Pulga bo`lgan talab
Har kuni pullar yordamida jamiyatda iqtisodiy resurlarning taqsimlanishi
amalga oshiriladi. Pul tufayli tovarlar ishlab chiqarish sohasidan savdo sohasiga,
keyinchalik iste`mol sohasiga o`tadi. Moliyaviy bozorlarda turli xil moliyaviy
aktivlar (qimmatli qog`ozlar, valyuta, oltin) pul instrumenti yordamida sotiladi
yoki sotib olinadi. Turli xil motivlar korxona va tashkilotlarni, aholi, davlatni
o`zlarining boyliklarining ma`lum bir qismini pul ko`rinishida saqlashlarini talab
etadi.
Yuqorida qayd etib o`tilgan iqtisodiy voqe`liklarning sodir bo`lishi uchun
iqtisodiyot subyektlariga pul instrumenti zarur bo`ladi. Shu tarzda xo`jalik
operatsiyalarini hamda jamg`arishni amalga oshirish uchun pulga bo`lgan talab
yuzaga keladi.
Pulga bo`lgan talab iqtisodiy agent (korxona, tashkilot, jismoniy shaxs,
davlat) ning yalpi boyligi (daromadi) ning bir qismi bo`lib, ma`lum iqtisodiy motiv
(sabab) lar asosida uni pul ko`rinishida saqlab turishga bo`lgan ehtiyojdir. Umumiy
ma`nado pulga bo`lgan talab bu – iqtisodiyotning turli sektorlarida, shuningdek
turli moliyaviy bozorlardagi pul zahiralariga bo`lgan talabdir. Pulga bo`lgan
talabning ko`proq sezilarli subyekti sifatida ishlab chiqarish sohasi qaraladi, ccunki
bu sohaning asosi takror ishlab chiqarishni tashkil etish asosida yotadi. Shunga
qaramay, davlat ham o`zining harajatlari va jamg`armalari uchun pulga bo`lgan
talabning aktiv subyekti sifatida tan olinadi.
Pulga bo`lgan talabning quyidagi turlari ajratib ko`rsatiladi:
Iste`mol ehtiyojlarini qondirish uchun. Bu talab uy xo`jaliklari tomonidan
shakllanadi.
Investitsion xarakterga ega bo`lgan tovarlarni sotib olish uchun. Bu talab
korxona va tashkilotlarga tegishli.
26
Jamg`armalarni shakllantirish uchun. Pulga bo`lgan talabning ushbu turi
takror ishlab chiqarish hamda ijtimoiy omma tomonidan tadbiq etiladi.
Moliyaviy spekulyatsiya uchun. Bu talab turli bosqichda iqtisodiyotning
turli sektorlari orqali amalga oshiriladi
7
.
Pulga bo`lgan talab quyidagi sabablar asosida yuzaga keladi:
Transaktsion sabab – iste`mol va ishlab chiqarish transaktsiyalar
doirasida yuzaga keladi.
Ehtiyotkorlik sabab – hamma sohada amalga oshiriladi, yanada
ravshanroq jamg`armalarni shakllantirish doirasida ko`zga tashlanadi.
Spekulyativ sabab – moliyaviy spekulyatsiya miqyosida amal qiladi.
Pulga bo`lgan talab funktsiyasi (tengligi) talab qiliniyotgan pul massasi va
asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar o`rtasidagi bog`liqlikni o`zida aks ettiradi. Bu
funktsiyani qurish bo`yicha algoritmlar turli iqtisodiy maktablarda turlicha hamda
bugungi kunga qadar uni qurish bo`yicha yakdil qarorga kelinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |