Marketing funksiyasi tarkibi
Marketing
tadqiqotlari
Ichki va tashqi muhit tahlili, xalqaro bozorlar tahlili, sotuv bozorlari,
kapital bozorlari, moddiy va mehnat resurslari bozorlari tahlili, sanoat
tarmoqlari tahlili, sotuvlar tahlili, iste’molchilar talablarini o‘rganish,
tovar tarqatish kanallari tahlili, reklama faoliyatining tahlili, tovar va
uning qadog‘i tahlili, axborot to‘plash va tahlil qilish, marketing
operatsiyalarini o‘rganish, marketing–miks kompleksi tadqiqoti,
raqobatchilarni o‘rganish, benchmarking, talab va sotuv hajmining
istiqbolini belgilash va h.k.
Mahsulot
assortimentini
rejalashtirish
siyosati
Tovar siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning mahsulotlar
assortimentini ishlab chiqarish va aniqlash, mahsulot sifati va uning
raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini kuchaytirish, yangi mahsulot
ishlab chiqarish va boshqalar.
Sotishva
taqsimlash
Tovarlarni sotish va taqsimlash siyosatini ishlab chiqish, samarali
sotuv kanallarini tashkil etish, sotuv kanalarini tanlash, yuklarni
saqlash, tashish, transportirovka qilishni tashkil qilish, savdo
aylanmasi va budjetini aniqlash, sotuv hajmi va tovarlar oqimini tahlil
qilish.
Reklama va
sotuvni
rag‘batlantirish
Reklama va sotuvni rag‘batlantirish siyosatini ishlab chiqish, sotuvni
rag‘batlantirish mexanizmlari samarasini asoslash, savdo agentlari
harakatlarini muvofiqlashtirish, tovar harakati jarayonida yangi
internet texnologiyalar va elektron savdo samarasini asoslash,
xaridorlar va iste’molchilar xaridini rag‘batlantirish, firmaning ichki
reklamasini tashkil qilish, sotish bilan shug‘ullanuvchi ishchi
xodimlarni rag‘batlantirish, omma bilan aloqalarni rivojlantirish.
Narx
shakllantirish
Narx shakllanishining taktika va strategiyasini ishlab chiqish, tovar
hayotiylik davrining turli bosqichlarida turli bozorlar uchun narx
matritsasini ishlab chiqish, joriy narxlarning o‘zgarish mexanizmini
ishlab chiqish, raqobatchilar narxi tahlili, yangi tovarlar narxini
belgilash va h.k.
Marketing-
menejment
Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati
tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni
optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining
samarasini baholash.
Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi
funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi.
44
• Tashqi muhit tahlili.
• Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning
ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish.
• Bozor va iste’molchilarni o‘rganish.
• Tovar siyosatini o‘rganish.
• Tovar harakati va sotuvni shakllantirish.
• Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash.
• Marketing faoliyatini boshqarish.
• Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash.
• Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik
normalarga mos kelishini ta’minlash.
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan
qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq.
Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar
tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi,
moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyati-
ning funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr
ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani
bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq
quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik
darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil
qilish; 4- sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning
integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan
funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki,
firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun
yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak.
Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari
funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini
ta’minlashga yo‘naltirilgandir.
2.3. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish
bo‘yicha marketingning vazifalari
Firmaning maqsadiga mos ravishda turli marketing konsepsiyalari
ishlab chiqiladi. Istiqboldagi rivojlanish strategiyasi belgilanadi. Korxo-
naning tashkiliy strukturasi mukammallashtiriladi. Tovarni samarali
sotish kanallari aniqlanadi va tanlanadi. Korxonaning atrof-muhit bilan
45
bog‘liq bo‘lgan vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchi o‘z
mahsulotlari bilan iste’molchiga zarar yetkazmasligi, atrof-muhitni
ifloslantirmasligi, ekologik sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborot
bazasini shakllantirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish
muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi firmaning potensial
imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga
taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va
taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq
vazifalari mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan):
• Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari.
• Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa.
• Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari.
Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlari-
ga muvofiq ravishda shakllanadi.
2.3 - jadval
Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari
Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar: 1. MT-
marketing tadqiqoti; 2. S-segmentlash, MST-maqsadli segmentni
tanlash; 3. TS-tovar siyosati; 4. NS-narx siyosati; 5. SS-sotish(savdo)
siyosati; 6. KS- kommunikatsion siyosat; 7. Nazorat (N), ya’ni teskari
aloqa vositasida natijalarni baholash; 8. Marketing strategiyasi va
taktikasini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash.
TALAB
KONYUNKTURASI
MARKETINGNING
VAZIFALARI
To‘liq talab
Talabni bir me’yorda qondirish
Tushayotgan talab
Talabni shakllantirish
Yashirin talab
Talabni rivojlantirish
To‘xtayotgan talab
Talabni jonlantirish
Tebranuvchi talab
Talabni sinxronlashtirish
Haddan ortiq talab
Talabni tartibga solish
46
Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri
keladi. Alternativ yechimlar yoki qarorlar va ular yechimining ko‘pligi
eng maqbul, optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni talab etadi.
Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi,
ta’minotchi, buyurtmachi va shunga o‘xshash marketingning muloqot
auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bo‘lgani
sababli u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish
murakkab boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan tengdir.
Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi quyidagilar
bilan izohlanadi.
• Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar
uchun turli natijalar berishi.
• Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli
mezonlarni qabul qilish va optimallashtirish juda murakkab.
• Biror qaror qabul qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul
xodimlarni, turli korxona va xizmat ko‘rsatish strukturalarini va
boshqaruv organlarini jalb etish zarur.
• Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida
bajarilishi zarur.
• Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi,
buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
2.4 - jadval
Marketing-menejmentda muammoni hal qilish jarayoni
Jarayon
bosqichlari
Jarayon obyektlari
Misollar namunalar
Situatsion tahlil; imkoniyatlar,
xavf-xatarlar, tashqi muhit
Ish vaqti, ekologiya
Rejalashtirish
Kuchli-kuchsiz tomonlar Marketing,
personal
Maqsadlar, talab etilgan holat
Xarajatlarni yopishga, bozor
ulushi, tovar aylanmasi
Qarorlar
Strategiyalar: imkoniyatlarga
yo‘naltirilganlik
Kooperatsiya, liderlik narx-
navoda
Amalga oshirish
Bajarish vositalari: o‘tkazish,
muvofiqlashtirish,
optimallashtirish
Marketing-miks budjet, reklama,
rejasi
Nazorat
Natijalar: samarali yondashilgan,
egiluvchan.
Rivojlanish vaqti xodimlarning
qoniqarligi. Shaxsiy kapitalning
o‘sishi
47
Marketing funksiyalari evolyutsiyasi marketing bo‘yicha quyidagi
mutaxassislarning zarurligini amaliyotda shakllantirdi. Taraqqiy etgan
davlatlarda marketing sohasi bo‘yicha keng tarqalgan 10 ga yaqin
mutaxassisliklar turli firma va kompaniyalarda yuqori ish haqi olib
faoliyat ko‘rsatadilar. Bular reklama va omma bilan aloqalar bo‘yicha
direktor – 500 - 4700 AQSh dollari, marketing bo‘yicha direktor -1000-
5300, marketolog – 800-1500, brend – menejer – 800-3000, reklama
bo‘yicha menejer – 800-2000, omma bilan aloqalar - PR – 800-3000,
media-planer – 700-2000, kreativ direktor – 1600-4000, media – bayer –
800-2000, kopirayter – 700-1500AQSh dollarida maosh olishi mumkin.
Marketingni boshqarish talabni boshqaruv jarayonida muam-
molarni hal etish, marketing faoliyatining samarali tadbirlarini o‘tkazish
orqali ma’lum siyosatni olib borish, vaziyatli tahlil, maqsadlarni
aniqlash, strategiyani ishlab chiqish, tartibga solish vositalarini tanlash,
natijalarni nazorat va tahlil qilishdan iboratdir. Marketingni boshqarish-
ning asosiy mazmuni bu qarshi talab, talabning yo‘qligi, yashirin talab,
pasayuvchi talab, doimy bo‘lmagan talab, to‘liq talab, ortiqcha talab,
ratsional bo‘lmagan kabi talablarni boshqarish demakdir.
Marketing-menejment konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy
g‘oyalar tizimi, instrumentariysi (yo‘llanmasi, vositalari), atrof-muhit
tahlili va undan kelib chiqqan holda strategiyani ishlab chiqish, amalga
oshirish va nazoratdir. Marketingni boshqarish konsepsiyasining asosiy
elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-Tadbirkorlik, atrof-muhit, madaniyat, siyosat, bozorlar, tarmoqlar,
raqobatchilar.
-Siyosatning shakllanishi (konsepsiya, model, maqsadlar, strategiya-
lar).
-Siyosatni amalga oshirish (rejalar, budjet, marketing tadbirlari).
-Siyosat nazorati (natijalar tahlili, obyektiv va subyektiv o‘zgarish-
larni tahlil qilish va baholash).
Har qanday korxona yoki firmaning tarkibiy boshqaruv strukturasi
uning faoliyat yo‘nalishini, ixtisoslashuvini, qo‘yilgan maqsadlarga olib
borish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Struktura ish joylarini
va lavozimlarni belgilaydi. Firma o‘z ishlab chiqarish rejasi, mahsulot
turi, qadoqlanishi, sotishni tashkil etishva sotuvdan keyingi xizmat kabi
faoliyatiga qarab strukturasini tuzadi. Optimal tuzilgan, tizimga solingan
struktura ko‘p jihatdan samaralifaoliyat garovidir. Funksional struktura
48
har bir boshqaruv pog‘onasida ma’lum vazifalarni bajarishni, bo‘limlar
va boshqaruvbosqichlarida muvofiqlikni talabetadi.
Tadbirkorlik sohasida marketing – menejment talab va taklif
o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatlarni tartibga soluvchi mexanizm
sifatida namoyon bo‘ladi. Iste’molchilar xulq – atvorini tahlil qilish
natijasida faoliyatni tartibga solish, talabni boshqarish, yangi talab
turlarini shakllantirish, o‘zgarib turuvchi konyunkturaga ta’sir ko‘rsatish
marketing –menejmentning vazifasidir.
Marketing-menejment samarasi faoliyatning iste’molchiga va
bozorga yo‘naltirilganligi bilan belgilanib, marketing rejasida to‘g‘ri
strategiya va taktika qo‘llanilishiga bog‘liq.
Istiqbolni belgilash bosqichida yuqoridagi tahlil materiallari asos
bo‘ladi. Xaridorlar va raqobatchilar xatti-harakatidagi tendensiyalar
aniqlanib, yangi bozorlar, sotuv kanallari tanlanadi. Bo‘sh bozor
segmentlarida faoliyat yuritish uchun yangi faoliyat turi bilan shug‘ul-
lanish ham raqobat afzalligini qo‘lga kiritishning samarali yo‘lidir.
Strategik marketing bosqichida uzoq muddatga mo‘ljallangan
rejalar asoslanadi. Iste’molchilar va bozor segmentlarini to‘g‘ri tanlash,
bo‘sh bozor tokchasida o‘z ulishini shakllantirish firmaning uzoq vaqt
mustahkam bozorni egallashiga yordam beradi. Firma o‘z raqobatchilari
va savdo agentlari, tashkilotlari bilan samarali munosabatlarni
shakllantirib, biz nimaga erishmoqchimiz, savoliga javob berishi kerak.
Bu davrda tegishli marketing tadbirlari ishlab chiqariladi va amalga
oshiriladi. Marketing – miksning elementlaridan qaysi biriga e’tibor
kuchaytirilishi kerakligi aniqlanadi.
Strategiya va marketing – miksni amalga oshirish bosqichida uning
natijalari samarasi tahlil qilinib, nazorat va baholash ishlari olib boriladi.
Firma o‘z maqsadiga erishdimi, talab va taklif o‘rtasidagi farqni qanday
qilib tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak, deb fikr – mulohazalar va
konkret qarorlar qabul qilinadi.
F.Kotlerning fikricha, marketing-menejment jarayoni quyidagilar-
dan iborat.
-Bozor imkoniyatlari tahlili.
-Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
-Marketing kompleksini ishlab chiqish.
-Marketing tadbirlarini amalga joriy etish.
Marketing-menejmentda boshqaruv qarorlari quyidagi yo‘nalish-
larda bo‘lishi mumkin:
49
Tahlil. Tahlil bosqichida marketing elementlarining strategik va
taktik muammolari tahlil qilinadi, bularga atrof – muhit, xaridorlar,
raqobatchilar, savdo jarayoni kiradi. Tahlil natijasida firmaning mavjud
sharoitda raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari tadqiq
qilinadi va keyingi faoliyat yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, yoki
taktik tadbirlar o‘tkazilishi va mavjud strategiyaga aniq o‘zgartirishlar
kiritilishi mumkin. Bularga:
- Marketing konsepsiyasi va axborot tizimini, benchmarking,
marketing qarorlarini qo‘llab – quvvatlash, marketing tadqiqotlari holati
tahlili.
- Marketing tashqi muhiti – makro va mikro muhit omillari
tahlili.
- Iste’mol bozorlari va xaridorlar xulqi — xarid qilish modeli,
sotib olish haqida qaror qabul qilish, xaridorlar xulqiga ta’sir etuvchi
omillar tahlili.
- Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari
bozori tahlili (maktablar, kasalxonalar, bog‘chalar, ta’lim muassasalari
va boshqalar).
- Raqobatchilarni aniqlash, ularning soni, bozordagi ulushi,
potensial imkoniyatlari, ular strategiyasi, kuchli va kuchsiz tomonlari,
ular bilan o‘zaro ta’sir munosabatlari, iste’molchilarga va raqobat-
chilarga yo‘naltirilgan strategiya tahlili.
Maqsadli bozorni tanlash.
- Bozor talabini hisoblash va istiqbolini belgilash.
- Bozor segmentlarini aniqlash va maqsadli bozorlarni asoslash.
- Strategiyalarini asoslash va marketing takliflari istiqbolini
belgilash.
- Ta’minotchilarni aniqlash, raqobat afzalliklarini aniqlash,
firmaning bozorda pozitsiyasini aniqlashda kommunikatsion tadbirlarni
tanlash, raqobatning tabaqalanishini tahlil qilish.
- Bozor liderlari, innovatorlar uchun marketing strategiyalarini
ishlab chiqish.
- Global bozor uchun strategiya ishlab chiqish, global marketing-
ning tashqi muhitini baholash, xorijiy bozorlarga chiqish haqida qaror
qabul qilish, marketing xizmati strukturasi va uni takomillashtirish
haqida qaror qabul qilish.
- Narx – navo strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, narxning
egiluvchanligini ta’minlash.
50
Yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish,
ishlab chiqarishga joriy etish.
- G‘oyalarni amalga oshirish, tovarni yangilash konsepsiyasini
amalda tekshirib ko‘rish.
- Yangi tovarni ishlab chiqish, bozorda iste’molchilarning fikrlari-
ni bilish uchun testlar o‘tkazish, xaridorning yangi tovarni tan olganini
o‘rganish.
- Tovar hayotiylik davrini boshqarish.
- Tovar assortimentini boshqarish.
- Servis sohasi tadbirkorligini boshqarish, mavjudva istiqboldagi
xizmat turlarini tasniflash, xizmatlar xarakteristikasini tahlil etish,
xizmat sohasida marketing strategiyasini ishlab chiqish, xizmatlarni
boshqarish.
Tovar va xizmatlar tarqatish kanallarini tanlash va boshqarish.
- Kanal strukturasi haqida qaror qabul qilish.
- Kanallarni boshqarish haqida qaror qabul qilish.
- Marketing kanallari dinamikasi tahlili.
- Tovar tarqatish kanallari tizimida o‘zaro ta’sir va aloqalar
jarayonini o‘rganish.
- Chakana va ulgurji savdoni boshqarish, savdo personallarini
takomillashtirish.
Marketing tizimida kommunikatsion jarayonlarni boshqarish.
- Kommunikatsiya strategiyasi va tovarni siljitish, ya’ni harakatga
keltirish strategiyasini ishlab chiqish.
- Hamkorlar, iste’molchilar, raqobatchilar bilan samarali muno-
sabatlar tizimini ishlab chiqish.
- Multimedia kompaniyalarining optimal qarorlarini ishlab
chiqish, reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjetini aniqlash,
reklama vositalarini tanlash, reklama samarasini baholash.
- Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, sotuv va pablik
rileyshenz (omma bilan aloqalar)ni optimallashtirish.
Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat
qilish.
Kompaniyani tashkil etish.
- Marketingni tashkil etish.
- Marketing qarorlarini samarasini baholash.
- Marketing faoliyati nazorati va auditi.
Firma marketing menejmenti uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan
boshqaruv qarorlarini shakllantirib, firmaning barcha bo‘limlarida
marketing dasturlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va samarasini
51
baholaydi. Marketing menejment tizimida boshqaruv ta’siri turli
yo‘nalishlarda aks etadi. Boshqaruv obyektiga, boshqaruv jarayoniga va
funksiyalarga ta’sir etishi mumkin. Boshqaruv jarayoniga va firma
bo‘limlari funksiyalariga ta’sir ham o‘ziga xos xarakterga ega. Firmani
boshqarishning marketing siyosati o‘z strategiyasiga ega bo‘lishi kerak.
2.1-rasm. Marketing – menejmentning strategiya va taktikasi
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib
qolgan vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq. Bunday
omillarga quyidagilar kiradi:
1. Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan
tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani bosh-
qarishning yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamay-
tirishi. Shu bilan birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z
Marketing-Menejment
Strategik marketing-
menejment
Taktik marketing-
menejment
-Marketing muhiti tahlili
-Marketing –miks instrumentini
strategik rejalashtirish
-Marketing tizimining rivojlanish
strategiyasi
-O‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish
strategiyasi
-Motivatsiya strategiyasi
-Strategik nazorat
-Bozorni o‘rganish
-Marketing –miks operativ
tadbirlarni rivojlantirish
-Marketing faoliyatini tashkil qilish
-Bozordagi harakat taktikasi
-Motivatsiya taktikasi
-Nazorat
-Audit
Firmani boshqarishning marketing siyosati
Marketing sohasida strategik
qarorlarni boshqarish
Marketing sohasida taktik
qarorlarni boshqarish
52
ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi
kerak.
2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi,
xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.
Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning
yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning mala-
kasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari.
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
- marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish,
tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va
boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida;
- marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari
bo‘yicha bajarish tarzida;
- marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha
ijro etish shaklida.
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan
iborat.
1-qarorning tayyorlanishi (marketolog).
2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va
murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil,
qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar
tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq-
bul yechim varianti qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud:
− ratsional qaror qabul qilish nazariyasi;
− qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi.
Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni
talab etadi:
− nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)?
− resurslarning sarf -xarajati qancha?
− qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak?
− kim bajarishi kerak?
− qaysi muddatda bajarish kerak?
− kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ?
− qayerda bajarish kerak?
53
− qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik,
texnik).
Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni
nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik,
egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga
modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash-
tirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr –
mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining
sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish
kerak:
− qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish;
− iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish;
− qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash;
− funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni
belgilash usullarini qo‘llash;
− sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini
qo‘llash;
− qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash;
− qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash;
− qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish;
− yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish;
− qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘bat-
lantirishni yo‘lga qo‘yish.
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va
eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari-
ni solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
− Vaqt.
− Obyekt sifati.
− Ishlab chiqarish va sotish hajmi.
− Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi.
− Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli.
− Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga.
− Inflatsiya darajasiga.
− Tavakkalchilik va noaniqlik.
Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda
quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak:
− Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak.
54
− Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech
qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim
variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni
korrektirovka qilinadi.
− Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini
ta’minlashi zarur.
− Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini
ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |