Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.
Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti
YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2020-yil may oyi uchun hisoboti
II-BOB. TADQIQOT MATERIALI VA USULLARI
1.1. YUksak suv o‘simliklarining baliqchilikdagi ozuqaviy ahamiyati o‘rganish bo‘yicha manba va usullar
Makrofit ob’ektlari. O‘zbekistonning turli xil hududlaridan ajratib olingan va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Biotexnologiya” ilmiy laboratoriyasida saqlanib, ko‘paytirib kelinayotgan makrofitlardan Lemna minor va Lemna gibba turlaridan foydalanildi. O‘stirish sharoiti: suvning harorati 20S. Barcha namunalarda o‘stirish davomiyligi 7 kun. Ozuqa muhiti standart organik muhit. Oqsillarni tozalashda R.Skoups (1985) usulidan foydalanildi. Oqsillarni ajratishda ryaskaning quruq massasi maydalanib, geksan bilan zararsizlantirildi. Ryaskaning har ikkala turidan 1,5 gramm uni olinib, 5 ml suvda, 5ml 5M natriy xlor, 5 ml absalyut metanol va 5 ml 0,2M fosfat buferida (rN-8,0) ketma ketlikda ekstraksiyalandi. Har bir ekstraksiya 20 minutdan amalga oshirildi. Ekstraksiyadan keyin eritmalar 8000 tez/min. Tezlikda 15 daqiqa sentrifugalandi. Supernatantdagi oqsillar miqdori Louri usulida aniqlandi. Oqsil miqdorini Louri usulida aniqlash uchun standart namuna (albumin) yordamida kalibrovka grafigi tuzildi. Aminokislotalar tahlili uchun 5 mg zararsizlantirilgan ryaska uni (oqsil bo‘yicha) 5 ml 5,7N HCl da 110S haroratda 24 saot havosiz muhitda gidrolizlandi. Gidrolizat bug‘lantirilib, quruq qoldiq trietilamin-atsetonitril-suvida 1:7:1 nisbatda aralashtirilib eritildi va quritildi.
1.2. Zooplaktonlarni aniqlash usullari.
Zooplankton organizmlarni yig‘ish usullari. Zooplankton organizmlarning tadqiq qilish uchun, avvalo, suv havzasining joylashgan xududi aniqlab olindi. So‘ngra suv havzasining qaysi nuqtasida suv zooplanktonlari ko‘proq uchrashliggi va shu erdan namunalar olish kerakligi belgilab olindi. Undan keyin, suv havzasiga suv kirish va chiqish joylari belgilanib, kuzatish nuqtalari aniqlab olindi. Tadqiqotlarda, avvalo, suvning harorati, tiniqligi, rN va kislorod miqdori aniqlab olindi.
Suv havzalaridan zooplankton namunalarini olish va ishlov berish umumiy qabul qilingan standart metodlar yordamida amalga oshirildi (Kartasheva, 2006). Zooplankton organizmlarni yig‘ish kaprondan tayyorlangan konussimon plankton to‘r (№ 76) yordamida yig‘ildi. Nisbatan yirik suv havzalaridan (ko‘l va suv omborlari) namunalar yig‘ish uchun kirish teshigi 20 sm li plankton to‘rlaridan foydalanildi. To‘rni suv tubidan to suv yuzasigacha tortib chiqib barcha suv qatlamlaridan zooplanktonlarni yig‘ib olish imkoniyati yaratildi.
Kichikroq suv omborlarida (baliq etishtirish hovuzlari, sholipoyalar va ko‘lmak suvlar) dan sifat namunalarini yig‘ishda esa, kirish teshigi 15 sm bo‘lgan plankton to‘rini har xil joylarga (5-10 m uzoqliklarga) uloqtirib, asta-sekin qirg‘oqqacha tortib olish usuli ishlatildi. SHu bilan namunalarni qalin o‘sgan chakalakzorlardan va qirg‘oq oldi ko‘lmaklardan hamda pelagial qismlaridan yig‘ildi. Miqdor ko‘rsatgichlarini aniqlash uchun namunalar olishda chelaklar yoki undan kichikroq bo‘lgan idishlar yordamida 50 litrgacha bo‘lgan hajmdagi suvlarni plankton to‘ri yordamida suzib o‘tkazish uslubi qo‘llanildi.
Gidrobiologik namunalarni yig‘ish qoidasiga muvofiq (Alekseeva, 2010), zooplankton namunalarni, asosan, ikki yo‘l bilan yig‘iladi: 1) sifat namunalari; 2) miqdor namunalari. Namunalarni 4% formalin yordamida fiksatsiyalab qorong‘i va salqin joyda saqlandi. Laboratoriya sharoitida namunalarni qayta ishlash uchun ma’lum miqdori olinib, o‘lchov stakanlariga quyildi va 100 ml tozalangan suv qo‘shib suyultirildi hamda yaxshilab aralashtirildi. Undan tempel-pipetka yordamida 1 ml. olib zooplankton miqdori aniqlandi. Agarda zooplankton konsentratsiyasi kamroq bo‘lganda ulardan ma’lum hajmdagi suyuqlikni olib, Bogorova kamerasiga solinib va undagi barcha zooplankton organizmlari guruhlarga ajratilib, sanab chiqildi. Ushbu tajriba bir necha marta takrorlandi. Qisqichbaqasimonlarning konsentratsiyasi kam bo‘lgan hollarda, namuna to‘lig‘icha sanab chiqildi.
Plankton organizmlarni keng bo‘yinchali idishlarga (stakanlarga) quyilib va yaxshilab aralashtirilib, so‘ngra shtempel-pipetkada 2 ta kichik namunachalar olinib, Bogorova kamerasida hisoblab chiqildi. Har bir jarayondagi organizmlar miqdorini namunaning barcha hajmiga qayda hisoblandi, so‘ngra o‘rtacha arifmetik miqdorini hisoblab chiqildi.
Zooplankton organizmlar massasini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanildi:
W =q x Lb (1),
bunda: W – tananing massasi (og‘irlik) mg da,
L – tananing uzunligi mm da,
b – ko‘rsatgich darajasi,
q – 1 mm kattalikdagi tananing konstantasi.
Turli suv havzalaridagi turlarni solishtirma tahlil qilishda quyidagi formuladan foydalanildi.
(2)
Bunda: K – o‘xshashlik koiffitsenti; A va V – taqqoslanayotgan 2 ta suv havzasidagi turlar miqdori;
Ko‘l – suv havzalari (hovuzlar) – K = 68,3;
Suv havzalari (hovuzlar) – sholipoyalar – K = 63;
Ko‘l – sholipoyalar – K = 67,7
Qisqichbaqalardan doimiy preparatlar tayyorlash uchun formalin eritmasida saqlangan namunalardan bir donasini olib, glitserinli muhitga o‘tkazildi va entomologik nina yordamida predmet oynachasi ustida organlari ehtiyotlik bilan bir-biridan ajratildi. So‘ngra plastilin oyoqchali yopqich oyna bilan yopildi. YOpqich oyna ustidan 2 marta attorlik laki bilan hoshiyalandi.
Zooplankton organizmlarni aniqlashda ma’lum aniqlagichlardan foydalanildi. Sterioskopik mikroskop yordamida aniqlangan barcha zooplankton organizmlarning rasmlari RA-4 apparati yordamida chizib olindi. Organizmlarning turlarini aniqlash ishlari binokulyar va mikroskopda o‘lchov darajasini ko‘rsatuvchi okulyar yordamida olib borildi.
Qisqichbaqasimonlilardan Copepodalar konusli plankton suzgichlari yoki tutqich (sachok)lar yordamida yig‘ilib, namunalar formalin eritmasida saqlandi. Miqdor ko‘rsatkich esa shtempel-pipetka va Bogorov kamerasida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |