Nazorat savollari:
1. Sug‗urta zahiralari sug‗urtalovchi tomonidan qanday valyutada
shakllantiriladi?
2. Sug‗urtalovchi o‗zining balansida qanday texnik zahiralarni
shakllantirishi shart?
3. Sug‗urtalovchining texnik zahiralari kamayishi yoki ko‗payishi nimani
anglatadi?
4. Ishlab topilmagan mukofot zahirasini tavsiflang?
5. Hayot sug‗urtasida shartnomaning kuchga kirish sanasi (sug‗urtaning
amal qilishining boshlanish sanasi) qanday belgilanadi?
6. Hayotni sug‗urta qilishning jamg‗arilib boruvchi turlari bo‗yicha zahira
qanday hisoblanadi?
7. Sug‗urta zahiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va
joylashtirish tartibi talablari buzilgan taqdirda sug‗urtalovchiga nisbatan qanday
chora ko‗riladi?
8. Sug‗urta zahiralari xorijiy valyutada belgilanishi mumkinmi?
140
11-BOB. HAYOT SUG„URTASI BO„YICHA ASOSIY SUG„URTA
POLISLARI
11.1. Muddatli sug„urta bo„yicha asosiy sug„urta polislar
Odatda odamlar yoki oila a‘zolarini o‗zining bevaqt o‗limidan himoya qilish
uchun, yoki kelajakda belgilangan moliyaviy vazifalarni bajarish uchun
investitsiyalar sifatida hayotni sug‗urta qildirish haqida shartnoma tuzadi. Polislar
quyidagi tarzda guruhlarga ajratilishi mumkin:
-
muddatli sug‗urta;
-
umrbod sug‗urta;
-
qolgan umrni sug‗urta qildirish.
Muddatli sug‗urta odatda belgilangan muddat davomida o‗lim holati ro‗y
berishidan himoya qilish uchun foydalaniladi va shu muddatga shartnoma tuziladi.
Agar ushbu vaqt muddati dapvomida o‗lim holati ro‗y bermasa, hech qanday
to‗lov amalga oshirilmaydi va sug‗urta qildiruvchi kiritilgan mukofot pulini
qaytarib olmaydi. Shu sababdan sug‗urta mukofotlari juda past bo‗lishi mumkin,
chunki ular o‗lim bo‗yicha da‘volarni qoplashga to‗liq ketadi va agarda
shartnomaning amal qilish muddati tugagan paytga kelib, sug‗urta qildiruvchi tirik
bo‗lgan hollarda qaytarilmaydi.
Umrbod sug‗urta qildirish asosan u taqdim etadigan himoya uchun
foydalaniladi. Sug‗urta summasi sug‗urta qildirgan shaxsning o‗limi bilan
to‗lanadi. Bunday shartnomalar uzoq muddatli bo‗lishi sababli, ular investitsion
tarkibiy qismlarni o‗z ichiga oladi va shartnoma amal qilishining ma‘lum bir
bosqichida polis daromad keltira boshlaydi (muddatli sug‗urtadan farqli ravishda).
Bunday polislar joriy qiymatga (qayta sotib olish summasi) ega bo‗lib, odatda bu
sug‗urta mukofotlari to‗langan dastlabki ikki-uch yildan so‗g ro‗y beradi.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish ko‗proq investitsion shartnomalarga o‗xshab
ketadi. Qolgan umrni sug‗urta qildirish polislarida kelajakda belgilangan vaqt
mahalida yoki shu muddat tugagunga qadar o‗lim holati ro‗y berganda sug‗urta
141
summasi to‗lanishi ko‗zda tutiladi. Ular uchun, xuddi umrbod sug‗urta polislari
kabi, qayta sotib olish summasi mavjud bo‗ladi.
Investitsion polislar.
Sug‗urta qiluvchining nuqtai nazaridan, muddatli sug‗urtada investitsion
element umuman mavjud emas. Bu polislar faqat himoya uchun mo‗ljallangan va
sug‗urta qoplami cheklangan muddatda amal qilishi sababli hayotni sug‗urta
qildirish bo‗yicha kompaniyadan to‗lov muqarrar sanalmaydi.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish polislari yoki umrbod sug‗urta polislari
quyidagicha bo‗lishi mumkin:
-
kafolatlangan summaga daromadsiz polislar;
-
muayyan sug‗urta kompaniyasining investitsion faoliyat samaradorligiga
bog‗liq bo‗lgan daromad bilan bog‗liq daromadli polislar.
Daromadli polislar.
Polislarning ushbu turi sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta kompaniyasi oladigan
foydani taqsimlashda ishtirok etishga imkon beradi. hayotni sug‗urta qildirish
bo‗yicha kompaniya har yili o‗z aktivlari va majburiyatlarini baholaydi va sug‗urta
summasiga qo‗shimcha sifatida olingan barcha foydadan bonus yoki mukofot
hisoblab chiqadi. Bu qo‗shimcha to‗lovlar sug‗urta qildiruvchining o‗limi yoki
polis bo‗yicha to‗lov muddati kelmagunga qadar olinishi mumkin emas.
Amaliyotda bonus to‗lovlarining turli xil variantlari uchraydi, lyokin mazkur
darslikda shuni ta‘kidlash kifoyaki, ular odatda har yili sug‗urta summalaridan foiz
shaklida belgilanadi. Bu bonuslar yoki sug‗urta summasidan, yoki ilgari
hisoblangan bonuslarni hisobga olgan holda sug‗urta summasidan hisoblab
chiqilishi mumkin .
Hayotni sug‗urta qilish bo‗yicha kompaniya qo‗shimcha ravishda «yakuniy
bonus» tayinlashi mumkin bo‗lib, u faqat sug‗urta qildiruvchining o‗limi yoki polis
bo‗yicha to‗lov muddati kelgan holdagina to‗lanadi.
Yuqorida aytib o‗tilganidek, Qolgan umrni sug‗urta qildirish polislari va
umrbod sug‗urta polislari qayta sotib olish summasiga ega, shu sababli bu polislar
142
bo‗yicha bonuslar hisoblab chiqiladi, lyokin ular kamroq bo‗ladi va odatda ular
uchun yakuniy bonus foydalanilmaydi.
Pirovardida daromadli polislar quyidagilarni ta‘minlaydi;
-
kelishilgan muddat kelgan yoki o‗lim holati ro‗y berganda kafolatlangan
summa,
-
yillik bonuslar,
-
kelishilgan muddat kelgan yoki o‗lim holati ro‗y berganda qo‗shiladigan
yakuniy bonus,
-
qayta xarid qilish summasi, jumladan, yillik bonuslarning ma‘lum bir
qismi.
Daromadli polislar bo‗yicha mukofotlar odatda sug‗urta summasi bir xil
bo‗lgan daromadsiz polislardan yuqori bo‗ladi va bu ular keltiradigan qo‗shimcha
daromadlarni aks ettiradi.
Ulushli (hissali) polislar.
Ulushli polislar investorlarga daromad darajasi bevosita hayotni sug‗urta
qilish bo‗yicha kompaniyalarning investitsion faoliyat samaradorligi bilan bog‗liq
bo‗lgan polislar taklif qilish usuli sifatida paydo bo‗lgan. Odatda bunga ulushli
polislar qiymatini sug‗urta kompaniyasi yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan
boshqariladigan trast fondidagi ulushlar qiymatiga bog‗lab qo‗yish yo‗li bilan
erishilgan.
Ulushli polislar bo‗yicha olinadigan mukofotlarning hammasi yoki bir qismi
joriy narx bo‗yicha trast fondida ulushlar xarid qilish uchun foydalanilgan.
Polislarning joriy qiymati bu ulushlar qiymati bilan birgalikda o‗zgarib boradi.
Garchi chaqqon bozorda u o‗sadigan bo‗sada, narx tushab ketgan hollarda ularning
egalari yutqazib qo‗yishi ham mumkin.
Ushbu bosqichda investitsion polislarning bu jihati haqida batafsil to‗xtalib
o‗tishga zarurat yo‗q.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |