O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Marketing — miks kompleksidagi narxning o‘rni



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Marketing — miks kompleksidagi narxning o‘rni 

 

Mahsulot 

Narx 

Kommunikatsiya 



Mahsulotning 

xaridor uchun qadri 

Distributsiya 

 

Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo, 



narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. 

Masalan, poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib 

borayapti, deb faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, 

poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi 



240 

 

tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar 



beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. 

Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun 

ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq 

narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish 

uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni 

ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini 

yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga 

talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z 

navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa 

ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab 

oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli 

bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar 

ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni 

rag‘batlantiradi.  

Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi 

o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida 

ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib 

ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z 

navbatida poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi 

miqdorda tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek 

qolganda poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun 

ularga balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning 

oshgan narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm 

ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal 

iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima 

sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy nazar tovar 

narxi oshganligiga bir xilda qaraydi.  

Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va 

iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab 

chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni 

vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimiz-

da poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga 

rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab 

chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, 

ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat 

paydo bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi 

ular qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni 


241 

 

kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq 



bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada 

oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab 

chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. 

Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan 

ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi 

sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular 

uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan 

charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb 

faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq 

materialni izlashga rag‘batlantiradi.  

Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. 

Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida 

xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy 

yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan 

tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning 

o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli 

guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 

Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, 

shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar 

ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif 

o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak, 

daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab 

sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.  

Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik 

sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik 

yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida 

marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, 

mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. 

Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin: 



a) Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari:  

– Ulgurji 

– Chakana  

– Xarid va boshqalar. 



b) Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda 

davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar: 

–  Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar 


242 

 

–  Erkin narxlar 



Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar 

c) Narxning boshqa xillari (masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va 

h.k.). 


Xaridorga realizatsiya qilinadigan tovar miqdoriga bog‘liq holda 

narxlarning quyidagi turlari farqlanadi: 

–  Ulgurchi narxlar — bu ishlab chiqaruvchi korxonalar va ulgurji 

savdo qiluvchi tashkilotlar o‘z mahsulotlarini sotadigan narxlar. Ulgurji 

narxlar qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda va 

muomalasida sarf bo‘lgan xarajatlardan va korxona bilan tashkilot-

larining sotish foydasidan tashkil topadi. Barcha korxonalar odatda har 

qanday tovarlarni ulgurji narxlarda xarid qiladilar. Ulgurji narxlar 

xo‘jalik hisobini mustahkamlashga, korxonalarning rentabelli ishlashiga 

ham xizmat qiladi. 

–   Tovar va xizmatlarning ulgurji narxlari - bu preyskurant 

narxlardir. Bir xil davlat va kooperatsiya korxonalari o‘z mahsulotlarini 

boshqa davlat va kooperatsiya korxonalari, tashkilotlariga ana shu 

preyskurant narxlarida sotadilar. Ular nominal narx, deb ham ataladi. 

Bunday narxlar ba’zis narx hamdir. 

–  Yangi ulgurji narxlar tarmoqlarga ishlab chiqarish xarajatlarini 

to‘la hisobga olish va normal foyda ko‘rish imkonini beradi. Shu 

munosabat bilan sanoat va milliy iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoq-

larining undirma zarar ko‘rishlarini bartaraf etadi. Yangi narxlarda 

narxga qo‘shib berish yoki narxni kamaytirish juda keng qo‘llaniladi, bu 

esa mahsulot sifatini oshirishga rag‘batlantiradi.  

–  Chakana narxlar- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan narx. 

–  Xarid narxi- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik 

korxonalari va qishloq ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji 

narxning alohida turi. 

Tartibga solinadigan narxlar – talab va taklifning o‘zgarishi 

ta’siri ostida shakllanadi, lekin davlat organlari narxning o‘sishi yoki 

pasayishini chegaralaydi. Ularga: 

–   chegaralangan  narxlar,  mahsulotni sotish uchun eng yuqori 

chegarasi belgilangan narxlar 

–   kafolatlangan  narxlar,  barcha ishlab chiqaruvchilar uchun 

mahsulot sotib olishning yagona narxlari 

–   tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, 

majburiy emas. 


243 

 

Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir 

ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini 

hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar. 

Ularga: 

–  Talab asosida shakllanadigan 

–  Taklif asosida shakllanadigan 

–  Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi. 



Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida 

belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd 

etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartiri-

lishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). 



Bozor narxi – oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda 

qo‘llanuvchi baholar.  

Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni 

ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha 

tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 

Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, 

aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari 

rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda 

va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport 

tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan 

davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu 

tarifdan foydalanadilar.  

Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni 

tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi: 

Boshqariladigan narxlar bu – darajasi boshqaruvning mos 

keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning 

orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z 

mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega 

bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). 

Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi. 



Xarid qilish - sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib 

berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham 

deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifoda-

lanadi.  



Jahon bahosi - tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. 

Monopol baho - monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho. 

244 

 

Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa 

bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo 

xizmatiga yoki chet el savdo filialiga. 



Harakatlanuvchi narx - shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd 

etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma 

kelishuviga ko‘ra). 

Sirpanuvchi narx - bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorla-

nadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma 

tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga 

ko‘ra o‘zgarishi mumkin. 

Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mav-

sumiy) narxlar farqlanadi. 



Doimiy narx - bu amal qilish muddati kelishilmagan narx. 

Vaqtinchalik (mavsumiy)  narx - bu vaqtning ma’lum davrida 

(mavsumda) amal qiluvchi narx. 

Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, 

brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto 

narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx 

(tovarlar bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta). 

Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot 

ishlab chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq 

transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar 

(Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan 

iste’molchi o‘rtasida qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq 

qiladi. 


1. Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida 

mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga 

yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish 

xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot 

yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot 

yetkazib beruvchi omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. 

Mahalliy sanoat mahsulotlari, shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va 

boshqalar ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni 

o‘z transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib 

olganida ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi. 

2. Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari 


245 

 

mahsulot yetkazib beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha 



(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini 

ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish 

xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan 

joyda uni tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish 

xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol 

yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib 

olib borilish javobgarligidan ozod etadi. 

3. Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari 

mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga) 

tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga 

chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga 

(kemalarga) ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan 

transport tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni 

taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga 

yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish 

stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan 

barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi 

baholarida) iste’molchi ko‘taradi. 

Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi 

farqlanadi.  Auksion bahosi - bu auksionda sotilgan tovarning real 

bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib 

oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti 

bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda 

momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho 

toshlar  va b.lar kabi tovarlar sotiladi. 

Birja kotirovkalari -bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar 

baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, 

biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Birja tovarlari 

narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin 

bundan tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining 

o‘zgarishlari ham hisobga olinadi.  

Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan 

tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz 

beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar birjalarida faqat 

shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega. 



246 

 

10.2.- jadval 



 

Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa 

 

Mahsulot / xizmat 

Xaridorning 

didi 


va 

istaklari 

 

Xaridor tomonidan qabul 



qilingan 

mahsulotning(xizmatning) 

qadrliligi 

NARX 


Xaridorning mahsulotni 

xarid qilishga tayyorligi 

Boshqa marketing vositalari   Xaridorning 

moliyaviy 

ahvoli 

 

Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 



to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar moni-

toringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama 

xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning 

maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi 

jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda 

keltirilgan. 

Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu 

xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida 

ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul 

qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar 

tomonidan har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridor-

lar bir xil mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. 

Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning 

imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning 

uchun yangi sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan 

belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridor-

ning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 

Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi 

elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish 

bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx 

siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniq-

ravshan vositasiga aylanadi. 

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha 

narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni 

bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va 


247 

 

shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday 



yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx 

siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi 

iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan 

tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid 

raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol 

foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, 

tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, 

reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘bat-

lantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar. 

Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va 

tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing 

siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda. 

Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada 

iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi 

imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi 

bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor 

bu ”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan 

foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan 

yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori 

narx bilan bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar 

sotib olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi 

shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli 

narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar 

narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib 

olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar tomonidan narxlarni 

ruhan idrok etish omili juda muhim.  

Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab 

(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har 

bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing 

bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan 

talab orasidagi bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, 

shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik 

qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning 

narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik 

jihatdan u egri talabning egilishidagi ma’lum burchak sifatida 

tasvirlanadi.  



248 

 

Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda 



bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. 

Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch 

kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib 

oladilar.  

Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki 

pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha 

oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo 

hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda 

bo‘lmaydilar. 

Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zga-

radigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat 

darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda, 

xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid 

qobiliyati) xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar 

hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan 

chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, 

tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va 

aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z 

mahsulotiga emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish siyosatidan 

foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma 

foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida 

belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi. 

 Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat 

darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada 

bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisi 

narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib 

beruvchilar narxini, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan 

raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi 

raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va 

uning strukturasi raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular 

sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa raqobatbardoshlikni 

tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash 

raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni 

ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan 

reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma 

narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan 

chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) 


249 

 

firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi 



birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini 

tenglashtirmog‘i lozim. 

Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat 

boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar 

doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu 

bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat 

moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan 

kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

 


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish