15-masala
O‘z mahsulotingizga tovar belgisini yarating. Eslab qolish oddiyligi,
firma faoliyati profiliga to‘g‘ri keladigan va originalligi nuqtayi nazari-
dan tahlil qiling.
16-masala
O‘z firmangiz tovarlarining qadoqlash (upakovkasi)ni aytib bering.
17-masala
Quyidagi tovarlarni 3 darajali tahlilini o‘tkazing.
- krem, “Dansova” detektivi, kinoteatrda film.
- yumshoq mebel, zamonaviy tufli, avtomat kir yuvish mashinasi.
Muammoli vaziyatlar
1. Amaliy marketingning kritik yondashuviga ko‘ra iste’molchilar-
ning ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak bo‘ladigan tovarlarni
marketing sotib olishga undaydi. Ushbu fikrga o‘z munosabatingizni
bildiring.
2. Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z
oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini
buyurdi. Tushlik vaqtida oshpaz bir uyum qisqichbaqalarni
mehmonlarga taqdim etdi. Ammo mehmonlar tayyorlangan taomning
hech qanchalik hayratomuz emas ekanligini bildirdilar. Shunda oshpaz
mehmonlarga yuzlanib qisqichbaqalar qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular
qimirlayotganligini ko‘rsatdi va rimlik mehmonlarni hayratga soldi.
Mehmonlarni kuzatib Yuriy Sezar Klodiydan bunga qanday erishganlik
sirini so‘radi. Klodiy esa bu juda oddiy shunchaki, pishgan qisqich-
371
baqalar orasiga bitta tirik qisqichbaqani qo‘yib yuborganligi va u
qimirlashi bilan qolganlarini ham qimirlatishini tushuntirdi.
Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida
marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini
tushuntirib bering.
3. Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab
chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish
uchun yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi.
1-marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini
aytdi.
2- marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasligini
aytdi.
Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri?
4.Quyidagi firmalarning faoliyati marketingning qaysi konsep-
siyasiga asoslangan?
“Viktoriya” firmasi erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ul-
lanadi. Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga
asoslanadi.
Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni
ishlab chiqaradi va keng assortimentda taqdim etadi.
“Zebra firmasi” kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining
agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi.
“Elektron” kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarish-
da tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda
o‘zining tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga
qaratadilar.
“Jamiyat” qurilish kompaniyasi faqat mazkur shaharda
ro‘yxatdan o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi.
Sizning kompaniyangiz marketingni tashkil etishda qanday
konseptual yondashuv bilan boshqaradi?
5. Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur?
Ularni qaysi manbalardan olish mumkin?
Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda ota-
onalarning qarorlariga bolalarning ta’siri darajasini o‘rganish.
Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish
imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda.
372
Toshkent viloyati Moliya-iqtisodiyot kolleji korxona va tashkilotlar-
ga uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda.
6. Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni
o‘ylab yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning
to‘rtta turi haqida aytib bering!
Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin?
7. Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning oziq-
ovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga mikromuhitining
qanday tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8. Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda.
Plastik qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu
holat qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering.
9. “Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif buyurganlardan necha
foyizi xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot
to‘plashning qanday usulidan foydalanish mumkin?
10. O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!
11. Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini qanday
qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating.
12. Sizning firmangiz duch kelgan raqobatchilar guruhi haqida
aytib bering.
13. Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning
holatini baholang.
14. Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday
qilib rag‘batlantirishingizni ayting.
15. Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq
holda) qanday o‘rin tutadi?
16. Segmentatsiya yordamida firma qanday maqsadga erishadi?
17. Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash
nimaga bog‘liq?
18. Qanday tovarni ishlab chiqaruvchilar nodifferensial marketingga
amal qilishi kerak va ular nima uchun tejamkor hisoblanadilar?
19. Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni oshi-
rish bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan
risklarni pasaytirishga qanday maslahat berasiz?
20. Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash mezon-
larini aytib bering.
21. Nima sababdan marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli
bozorni tanlashni taqozo etadi?
373
22. “Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $,
xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va
izohlang.
23. Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotil-
mayapti. Buni oldini olish maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz
kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan foydalanish maqsadga
muvofiq, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan
qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat
dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda siz
rahbar sifatida qanday ish tutasiz?
25. Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum
muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning
mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda
menejer sifatida qanday yo‘l tutishingiz kerak?
26. Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisob-
lanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota bosh-
ladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga qaramasdan,
ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi.
Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish
kerak?
374
QIZIQARLI MARKETING
Qiziqarli savollar-1
1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor:
1) sifat; 2) narx; 3-nima?
2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy,
qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin.
Savol: gap nima haqida ketmoqda?
3. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan,
to‘g‘rik, afg‘oni?
4. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga
hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida
qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga
ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining
eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa,
ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini
yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. Shu kompaniyalarning nomini
ayting.
5. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan
ham ko‘proq o‘ylovchi faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular
kimlar?
6. Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan
qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun?
7. Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib,
sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni
bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni bilsangiz, aytingchi
bu qanday yumush?
8. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya
o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi.
Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi.
Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting.
9. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi
kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday
texnikalar ishlab chiqargan?
375
10. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford,
Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel.
Javoblar:
1.Reklama.
2. Reklama.
3. VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin.
4. UMS-tuxum, BEELINE- asalari!
5. Kambag‘allar!
6. U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora
rang eng arzon rang hisoblangan.
7. Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator
bo‘lib turishgan.
8. Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan.
9. Harbiy texnikalar.
10. Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘i-
botchisi.
Qiziqarli savollar-2
1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv
ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol:
yozuvni aniq talaffuz qiling.
2. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati futbolchilarning
maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos
bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan.
Savol: bu erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin?
3. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht”
so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi
=”........” Bu qaysi so‘z ?
4. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada Coca-cola ichimligi
qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib
chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping?
5. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali
telefon. Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar
bo‘yicha eng ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol: qanday
sotuv usuli yoki X (iks)ni toping?
376
6. “Kung Fu Panda“ multfilmida Pandaning otasi, o‘rdak, oshxona-
sida bir marketing rejasi qo‘llagani keltiriladi. Savol: marketing
rejasining asosini o‘zbekchada ayting.
7. Mikelanjelo yoshligidan juda mohir haykaltarosh bo‘lgan. U
haykallarini juda ishonchli qilib yasagan, shuning uchun haykallarini
xaridorlarga qimmat narxda bir hiyla ishlatib sotgan. Savol: qanday
hiyla?
8. Yaqinda ilk nashr etila boshlangan bir gazeta muharrirlari o‘z
gazetalarining qo‘lma-qo‘l bo‘lishini ta’minlash uchun bir ish qilishdi.
Savol: ular nima qilishgan?
9. Poyga uyushtiramiz: kim birinchi bo‘lib menga “baqiradi”?!
Javoblar :
1. MADE IN CHINA.
2. PEDIKYUR.
3. MARK + ET + ING = MARKETING!
4. FANTA.
5. O‘sha tovarga taalluqli biror jihozni tekinga qo‘shib sotish.
6. “Sirli qayla”.
7. “Antik davrga tegishli haykallar” deb sotgan.
8. Gazetalarni tekin tarqatishgan.
9. Reklama!!!
Qiziqarli savollar-3
1. Marketing darsligida keltirilishicha tovarning bozorga sinmasdan
kirish ehtimoli aynan shunchaga teng ekan. Savol: qanchaga?
2. Turistik agentliklar mijozlarni jalb qilish uchun: «Sharqdan
G‘arbgacha sayohat» kabi reklama brendlari ostida ishlashadi.
Germaniyadagi eng nufuzli turistik agentliklardan biri «Misrdan-
Kiprgacha» degan xitob bilan firma ish ko‘lami kengligini bildirmoqchi
bo‘ladi. Misr bilan Kipr orasi uncha uzoq emas, buning ustiga iqlimi,
tabiatida ham uncha katta farq yo‘q. Savol: nega turistik firma bu
reklama brendini ishlatgan?
3. Bilasizki, Shvetsariya soatlari bilan ham mashhur. Shvatseriyalik
soatsozlar soatlarga ertalabki vaqtda tob berishni maslahat berishadi.
Menga qolsa bu maslahatga ishonmang degan bo‘lar edim. Savol: nima
uchun bunday maslahat berishadi?
377
4. 50-60-yillarda Yevropada bir mikser ishlab chiqaruvchi
kompaniya, insonlar imijlarini o‘rgangan holda o‘sha davr uchun yangi
bo‘lgan bir elektron moslama ishlab chiqaradi. Savol: o‘sha davrlarni
esga olingda ayting qanday moslama?
5. Devid Bekhemning “MY SIDE” nomli avtobiografik kitobi nashr
qilindi. Nashriyot bu kitobning ommalashishini bilib, u bilan 3 mln 60
ming funt sterlingga shartnoma tuzadi. Savol nima uchun aynan shuncha
summaga shartnoma tuzilgan?
6. 1879 – yilda Nobellar oilasi Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi.
Emmanuel va Gustav Nobellar Farg‘onada neft qazib chiqarishni yo‘lga
qo‘yishdi. Ularning tashrifi bois yana bir qulaylik yaratildi. Savol:
1880-yillarda Nobel firmasi yana qanday yangilikka asos soldi?
7. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bunday turdagi mahsulotlar-
ning har qanday reklamasi qattiq taqiqlangan. Savol: qaysi turdagi
mahsulotlar?
8. XIX asrning 2- yarmidan boshlab Yevropa gazetalarida asarlar
chop etila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab gazetalarda biz doim
duch keladigan uch so‘zdan iborat gap ham urf bo‘lgan. Savol: qaysi
gap?
9. Makeyavellining “Boshqaruvchi” asarida: “Iqtisodiyotga
buxgalterlar emas, ular kerak” deyilgan. Ular shug‘ullanadigan asosiy
fan ehtimollar nazariyasi fanidir. Savol: ularni toping.
10. 1970-yillardagi Budapesht shahri. Shahar kafelarida qiziq
holatni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, menyuda. Xuddi shu menyuda bir
dona sosiska 6 pul birligi. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 8 pul
birligi, deb ko‘rsatilgan. Savol: ikkinchi holatda unga nima qo‘shib
sotilgan?
Javoblar:.
1. 0,80!
2. Nemischada Misr-A bilan, Kipr- Z bilan boshlanadi. Bu bilan
firma dunyoning istalgan mamlakatiga olib boramiz, demoqchi bo‘lgan.
Nemislarda alfavit A-Z.
3. Chunki ertalab tob berilsa soat buzilishi tezlashadi. Bu esa yangi
soat sotib olish degani!
4. O‘sha davrlarda hatto erkaklarda ham uzun soch moda bo‘lgan,
shuning uchun FEN ishlab chiqarila boshlangan.
5. Bekhem o‘zi haqida kitob yozish uchun yozuvchi yollagan.
Yozuvchi haqi 60 ming bo‘lgan, shunda Bekhemga 3 mln qoladi.
378
6. Temir yo‘l.
7. Spirtli ichimliklar.
8. Davomi kelgusi sonda.
9. Bashoratchilar.
10. Agar sosiskani musiqa tinglab yemoqchi bo‘lsangiz biroz
qimmatroq to‘laysiz!
Marketing bo‘yicha qiziqarli faktlar
1. Ko‘pincha kompaniyalar, masalan Hall Mark kompaniyasi
tovarlari sotilishini tezlashtirish maqsadida ma’lum bir kelishilgan
(belgilangan) davrda ma’lum bir tovarlariga yuqori narx belgilaydi va
xaridorlar ushbu tovarlarni qimmat tovar, deb hisoblaydi. Kompaniya
biroz vaqt o‘tgandan so‘ng chegirma narx qo‘yadi. Shopogoliklar(tovar
sotib olishga ishtiyoqmand odamlar) esa ana shunday chegirmalarni
qidirib yuradi va tovarlarni arzon sotib olyapmiz, deb hisoblaydi. Sotish
qiyin bo‘lgan tovarlar shu yo‘l orqali sotiladi. Masalan, tovar qiymati
50 $ ni tashkil etsa, maksimal darajada 75 $ deb narx belgilab qo‘yadi va
xaridor ushbu qimmat tovarni narxi arzonlashtirilgan, deb hisoblaydi va
50 % chegirmadan so‘ng ulgurji sotadi.
2. Kompaniya tovar sotilishini tezlashtirish uchun ma’lum bir vaqt
ichida sun’iy defitsit bunyod etib sotiladigan mahsulot hajmini
kamaytirilgan miqdorda belgilaydi va narx bir necha baravar ko‘tariladi.
Ma’lum belgilangan davr kelgandan so‘ng tovar hajmi ko‘paytiriladi va
oldingi narx bilan sotiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tovar xaridining oshishiga
olib keladi (masalan, 1 oy belgilanib, shu davr ichida 45000 dona tovar
3$ sotilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ma’lum davrda belgilangan vaqtdan
so‘ng 80000 dona tovarni bozorga oldingi arzon narxda 1,5 $ lik narxda
chiqaradi, tovar sotilish hajmi ko‘payadi.
3. Marketologlar tomonidan supermarketlarda tajriba sinovi
o‘tkazilganda aravacha (kard)larni 1,5 baravarga kattalashtirilganligi
sababli xarid savati 19,1% ga ko‘tarilgan.
4. Kompaniyalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro
nisbatda 3 ta tur bilan pozitsiyalaydi.
GOLD
BRONZA SILVER
a) GOLD – oltin. Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q.
Ushbu tovarni kompaniya faqat namuna uchun sotib oladi.
379
b) SILVER-kumush. O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab
chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar
omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi.
c) BRONZA-bronza. Juda past narx. Sifatsiz tovar.
5. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib
oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan
bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z
navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib
oladilar.
6. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past,
yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa
ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib,
tovarlarni sotib oladilar.
7. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda
yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori)
issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib
savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
8. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni
xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik
baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun
sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2
baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab
harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.
10-o‘rin. Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar
Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka
ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqla-
nayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq.
9-o‘rin. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini
a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan
birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi.
Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham
kafolat beradi.
8-o‘rin. Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita
o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki,
yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar
har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar.
380
7-o‘rin. Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi
klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga
solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi.
6-o‘rin. Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli
plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab
chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar
davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan
shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli
multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan.
5-o‘rin. Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsu-
lotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga
nisbatan ko‘proq pul topadi.
4-o‘rin. Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond
haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz”
filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi,
Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi.
3-o‘rin. Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, Coca-
Cola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli
mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi
egasi o‘pka rakidan vafot etgan.
2-o‘rin. Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par
binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak,
deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha
shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar
atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining
ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini
arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy
boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |