8-MA’RUZA.
8-ma’ruza: Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarni havfsizligi. Yuklarni ortish-tushirish ishlarida havfsilik talablari
MA’RUZA REJASI:
1.Ishlab chiqarish korhonalarida ishlatiladigan bosim ostida ishlaydigan idishlar va apparatlar to’g’risida tushunchalar.
2. Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarni havfsiz ishlashini ta`minlash chora tadbirlari.
Tayanch so’z va iboralar:
Bosim, apparatlar, idishlar, bug’, suyuqlik, tehnik ko’rik, nazorat, sinov, gidrovlik, qisman, fizik, himik, monometr, strelka, , shkala, ishchi bosim, plomba, membrana, portlash, ogohlantiruvchi, klapan, Yuk ko’tarish, yordamchi, mexanizatsiya, og’ir qo’l mexnati, arqon, zanjir, po’lat arqon, liftlar, texnik ko’rik, sinov, asboblar, tormozlar, apparatlar, yoritqichlar, habar beruvchi “signal” asboblar, statik sinov, dinamik sinov, deformatsiya, qoldiq.
1.Ishlab chiqarish korhonalarida ishlatiladigan bosim ostida ishlaydigan idishlar va apparatlar to’g’risida tushunchalar.
Bosim ostida ishlaydigan mashina va uskunalarni avariyadan ogohlantirish.
Muammo - eng ko’p portlash vaqtida jarohatlanish va o’lim hollari bosim ostida ishlaydigan mashinalarda sodir bo’ladi. Shuning uchun ularning oldini olish muhimdir.
Jumhuriyatimizda 35 ming kishi og’ir qo’l mehnati bilan band. 5 ming ish joyi sanitariya talablariga javob bermaydi. Uzsanoatkontehnik nazorati ostida 8500 ob`ekt ishlab turibti. Ma`lumki, bu tashkilot eng havfli mashinalar va uskunalar ustidan nazorat olib boradi. O’zbekistonda o’rta hisobda yiliga 7 ming atrofida jarohat sodir bo’ladi. Bularning ko’pchiligi Uzsanoatkontehnik nazorati ostida uskuna va mashinalarda sodir bo’ladi. Bu jarohatlarning asosiy sabablari mehnat muhofazasi tadbirlariga loqaydlik bilan qarash va instruktsiyalarni yahshi bilmaslikdir.
Uzsanoatkontehnik nazorat har yili 9-12 ming injener-tehnik hodimlar imtihon qilinadilar, lekin ularning 500-600 nafari muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
Kon sanoatida bitta o’lim hodisasi 9 ming so’mga tushar ekan. (3-4 kun taftish qilishga, 3-4 kun brigada a`zolarining qo’li ishga bormaydi va h.k hulas bir hafta- 9 kun korhona mahsulot topshirmaydi). Ijtimoiy zararni qo’yaverasiz. Bu oilaga, bola chaqasiga, qarindosh-urug’lariga keltirgan kulfatni, ular yo’qotgan sog’liklarini hisoblashni iloji yo’q.
Toshkentdagi yog’-moy kombinatida (1988 y) portlash sodir bo’lgan. Ikkita ishchiga sisternaning bo’yash haqida topshiriq berilgan, ular bo’yab turgan vaqtda topshiriq bergan boshliq kelib ularga sigareta tutatadi va alanga beradi. Natijada sisterna ichida nitro kraskadan ajralib chiqayotgan va yig’ilib qolgan gaz portlaydi. Ikki kishi o’sha zahoti va bir kishi keyinroq o’ladi. Bu voqea tseh boshlig’ining havfsizlik tehnikasini elementar qoidalarni bilmasligidan darak beradi. Bahtga qarshi bunday hollar juda ko’p.
Bosim ostida ishlaydigan barcha uskunalarni 2 turga, ya`ni bosim ostida ishlaydigan idishlar va bosim ostida ishlaydigan apparatlarga bo’lish mumkin.
Bosim ostida ishlaydigan idishlarga gazlama va iplarni quritish barabanlari, ohorlash mashinalarining quritish slindrlari pardozlash kalandrlarining po’lat slindrlari va boshqa tashqaridan beriladigan bug’ va suyuqlik hisobiga bosim hosil qiladigan idishlar kiradi.
Bosim ostida ishlaydigan apparatlarga esa ohor (shlihta) tayorlaydigan bak va avtoklavlar, ipni va gazlamani qaynatish qozonlari ko’pikli va karbonad angidridli o’t o’chirgichlar va boshqa bosim idish ichida ichki tehnologik jarayon hisobiga va kimyoviy reaktsiya hisobiga sodir bo’ladigan idishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |