O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


 

15-masala 

 

O‘z mahsulotingizga tovar belgisini yarating. Eslab qolish oddiyligi

firma faoliyati profiliga to‘g‘ri keladigan va originalligi nuqtayi nazari-

dan tahlil qiling.  



16-masala 

 

O‘z firmangiz tovarlarining qadoqlash (upakovkasi)ni aytib bering. 



 

17-masala 

 

Quyidagi tovarlarni 3 darajali tahlilini o‘tkazing. 

- krem, “Dansova” detektivi, kinoteatrda film. 

- yumshoq mebel, zamonaviy tufli, avtomat kir yuvish mashinasi. 



 

Muammoli vaziyatlar 

 

1. Amaliy marketingning kritik yondashuviga ko‘ra iste’molchilar-

ning ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak bo‘ladigan tovarlarni 

marketing sotib olishga undaydi.  Ushbu fikrga o‘z munosabatingizni 

bildiring. 

2.  Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z 

oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini 

buyurdi. Tushlik vaqtida oshpaz bir uyum qisqichbaqalarni 

mehmonlarga taqdim etdi. Ammo mehmonlar tayyorlangan taomning 

hech qanchalik hayratomuz emas ekanligini bildirdilar. Shunda oshpaz 

mehmonlarga yuzlanib qisqichbaqalar qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular 

qimirlayotganligini ko‘rsatdi va rimlik mehmonlarni hayratga soldi. 

Mehmonlarni kuzatib Yuriy Sezar Klodiydan bunga qanday erishganlik 

sirini so‘radi. Klodiy esa bu juda oddiy shunchaki, pishgan qisqich-



371 

 

baqalar orasiga  bitta tirik qisqichbaqani qo‘yib yuborganligi va u 



qimirlashi bilan qolganlarini ham qimirlatishini tushuntirdi. 

   Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida 

marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini 

tushuntirib bering. 

3. Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab 

chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish 

uchun yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi. 

1-marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini 

aytdi. 

2- marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasligini 



aytdi. 

Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri? 

4.Quyidagi firmalarning faoliyati marketingning qaysi konsep-

siyasiga asoslangan? 

     “Viktoriya”  firmasi  erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ul-

lanadi. Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga 

asoslanadi. 

     Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni 

ishlab chiqaradi  va keng assortimentda taqdim etadi. 

    “Zebra  firmasi”  kanselyariya  mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining 

agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi. 

    “Elektron”  kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarish-

da tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda 

o‘zining tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga 

qaratadilar. 

     “Jamiyat”  qurilish  kompaniyasi faqat mazkur shaharda 

ro‘yxatdan o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi. 

     Sizning  kompaniyangiz  marketingni  tashkil etishda qanday 

konseptual yondashuv bilan boshqaradi? 

5. Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur? 

Ularni qaysi manbalardan olish mumkin? 

Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda ota-

onalarning qarorlariga bolalarning ta’siri darajasini o‘rganish.  

Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish 

imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda. 



372 

 

Toshkent viloyati Moliya-iqtisodiyot kolleji korxona va tashkilotlar-



ga uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda. 

6. Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni 

o‘ylab yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning 

to‘rtta turi haqida aytib bering!  

Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin? 

7. Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning oziq-

ovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga  mikromuhitining 

qanday tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin? 

8. Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda. 

Plastik qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu 

holat qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering. 

9. “Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif  buyurganlardan necha 

foyizi xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot 

to‘plashning qanday usulidan foydalanish mumkin? 

10. O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!  

11. Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini qanday 

qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating. 

12. Sizning firmangiz duch  kelgan raqobatchilar guruhi haqida 

aytib bering. 

13. Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning 

holatini baholang. 

14. Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday 

qilib rag‘batlantirishingizni ayting. 

15. Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq 

holda) qanday o‘rin tutadi? 

16. Segmentatsiya yordamida  firma qanday maqsadga erishadi? 

17. Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash  

nimaga bog‘liq? 

18. Qanday tovarni ishlab chiqaruvchilar nodifferensial marketingga 

amal qilishi kerak  va ular nima uchun tejamkor hisoblanadilar? 

19. Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni oshi-

rish bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan 

risklarni pasaytirishga qanday maslahat berasiz? 

20. Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash mezon-

larini aytib bering. 

21. Nima sababdan  marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli 

bozorni tanlashni taqozo etadi?  


373 

 

22. “Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $, 



xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va 

izohlang. 

23. Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotil-

mayapti. Buni oldini olish maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz 

kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan foydalanish maqsadga 

muvofiq, deb o‘ylaysiz va  nima uchun? 

24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan 

qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat 

dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda siz 

rahbar sifatida qanday ish tutasiz? 

25. Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum  

muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning 

mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda 

menejer sifatida qanday yo‘l  tutishingiz kerak?  

26. Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisob-

lanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota bosh-

ladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga qaramasdan, 

ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi. 

Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish 

kerak? 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

374 

 

 



 

 

QIZIQARLI MARKETING 

 

Qiziqarli savollar-1 

 

1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor: 

1) sifat; 2) narx; 3-nima? 

2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy, 

qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin.                         

Savol: gap nima haqida ketmoqda? 

3. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan, 

to‘g‘rik, afg‘oni? 

4. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga 

hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida 

qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga 

ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining 

eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, 

ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini 

yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. Shu kompaniyalarning nomini 

ayting. 


5. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan 

ham ko‘proq o‘ylovchi faqat bitta sinf bor, bu ulardir”.  Savol: ular 

kimlar? 

6. Genri Ford  “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan 

qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun? 

7. Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib, 

sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni 

bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni bilsangiz, aytingchi 

bu qanday yumush? 

8. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya 

o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. 

Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi. 

Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting. 

9. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi 

kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday 

texnikalar ishlab chiqargan? 



375 

 

10. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford, 



Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel. 

Javoblar: 

1.Reklama.  

2. Reklama. 

3. VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin.  

4. UMS-tuxum, BEELINE- asalari!  

5. Kambag‘allar!  

6. U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora 

rang eng arzon rang hisoblangan. 

7. Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator 

bo‘lib turishgan.  

8. Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan.  

9. Harbiy texnikalar.  

10. Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘i-

botchisi. 



 

Qiziqarli savollar-2 

 

1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv 

ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol: 

yozuvni aniq talaffuz qiling. 

2. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati futbolchilarning 

maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos 

bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan. 

 Savol: bu erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin? 

3. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht” 

so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi 

=”........” Bu qaysi so‘z ? 

4. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada Coca-cola ichimligi 

qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib 

chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping? 

5. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali 

telefon. Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar 

bo‘yicha eng ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol: qanday 

sotuv usuli yoki X (iks)ni toping? 



376 

 

6. “Kung Fu Panda“ multfilmida Pandaning otasi, o‘rdak, oshxona-



sida bir marketing rejasi qo‘llagani keltiriladi. Savol: marketing 

rejasining asosini o‘zbekchada ayting. 

7. Mikelanjelo yoshligidan juda mohir haykaltarosh bo‘lgan. U 

haykallarini juda ishonchli qilib yasagan, shuning uchun haykallarini 

xaridorlarga qimmat narxda bir hiyla ishlatib sotgan. Savol: qanday 

hiyla? 


8. Yaqinda ilk nashr etila boshlangan bir gazeta muharrirlari o‘z 

gazetalarining qo‘lma-qo‘l bo‘lishini ta’minlash uchun bir ish qilishdi. 

Savol: ular nima qilishgan? 

9. Poyga uyushtiramiz: kim birinchi bo‘lib menga “baqiradi”?! 



Javoblar : 

 1. MADE IN CHINA.  

2. PEDIKYUR.  

3. MARK + ET + ING = MARKETING!  

4. FANTA. 

5. O‘sha tovarga taalluqli biror jihozni tekinga qo‘shib sotish. 

6. “Sirli qayla”.  

7. “Antik davrga tegishli haykallar” deb sotgan.  

8. Gazetalarni tekin tarqatishgan.  

9. Reklama!!! 

 

Qiziqarli savollar-3 

 

1. Marketing darsligida keltirilishicha tovarning bozorga sinmasdan 

kirish ehtimoli aynan shunchaga teng ekan. Savol: qanchaga? 

2. Turistik agentliklar mijozlarni jalb qilish uchun: «Sharqdan 

G‘arbgacha sayohat» kabi reklama brendlari ostida ishlashadi. 

Germaniyadagi eng nufuzli turistik agentliklardan biri «Misrdan-

Kiprgacha» degan xitob bilan firma ish ko‘lami kengligini bildirmoqchi 

bo‘ladi. Misr bilan Kipr orasi uncha uzoq emas, buning ustiga iqlimi, 

tabiatida ham uncha katta farq yo‘q.  Savol: nega turistik firma bu 

reklama brendini ishlatgan? 

3. Bilasizki, Shvetsariya soatlari bilan ham mashhur. Shvatseriyalik 

soatsozlar soatlarga ertalabki vaqtda tob berishni maslahat berishadi. 

Menga qolsa bu maslahatga ishonmang degan bo‘lar edim. Savol: nima 

uchun bunday maslahat berishadi? 



377 

 

4. 50-60-yillarda Yevropada bir mikser ishlab chiqaruvchi 



kompaniya, insonlar imijlarini o‘rgangan holda o‘sha davr uchun yangi 

bo‘lgan bir elektron moslama ishlab chiqaradi. Savol: o‘sha davrlarni 

esga olingda ayting qanday moslama? 

5. Devid Bekhemning “MY SIDE” nomli avtobiografik kitobi nashr 

qilindi. Nashriyot bu kitobning ommalashishini bilib, u bilan 3 mln 60 

ming funt sterlingga shartnoma tuzadi. Savol nima uchun aynan shuncha 

summaga shartnoma tuzilgan? 

6. 1879 – yilda Nobellar oilasi Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi. 

Emmanuel va Gustav Nobellar Farg‘onada neft qazib chiqarishni yo‘lga 

qo‘yishdi. Ularning tashrifi bois yana bir qulaylik yaratildi. Savol:  

1880-yillarda Nobel firmasi yana qanday yangilikka asos soldi? 

7. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bunday turdagi mahsulotlar-

ning har qanday reklamasi qattiq taqiqlangan. Savol: qaysi turdagi 

mahsulotlar? 

8. XIX asrning 2- yarmidan boshlab Yevropa gazetalarida asarlar 

chop etila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab gazetalarda biz doim 

duch keladigan uch so‘zdan iborat gap ham urf bo‘lgan. Savol: qaysi 

gap? 


9. Makeyavellining “Boshqaruvchi” asarida: “Iqtisodiyotga 

buxgalterlar emas, ular kerak” deyilgan. Ular shug‘ullanadigan asosiy 

fan ehtimollar nazariyasi fanidir. Savol: ularni toping. 

10. 1970-yillardagi Budapesht shahri. Shahar kafelarida qiziq 

holatni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, menyuda. Xuddi shu menyuda bir 

dona sosiska 6 pul birligi. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 8 pul 

birligi, deb ko‘rsatilgan. Savol: ikkinchi holatda unga nima qo‘shib 

sotilgan? 



Javoblar:.  

1. 0,80!  

2. Nemischada Misr-A bilan, Kipr- Z bilan boshlanadi. Bu bilan 

firma dunyoning istalgan mamlakatiga olib boramiz, demoqchi bo‘lgan. 

Nemislarda alfavit A-Z.       

3. Chunki ertalab tob berilsa soat buzilishi tezlashadi. Bu esa yangi 

soat sotib olish degani!  

4. O‘sha davrlarda hatto erkaklarda ham uzun soch moda bo‘lgan, 

shuning uchun FEN ishlab chiqarila boshlangan. 

 5. Bekhem o‘zi haqida kitob yozish uchun yozuvchi yollagan. 

Yozuvchi haqi 60 ming bo‘lgan, shunda Bekhemga 3 mln qoladi. 


378 

 

6. Temir yo‘l. 



7. Spirtli ichimliklar.  

8. Davomi kelgusi sonda.  

9. Bashoratchilar.  

10. Agar sosiskani musiqa tinglab yemoqchi bo‘lsangiz biroz 

qimmatroq to‘laysiz! 

 

Marketing bo‘yicha qiziqarli faktlar 



 

1. Ko‘pincha kompaniyalar, masalan Hall Mark kompaniyasi  

tovarlari sotilishini tezlashtirish maqsadida ma’lum bir kelishilgan 

(belgilangan) davrda  ma’lum bir tovarlariga yuqori narx belgilaydi va 

xaridorlar ushbu tovarlarni qimmat tovar, deb hisoblaydi. Kompaniya 

biroz vaqt o‘tgandan so‘ng chegirma narx qo‘yadi. Shopogoliklar(tovar 

sotib olishga ishtiyoqmand odamlar) esa ana shunday chegirmalarni 

qidirib yuradi va tovarlarni arzon sotib olyapmiz, deb hisoblaydi. Sotish 

qiyin bo‘lgan tovarlar shu yo‘l orqali sotiladi. Masalan, tovar qiymati  

50 $ ni tashkil etsa, maksimal darajada 75 $ deb narx belgilab qo‘yadi va 

xaridor ushbu qimmat tovarni narxi arzonlashtirilgan, deb hisoblaydi va 

50 % chegirmadan so‘ng ulgurji sotadi.  

2. Kompaniya tovar sotilishini tezlashtirish uchun ma’lum bir vaqt 

ichida sun’iy defitsit bunyod etib sotiladigan mahsulot hajmini 

kamaytirilgan miqdorda belgilaydi va narx bir necha baravar ko‘tariladi. 

Ma’lum belgilangan davr kelgandan so‘ng  tovar hajmi ko‘paytiriladi va 

oldingi narx bilan sotiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tovar xaridining oshishiga 

olib keladi (masalan, 1 oy belgilanib, shu davr ichida 45000 dona tovar 

3$ sotilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ma’lum davrda belgilangan vaqtdan 

so‘ng 80000 dona tovarni bozorga oldingi arzon narxda 1,5 $ lik narxda 

chiqaradi, tovar sotilish hajmi ko‘payadi.  

3. Marketologlar tomonidan supermarketlarda tajriba sinovi 

o‘tkazilganda  aravacha (kard)larni 1,5 baravarga kattalashtirilganligi 

sababli xarid savati 19,1% ga ko‘tarilgan. 

4. Kompaniyalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro 

nisbatda 3 ta tur bilan pozitsiyalaydi. 



                              GOLD 

    BRONZA            SILVER 

a) GOLD – oltin. Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q. 

Ushbu tovarni kompaniya  faqat namuna uchun sotib oladi. 



379 

 

b) SILVER-kumush.  O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab 



chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar 

omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi. 

c) BRONZA-bronza. Juda past narx. Sifatsiz tovar. 

5. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib 

oladigan bo‘limlarda, masalan  oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan 

bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z 

navbatlari yetib kelgunga  qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib 

oladilar. 

6. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past,  

yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa 

ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib, 

tovarlarni sotib oladilar. 

7. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda 

yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori) 

issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib 

savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi. 

8. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni 

xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik 

baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun 

sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2 

baliqni yeganidan  so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab 

harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.  



10-o‘rin. Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar 

Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka 

ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqla-

nayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”,  deb o‘ylagan xalq. 



9-o‘rin. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini 

a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan 

birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi. 

Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham 

kafolat beradi. 

8-o‘rin. Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita 

o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki, 

yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar 

har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar. 



380 

 

7-o‘rin. Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi 

klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga 

solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi. 



6-o‘rin. Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli 

plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab 

chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar 

davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan 

shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli 

multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan. 



5-o‘rin. Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsu-

lotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga 

nisbatan ko‘proq pul topadi. 

4-o‘rin. Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond 

haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz” 

filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi

Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi. 



3-o‘rin. Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, Coca-

Cola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli 

mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi 

egasi o‘pka rakidan vafot etgan. 



2-o‘rin.  Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par 

binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak, 

deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha 

shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar 

atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining 

ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini 

arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy 

boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq. 



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish