1. Firmaning raqobat strategiyasi va taktikasining mazmuni va mohiyati.
2. Firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
3. O’zbekiston Respublikasida zamonaviy raqobat muhitining shakllanishi va rivojlanish holati
Firmaning raqobat strategiyasi va taktikasining mazmuni va mohiyati
Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro maydonda mamlakatlar emas, balki firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning rolini aniqlab olish uchun firma qanday qilib raqobat ustunligini yaratishi va saqlab qolishini tushunib olish zarur. Hozirgi paytda firmalarning raqobat imkoniyatlari ularga asos solingan mamlakatlar chegaralari bilan cheklanib qolmaydi. Raqobat ustunligini yaratishda global strategiyalar roliga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki bu strategiyalar firmalar mamlakatlarining rolini butunlay o’zgartirib yuboradi.
Raqobatning tabiatini tushunish uchun asosiy birlik tarmoq qayta ishlash yoki xizmat sohasi ekanligining ahamiyati yo’q, ya’ni tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqaruvchi va o’zaro raqobatlashayotgan raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Strategik muhim tarmoq raqobat ustunligining o’xshash manbalariga ega mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Bunga misol – faks texnikasi, polietilen, uzoq masofalarga yuk tashish uchun og’ir yuk mashinalari va bosim ostida plastmassa quyish uskunalari ishlab chiqarishdir. Amaliyotda taromqlar o’rtasidagi chegaralar har doim ancha nisbiydir.
Savdo va raqobat to’g’risidagi ko’p bahslarda tarmoqlarning juda ham umumiy ta’rifi qo’llaniladi. Masalan, «bank ishi», «kimyoviy sanoat» yoki «mashinasozlik» kabilar shular jumlasidandir. Bu juda ham keng yondashuvdir, chunki raqobatning tabiati ham, raqobat ustunligi manbalari ham har bir shunday guruh doirasida sezilarli o’zgaruvchandir. Masalan, mashinasozlik – yagona tarmoq emas, balki turli strategiyalarga ega o’nlab tarmoqlardir. Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqib, firmalar o’z tarmog’ida foydali ravishda va uzoq muddat raqobatlashish usulini topish va mujassamlashtirishga harakat qiladilar. Tashqi iqtisodiy faoliyatda universal raqobat strategiyasi mavjud emas, balki sanoatning muayyan tarmog’i, konkret firmaga ega bo’lgan ko’nikmalar va kapital sharoitlari bilan muvofiqlashgan strategiyagina muvaffaqiyat keltirishi mumkin.