Tovarni peshtaxta orqali sotish - tovar sotishning odatdagi usuli
bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma
asosiy elementlari, chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning
assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan
tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida
savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma
tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar
savatlar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi
do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi.
292
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish
joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va
yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida
xaridor savdo maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli
tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning
haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki
qo‘shimcha haq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor
o‘ziga kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat
korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil
etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo
qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol
xarajatlarini kamaytirish iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim
ahamiyatga ega:
- chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan
narxlarda kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
- shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy
interyer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo
korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar
bilan savdo qilish;
- “qulay do‘konlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan
yangi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga
butun kun mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Sotish kanallarining bosqichlari, subyektlari strukturasi (a’zolari)
tarqatish kanali tarmog‘ining shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Vositachining turi aniqlangandan so‘ng vositachi qaysi tashkilot
nomidan kimning hisobiga operatsiyalarni bajarayotganini bilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bunday yondashuvda 4 turdagi vositachilardan foydalanish
mumkin:
1) diler(o‘z nomidan va o‘z hisobidan ishlaydi);
2) distribyuter(boshqa firma nomidan va o‘z hisobiga);
3) komissioner(o‘z nomidan va boshqalar moliyaviy mablag‘i
hisobiga)
293
4) agent, broker (boshqasi nomidan va o‘zga firma hisobiga)
faoliyat ko‘rsatadi.
Diler – shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to‘liq to‘lovni
amalga oshirgandan so‘ng tovar egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga
ko‘ra barcha vazifalar bajarilgandan so‘ng diler va ishlab chiqaruvchi
firma o‘rtasida munosabatlar to‘xtatiladi.
Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum
joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor
mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan
faoliyat olib boradi.
Komissioner – sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin
mahsulot sotish bo‘yicha o‘z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni
butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi.
Komitent – ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir
qancha ayirboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs.
Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi.
Agentlar – vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z
nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma
hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent bitimda ko‘rsatilgan
sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Brokerlar – vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka
(tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni
taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi faqat
vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish
va sotib olish bitimi shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan
shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan
tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab
belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish
tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och materiallar, og‘ir yuklar va b.).
Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi
– sotdida ishtirok etadilar va o‘z xizmatlari uchun komission haq bilan
rag‘batlantiriladilar.
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali
sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi
bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat.
Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning
nomidan ish ko‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik
ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon
294
shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro
uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.
Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo
korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan,
investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilar-
ni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini
qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya
shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada
jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning
ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan
narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va
tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat.
Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir
qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat
hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi.
Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish,
ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish
olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati
tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni
sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida
“sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo
firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi,
shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.
Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar
bo‘lib, bir necha firmalar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday
vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan buyurt-
malar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida
ish olib boradi, ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma
mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi.
Makler – ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda
vositachilik qilib, mumkin bo‘lgan shartnomalarni topish va uni bajarish
bilan shug‘ullanadi.
295
Sotuv shaxobchalari – (filiallari) iste’molchiga yaqin bo‘lgan
joylarda savdoni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona
tomonidan shakllantiriladi. Savdo shaxobchalarining asosiy foydasi
iste’molchilarga tovarlarni tez yetkazb berish va bozor konyunkturasini
o‘rganishdan iborat.
Savdo–vositachilik ishlarining yana bir turi - komission faoliyatdir.
Komissioner, deb ataladigan bir tomonning komitent, deb ataladigan
ikkinchi tomon topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z
nomidan bitimlarni amalga oshirishdan iborat faoliyat turi. Komitent
bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shart-
nomasi bilan tartibga solinadi.
Savdo sindikatlari – bunday tashkiliy firmalar bir turdagi mahsu-
lotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarmoqlarida (yoqilg‘i, sement,
metall, o‘g‘itlar) va qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab
chiqaruvchi korxona marketing tadqiqotlari asosida mumkin bo‘lgan
tarqatish kanallari strukturasini aniqlaydi va mavjud resurslar orqali
hamda o‘z shaxsiy ta’minotchilari bilan sotuv faoliyatini amalga
oshiradi. Ishlab chiqaruvchi firmalar uchun mustaqil ravishda tovar va
xizmatlarni tarqatish samarasiz bo‘lsa, ular boshqa samaraliroq tarqatish
kanallaridan foydalanib ish ko‘radi.
11.2. Ulgurji va chakana savdo
Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqa-
tish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana
tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab
chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori
bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini
ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin.
Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida
vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga
xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u
o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega
bo‘ladi.
Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak:
• Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash.
• Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-
digan xarajatlarni tahlil qilish.
296
• Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish,
operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib
olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish).
• Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga
yordam berish.
Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab
chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni
maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi,
yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar
bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar
talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu
bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi
ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Ulgurji savdo – tovar va xizmatlar sotilishi bo‘yicha faoliyat-
larning hamma turini: qayta sotish maqsadida ularni kim sotib oladi,
professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilarni o‘z ichiga
oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni ko‘plab turli
xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali
yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliya-
lashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilar-
da yordam beradi.
Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab
chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta’min-
lovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida
aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %).
Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar
zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham
shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo,
agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek,
mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor
infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi.
Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan ham-
ma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan
foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatish-
ning to‘liq yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar
zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni
yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga
297
ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni
tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.
Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli
ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini
sotadilar.
Ulgurji savdo – umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik
vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati:
• chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini
kengaytirib taklif etadi;
• katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
• yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar
bozorini chuqur o‘rganadi;
• tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;
• ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam
aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;
• ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari -
ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy,
hissadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin.
Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor
xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida
ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchi-
larga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.
Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular
tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor
xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar
vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni
chakana sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga
sotadilar.
Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z
mijozlariga kamroq xizmat ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob
bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji
sotuvchilar.
Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana
do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir.
Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli–
tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi.
298
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi.
Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi.
Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa
vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan
oldi - sotdi shartnomasini tuzadi.
Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari
bilan farqlanadi:
1. Xususiy hissadorlar.
2. Ijara mulklarga asoslangan chakana savdo.
3. Qo‘shma mulklarga asoslangan chakana savdo.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
1. Do‘konning jihozlari.
2. Mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi.
3. Tovar assortimenti.
4. Savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra.
Chakana savdo vositachilarini quyidagi belgilariga ko‘ra
tasniflash mumkin:
1. Do‘konga taalluqliligi bo‘yicha:
a) mustaqil chakana savdo qiluvchi do‘konlar (odatda, bir odam-
ning mulki hisoblanadi. Bu qoidaga ko‘ra savdo masalalarini do‘kon
egasining o‘zi hal qiladi), xizmat ko‘rsatish darajasi yuqoriligi bilan
ajralib turadigan uncha katta bo‘lmagan do‘konlar:
b) korporativ tarmoq o‘z ichiga ko‘p sonli do‘konlarni oladi.
Mulkdor hisoblanadi. Bu turdagi chakana savdo tashkilotining bu turini
afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali
transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma olish,
tashkil etishning yuqori darajasi, sotishni rag‘batlantirish va bashorat
qilish imkoniyati, tovar zaxiralari va narxlarni boshqarishdan iborat.
2. Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha:
a) Xizmat ko‘rsatish cheklangan do‘konlar-avvaldan tanlangan
tovarlar bilan savdo qiladi;
b) to‘liq xizmat ko‘rsatish yuqori do‘konlar — obro‘li do‘konlarga
nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga qidirish,
taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar beradi.
3. Savdo xizmati ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra:
a) do‘konda sotish;
299
b) tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish;
c) elektron savdo;
d) tarqatib sotish;
e) savdo avtomatlari orqali savdo.
4.Tovar assortimenti bo‘yicha:
a) ixtisoslashgan do‘konlar;
b) universal do‘konlar;
c) kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari;
d) keng tarmoqli universal do‘konlar.
5. Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do‘konlar
bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik qiladi
(ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning o‘zlari
do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli
pasaytirish imkonini beradi.
6. Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, odatda,
tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning afzalligi-
xaridorlarning ko‘z oldida, ularni ancha past narxlar bilan jalb etuvchi
(yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar
hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi.
7. O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini
realizatsiya qiladi.
Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan
yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan
assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be
vosita asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat
so‘rab, sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga
aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda
bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi
kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini boshqa-
radi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar
bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish
bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo do‘kon-
larida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi.
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug‘ul-
lanuvchi do‘konlar orqali, kam qismi to‘g‘ridan – to‘g‘ri marketing,
shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o‘z ichiga
oluvchi do‘kondan tashqari chakana savdo yo‘li bilan olib boriladi.
300
Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruv-
chidan sotib oladi.
11.3.Tovar harakati funksiyasi
Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash
jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal
etish. Sotish siyosati - iste’mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimoli
kutilgan variantlarni tahlil qilish va xo‘jalikning yuqori samarasiga
erishishini ta’minlaydigan mahsulot taqsimotining hamma shaxob-
chalarida eng maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sotish
siyosati – korxonaning taqsimlash miksi bo‘yicha marketing komp-
leksini ishlab chiqish va realizatsiya qismi bo‘yicha chora-tadbirlarini
o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar marketing subyektlarini sotuvga
mo‘ljallangan tovar va xizmatlarini kerakli miqdorda va tegishli sifatda,
aniq vaqtda tegishli joyga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak. Bu vazifalarning bajarilishi firmani rejalashtirilgan foydani
olishga olib keladi. Sotish siyosatida qaror qabul qilishning asosiy
mezonlari tovar aylanmasi hajmi, bozor ulushi va boshqalar qabul
qilinadi. Bu jarayonda tovarlarning saqlanish muddati ularni tarqatish
vaqtiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Sotuv kanallarining
imiji, taqsimlash kanallarida ishtirok etuvchi subyektlarning
kooperatsiya darajasi, tijoratda tavakkalchilik xavfinik amaytirish,
taqsimlash kanallarining egiluvchanlik hayotiylikligini uzoq ta’minlash
juda muhim hisoblanadi.
Savdo siyosatining vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni
samarali sotish uchun optimal savdo tarmoqlarini va tovarlarning
harakatlanish tizimini tuzishdir.
Jahondagi ko‘plab marketologlar maqsadli bozor va optimal savdo
natijaviyligiga tovar harakatlanishining ta’sirini narx siyosatiga nisbatan
yuqori, deb hisoblaydi. Yaponiyalik mutaxassislar umumiy marketing
tizimida savdo siyosati muhimligini ta’kidlab, tovarning va firmaning
bozordagi raqobat poydevorini oshirish bo‘yicha barcha marketing
kuchlarining asosi – o‘zagi, deb hisoblaydilar.
Marketing kompleksi tizimida savdo siyosati quyidagi qarorlarni
qabul qilishni ko‘zda tutadi:
- savdo va tovar harakati strategiyalarini firmaning umumiy
marketing strategiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;
301
-
Do'stlaringiz bilan baham: |