O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A



Download 2,9 Mb.
bet18/20
Sana11.07.2022
Hajmi2,9 Mb.
#774530
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
baliqchilik

Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.

Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti


YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2021-yil mart oyi uchun hisoboti

Azolla (Azolla caroliniana Willd.) suv yuzasida qalqib o‘suvchi yuksak suv o‘simligi bo‘lib, uzunligi 0,7-1,8 sm gacha etadi. Sporafitining yuqori qismida 2 qator mayda bargcha, ustma - ust joylashgan tangachalar kabi shoxchani qoplab oladi, tanasining pastki qismida esa 2,0-2,5 sm uzunlikda ildizcha shakllangan. Barg tuzilishiga ko‘ra, u yuqori darajada rivojlangan, ya’ni har bir barg ikki segmentdan iborat bo‘lib, yuqori segmenti yashil rangli, suv sathining yuza qismida joylashadi, pastki segmenti esa suvning ostki qismida joylashib, suvda erigan moddalarni o‘ziga tortib olish uchun xizmat qiladi.


Azolla yalpi ko‘payishining optimal davri iyul – sentyabr oylari bo‘lib, bu davrda sutkasiga 250-300 g/m2 biomassa hosil qiladi.
Azolla va ryaskani etishtirish uchun sayoz ko‘lmaklar, bo‘sh yotgan ko‘llar, daryo irmoqlari, sun’iy va tabiiy hovuzlardan foydalansa bo‘ladi. Hosil haftasiga ikki marta yig‘ishtirilib olinadi. Quritib olib saqlab qo‘ysa bo‘ladi. Suv ustida qalin qatlam hosil qiladi va shu bilan zararkunanda o‘tlarning rivojlanishiga yo‘l bermaydi. YUqori biomassa olish uchun suvga mineral yoki madaniy o‘g‘itlar me’yorida tashlab turiladi. YUqori natijaga erishish uchun uni nazorat qilib turish, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish lozim. Bu o‘simliklarning optimal o‘sishini, yuqori hosil berishini ta’minlaydi. Bu o‘simliklarni ho‘l holida ham, quritilgan holida ham hayvon, parranda va baliqlarga bersa bo‘ladi
Oqar suv azolla va ryaskani ko‘paytirish uchun yaramaydi. Ularning tabiiy o‘sish joylari – turgan suvlar. Oqim tezligi 0.1 sm/sek.dan oshmasligi kerak. Ko‘lmakning chuqurligi eng kamida 20 sm. bo‘lishi kerak. SHu bilan birga suv toshib ketmaydigan joy bo‘lishi kerak, zero unda suv bilan qo‘shilib yuvilib ketadi.



24-rasm. Azolla (Azolla caroliniana Willd.)

Azolla va ryaskani etishtirish osonligi, deyarli xarajatsiz ekanligi, shu bilan birga o‘ta sifatli ozuqa ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda uni etishtirish katta potensialga ega.


Ko‘p yillik tajribalarimiz davomida ryaska va azollani ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan va olib borilgan tajribalar natijasiga ko‘ra bu  o‘simlikni qishloq xo‘jaligi hayvonlari, o‘txo‘r baliqlar, parrandalar ishtiyoq bilan iste’mol qilishi isbotlangan.
Suv o‘simliklarida ko‘plab miqdorda makro va mikroelementlar mavjud. Masalan rdest, urut va xara tarkibida kalsiy va fosfor elementlari mavjudligi bilan barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan ustun turadi. Mikroelementlar eng ko‘p miqdorda kichik ryaska va azolla tarkibida mavjud bo‘lib, uning 1 kg biomassasida 0,48 mg kobalt, 0,18 mg brom, 0,32 mg mis, 0,7 mg nikel, 4,8 mg titan borligi aniqlangan. SHuning uchun ham, oq amur baliqlaridan 1 kg biomassa olish uchun me’yorda 30 kg suv o‘simliklari sarflanishi lozim bo‘lgan holda, ryaska va azolladan 15 kgdan sarflash kifoyadir.
Ushbu texnologiyani amaliyotda sinab ko‘rish maqsadida, 2019-2020 yili 10 ga bo‘lgan baliqchilik hovuzida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borildi. Buning uchun, mart - aprel oylari davomida hovuzni har 1 ga maydoni hisobiga 300 dona oq amur, 3200 dona oq do‘ngpeshona va 2000 donadan zog‘ara baliqlarining bir yoshli chavoqchalari o‘tkazildi. Asosiy hovuzning bosh qismida joylashib, maydoni 0,3 ga dan bo‘lgan 2 ta hovuzlarda ryaska va azolla etishtirilib, may - oktyabr oylari davomida asosiy hovuzga suv oqimi bilan chiqarib turildi. Hammasi bo‘lib vegatatsiya davri mobaynida kichik hovuzlarda 150 tonna suv o‘simliklari etishtirilib, asosiy hovuzga chiqarildi. Hovuzga chiqarilgan suv o‘simliklari oq amur va zog‘ara baliqlari tomonidan o‘zlashtirib borilgani ularning ichagi tarkibidagi ozuqani o‘rganish orqali o‘z isbotini topdi.
Kichik hovuzlarda suv o‘simliklarini etishtirish uchun 3 tonna go‘ng sarflangan bo‘lsa, asosiy hovuzda mikroskopik suv o‘tlari biomassasini barpo etish maqsadida 2100 kg ammofos sarflandi. Tajribalar davomida baliqlarni oziqlantirish uchun omuxta emdan umuman foydalanilmadi. Yil oxirida baliqlarni ovlash natijalari 3.2.1-jadvalda keltirilgan:
3.2.1-jadval
Ryaska va azolla bilan oziqlantirilgan baliqlarning mahsuldorligi

Baliq turlari

O‘tkazilgan
baliqlar,
dona

Ovlangan
baliqlar,
dona

CHiqishi, %

O‘rtacha
og‘irligi g

Oq amur

300

250

83

1240

Oq do‘ng- peshona

3200

3000

93

1350

Zog‘ara baliq

2000

1500

75

1200

Jami

5500

4750

86

1200

7-jadvalda ko‘rsatib o‘tilganidek, hovuzga o‘tkazilgan baliqlardan ularni chiqishi, foizi o‘rtacha darajada bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich zog‘ara balig‘i buyicha 75 % ni tashkil etgan bo‘lsa, oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari bo‘yicha esa 83,93 % ni tashkil etdi. Baliqlarni xovuzlardan kam chiqishiga sabab, birinchidan baliqxo‘r qushlar tomonidan etkazilgan talofat bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, baliqlar etarli darajada brakonerlardan o‘z vaqtida muxofaza qilinmaganligidir. Ma’lumki, baliqlar polikulturada, ya’ni oziqlanishi har xil bo‘lgan baliqlarni bir hovuzda boqish orqali, suvda mavjud bo‘lgan tabiiy ozuqalardan to‘laroq foydalanish orqali, yuqori hosildorlikka erishish mumkin.


Zog‘ara baliqlari omixta emsiz xam yuqori suratlar bilan o‘sdi va yil oxirida ularning o‘rtacha og‘irligi 1200 grammni tashkil etdi. Bu erda zog‘ara baliqlarining o‘sish suratini yuqori ekanligi faqatgina suv o‘simliklarini iste’mol qilishi bilan bog‘liq bo‘lmay, fito-zooplanktonning biomassasi yuqori bo‘lganligi bilan ham bog‘liqdir. Fito-zooplanktonning yaxshi rivojlanishi oqibatida, kam mikdorda mavjud bo‘lgan chipor do‘ngpeshona baliqlarining o‘rtacha og‘irligi 2 kilogrammni tashkil etdi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish