O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A



Download 2,9 Mb.
bet17/20
Sana11.07.2022
Hajmi2,9 Mb.
#774530
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
baliqchilik

Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.

Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti
YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2021-yil fevral oyi uchun hisoboti

Biz baliqchilik hovuzalaridagi yuksak suv o‘simliklarini kamaytirish maqsadida biologik kurash usulidan samarali foydalandik. Aholi tomonidan xaridorgir bo‘lib, bozorda zog‘ara baliqlari bilan bir xil narxda sotilishi mumkin bo‘lgan oq amur baliqlarini hovuzlarga tig‘iz o‘tkazib, ularni suv o‘simliklari hisobiga ozuqlantirish orqali hovuzlar hosildorligi oshirilib, qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikga erishish mumkinligini isbotladik.


Oq amur baliqlarini xovuzlarni har bir gektar maydoni xisobiga 200-250 donadan o‘tkazildi. CHunki bunday tig‘izlikda oq amur baliqlari uchun xovuzni o‘zida mavjud bo‘lgan yuksak suv o‘simliklari qamish (Phragmites australis), qo‘g‘a (Typha angustifoli, Typha latifolia), rdestlar (Potamogeton perfoliatus, Potamogeton pectinatus), urut (Myriophyllum spicatum), shoxbarg (Ceratophullum demersum), xara (Chara fragilis). kabi o‘simliklar to‘yimli oziqa bo‘ldi va natijada hovuzlar yuksak suv o‘simliklaridan ancha tozalandi va suvdagi o‘simliklar maydoni 20% ga teng bo‘ldi.
Oq amur baliqlari suv o‘simliklari bilan oziqlanishni suvning harorati 10-120S bo‘lganda boshlasa, ularni rivojlanishi uchun eng ma’qul harorat 20-280S xisoblanadi. Baliqlarni o‘sish surati asosan suv haroratiga va ularni ozuqa bilan ta’minlanganligiga bog‘liqdir. Oq amur baliqlarining lichinkalari 30 kun ichida, uzunligi 3 sm. ga etgandan so‘ng suv o‘simliklari bilan oziqlanishni boshlaydi. Past haroratda baliqlar suv o‘simliklarini tanlab iste’mol qilsa, suv harorati 18 darajadan 30 darajaga ko‘tarilish jarayonida ularning ishtaxasi ochilib, ko‘proq ozuqa iste’mol qilishga kirishadi.
Biz baliqchilik xujaliklarida oq amur baliqlarini faqatgina qamish (Phragmites australis) bilan oziqlantirishga o‘rganganmiz va baliqlar bu suv o‘simligini yaxshi iste’mol qiladi deb xisoblaymiz.
Lekin ilmiy adabiyotlarda oq amur balig‘i, masalan xapa (Chara fragilis Desv.) o‘zining og‘irligiga nisbatan bir sutka davomida 20 %, ryaskani (Lemna minor L.) 10 % iste’mol qilsa, qamishni (Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud.) 35 % istemol qilishi ushbu keltirilgan jadvalda ko‘rsatilgan. Oq amur baliqlari tomonidan suv o‘simliklarini iste’mol qilishi xaqida xilma xil fikrlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, biz ush bu texnologiyani amaliyotga tatbiq etish jarayonida, baliqlar tomonidan xovuzda mavjud bo‘lgan qandaydir suv o‘simligi iste’mol qilinmay qolganligi holatini uchratmadik.
Hovuzlarda baliq etishtirish amaliyotida ozuqa manbai hisobida jo‘xori poyasidan, beda, karam kabi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan foydalanishga qaramasdan, suv va suv-botqoq o‘simliklari, madaniy o‘simliklarga qaraganda baliqlar tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi.
S.Keldibekov tomonidan “Baliqchi” birlashmasida oq amur baliqlari tomonidan suv-botqoq o‘simliklari iste’mol qilinishi darajasi o‘rganilganida baliqlar tomonidan birinchi navbatda iste’mol qilinadigan suv o‘simliklari quyidagilar ekanligi aniqlangan: ryaskalar (Lemna minor L., Lemna gibba L.), rdestlar (Potamogeton filiformis Pers., Potamogeton pectinatus L.), shoxbarg (Ceratophyllum demersum L.), urut (Myriophyllum spicatum L.), xara (Chara fragilis Desv.), kurmak (Echinochloa crus galli (L.) Beauv.), qo‘g‘a (Typha minima L.), qamish (Phragmites australis (Cav.) Trin. Ex Steud.) va yovvoyi sholi (Zizania latifolia (Griseb.) Stapf.) ekanligi aniqlangan.
Hovuzlarda ko‘paytirilayotgan oq amur baliqlarini tig‘izligini oshirib, ularni hovuzni o‘zida mavjud bo‘lgan yuksak suv o‘simliklari asosan qamish, qo‘g‘a, rdest, urut, shoxbarg, xara kabi suv o‘simliklari bilan oziqlantirib qo‘shimcha tarzda ryaska (Lemna minor L.) va azolla (Azolla caroliniana Willd.) dan foydalanildi.
Kichik ryaska (Lemna minor L.) ko‘p yillik yuksak suv o‘simligi bo‘lib, suv yuzasida suzib o‘sadi. Lemna minor organik moddalarga boy xar qanday ko‘lmak suvlarida o‘sib ko‘payadigan, sovuq va issiq havoga chidamli dorivor suv o‘simligi xisoblanadi. Lemna minor ning barglari va ildizchalari mavjud bo‘lib, asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. O‘simlikning kattaligi 5-6 mm ni tashkil etadi. Ryaska fotosintez jarayonida ko‘p miqdorda kislorod ajratib chikaradi va suv xavzalarini tozalashdagi roli xam yuqori (23-rasm).
6-jadval
Oq amur baliqlari tomonidan ayrim suv, suv-botqoq va em-xashak o‘simliklarining bir sutka davomida o‘zining og‘irligiga nisbatan iste’mol qilish foizi keltirilgan



Ozuqa o‘simliklari

Baliq
biomassasiga
nisbatan ozuqa
sarfi, %

1 kg baliq biomassasi
etishtirish uchun
sarflangan o‘simlik
miqdori, kg

Suv
harorati, 0C

1.

Rdestlar (Potamogeton filiformis Pers.)

135

30

30-34

2.

SHoxbarg (Cepatophyllum demersum L.).

114







3.

Elodeya (Elodea canadensis Mchx).

108







4.

Ryaska (Lemna minor L.).

102







5.

Urut (Myriophyllum spicatum L.).

35







6.

Qo‘g‘a (Typha angustifolia L.).

31







7.

Qamish (Phragmites australis (Cav.) Trin.ex Steud.)

35







8.

Xapa (Chara fragilis Desv.)

206

13-18

26

9.

Rdest (Potamogeton pectinatus L.)

35







10.

SHoxbarg (Ceratophyllum submersum L.)

29







11.

Ryaska (Lemna gibba L.)

26







12.

Suv o‘tlari (Hydrodictyon reticulatum (L.) Lagerh.)

22







13.

Beda (Medicago sativa L.)

20







14.

Qo‘g‘a (Typha latifolia L.)

10







15.

YOvvoyi sholi (Zizania latifolia (Griseb.) Stapf.)

9







16.

Urut (Myrophyllum verticullatum L.)

18-30







17.

Grechixa (Polygonum amphibium L.)

18-30







18.

Qo‘g‘a (Typha minima L.)

18-30







19.

Sebarga (Trifolium repens L.)

34

24

25




23-rasm. Kichik ryaska (Lemna minor L.)
Adabiyot ma’lumotlarida keltirilishicha o‘tgan asrning 70-yillarida o‘tkazilgan tajribalar natijasida O‘zbekiston sharoitida bu o‘simlik bir gektar maydonda 260 tonnagacha hosil berishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Quritilgan ryaskaning tarkibida tabiiy sharoitda 30%, maxsus sharoitda etishtirilganda 45% gacha oqsil mavjud bo‘ladi. Tarkibidagi aminokislotalar (arginin, lizin) miqdori bo‘yicha esa ryaska makkajuhoridan yuqori turadi.
Bundan tashqari ryaskaning tarkibida yog‘lar, uglevodlar, kletchatka, asparag va glyutamin kislotalari, fitosterinlar, flavonoidlar, diterpenoidlar, karotinoidlar, aromatik va yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, azotli birikmalar, triterpen birikmalar, oshlovchi moddalar bor. Tarkibida yana polisaxaridlar, sulfolipidlar, muhim mikroelementlardan brom, yod, fosfor, kalsiy, kremniy, magniy, mis, temir, sink, marganets, kobalt, nikel, titan, vanadiy, radiy, sirkoniy va hatto oltin, vitaminlardan V gruppasi, A, RR, E mavjudligi ham ilmiy adabiyotlarda keltirilgan.



Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish