O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti


Byudjetdan mablag’ ajratish xarajatlar limiti, shtat smeta intizomi, jadvali, tarifikatsiya ro’yxati



Download 44,18 Kb.
bet5/6
Sana09.07.2022
Hajmi44,18 Kb.
#766733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet va smeta shtat intizomini buzish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik

4.Byudjetdan mablag’ ajratish xarajatlar limiti, shtat smeta intizomi, jadvali, tarifikatsiya ro’yxati
Chiqim moddalari bo‘yicha byudjetdan mablag‘ ajratish limitidan oshib ketishi jinoyat subyektining faol harakatlarida ifodalanadi, ular ajratilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishda, ya‘ni ulardan belgilangan navbat doirasida foydalanadi, lekin xarajatlarning bir guruhi doirasida rejalashtirilgan (limit) va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasidagi manfiy farqni shaklantirishda ifodalanadi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish xarajatlari limiti deganda, tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag‘larning bir turi, obyekti va obyektosti xarajatlar bo‘yicha foydalanish miqdori tushuniladi. Rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasidagi manfiy farq byudjet muassasasi yoki tashkiloti ichki hisoblari, masalan, Byudjet tashkiloti rivojlanish fondi mablag‘lari hisobidan qoplanganda ham byudjetdan mablag‘ ajratish limitlarini oshirish deb topiladi. Аgar xarajatlarning butun tegishli guruhi doirasida limitdan oshirish bo‘lmasa, ya‘ni bitta tur, obyekt va obyektosti xarajatlar bo‘yicha byudjet pul mablag‘larini sarflashda smetada nazarda tutilgan hajmlar boshqa turdagi obyekt va obyektosti xarajatlarga ajratilgan rejali pul mablag‘lari hisobidan qoplanganda ham xarajatlarning o‘sha guruhi bo‘yicha kreditorlik qarzi hamda xarajatlar limiti oshirilgan deb hisoblanmaydi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish xarajatlari limitini oshirishni tegishli guruhda rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasida manfiy farq paydo bo‘lgan paytdan tugallangan jinoyat deb hisoblanadi.
Byudjet mablag‘larini byudjet yoki smetada nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirishni byudjetdan mablag‘ ajratish limitini oshirishdan farqlash lozim. Byudjet mablag‘larini yo‘naltirish — bu tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilmagan xarajatlarni mablag‘ bilan ta‘minlashdir, byudjet mablag‘larini oshirish esa, tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilgan rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasida manfiy farq paydo bo‘lishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, byudjet mablag‘larini yo‘naltirishda mazkur mablag‘lar nafaqat pul mablag‘larida, balki moddiy qadriyatlarda ham ifodalanishi mumkin, biroq byudjetdan mablag‘ ajratishni amalga oshirishda jinoyat predmeti faqat pul mablag‘lari bo‘lishi mumkin.13
Shtat-smeta intizomi — bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan o‘rnatilgan smetalarni hamda byudjet tashkilot va muassasalarining xodimlari shtat jadvali va tarifikasiya ro‘yxatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, o‘zgartirish va ro‘yxatga olish tartibidir.
Shtat jadvali - mulk egasi, tashkilot rahbari yoxud yuqori organ tasdiqlaydigan doimiy xodimlar mansablari nomi ro’yxatidir, bunda bir nomli mansablar (bosh o‘rinlar soni hamda mansab maoshlari miqdori ko‘rsatiladi.
Tarifikasiya ro‘yxati — bu byudjet tashkilot shtatida ma‘lum mansablarni egallovchi muayyan shaxslarning tarifikasiyasini ko‘rsatib, ya‘ni ushbu xodimlarda attestasiya natijalariga ko‘ra, ularning ish vaqti asl hajmiga ko‘ra berilgan tegishli malakaviy kategoriyasi mavjudligini hamda ularning mansab maoshi miqdorini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxat.
Smeta-shtat intizomi buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan smetalarni hamda byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarining shtat jadvali va tarifikasiya ro‘yxatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, o‘zgartirish va ro‘yxatga olish tartibiga rioya qilmaslikdir". Har bir holatlarda shtat-smeta intizomi buzilishida aynan qaysi qonun hujjati buzilganligini har bir aniq holatlarda aniqlash lozim.
Аgarda moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomi ko‘p miqdorda buzilsa shaxsning harakatlarini JKning -moddasi 1-qismi bo‘yicha kvalifikasiya qilish lozim14.
Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish qonunda formal tarkibli qilmish sifatida ifodalangan, ya‘ni byudjet intizomini buzish ijtimoiy xavfli qilmish deb tan olinishi uchun majburiy belgi sifatida oqibatning mavjudligi talab qilinmaydi. Biroq bu oqibatlar sud tomonidan har bir alohida holatda jazo tayinlashda hisobga olinadi.
Moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini ko‘p miqdorda buzish sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan deb hisoblanadi.
Shuni qayd etish lozimki, pul mablag‘larini muddatida o‘tkazib berish to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin, ya‘ni bu bankdan byudjet tashkiloti yoxud muassasasiga beriladigan mablag‘larning qismi dastlab berilgan-berilmaganligi bilan bog‘liqdir. Xususan, agar pul mablag‘larining bir qismi berilgan bo‘lsa, muddatidan qisman o‘tkazib berish deb hisoblanadi, agar muddatidan o‘tkazib berish to‘liq summaga teng bo‘lsa, unda to‘liq muddatidan o‘tkazib berish hisoblanadi. Muddatidan o‘tkazib berish xususiyati qilmishni kvalifikasiya qilishga ta‘sir qilmaydi, biroq sud tomonidan jazo tayinlashda hisobga olinishi lozim.
Pul mablag‘lari berishini kechiktirish deganda byudjet tashkiloti va muassasalari kabi oluvchilarga pul mablaglari muddatida to‘liq yoki qisman o‘tkazib berilmasligini tushunish lozim. Bunda shuni qayd etish lozimki, ish haqi, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini berish muddati jamoa kelishuvlari, hukumat qarorlari, vazirliklar buyruqlari, Markaziy bank yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan har bir alohida holatda mablag‘lar to‘lanishi shart bo‘lgan muddat aniqlanadi.
Pul mablag‘lari berish kechiktirilishining asossizligi deganda bank rahbari yoxud mansabdor shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, ularni oldindan ko‘ra olmagan va ko‘ra ololmaydigan hamda naqd pul mablag‘larini berishga jiddiy ta‘sir qilgan qandaydir obyektiv holatlarni tushunish lozim. Masalan, bankda naqd pul mavjudligida, texnik vositalar ishlab turganda, favqulodda vaziyatlar bo‘lmaganda byudjet tashkilotlari va muassasalariga pul mablag‘larining kechiktirib berilishini asossiz deb tushunish lozim.
Pul mablag‘larining asossiz kechiktirib berilishining sababi har bir muayyan holatda tergov-sud organlari tomonidan ko‘rsatilishi kerak, to‘lovga to‘sqinlik qiladigan obyektiv oqibatlar aybdor harakati natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, uning harakati va bu oqibatlar paydo bo‘lishi o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni, shuningdek, qasd yo‘nalishini aniqlash lozim.
Quyidagilar budjet intizomini buzishdir:
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarga moliya yili davomida yo‘naltirish;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida to‘lovlarni amalga oshirish;
budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag‘lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
Smeta-shtat intizomini buzish15
Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini moliya yili davomida sarflashdir:
noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik.
Budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining boshlang‘ich hisob hujjatlarining ma’lumotlariga nomuvofiqligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning to‘liq aks ettirilmaganligi budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.
Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Moliya organlariga budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzishdir.
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish
O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan tovarlardan foydalanish tartibini buzish
O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo‘naltirish ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
Budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Xulosa
Jamiyatda davlat vujudga kelishi bilan birga unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun turli sarf-xarajatlarni amalga oshirish ehtiyoji tug‘iladi. Moliya tizimi asosini davlat budjeti tashkil etadi. U bir tomondan resurslarning hal qiluvchi qismini o‘zida jamlaydi, ikkinchi tomondan barcha moliya bo‘g‘inlari va muassasalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Bimi amalga oshirish va hisob-kitoblarni to'g'ri olib borish mexanizmlaridan biri davlat moliyasi tashkil etilib, u orqali umumdavlat ehtiyojlari bo‘lgan tashqi siyosat, mudofaa, huquq-tartibot va davlat hamda boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlariga, maorif va sog‘liqni saqlash sohalariga davlat budjetidan mablag’lar ajratilib kelinmoqda.
Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanish jarayonida turli xil o‘zaro bog‘liq aloqalar pul mablag‘lari vositasida amalga oshiriladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tiladi hamda ma’lum bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy jamg‘arma vujudga keladi. Bu jamg‘armalar o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishning uzluksiz davom etishiga va kengaytirilishiga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga asosan Davlat budjeti, Respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o ‘z ichiga oladi. Shuningdek, Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, jumladan mahalliy budjetlar daromadlarining umumiy manbalari va xarajatlari yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tadigan bo‘lsak, ular quyidagicha: Davlat budjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul qilish jarayoni. Bu jarayon bosqichlari «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunning bandlariga muvofiq amalga oshirilardi. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3- sentabrdagi 414-sonli Qaroriga muvofiq, Davlat budjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag' bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag’laridan samarali va aniq foydalanish va mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etdi. Unda budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish, budjet intizomini mustahkamlash, budjet tashkiloti rahbarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish, mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va joy-joyiga taqsimlash, budjet tashkiloti xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.
Davlat budjetining to‘g‘ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi.
XXI asrning dastlabki yillaridanoq insoniyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ulkan ijobiy o'zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
Dunyodagi yetakchi davlatlar iqtisodiyotining insonparvarligi ijtimoiy resurslarni maorif va intellektual ehtiyojlarni qondirish foydasiga qayta taqsimlashga yo'naltirilganligi bilan xarakterlanadi.


Download 44,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish