O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Qolgan umrni sug„urta qildirish bo„yicha asosiy



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
11.3. Qolgan umrni sug„urta qildirish bo„yicha asosiy 
 sug„urta polislar 
Polislaning yana bir asosiy turi qolgan umrni sug‗urta qildirish polislari 
hisoblanadi. 
Ularning asosiy xususiyatlari quyidagicha: 
-
sug‗urta summasi polis amal qilishi yakun topadigan oldindan kelishib 
olingan sanada yoki sug‗urta qildiruvchining o‗limi undan oldinroq ro‗y bergan 
paytda to‗lanadi; 
-
ushbu polisga teng keladigani yo‗q – uning qayta xarid qilish summas yoki 
joriy qiymati mavjud; 
-
sug‗urta mukofotlari polis amal qiladigan muddat davomida to‗lab boriladi. 
Qolgan umrni sug‗urta qildirish bo‗yicha sug‗urta mukofotlari umrbod 
polislar bo‗yicha sug‗urta mukofotlaridan katta, chunik polisning amal qilish 
muddati yakunlanadigan sana belgilanishi shuni anglatadiki, da‘volarning katta 
qismi oldinroq bildiriladi va shunday ekan, sug‗urta mukofotlari kamroq vaqt 
davomida to‗plab boriladi, sug‗urta mukofotalri to‗lanadigan muddat qanchalik 
kichik bo‗lsa, ularning miqdori shunchalik katta bo‗ladi. 
Ko‗plab polislarda o‗lim holati ro‗y berganda yoki polisning amal qilishi 
yakun topadigan sanada yakuniy bonus to‗lanishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, bu to‗lov 
shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan hollarda to‗lanmaydi. 
Qolgan umrni sug‗urta qildirish daromadsiz polislari 
Bu qolgan umrni sug‗urta qildirish daromadsiz polislarining eng asosiy 
shakli bo‗lib, unda sug‗urta summasi va sug‗urta mukofoti stavkalari qat‘iy 
belgilab qo‗yilgan bo‗ladi. 
Qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadli polislari.
Daromadli polislar bo‗yicha bonuslar hisoblab chiqish umumiy tamoyili 
qolgan umrni sug‗urta qildirish polislariga nisbatan ham qo‗llanishi mumkin. 


145 
Sug‗urta summasi kafolatlangan bo‗lib, qo‗shimcha ravishda bonuslar to‗lanadi. 
Agarda polis muddatning oxiriga qadar amal qiladigan bo‗lsa, bonuslar sug‗urta 
qildiruvchi shartnomaning amal qilish davri davomida o‗ladigan hollardan yuqori 
bo‗ladi, chunki bonuslar ko‗proq vaqt to‗planib keladi. 
Umrbod polislar bo‗yicha bo‗lgani kabi, be urda ham to‗lov aniq hajmini 
oldindan aytib bo‗lmaydi, chunki uning qachon ro‗y berishi ma‘lum emas, demak, 
to‗plangan bonuslar hajmi noma‘lum. 
To‗lanadigan qo‗shimcha bonuslar tufayli sug‗urta mukofotlari sug‗urta 
summasi bir xil bo‗lgan qolgan umrni sug‗urta qildirish bo‗yicha daromadsiz 
polislardan ko‗ra yuqori. 
Qolgan umrni sug‗urta qildirish daromadli polislari ko‗plab jamg‗arib 
boriladigan sxemalarda asosiy element hisoblanadi va uy xarid qilish bitimlarida 
keng foydalaniladi, chunki ular ta‘minot taqdim etadi (zayom polisning amal 
qilishi yakun topadigan sana kelganda yoki sug‗urta qildiruvchi o‗lgan holda 
qaytariladi), bonuslar esa qo‗shimcha jamg‗arma elementini ifodalaydi. 
Qolgan umrni sug‘urta qildirish arzon polislari
.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish arzon polislari qolgan umrni sug‗urta 
qildirish daromadli polisining engillashtirilgan variantidir. Unda qolgan umrni 
sug‗urta qildirish daromadli polisi bilan sug‗urta summasi kamayib boradigan 
muddatli sug‗urta jihatlari uyg‗unlashadi. 
Qolgan umrni sug‗urta qildirish arzon polislarida bo‗lgani kabi, ikkita 
sug‗urta summasi bo‗ladi. O‗lim holatida sug‗urta to‗lovi summasi ikkita 
summadan kattasi sifatida aniqlanadi: 
-
bonuslar miqdoriga ko‗paytirilgan bazaviy summa; 
-
o‗lim holatiga kafolatlangan summa. 
Polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana yetib kelishida 
to‗lanadigan summa shartnomaning amal qilish davrida hisoblab chiqilgan barcha 
bonuslar miqdoriga oshirilgan bazaviy summa sifatida aniqlanadi. Bunday polislar 
uy xarid qilishda ssudani ta‘minlashning arzon usuli sifatida paydo bo‗lgan, bunda 
o‗lim holatiga kafolatlangan summa olingan qarz miqdoriga teng qilib belgilangan. 


146 
Qolgan umrni sug‗urta qildirishning arzon polislari rivoji sifatida qolgan 
umrni sug‗urta qildirishning boshlang‗ich to‗lovlar kichik va mukofot o‗sib 
boradigan polislari paydo bo‗lgan. Amalda bu asta-syokinlik bilan to‗liq mukofot 
darajasigacha o‗sib boradigan shartnomaning amal qilish muddati boshida mukofot 
miqdori kichikligi bilan tavsiflanadigan qolgan umrni sug‗urta qildirishning arzon 
polisidir. 
Qolgan umrni sug‗urta qildirishning «moslashuvchan» polislari. Polislarning 
ushbu turi qolgan umrni sug‗urta qildirishning an‘anaviy polislari kamchiliklari 
(polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana qayd qilib qo‗yilishi va 
qaytariladigan summa kichikligi) o‗rnini to‗diradi va shartnomaning amal qila 
boshlagan paytdan boshlab o‗n yil o‗tgach istalgan payt hech kanday jarima 
to‗lamasdan bekor qilinishi mumkin bo‗ladi. Qaytarib beriladigan summa odatda 
to‗liq hajmda yoki qisman, polis amal qilish muddati yakun topadigan vaqtdagidan 
ertaroq vaqtdagi kabi kafolatlanadi. 
Polislar odatda qolgan umrni sug‗urta qildirishning daromadli polislari kabi 
uzoq muddatga, masalan 25 yilga yoki 65 yoshga etishga tuziladi. 
Sof qolgan umrni sug‘urta qildirish. 
«Sof» qolgan umrni sug‗urta qildirish polisi hayot bo‗yicha hech qanday 
sug‗urta qoplami taqdim etmaydi. Bu kelishilgan muddatda sug‗urta qildiruvchiga 
sug‗urta summasi to‗ash bo‗yicha oddiy shartnoma hisoblanadi, xolos. Agar 
sug‗urta qildiruvchi polisning amal qilish muddati yakun topgunga qadar o‗ladigan 
bo‗lsa, hech qanday to‗lov amalga oshirilmaydi, garchi ayrim kompaniyalar bu 
holatda sug‗urta muokoftini qaytarib bersada. Bu polslarning kamdan-kam 
uchraydigan turi hisoblanadi, chunki investitsiyalar uchun kapital kiritishning 
ushbu usulining o‗rnini bemalol to‗liq bosa oladigan ko‗plab yo‗nalishlar mavjud. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish