O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Markaziy Bankning ochiq bozordagi operatsiyalari



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana21.07.2021
Hajmi0,93 Mb.
#125572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Sharqshunoslik

Markaziy Bankning ochiq bozordagi operatsiyalari 

Ochiq  bozor  siyosati  deganda  Markaziy  Bankning  o`z  mablag`lari 

hisobidan ochiq bozordan qimmatli qog`ozlarni sotib olishi va sotishi tushuniladi. 

Ochiq  bozorda  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarda  katta  miqdordagi  xilma-xil 

qimmatli  qog`ozlar  ishtirok  etadi.  Ularning  eng  asosiylari  sifatida  xazina 



11

 

 



veksellari,  foizsiz  xazina  veksellari,  g`aznachilik  majburiyatlari,  Moliya  Vazirligi 

obligatsiyalari  va  Markaziy  Bank  tomonidan  belgilangan  boshqa  qimmatli 

qog`ozlarni ko`rsatish mumkin.  

Ushbu  qimmatli  qog`ozlarning  bir  qismi  pul  bozoriga  tegishli  bo`lsa, 

ikkinchi qismi kapitallar bozoriga tegishlidir.  

Ko`pchilik  rivojlangan  horijiy  davlatlarda,  xususan,  AQSH,  Germaniya, 

Buyuk  Britaniya  va  Fransiyada  Markaziy  Bankning  qimmatli  qog`ozlarni 

emitentning o`zidan bevosita sotib olishi ochiq bozor  operatsiyasi  hisoblanmaydi, 

balki kreditlash hisoblanadi.  

Ochiq  bozor  siyosatini  amalga  oshirishning  keng  tarqalgan  vositasi 

davlatning  qimmatli  qog`ozlar  bilan  ikkilamchi  bozorda  amalga  oshiradigan 

operatsiyalaridir.  

Markaziy  Bank  ochiq  bozorda  operatsiyalar  amalga  oshirish  yo`li  bilan 

bank tizimining rezervlariga ikki usul bilan ta`sir qilishi mumkin: 

1.  Agar  Markaziy  Bank  kredit  institutlarining  ixtiyoridagi  pul  massasini 

ko`paytirishni  maqsad  qilib  qo`ygan  bo`lsa,  unda  u,  ochiq  bozorda  qimmatli 

qog`ozlarni  sotib  oluvchi  bo`lib  qatnashadi. Bunda  u qimmatli  qog`ozlarga  qat`iy 

belgilangan kurs o`rnatishi va kurs o`sha darajaga yetkuncha taklif qilingan barcha 

qimmatli  qog`ozlarni  sotib  olish  yo`lidan  foydalanishi  mumkin.  Yoki  taklif 

qilingan paytdagi kursidan qat`iy nazar, ma`lum turdagi qimmatli qog`ozlarni sotib 

olish miqdorini belgilash mumkin.  

2.  Agar Markaziy Bank bank tizimining rezervlarini kamaytirishni maqsad 

qilibb qo`ygan bo`lsa, unda bozorda sotuvchi bo`lib ishtirok etadi. Bunday holatda 

ham Markaziy Bank quyidagi imkoniyatlarga ega: 

 Markaziy Bank ma`lum kursni e`lon qilishi va qimmatli qog`ozlar kursi 

o`sha  darajaga  yetishi  bilan  istalgan  miqdordagi  qimmatli  qog`ozlarni  sotish 

majburiyatini olishi mumkin; 

 Markaziy  Bank  qo`shimcha  tarzda  ma`lum  miqdordagi  qimmatli 

qog`ozlarni  taklif  qilishi  mumkin.  Siyosat  bunday  yo`sinda  amalga  oshirilganda 

davlatning  qimmatli  qog`ozlardan  keladigan  daromadi  ko`payadi.  Buning 




12

 

 



natijasida kredit institutlarining davlat qimmatli qog`ozlariga bo`lgan talabi ortadi, 

oqibatta  tijorat  banklarining  kredit  resurslari  imkoniyati  kamayadi  va  bank 

kreditining  foiz  stavkalari  oshadi.  Foiz  stavkalarining  shu  yo`sinda  o`sishi 

Markaziy Bankni qoniqtirmasa, u yana qimmatli qog`ozlarni sotib olishi mumkin. 

Hozirgi davrda ko`pchilik rivojlangan davlatlarda ma`lum turdagi qimmatli 

qog`ozlarga nisbatan kursini belgilab qo`yish siyosati qo`llaniladi. 

Ochiq  bozor  siyosatining  iqtisodiyotni  tartibga  solish  vositasi  sifatidagi 

muhim  afzalliklaridan  biri  shundaki,  uning  natijasida  tijorat  banklari  tomonidan 

jamg`armalarga  to`lanadigan  va  kreditlardan  olinadigan  foiz  stavkalariga  ta`sir 

ko`rsatish mumkin. Ta`sir mexanizmi quyidagicha: Markaziy Bank iqtisodiyotning 

nobank sektoridagi institutlari bilan ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda 

pul  bozorini  tartibga  solish  maqsadini  ko`zlamaydi.  Ayni  vaqtda  bunday 

operatsiyalar  kredit  institutlarining  likvidliligiga  va  foiz  stavkalariga  ta`sir  qiladi. 

Shunday  qilib,  Markaziy  Bank  nobank  sektorning  institutlariga  qimmatli 

qog`zolarni sotishda yuqori foizlar belgilash yo`li bilan banklarning jamg`armalar 

bo`yicha to`laydigan foiz stavkalariga ta`sir ko`rsatadi. 

Jahon  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  moliya  bozorlari  rivojlangan  va 

rivojlanayotgan  davlatlarning  markaziy  banklari  davlat  qimmatli  qog`ozlar bozori 

vositasidan  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirish  va  o`z  milliy  valyutalarining 

barqaorligini  ta`minlash  uchun  foydalanadilar.  Tijorat  banklarining  qimmatli 

qog`ozlar  portfelida  davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  katta  ulushni  tashkil 

etishi  qimmatli  qog`ozlar  bozori  rivojlanayotganligidan  va  xususan  unda  kredit 

institutlari faol ishtirok etayotganligidan dalolat beradi.  

Markaziy  Bankning  monetar  siyosati  ta`sirchanligini  oshirish  uchun 

Markaziy Bankning ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish lozim.  


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish