat  bankining  tadbirkorlik  subyektlarini  qo`llab-quvvatlash  borasidagi  faoliyatini  yanada  kengaytirish  chora-

tadbirlari to`g’risida»gi Farmoni. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami. - Toshkent, 2008. - №46. - 

B. 3-4. 



5

 

 



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karomov inqirozga qarshi choralar 

dasturini  amalga  oshirishda  pul-kredit  siyosatining  muhim  ahamiyatga  ega 

ekanligini  ta`kidlab,  eksportyor  korxonalar  va  kichik  biznes  subyektlariga 

imtiyozli  kreditlar  berishni  rag`batlantirish,  ichki  talabni  rag`batlantirish  orqali 

investitsion harajatlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligini e’tirof etdilar

2



Taxlillarimiz 

ko`rsatishicha, 

Markaziy 

Osiyo 


davlatlari 

Markaziy 

banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasida yechimini kutayotgan 

ayrim  muammolar  mavjud.  Ya’ni,  pul-kredit  siyosati  instrumentlarining 

moslashuvchanlik darajasi pastligicha qolayotganligini qayd etish mumkin. 

Jumladan,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  qayta  moliyalash 

stavkasi 2006-yildan 15 foiz darajasidan o`zgarmasdan, 2011 yilning 1-yanvaridan 

12 foizga tushirildi. Bundan tashqari, markazlashgan kreditlarning tijorat banklari 

passivlari  hajmida  past  darajada  qolmoqda.  2011-yilning  1-yanvar  holatiga, 

respublikamizning  yirik  tijorat  banklari  passivlari  hajmida  markazlashgan 

kreditlarning salmog`i atiga 1,4 foizni tashkil qildi

3



Shunungdek,  mamlakatimizda  monetizatsiya  koeffitsienti  past  darajada 

qolmoqda. Xususan, 2010 yilning yakunida monetizatsiya koeffitsienti 21,0 foizni 

tashkil  qildi.  Xolbuki,  ushbu  koeffitsient  XVF  ekspertlari  tavsiyasiga  ko`ra, 

kamida 30 foiz bo`lishi kerak. 

Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklarining faol 

pul-kredit  siyosati  shakllantirilishini  takomillashtirishga  qaratilgan  ilmiy  taklif  va 

amaliy  tavsiyalarni  ishlab  chiqishning  zarurligi  ushbu  dissertatsiya  mavzusining 

dolzarbligini belgilaydi.  




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish