O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Qozog`iston Milli bankining 1996-2007-yillardagi qayta moliyalash stavkasi



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana21.07.2021
Hajmi0,93 Mb.
#125572
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
Sharqshunoslik

Qozog`iston Milli bankining 1996-2007-yillardagi qayta moliyalash stavkasi 

dinamikasi

12

 

                                                           



12

 

http://www.nationalbank.kz



 – Qozog`iston Respublikasi Milliy banki rasmiy web sayti ma`lumotlari asosida 

muallif tomonidan tayyorlandi 

0,004 

0,018 


-0,019 

0,029 


0,098 

0,135 


0,098 

0,093  0,096  0,095 

0,106 

0,087 


0,287 

0,112 


0,019 

0,178 


0,098 

0,064  0,066  0,068 

0,067 

0,075 


0,084 

0,188 


1996

1997


1998

1999


2000

2001


2002

2003


2004

2005


2006

2007


YaIMning o`sishi/pasayishi, %da

Inflyatsiya darajasi




46

 

 



 

2000-2006-yillar  –  moliyaviy  barqarorlik  va  iqtisodiyotning  shiddat  bilan 

rivojlanish 

davri. 


2000-yildan 

boshlab 


jahon 

moliyaviy 

bozorlarining 

barqarorlashuvi,  jahon  hom  ashyo  bozoridagi  maqbul  narx  konyukturasi 

Qozog`istondagi  makroiqtisodiy  holatiga  ijobiy  ta`sir  ko`rsatdi.  Bu  yetti  yillik 

muddatda  mamlakatda  moliya  tizimi  jadal  ravishda  rivojlandi,  aholi  muddatli 

omonatlarini  kafolatlash  Fondi  tashkil  etildi.  Katta  miqdorda  kapitalning  kirib 

kelishi,  banklarda  aholi  omonatlarining  oshishi  va  banklarning  iqtisodiyotga 

ajratgan  kreditlari  miqdori  oshdi.  Ushbu  davrda  inflyatsiya  6,4%dan  8,4%gacha 

tebranib  turgan  bo`lsa,  YaIM  ning  o`rtacha  o`sishi  10,3%ni  tashkil  qildi  (3-

diagramma). 

Bu  davrda  Milliy  bank  tomonidan  pul-kredit  sohasida  olib  borilgan 

islohotlar  samarasi  o`laroq  Qozog`iston  Milliy  banki  qayta  moliyalash  stavkasi 

1999-yil  10-noyabrda  o`rnatilgan  18%  ko`rsatkichdan  2006-yil  1-oktabrdagi  9% 

gacha tushirildi. (4-diagramma) 

2007-yildan  boshlab  moliyaviy  beqarorlik  davri.  Joriy  ming  yillikning 

boshlarida kuzatilgan iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga qaramasdan, 2006-yildan 

0

3



6

9

12



15

18

21



24

27

30



33

36

39



42

45

48



51

54

57



60


47

 

 



mamlakatda  katta  miqdordagi  xorij  kapitalining  kirib  kelishi  bilan  asoslanuvchi 

ichki  moliya  bozorida  likvidlikning  oshib  ketishi,  davlat  byudjeti  harajatlarining 

o`sishi  kuzatildi.  2006-yilda  Qozog`istonda  2001-yildan  boshlab  birinchi  marta 

inflyatsiya  darajasi  8%dan  oshdi.  2007-yilgi  Qozog`iston  iqtisodiyotining 

rivojlanishini ikki davrga bo`lish mumkin. Ushbu yilning birinchi yarmida oldingi 

yillarda  bo`lgani  kabi  ijobiy  tendentsiya  kuzatildi.  Ushbu  davrda  iqtisodiyotga 

ajratilgan  kreditlar  47%ga  oshdi,  rezidentlarning  banklardagi  depozitlari  24%  ga 

oshdi.  2007-yilning  avgustida  2007-yilning  boshlarida  boshlangan  AQShning 

ipoteka  bozoridagi  inqiroz  hududiy  miqyosdan  global  miqyosga  ta’sir  etishni 

boshladi va  jahon  moliyaviy  bozoridagi holatga sezilarli bosim  o`tqazdi. Natijada 

investorlar  rivojlanayotgan  mamlakatlardan  investitsiyalarini  olib  chiqib  keta 

boshladilar  va  aksariyat  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarda  qiyinchiliklar  tug`ila  boshladi.  Qozog`iston  banklari  bir  qancha 

qiyinchiliklarga  duchor  bo`ldilar.  Asosan,  obligatsiyalarni  chiqarishi,  IPO 

o`tkazish  orqali  amalga  sohiriladigan  investorlar  bozoriga  yo`l  bekildi.  Shu  yili 

mamlakat  hududida  hosildorlikning  past  bo`lishi,  shuningdek,  jahon  bozorida 

mamlakat 

hududida 

yetishtiriladigan 

maxsulotlarning 

alternative 

turlari 


yaratilganligi  davlatda  inflyatsion  bosimning  oshishiga  olib  keldi.  Shu  tariqa, 

2007-yilda  banklar  likvidligi  pasayib  ketdi.  Bu  vaqtda  Milliy  bank  oldida  bank 

tizimini  qo`llab-quvvatlash  va  narhlarning  barqarorligini  saqlash  vazifalari  turar 

edi. Bank tizimining barqarorligini ta’minlash uchun likvidlik  darajasini oshirish, 

inflyatsiyaviy  bosimni  kamaytirish  uchun  esa,  uni  singdirish  lozim  edi.  Bu  ikki 

vazifa  bir-biriga  qarama-qarshi  edi.  Ayni  shu  vaqtda  Milliy  bank  bank  tizimini 

qo`llab-quvvatlash  vazifasini  inflayatsiyaviy  bosimni  kamaytirish  vazifasidan 

ustun  qo`ydi.  Bu  qarorni  qabul  qilinishida,  bank  tizimining  nobarqarorligi  bank 

tizimida  yuzaga  keladigan  sarosima  bilangina  emas,  balki  to`lov  qobiliyatining 

pasayishi,  omonatchilar  sonining  pasayishi  va  shu  bilan  birga,  moliya 

segmentining boshqa sohalarga salbiy ta’sir etishi hisobga olindi.  

Shu  tariqa  2007-yilda  yuzaga  kelgan  moliyaviy  bozordagi  o`zgarishlar 

tufayli, mamlakat pul-kredit siyosatida o`zgarishlar yuzaga keldi. Masalan, mazkur 



48

 

 



yilning  birinchi  7  oyida  ikkinchi  darajali  banklarning  ortiqcha  likvidligini 

kamaytirishga qaratilgan siyosat olib borilgan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida esa, 

qisqa  muddatli  notalarni  chiqarish  hajmi  kamaytirildi  hamda  oldingi  chiqarilgan 

davlat qimmatli qog`ozlarining so`ndirilishi amalga  oshirildi. 2007-yilning  avgust 

oyidan  boshlab  Milliy  bank  banklar  likvidligini  oshirish  maqsadida  ular  bilan 

REPO  va  valyuta  SWOP  operatsiyalarini  amalga  oshirdi.  Bundan  tashqari, 

banklarning Milliy bankdagi vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag`larini garovga 

olgan holda qayta moliyalash qarzlari taqdim etildi.  

2008-2011-yillarda  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  jahon  mamlakatlari 

iqtisodiy  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko`rsatganidek,  Qozog`istonning  iqtisodiy 

o`sishiga  ham  salbiy  ta’sir  o`tkazmay  qolmadi.  Jahon  bozoridagi  hom  ashyo 

narhining  tushushi  mamlakatning  jahonda  tutgan  eksport  salohiyatiga  ta’sir 

o`tkazdi.  Jumladan,  2008-yilda  mamlakatda  iqtisodiy  o`sish  3,1%ni  tashkil  etgan 

bo`lsa,  2009-2010-yillarda  mos  ravishda  6%  va  7%ni  tashkil  etdi.  2011-yilning 

yakunlariga  ko`ra  esa  mamlakat  iqtisodiy  o`sishi  2010-yilga  nisbatan  0,5%  ga 

oshgan holda 7,5%ni tashkil etgan bo`lsada, bu ko`rsatkich hali inqirozdan oldingi 

darajaga hali xanuz yetib kelgani yo`q.(5-diagramma) 

Bu  davrda  mamlakat  hududidagi  inflyatsiya  darajasining  kamayishini 

kuzatishimiz  mumkin.  Agar  2008-yilda  inflyatsiya  ko`rsatkichi  9,5%  ni  tashkil 

etgan bo`lsa, 2011-yilga kelib bu ko`rsatkich 7,40% gacha tushdi.  




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish