O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti


Byudjet va smeta shtat intizmoni buzish jinoyatining subyekti, subyektiv tomoni



Download 44,18 Kb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi44,18 Kb.
#766733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet va smeta shtat intizomini buzish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik

3. Byudjet va smeta shtat intizmoni buzish jinoyatining subyekti, subyektiv tomoni
Jk 184'-moddasi 1-qismi dispozisiyasida nazarda tutilgan qilmishlardan biri sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd shaklidagi ayb bilan tavsiflanadi. Аybdor o‘zining harakatlari natijasida byudjet tashkiloti va muassasasiga pul mablag‘lari berishni asossiz kechiktirayotganligini anglaydi va shunday harakatlar amalga oshishini xohlaydi.
Jinoyat subyekti 16 yoshga to‘lgan va byudjet mablag‘larini taqsimlash hamda sarflash, shuningdek, shtat-smeta intizomiga rioya etilishi uchun mas‘ul bo‘lgan shaxsdir. Qonunchilikka muvofiq bunday shaxslar — byudjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari hisoblanadi.
Byudjet tashkiloti deganda, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunishi lozim"6,
Аgarda byudjet smeta-shtat intizomini buzish o‘zganing mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa, aybdorning harakatlarini JK 167 va 184'-moddalari bo‘yicha kvalifikasiya qilish lozim.
Javobgarlik Jk -moddasi 2-qismida nazarda tutilgan byudjet va smeta-shtat intizomini buzishning kvalifikasiya qilingan tarkibi uni ko‘p miqdorda sodir etilganligi hisoblanadi.
Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish natijasida yetkazilgan zarar hajmini baholash byudjet tashkilotining byudjeti yoxud smetasida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larini, byudjetdan mablag‘ ajratishni oshirishni yoki bir moliyaviy yil chegarasida shtat-smeta intizomini buzish natijasida olingan umumiy summa asosida amalga oshiriladi. Miqdorni aniqlashda boshqa moliyaviy yil davrida asossiz sarflangan mablag‘lar hisobga olinmasligi lozim (masalan, ikki yil ichida asossiz sarflangan vositalarning umumiy summasini juda ko‘p miqdor sifatida tan olish mumkin emas — har bir moliyaviy yil uchun avvalgi yoki keyingi yil bilan qo‘shilmaydigan o‘z miqdori belgilanishi lozim). Moliyaviy yil deganda, 1-yanvardan 31-dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davrni tushunish lozim".
Shuni ham qayd etish lozimki, tashkilot byudjeti yoki smetasida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilgan pul mablag‘larida emas, balki mulk shaklida ifodalangan byudjet mablag‘lari miqdorini aniqlashda tegishli smeta yoxud byudjetda ko‘rsatilgan mulkning narxidan kelib chiqish lozim.
Аgar ko‘rsatilgan qilmishlar juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 184'-moddasining uchinchi qismi bilan kvalifikasiya qilinadi.
Qonunda byudjet intizomini buzishning alohida shakli byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to‘lovi uchun pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirilganligi hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi7.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi8.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda byudjet mablag'larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to'g'risida ma'lumot berildi.9
Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag'larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019 yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd.so'm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.so'mni byudjetga tiklanishi ta'minlandi.
Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:
Xalq ta'limi vazirligi tizimida o'tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (29,8 mlrd.so'm) nisbatan 3,2 martaga oshgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi tizimida o'tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd.so'm) nisbatan 2,9 martaga oshgan.
Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida o'tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd.so'm) nisbatan 2 martaga oshgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tizimida o'tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd.so'm) nisbatan 8,5 martaga oshgan.
Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd.so'm), Suv xo'jaligi (5,6 mlrd.so'm), Oliy va o'rta maxsus ta'limi (5 mlrd.so'm), Jismoniy tarbiya va sport (4,1 mlrd.so'm), Qishloq xo'jaligi (3,1 mlrd.so'm) vazirliklari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
“O'zbekkino” milliy agentligida o'tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd.so'm miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilganligi aniqlandi10.
Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd.so'm), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.so'm), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.so'm)da o'tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilganligi aniqlangan.
Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:
Mahalliy byudjetlar mablag'larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd.so'm miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so'm), Andijon (19,8 mlrd.so'm), Surxondaryo (16,5 mlrd.so'm), Farg'ona (14,4 mlrd.so'm), Toshkent (13,2 mlrd.so'm), Jizzax (13 mlrd.so'm), Samarqand (13 mlrd.so'm), Sirdaryo (12,9 mlrd.so'm), Namangan (12 mlrd.so'm), Xorazm (6 mlrd.so'm), Buxoro (3,6 mlrd.so'm), Navoiy (2,4 mlrd.so'm) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so'm) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (8,1 mlrd.so'm) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Mahalliy byudjetlar mablag'larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi: Shuni ta'kidlash joizki, 2020 yilda byudjet muassasalarida o'tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so'm miqdorida naqd pul mablag'larini o'zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g'aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to'lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo'lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o'tgan yil (2019 yilda – 7,2 mlrd.so'm)ga nisbatan 7,5 martaga ko'paygan.
Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag' oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o'rnatilgan tartibda jarimalar qo'llanildi.
Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so'mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:11
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari moliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng ushbu Byudjet kodeksning 171-moddasida ko‘rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir12.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qilish;



Download 44,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish