O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Benchmarking – marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida.  Bozor 

iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab 

tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli 

subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim 

hisoblanadi. Raqobat kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish, 

marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari ta’siriga duch 

kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari 

bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.  

Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi. 

Firma o‘z faoliyatida qaysi mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli 

tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini 

ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z 

afzalligini kuchaytirishi mumkin, degan savollarga amaliy javob topib, 

keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak.  

Amaliyotda  marketing tadqiqotlari, deganda iste’molchilar, 

raqobatchilar, xaridorlar haqida axborot to‘plash, saqlash, qayd qilish va 

ularni tahlil qilish tushuniladi. Ular asosida mahsulot assortimentini 

o‘zgartirish, narx — navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish, sotishni tashkil 

qilishni takomillashtirish kabi vazifalar hal qilinadi. Lekin bu 

ma’lumotlar firmaning ichki ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga hech 

qanday aloqasi yo‘q. Masalan, nima uchun mahsulot tannarxi oshib 

ketib, firma mahsulotining narxi raqobatchi firmanikiga qaraganda 

yuqori narx bo‘ldi, nima uchun tovar aylanmasi dinamikasi tushib ketdi, 

nima uchun korxona foydasi kichik va hokazo savollarga javob topish 

uchun ichki moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. 

Iste’molchilarni so‘rovnomadan o‘tkazishda tovar, uning xususiyatlari, 

narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib, undagi fikrlarga qarab 

ma’lum tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Benchmarking 

hozirgi sharoitda firmaning raqobat afzalliklari, raqobatdoshligi o‘sishini 

va samarali tadbirkorlik strategiyasini shakllantirishda marketing 

tadqiqotlarining falsafasi va vositasi bo‘lib hisoblanadi



 

Nazorat uchun savollar 

 

1.  Marketing axboroti haqida tushuncha bering. 

2.  Marketing axborotini to‘plash usullarini ayting. 

3.  Marketing tadqiqoti uchun qanday axborotlar zarur?  

4.  Axborotlarga qanday talablar qo‘yiladi?  


78 

 

5.  Marketing tadqiqotlari o‘tkazishda qaysi axborot manbalaridan 



foydalanish samarali hisoblanadi? 

6.   Bozor tadqiqoti nima maqsadda o‘tkaziladi? 

7.   Marketing tadqiqotlari nimaga asoslanadi? 

8.  Marketing tadqiqotlari, deganda nimani tushunasiz? 



 

Vaziyatga oid masalalar 

 

1.Quyidagi vaziyatlarda marketing axborotlarining qanday turlari 

zarur va ularni qanday manbalardan olish mumkin: 

 - Bolalar o‘yinchog‘ini ishlab chiqaruvchi zavod bolalarning 

o‘yinchoqlar sotib olish haqida qaror qilishlariga ta’sir darajalarini 

o‘rganish istagida; 

- Tez o‘sayotgan “Oltin boshoq” shaharchasida yangi qahvaxona 

joylashtirish imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda; 



 

TEST 

 

1. Marketing tadqiqotlari - bu axborotlar harakatlanishini: 

a) Ishlab chiqaruvchilardan – bozorga. 

b) Bozordan - ishlab chiqaruvchiga. 

c) Xaridorlar orasida. 

d) Raqobatchilar orasida. 

e) Kommunikatsiyalar shaklida ifodalaydi. 

2. Marketingda ikkilamchi ma’lumotlar - bu: 

a) Qayta tekshirilgan axborotlar. 

b) Ikkinchi darajali axborotlar. 

c) Begona manbalardan olingan axborotlar. 

d) Tashqi manbalardan olingan yoki dastlab boshqa maqsadlarda 

olingan axborotlar. 

e) Vositachilar tomonidan buyurtma bo‘yicha yig‘ilgan axborotlar. 

3. Reklama hajmi va savdo miqdori orasidagi bog‘liqlik tadqiqoti 

quyidagilar yordamida o‘tkazilishi mumkin: 

a) Kuzatishlar. 

b) Eksperimentlar. 

c) So‘rov. 

d) Imitatsiyalar. 



79 

 

 



 

 

 

IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 

BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 

 

4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha 

 

Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini 

XIX asrning 40-yillarida boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi 

paytgacha ham  kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib qolmoqda. 

Marketing jarayonlarini yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy 

metodologiya tamoyillari va qoidalarni yaratishga urinishlar marketing 

faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan 

fan asoslari bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor 

sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil 

qilish va bashoratlash uchun nazariy asos yarata olmadi. Bunga 

marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari va 

metodologiyasini  iqtisodiy talqin qilish (sharhlash)ning murakkabligi 

ham sabab bo‘ladi.  

Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing 

texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq 

etishni taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, 

raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof 

raqobatni vujudga keltirib, firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor 

berishga undaydi. Tadbirkor, biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning 

marketing kompleksi va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar 

bilan asoslanadi. 

•  Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yuri-

tuvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat 

qilish, faoliyatni cheklash kabilarga esa  qonuniy tomondan barham 

beriladi. 

•  Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat 

yuritishning samarasiz ekanligi. 

•  Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida 

tadbirkorlik korxonalarining marketingga murojaati boshqarishga 

boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi. 



80 

 

•  Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovat-



sion yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez 

rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz 

tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va 

ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing 

bevosita ta’sir etadi. 

Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga 

xos xarakterga ega. Mahsulot ishlab chiqaruvchidan to oxirgi 

iste’molchiga yetib kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu 

orada savdo funksiyalari bilan chakana va ulgurji xaridolar 

shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor foyda olish maqsadida tovarni bevosita 

ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib uni boshqa shaharlarga, savdo 

tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi narxlarni belgilab foyda 

ko‘radi. Bu yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas, balki vositachi rolini 

o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor tovar va xizmatlarga talabni 

shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi firmalarning 

kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi 

bu tadqiqotlar asosida yangi innovatsion tovar yaratish bosqichi. Ilmiy 

tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va tovar turlari 

yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan potensial talab 

hajmlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning 

texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi kabilarni modellash-

tirish amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 

firmaning resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba – 

sinov laboratoriyalarida mahsulotning namunalari chiqariladi va 

sinovdan o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning fikri tahlil qilinib, 

uning dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari 

haqida qaror qabul qilinadi.  

Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning 

hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini 

o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari 

kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, 

vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona 

faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.

7

 

Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab 



shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing 

tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor 

                                                                 

7

 Marketing, Bozorshunoslik/ A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010- y. 



81 

 

konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini 



ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiy-

huquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. 

Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga 

nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga 

marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir 

ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizim-

da yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi. 

Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab 

chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, 

boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining 

soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy 

hujjatlar hisobga olinadi. 

F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni 

jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, 

firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. 

Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida 

e’tibor qaratish zarur.  

Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik 

yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish 

sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot 

oqimlari kompleksidir.  

 

4.2. Makromarketing va mikromarketing 

 

1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga 

kiritdi. Bu tushuncha maqsadli iste’molchilarga nafaqat tovar va 

xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan 

imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda 

tutadi. 


Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra 

tijorat va notijorat marketingi farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda 

olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan, savdo va 

xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar 

turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir. 

Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, 

qariyalar pansionati kabilarda notijorat marketing tadbirlari o‘tkazilib, 



82 

 

tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab 



chiqiladi.

8

 



Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy 

shakllari tavsiflangan. 



Hududiy jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro 

(eksport, global va jahon) marketingi; qo‘llanish sohasiga qarab 

iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi. 

Bugungi kunda jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga 

qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy 

marketing qo‘llaniladi.  



Tarmoqli marketing – sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchi-

larining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi 

tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu 

tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli 

tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir 

turidir. 



Mikrodarajada marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini 

o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi. Mikromarketing  (ingl. Micromar-

keting) — iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va 

psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab 

chiqilishi, mahsulotlar ishlab chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va 

reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga qaratilgan marketing 

sa’y-harakatlari.  

Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’mol-

chilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni 

ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq 

harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti 

sharoitida makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib 

berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi. 

Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va 

iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni 

tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy 

jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan muammo hisoblanadi.            

1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini 

makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan 

holda sotuv va iste’molchi bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor 

infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori 

                                                                 

8

Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич Маркетинг. 4-изд.-СПб., “Питер” 2012 г. 



83 

 

darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda 



marketingni jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan                

(R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.). 



Makromarketingga  quyidagi sohalar: marketing texnologiyasi, 

tovarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy resurslarni 

kengaytirish va jamlash marketingi, ijtimoiy marketing va h.k. kiritildi. 

Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanishning mahsulidir. 

Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur. 

Rivojlanmagan jamiyat: hamma o‘zi uchun mahsulot ishlab chiqaradi va 

sotuvchilar bo‘lmaydi, vositachilik rivojlanmaydi. Rivojlangan jamiyat: 

hamma narsa bozor orqali, degan g‘oyaga amal qiladi. 

Makromarketing – «mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqaruvchidan 

iste’molchiga jamiyat talab va istaklaridan kelib chiqqan holda yetkazib 

beriladigan ijtimoiy jarayondir»: 

- Butun bir tizimni qamrab oladi. 

- Bu samarali va adolatlimi? 

Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng 

qo‘llanmoqda. Turizmning rivojlanishi tabiiyki, turizm marketingini, 

ta’lim xizmati bozorlarining kengayishi ta’lim xizmatlari marketingiga 

ehtiyojni keltirib chiqardi.  

Agromarketing  esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi 

sohasining o‘ziga xos tadqiqotlar kompleksidir. 

Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks 

yondashuv talab etiladi. Bunga sabab quyidagilardir. 

•  Notijorat tashkilotlar maqsadlarining ko‘p qirraliligi va 

daromadni oshirish maqsadining yo‘qligi   

•   Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi 

tufayli daromadning pasayishiga olib kelishi 

•  Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi 

•  Davlatning notijorat tashkilotlarga e’tiborining kuchliligi 

Ko‘rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika, Skan-

dinaviya, G‘arbiy Yevropa) maktablarining marketing klassifikatsiyalari 

mavjud. 

Global marketing – jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida 

trans milliy korporatsiyalar tomonidan qo‘llanilayotgan faoliyat bo‘lib, 

zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asosida glo-

bal marketing strategiyalaridan foydalanadi. Jahon yagona bozor, deb 

qaraladi va bir xil marketing strategiyasi qo‘llaniladi. Masalan, “Pepsi 


84 

 

Cola”, “Coca-Cola”, “Macdonalds”, “Adidas”, “Sony”, “Toshiba” va 



boshqa kompaniyalar faoliyati. 

 

4.1- jadval  

 

Marketing klassifikatsiyasining  asosiy xarakteristikalari 

 

Marketing 



evolyutsiyasi 

bosqichlari 

Marketing 

shakli 

Bozorda 

talab 

shakli 

Marketing 

turi 

Marketingni 

qo‘llash 

sohasi 

Marketing 

qo‘llashning 

shakli va 

yo‘nalishi 

1950 –


yilgacha 

Nodifferensial 

marketing 

Salbiy Konversion Foyda 

olish  Daromadli 

tijorat 


marketingi 

1960 – yil 

 

 

Differensial 



marketing 

 

Talab 



yo‘q 

 

Rag‘batlanti-



ruvchi 

 

Foyda va 



boshqa maqsad 

 

Notijorat va 



tijorat 

marketing 

 

1970 –yil 



 

 

 



Konsentrlash-

gan marketing 

 

 

Yashirin 



Pasayuv-

chi  


 

Rivojlanuv-

chi 

Remarketing 



 

Qo‘llash 

sohasiga qarab 

 

Milliy, 



mintaqaviy 

mahalliy 

xalqaro 

(eksport, 

global) 

 

1980 –yil 



 

 

 



 

Kompleks 

marketing 

 

 



 

To‘liq 


 

 

 



Sinxro 

marketing 

 

 

Faoliyat turiga 



qarab 

Iste’mol, 

sanoat, 

investitsion 

xizmat 

sohasi 


marketingi 

 

1990 – yildan 



hozirgacha 

 

Kommunikativ 



marketing 

 

Haddan 



ortiq  

 

Norat-



sional 

 

Qo‘llovchi 



marketing 

 

Demarketing 



Qarshilik 

ko‘rsatuvchi 

 Tashkilotlar 

marketingi, 

egomarketing, 

joy 


marketingi, 

g‘oyalar 

marketingi, 

ijtimoiy 

marketing 

 

Xalqaro marketing - tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori 

marketingidir. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan ko‘pgina 

farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o‘z marketing 

strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umummadaniy 

va iqtisodiy muhitlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga 

xalqaro marketing: firmaning tashkiliy ishlarini jahon standartlari 

darajasida, mahsulotni rejalashtirish, sotish, harakatini tashkil etish va 



85 

 

narxlashtirishda o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Xalqaro marketing 



strategiyasi eksport, import va qo‘shma korxonalar tashkil etishga 

alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon 

bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozorni tanlash va 

unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar 

faoliyatini tadqiq qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 

To‘g‘ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo‘lib, iste’mol-

chining istagini uyg‘otish, uning buyurtmasini olish uchun bir yoki bir 

necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri marketingni 

iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To‘g‘ri 

marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va 

saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri marketing - kataloglar, pochta 

orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni 

bildiradi. 



Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan 

vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli 

muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.

9

 



Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni 

amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing 

faoliyati harakatlaridir. 

Ijtimoiy- etik marketing – bu marketing turi uzoq muddatga 

mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va 

ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati 

haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va 

korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor 

qaratiladi.  

Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar 

marketing rivojlanib bormoqda. 



 

4.3. Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning 

o‘zaro bog‘liqligi 

 

Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va 



reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha 

ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) 

yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing 

                                                                 

9

Marketing, Bozorshunoslik / A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 y. 



86 

 

sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab 



chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi. 


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish