Bog'liq Byudjet va smeta shtat intizomini buzish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik
2.Byudjet va smeta shtat intizmoni buzish jinoyatining ijtimoiy xavfliligi, obyekti, predmeti, obyektiv tomoni Qonunga ko‘ra byudjet intizomini buzish deganda byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘larning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etish tushuniladi.
Moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini buzishning ijtimoiy xavfliligi mazkur jinoyat sodir etilishi natijasida byudjetda asossiz taqchillik paydo bo‘lishida, yordamga muhtoj muassasa va tashkilotlarni talab qilingan vositalar, mablag‘lar bilan ta‘minlamaslik uchun haqiqiy asos paydo bo‘lishida ifodalanadi. Sharhlanayotgan jinoyatning sodir etilishi davlat mablag‘larini samarali, to‘liq natija bilan va o‘z o‘rnida ishlatishga yo‘l bermaydi. Buning natijasida aholining alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik kayfiyati shakllanadi, bu esa O’zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning jamiyat tomonidan idrok qilinishiga salbiy ta‘sir o‘tkazadi, ularni obro‘sizlantiradi.
Jinoyatning bevosita obyekti xarajatlar limitiga rioya qilish, byudjet mablag‘larini qonuniy va maqsadli sarf etishning o‘rnatilgan tartibiga rioya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlardir.
Mazkur jinoyatning bevosita obyekti byudjet mablag‘laridan foydalanishning va xarajatlar limitiga rioya qilishning belgilangan tartibiga rioya qilish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlardan tashqari, birinchi navbatdagi byudjet to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash ham bo‘ladi. Sharhlanayotgan qilmish predmetini e‘tiborga olib, shuni ta‘kidlash lozimki, fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda mehnat, ijtimoiy ta‘minlash, ta‘lim sohalaridagi munosabatlarni ham obyekt sifatida tan olish lozim.3 Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish predmeti deb, byudjet mablag‘lari, ya‘ni davlat byudjetiga kirgan va qonunda o‘rnatilgan tartibda bu mablag‘larni oluvchiga ajratilgan moddiy va pul mablag‘lari tan olinishi lozim.
Byudjet mablag‘larini ajratish deganda, oluvchiga moddiy va pul mablaglarini bevosita planlaltirish hamda unga tegishli bulgan vositalarni maqsadli ishlatish sharti bilan byudjeta o‘tkazishga ruxsat tushuniladi".
Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismida sodir etilgan jinoyat uchun nazarda tutilgan javobgarlik jinoyati obektining tomondan quyidagi xarakatlardan biri sodir etilganidan iborat bo‘lishi mumkin:
- byudjetda nazarda tutilmagan yoxud byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasa va tashkilotlar byudjeti va smetasida nazarda tutilmagan chiqimlarga byudjet vositalarini yo‘naltirish;
- chiqimlar bo’yicha byudjet mablag‘lari limitida oshib ketish;
— byudjet muassasa va tashkilotlarida shtat-smeta tartibini buzish va boshqa byudjet va shtat-smeta intizomini ko‘p miqdorda buzish.
Byudjetda yoki byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasa yoki tashkilotlar smetasida nazarda tutilmagan chiqimlarga mablag‘larni yo‘naltirish byudjet mablag‘larini sarflash navbatining o‘rnatilgan tartibini buzish yoxud ularni maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda iste‘mol qilish (masalan, past narxli va maishiy predmetlarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan mashinasozlik asbob-uskunalarini ishlatish yoxud quyi tashkilotlar ehtiyoji uchun ajratilgan texnikani boshqaruv tashkilotlari uchun yo‘naltirish) dir.
Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekistonda qonunchilik tomonidan xarajatlarning quyidagi to‘rt guruhi davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta‘minlanadi:
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lov (bolalik oilalarga nafaqalar va kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
Ish haqiga qo‘shimchalar;
Kapital qo‘yilmalar (Davlat investisiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda mablag‘ bilan ta‘minlanadi. Xarajatlarning II guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investisiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida mablag‘ bilan ta‘minlanadi, «Boshqa xarajatlar» guruhi bo‘yicha mablag‘lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: ovqatlantirish, dori-darmonlar; kommunal xizmatlar, boshqa xarajatlar.
Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta‘minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag‘ bilan ta‘minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
IV guruh hisobiga avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini (maxsus avtotransport bundan mustasno), uyali telefonlar va ortiqcha dabdabali buyumlar (import ofis mebeli, audio-video texnika (o‘quv, ilmiy va tibbiy jarayonlarda foydalaniladiganlardan tashqari) ofislar uchun gilamlar va boshqalar) xarid qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yiladi".
Nafaqat pul mablaglaridan maqsadsiz foydalanish, balki byudjetning boshqa mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish (masalan, xizmatda foydalaniladigan turar joy binosidan savdo nuqtasi sifatida foydalanish, quyi tashkilot uchun byudjetdan ajratilgan mulkni yuqori turuvchi tashkilot uchun ajratish va hokazoni ham byudjet mablag‘larini nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirish deb kvalifikatsiya qilish zarur. foydalanish deganda, bu mablag‘larni har qanday usulda iste‘mol qilishi tushuniladi (mulkni ekspluatasiya qilish, undan kelgan foyda va daromadini olish).
Byudjet intizomini buzishning predmeti faqat ish haqi, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar bo‘lishi mumkin.
Аmaldagi qonunchilikka muvofiq, ish haqi deganda moliyalash manbaidan qat‘i nazar, pul yoki natura shakllarida hisob yozilgan, ish haqlarining barcha turlarini (shuningdek, turli mukofotlar, to’lovlar, qo’shimcha haqlar va ijtimoiy to‘lovlarni) qamrab oladi, bunga xodimlarga ishlanmagan vaqt (har yilgi yozgi ta‘til, bayram kunlari va hokazo) uchun qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab yozilgan pul summalari ham kiradi. Sharxlanayotgan modda ma‘nosida ish haqi faqat pul shaklida ifodalanadi, chunki banklar uni natural shaklda berishni amalga oshirmaydi. Shunga bog‘liq holda mazkur modda asosida ish haqini belgilashda tergov va sud organlari qonunchilikda belgilangan pul shaklidagi ish haqi sirasiga kiritilgan to‘lovlarning turlari ro‘yxatiga murojaat etishlari lozim"4.
Nafaqa – ijtimoiy ta‘minlashning shakli, u ijtimoiy sug‘urta yoxud davlat byudjeti mablag‘laridan doimiy yoki bir marotabali to‘lovdir. Аmaldagi qonunchilikka muvofiq, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi uchun nafaqa, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa kabilar to‘lovi nazarda tutiladi.
Stipendiya – oliy ta‘lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha va pulli – kontrakt asosda kunduzi o‘qiydigan, davomati yaxshi bo‘lgan talabalariga (bundan chet ellik talabalar mustasno) Uzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat‘iy nazar, to‘lanadigan oylik pul ta‘minoti (nafaqa). Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to‘lanadi.
Ish haqi, nafaqa va stipendiyalarga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar deganda xarajatlarni qoplashning bir xil darajasini (proporsional tartibni) ta‘minlovchi sharoitlarda amalga oshiriladigan qonunchilikda belgilangan to‘lov turi tushuniladi. Qonunlarda to‘lovlarning bunday turiga harbiylarga pul mablag‘larini berish, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar, aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar, sog‘liqqa ziyon keltirishni qoplash, mualliflik bitimlari bo‘yicha rag‘batlantirish, xizmat safari chiqimlari kiritiladi.
Pul mablag‘lari berishning asossiz kechiktirilishi byudjet intizomini buzish deb tan olinuvchi xarajat turlari ro‘yxati qonunda to‘liq belgilangan va boshqacha talqin qilinishi mumkin emas. Shu munosabat bilan bank rahbari yoxud boshqa mansabdor shaxslari tomonidan boshqa mablag‘lar, zarur ehtiyojlarga navbatdan tashqari amalga oshiriladigan hamda kapital ta‘mir xarajatlari uchun to‘lovlar to‘xtatilsa (agarda ular yuqorida qayd etilgan chiqimlar turidan biri bo‘lmasa), aybdorlar harakati mazkur moddaning to‘rtinchi qismi bilan kvalifikasiya qilinmaydi.
Byudjet mablag‘laridan shaxsiy boylik orttirish yoxud boshqa g‘arazli maqsadlardan kelib chiqib, byudjetda yoki smetada nazarda tutilmagan harakatlarga yo‘naltirilganda, qilmish jinoyatlar majmui bo‘yicha JK 184-moddasining 1-qismi va tegishli modda (masalan, uyushtirish yoki rastrata yo’li bilan tanin-toroj qilish) bilan kvalifikasiya qilinishi.
Byudjet muassasalar mablag‘lari byudjetda va tashkilotlarning yoki byudjetdan moliyalanadigan smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llanganda va tezkor tadbirlar sababli yuzaga kelmagan yo‘nalishda sarflansa, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish deb tan olinadi.
Byudjet - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Byudjet respublika byudjetiga va mahalliy byudjetga bo‘linadi.
Smeta — bu tashkilotlarni ta‘minlash hamda xo‘jalik va madaniy qurilish bo‘yicha markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan beriladigan mablag‘larning miqdori, maqsadli yo‘nalishi va choraklar bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy reja hujjati".
Byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llash amalda maqsadsiz foydalanilgan yoki xarajat qilingan paytdan boshlab tugallangan jinoyat deb tan olinishi lozim. Bu mablag‘larni keyinchalik maqsadsiz foydalanish yoki yo‘naltirish maqsadida taqsimlash esa, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib, sharxlanayotgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoxud uni amalga oshirishga suiqasd qilish deb kvalifikasiya qilinishi lozim.
Jinoyat predmeti sifatida byudjet mablag‘larining alohida turlari byudjetdan mablag‘ ajratish hisoblanib, ularning tushunchasi qonunchilikda beriladi. Xususan, «qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari» byudjetdan mablag‘ ajratish deb topiladi5.
Jinoyat kodeksi 184'-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to‘lovi uchun pul mablag‘lari berishi banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilishida ifodalanadi.