Tavakkalchilik foydasi
belgilangan muddatdan avval qazo bo‗lish holatida
tuzilgan tavakkalchilik
fondi (bo‗lish printsipi)
Omonat foydasi
yig‗ish zahirasi uchun mo‗ljallangan bo‗lib bu shartnomada
qayd qilingan muddatdan so‗ng hayot bo‗lishni nazarda tutadi (kapitalizatsiya
printsipi)
Ish yuritish harajatlari.
Qoiadaga ko‗ra: foyda muddatli yoki tez bo‗lishi mumkin. Qo‗shma
sug‗urtaning tez sug‗urta shaklini sug‗urta deb aytish qiyin. Chunki bu
mablag‗ning necha foizini kompaniya o‗z qo‗liga kirita oladi.
Foydada ishtirok etmaslik qo‗shma sug‗tasining muddatli to‗lov xavfi esa
aniq bir foiz ko‗rsatkichlarini aniqlanishiga olib keladi.
Sug‗urtalanuvchining foydada ishtirok etish qo‗shma sug‗urtasi jamg‗arib
boriladigan sug‗urtaning eng ko‗p yoyilgan turidandir. Vafot etish holatida ham
shartnomada qayd qilingan muddat o‗tib qolganida ham sug‗urtalanuvchiga
sug‗urta mablag‗i to‗lab beriladi. Bu sug‗urtani shartnomada qayd qilingan muddat
arafasidagi qo‗shilgan bonuslar hamda kafillangan mablag‗ tashkil qiladi.
Ikkala sug‗urta qo‗shilmasi – foydada ishtirok etish qo‗shma sug‗urtasi va
tezkor sug‗urtaning kamayib boruvchi mablag‗i ushbu shartnomani tashkil qiladi.
Qazo holatida sug‗urtachi ikkala mablag‗dan eng yuqori ko‗rsatkichisini: asosiy
sug‗urta mablag‗iga bonuslar qo‗shilgan mablag‗ni yoki qazo holatida kafillangan
sug‗urta mablag‗larini to‗laydi. Shartnomada qayd qilingan muddat o‗tib
qolganida, asosiy sug‗urta mablag‗i va qo‗shilgan bonuslar to‗lab beriladi.
Egik hayot qo‗shma sug‗urtasi
s
ug‗urta shartnomasini muddatdan oldin
bekor qilish holatini va sotib olishning arzon narxga tushib qolishini oldini olish
uchun mo‗ljallangan. Katta mablag‗ga birorta ham shatnoma imzolanmaydi.
O‗rtacha sug‗urta mablag‗iga ega bo‗lgan bir necha shartnomalar tuziladi. Ushbu
152
shartnomalarning yig‗ilmasi butun ko‗rinishda talab qilingan sug‗urta qoploviga
barobar bo‗ladi. Sug‗urtaning foydasi muddat bilan to‗lab boriladi.
Imzolatilgan shartnomalarning hammasi uchun foydani to‗lay olmasligiga
sabab, sotib olingan narx hisobida bir qism polislar yo‗q qilinadi ( yoki sug‗urta
mablag‗ini 10 yil muddati o‗tganidan so‗ng olinadi ); qolgan shartnomalar esa o‗z
faoliyatini davom ettiradi. Boshqa odatiy sug‗urtalardan farqi shuki, egik hayot
qo‗shma sug‗urtasi qayd qilingan muddat poyoniga ega emas.
Ular quyidagicha tuzilgan bo‗ladi:
Sug‗urtalanuvchi shaxs shartnomani bekor qilib, arzon narx evaziga sug‗urta
shartnomasini sotib olgandan ko‗ra, sug‗urtaning foydasini kutib turgani afzaldir.
Sug‗urta mablag‗ining qolishi, sug‗urta foydasining to‗lay olmaslik holati –
reduktsiyali sug‗urta shartnomasi deyiladi. Agarda sug‗urta qilgan shaxs
navbatdagi foydani shartnomaga kiritmasa, sug‗urtachi shartnoma zahirasida
yig‗ilgan foyda hisobidan mijozga to‗lovni amalga oshiradi. To‗lovlar – shartnoma
zahirasi bo‗shagunicha to‗lab boriladi. Reduktsiyali polis – shartnomada qayd
qilingan muddat davomida sug‗urtaning mablag‗ qoplovini davom ettirish uchun
beriladi. Bu holatda sug‗urtachi sug‗urta foydasini to‗lay olmaydi. Asos sug‗urta
mablag‗i to‗lanmagan foyda bilan kamayib boradi. Shartnoma muddati o‗z
nihoyasiga etganida yoki sug‗urtalanuvchi qazo holatida, sug‗urta qilingan
mablag‗ning kamayib qolgan qismi to‗lab beriladi. Shu qolgan qismga bonuslar
qo‗shilib borishi mumkin. Sug‗urta qiluvchi shaxsga kamayib qolgan sug‗urta
mablag‗ini qo‗lga kiritishi yaxshiroq.
Qo‗shma investitsion sug‗urta polislari ham umrbod sug‗urta polislaridek,
faoliyat ko‗rsatadi. Bu polisning farqi shuki:
Ikki xil sug‗urta qilinadigan xavf : qazo yoki hayotni davom ettirish holati –
sug‗urtachi tomonidan ikki qismga bo‗linadi.
Birinchi va asosiy qism – yunitlarni xarid qilishga sarflanadi.
Ikkinchi va kichikroq qism – qazo holatida, kafillangan mablag‗ni qoplash
uchun tuziladi.
153
Shartnoma muddati poyoniga etganida, sug‗urtalanuvchi hali hayot bo‗lsa, u
holda shartnomada qayd qilingan muddatgacha sotib olingan yunitlar narxi
bo‗yicha to‗lovlar to‗lab beriladi. Qazo holatida ikkala mablag‗dan eng yuqorisi
to‗lanadi: shartnomada qayd qilingan muddatgacha yig‗ilgan yunitlar narxi yoki
kafillangan sug‗urta mablag‗i to‗lab beriladi. Bu turdagi shartnomalarga o‗rtacha
10 yil muddati beriladi. Shartnoma qayd qilingan muddatdan oldin bekor qilinsa,
unda yunitlar sotib olingan kunidagi narx bilan tenglashtiriladi. Shartnomaning ilk
yillarida mablag‗lar katta chegirmalar bilan to‗lab boriladi. Bu chegirmalar
sug‗urtalanuvchining shartnoma ustama harajatlarini hamda mablag‗ni yunit
fondlarda joylashtirish uchun sarflanadi.
Oxirgi vaqtlarda chet el sug‗urta bozorlarida turli-tuman sug‗urta
segmentlari taqdim etilmoqda. Taqdim etilayotgan sug‗urtalarda, sug‗urtalanuvchi
shaxsning tanlash erkinligi hamda ixtiyoriy ravishda o‗zgartirishlar kiritishi kabi
yangi turdagi shakllar yaratildi. Buning asosida ―universal life‖ (―universal hayot‖)
erkin sug‗urta polisi turar edi. Bu sug‗urtaning eng ko‗p yoyilgan joyi Buyuk
Britaniya va AQSH bo‗lib qoldi. Uning ayni shu yerlarda keng yoyilishiga sabab
esa, o‗z hayotini sug‗urta qilish mashhur bo‗lgan.
Bunday turdagi sug‗urtaning asosiy g‗oyasi, sug‗urtalanuvchi shartnomani
tuzayotganida erkin to‗lov rejasini hamda muddat bo‗yicha talab qilinayotgan
kafillikni erkin tanlash huquqiga ega bo‗ldi. Talab qilingan sug‗urta kirimlari
to‗langanidan so‗ng va talab qilingan o‗zgartirishlardan keyin, sug‗urtachi sug‗urta
mablaglarini o‗zgartirishi mumkin. Bunday turdagi shartnomalar moliyaviy
shartnomalarga yaqinroqdir. Shaxsiy sug‗urtadan ko‗ra: ular omonat
maxsulotlariga o‗xshab, asosiy maqsadi zahira bo‗lib turishdir. Bunday turdagi
sug‗urta shartnomalarining asosida umrbod investitsion shartnomalar hamda
qo‗shma sug‗urtalar asos bo‗ladi.
Sug‗urtalanuvchi tomonidan to‗langan sug‗urta puli – sug‗urtalanuvchining
omonat hisobiga kelib tushadi. Bu hisob aniq minimal daromad ( AQSHda – 4,5%)
ga ega. Sug‗urta kompaniyalari har oy ―xavf‖ pullarini omonat hisobiga
o‗tkazadilar. Bu holat – qazo holatida pul bilan ta‘minlashni kafillab beradi.
154
Sug‗urtalanuvchi qazo holati uchun sug‗urta mablag‗ini o‗zi tanlaydi. Qazo
holatida omonat hisobidagi pullar olinadi. To‗lovlar imkoniyati turlicha:
sug‗uratlanuvchi ma‘lum vaqtgacha tovon pulini kiritmasligi mumkin. Bu esa
shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‗la olmaydi, chunki omonat hisobida
qolgan qoldig‗ mablag‗ sug‗urta hisobini ta‘minlashga imkoniyat beradi.
Sug‗urtalanuvchi hayot bo‗lganida uning mablag‗i, omonat hisobidagi to‗da
bo‗lgan mablag‗i bilan aniqlab beriladi. Ko‗p hollarda sug‗urta kompaniyalari
yunitlangan fondlarni ishlatadilar.
―Universal hayot‖ polislarini esa ―unit-linked‖ turdagi polislar nomi ostida
taqdim etadilar.
Shartnoma faoliyati davomida sug‗urtalanuvchi istagan vaqt polisga
qo‗shimcha kafilliklar (optsionlar) kiritishi yoki omonat hisobidan mablag‗ni olish,
qo‗shimcha mablag‗ kiritish yoki qazo holatidagi sug‗urta mablag‗ini o‗zgartirish
kabi kafilliklarni kiritishi mumkin.
Asosiy to‗lovdan tashqari bunday polislarda quyidagi kafilliklar taqdim
etiladi:
-
doimiy foyda to‗lovlari (rentalar);
-
doimiy ravishda sog‗liqni yo‗qotish hollaridagi yordam pullari;
-
nogironlik holatida sug‗urta pullari;
-
kasalxonaga tushib qolish holatidagi yordam pullari;
-
baxtsiz hodisa sodir bo‗lganida yordam pullari;
-
og‗ir kasallikni diagnostikasini qoplash holatiga;
Bunday turdagi sug‗urta shartnomalari moliyaviy segment bilan birgalikda
raqobat qilib yuradi. Aholining shaxsiy omonatlarini yuqori rentabilligini
kafolatlaydi. Buning asosiy sababi lgotali soliq solinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |