O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1. 
Karimov A va boshqalar. Darslik. «Sharq» NMAKBТ. Т. 2004, -591bet. 
2. 
Байда  Т.П.  Теория  бухгалтерского  учѐта  задачи  и  ситуации. 
Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004 
3. 
Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. Учѐта: теория, практика,тесты. 
Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004 
Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
http:// www. 1c. ru 


 
118 
6-BOB. MEHNAT VA UNGA HAQ TO’LASH HISOBI 
6.1.  Mehnat  va  ish  haqi  haqida  tushuncha  hamda  uni  hisobga  olishning 
vazifalari 
 
Jamiyatda  moddiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  jarayoni  mehnat  quroli  va 
mehnat  buyumlaridan  tashqari,  bevosita  jonli  mehnat  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Ishlab 
chiqarish  jarayonida  ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanib  kishining  iste‘molini 
qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi. 
Хo‘jalik  yuritishning  bozor  tizimiga  o‘tish  sharoitida  mehnatga  haq  to‘lash, 
ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  va  xodimlarni  himoya  qilish  sohasidagi  davlatning 
ko‘plab  vazifalari  bevosita  korxonalarga  berilgan.  Mehnatga  haq  to‘lashning 
shakllari,  tizimlari  va  miqdorini,  mehnat  natijasiga  qarab  rag‘batlantirishni 
korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik 
asosida  ishlamagan  vaqtlari  uchun  ham  pul  va  natura  shaklida  hisoblangan  ish 
haqining barcha turlarini  o‘z ichiga oladi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha 
dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi. 
 Bir  xodimning  mehnat  daromadlari,  korxona  faoliyatining  pirovard  natijasini 
hisobga  olgan  holda,  uning  qo‘shgan  hissasi  bilan  aniqlanadi,  soliq  bilan  tartibga 
solinadi  va  maksimal  miqdori  cheklanmaydi.  Lekin  xodimlarning  minimal  ish  haqi 
miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi. 
Mehnat  munosabatlarini,  shu  jumladan  xodimlar  mehnatiga  haq  to‘lashni 
yuridik  asosini  mehnat  to‘g‘risidagi  qonuniy  hujjatlar,  korxonalarning  jamoat 
shartnomalari va boshqa muayyan me‘yoriy hujjatlar tashkil etadi. 
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
aholi  zararlarini  qoplash  ijtimoiy  kafolatdagi  yangilik  bo‘lib  hisoblanadi.  Aholini 
ijtimoiy  himoyalash  va  qo‘llab  -  quvvatlashda  ijtimoiy  sug‘urta,  pensiya  fondi, 
bandlik  fondi  va  boshqa  davlat  budjetidan  tashqari  fondlari  alohida  o‘rin  egallaydi. 
Ularning  tashkil  etilishi  tegishli  qonuniy  hujjatlar  bilan  tartibga  solinadi.  Barcha 
budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan 
tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatadi va muhim ijtimoiy 
tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi. 
Mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  hisoblashishlar  buxgalteriya  hisobi 
schyotlarining  6710-«Mehnat  haqi  bo‘yicha  xodim  bilan  hisoblashishlar»  passiv 
schyotida  yuritiladi.  Mehnat  va  unga  haq  to‘lash  hisobi  korxonaning  hisob  tizimida 
asosiy  o‘rinlardan  birini  egallaydi  va  u  mehnatning  son  hamda  sifati,  iste‘molga 
yo‘naltiriladigan  mablag‘lardan  foydalanish  ustidan  operativ  nazoratni  ta‘minlashga 
qaratilgan. 
Хo‘jalik  yuritishning  yangi  sharoitida  mehnat  va  unga  haq  to‘lash  hisobining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

 
soliqlar  va  ish  haqidan  ushlanmalar  ham  qo‘shilgan  holda  korxona  xodimlari 
bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish; 

 
hisoblangan  ish  haqi  va  sug‘urtaga  ajratmalar  summasini  xarajatlar 
schyotlariga o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri o‘tkazib borishni ta‘minlash; 


 
119 

 
boshqarish  va  zaruriy  hisobotlarni  tuzish  uchun  mehnat  va  ish  haqi  bo‘yicha 
ko‘rsatkichlarni operativ yig‘ish va guruhlash; 

 
ishchi-xodimlar  soni,  ularning  mehnat  unumdorligi  va  ish  vaqtidan 
foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat. 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish