7.5-rasm. Himoyalash uchun nol simiga ulash.
Bunda avvaldan erga ulab qo’yilgan nol simiga mashinalarning tok yurmaydigan qismlari o’tkazgich orqali ulanadi.
Sabablari: ma`lumki tuproq har turlidir, qumloq, sof tuproq, nam tuproq, quruq, toshloq, granitli va h.k. Аlbatta ularning qarshiligi har xil. Shuning uchun qarshiligi katta bo’lgan erlarda bir erdan ( masalan transformatorda) nol simni erga ulab boshqa barcha mashinalarni shu nol simiga ulash qulayroqdir. (7.6-rasm)
7.6-rasm. Himoyalash uchun uzib qo’yish.
Elektr uskunalarida kishini tok urish xavfi paydo bo’lganda avtomatik ravishda o’chirib qo’yish sistemasidir. (7.7-rasm)
7.7-rasm.
Himoya vositalari va asboblari. Elektr uskunalarini boshqaruvchi ishchini elektr toki urishidan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llanadi.
Ixotalovchi- kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi. Masalan: dielektrik qo’lqoplar, kalishlar, botilar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar dastagi tok o’tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar.
Kuchlanish ko’rsatkichlar.
Ko’chma va vaqtinchalik erga ulovchilar, to’sqichlar va ogohlantiruvchi plakatlar.
Himoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar va h.k.
Balandda ishlash mo’ljallangan moslamalar, stremyanka narvonlar, monterlar tirnoqlari (oyoqqa bog’lab stolbaga chiqadigan asbob), monter kamarlari va h.k.
7.8-rasm.
Yashin nima, uningsanoat ob`ektlariga ta`siri va yashindan himoyalanish usullari.
Yashin hosil bo’lganda atmosferadagi razryadlarning elektr kuchlanishi 150 mVga etadi, tok kuchi esa 200 kА gacha va harorati 6000 dan 30000OS gacha etib kuchli portlashlar hosil qiladi, erdagi ob`ektlarni buzib yong’in chiqaradi. Bundan tashqari chaqmoqning to’g’ridan-to’g’ri ta`siri ostida elektromagnit va elektrostatik induktsiyasi tarzida tez o’zgaruvchan chaqmoq toki ko’rinishida bo’lib, erdagi ob`ektlarga yaqinlashganda xavf tug’diruvchi ikkinchi “chaqmoq” vujudga keltiradi. Bular esa erdagi sanoat ob`ektlariga kuchli zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun barcha inshootlar va qurilmalar yong’in va portlash xavfi bo’yicha hamda yong’inga bardoshlilik bo’yicha yashindan himoyalangan bo’lishi shart. Chaqmoq ko’p chaqadigan xududlardagi va boshqa o’rtacha yil davomida chaqmoq hosil bo’lishini hisobga olgan holda shu xududlardagi ob`ektlar yashindan himoyalanishi bo’yicha 3 kategoriyaga bo’linadi.
1 sinf V-I va V-II qaysiki gaz, bug’, chang ajralib chiquvchi va portlovchi aralashmalarni atmosferaga chiqaruvchi ob`ektlar.
2 sinf V-I va V-II qaysiki portlovchi aralashmalar avariya holatda ajralib chiqaruvchi texnologik jarayon o’rnatilgan va V-I sinfga taaluqli omborxonali ob`ektlar.
II-I, II-II, II-III qaysiki bu xonalarda yonuvchi qattiq moddalar va suyuq moddalar hamda changlar ajralishi mumkin bo’lgan ob`ektlar. Ularga ochiq omborxonalar, tutun chiqaruvchi quvurlar, suv ta`minlovchi inshootlar turar joylar kasalxonalar va kinoteatrlar.
Аtmosferada uchraydigan kuchli momaqaldiroq razryadlari- yashindan erdagi ob`ektlarni saqlash maqsadida yashin qaytargichlar qo’llanadi. Ular 3 turli bo’ladi:
Sterjenli yashinqaytargichlar.
Trosli yashinqaytargichlar.
To’rli yashinqaytargichlar. [6]
Yashin qabul qiluvchi sterjen
Yashin o’tkazib yuboruvchi
Erga ulovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |